Psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti


Dars tiplari va strukturasi



Download 9,98 Mb.
bet558/837
Sana29.12.2021
Hajmi9,98 Mb.
#79171
1   ...   554   555   556   557   558   559   560   561   ...   837
Bog'liq
Umumiy pedagogika маж 2018

Dars tiplari va strukturasi. O’quvchilarni bilim, ko’nikma va malakalar bilan qurollantirishda mashg’ulotlarning asosiy qismi dars tipini tashkil qiladi. Maktab ta’limi tizimida eng ko’p qo’llaniladigan dars tiplari quyidagilardir:

  1. Yangi bilimlarni berish darsi.

  2. O’tilgan materialni mustahkamlash darsi.

  3. O’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini tekshirish darsi.

  4. Takrorlash – umumlashtirish darsi.

  5. Aralash dars (yuqoridagi dars tiplarining bir nechtasi bir vaqtda qo’llaniladi).

Maktabdagi eng ko’p qo’llaniladigan dars tiplaridan biri – yangi bilimlar berish darsidir. Odatda bu dars tipi quyidagicha tuziladi:

  • yangi bilimlarni bayon qilish;

  • yangi bilimlarni mustahkamlash;

  • yangi bilimlar ustida mashq qilish;

  • yangi bilimlarga bog’liq holda uy vazifalari topshirish va h.k.

Har bir sinfda har bir fanga oid dars turlicha tuziladi. Dars qanchalik xilma-xil tuzilmasin, unda umumiylik shunchalik ko’p bo’ladi. O’rta maktablardagi darsning tuzilishi asosan quyidagilardir:

  1. O’tgan darsda o’tilgan materiallarni so’rash, o’quvchilar bilimini tekshirib ko’rish darslari.

  2. Yangi materialni bayon qilish darslari.

  3. Yangi materialni mustahkamlash va takrorlash.

  4. Tekshirish darslari va h.k.

Dars tiplari. Bilimlarni mustahkamlash darsining tuzilishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Darsning maqsadini belgilash.

  3. Uyga berilgan topshiriqlarning bajarilishini tekshirish va o’rganilgan materialni mashqlar, amaliy laboratoriya va boshqalar yordamida esda yaxshi qoldirish.

  4. Darsni yakunlash va uyga bajarish uchun topshiriq berish.

Tekshirish darslarining tuzilishi:

  1. Tashkiliy qism.

  2. Darsning maqsadini tushuntirish.

  3. Nazorat ishlari.

  4. Darsni yakunlash.

Dars jarayoni frontal, guruhli, individual tashkil etiladi. Laboratoriya ishlari mashg’ulotning xarakteriga qarab turli tipda tashkil qilinadi:

  1. Sinf o’quvchilari bilan frontal ravishda olib boriladigan mashg’ulot.

  2. Guruh, ya’ni 6-7 o’quvchi bilan olib boriladi.

  3. Sinf o’quvchilarining har qaysisi bilan alohida-alohida olib boriladigan tajriba mashg’ulotlari.

Frontal ravishda olib boriladigan mashg’ulot tipi o’qituvchining rahbarligida sinfdagi hamma o’quvchilarning bir xil asboblardan foydalangan holda bir turdagi tajriba ustida ishlashdir. Lekin hamma vaqt ham o’quvchilarni zarur bo’lgan asboblar bilan ta’minlab bo’lmaydi. Shuning uchun rontal ravishda olib boriladigan laboratoriya mashg’ulotlari ikki shaklda individual va brigada (guruhli) shaklida yo’lga qo’yiladi. Bunda o’qituvchi o’ziga yordamchilar tayinlab olishi mumkin. O’qituvchi tajribani boshlashdan oldin o’quvchilarga yo’l-yo’riqlar berishi kerak.

Yuqori sirflarda o’quvchilarning individual olib boriladigan mustaqil tajribalari faoliyat tarzda o’tkaziladigan mashg’ulotlardan farq qiladi. Individul mashg’ulotlar eksperimental tajriba masalalarni yechishga qaratilgan amaliy ishlardan iborat bo’lib, bunda mashg’ulotlarda har qanday o’quvchi alohida-alohida tajriba ustida ish olib boradi.

O’quvchilarning individual tajribalarining natijalari yozma ravishda yakunlanadi.


Download 9,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   554   555   556   557   558   559   560   561   ...   837




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish