Psixologiya kafedrasi umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti


Mustahkamlash uchun savollar



Download 9,98 Mb.
bet533/837
Sana29.12.2021
Hajmi9,98 Mb.
#79171
1   ...   529   530   531   532   533   534   535   536   ...   837
Bog'liq
Umumiy pedagogika маж 2018

Mustahkamlash uchun savollar:


  1. O’qituvchilik kasbiga qanday vazifalar yuklatilgan?

  2. Nima uchun o’qituvchilik kasbi qiyin, murakkab va shu bilan birga sharafli?

  3. O’qituvchilik kasbini qanday tasavvur qilasiz?

  4. Siz kelgusida qanday o’qituvchi bo’lmoqchisiz?

  5. Pedagogik faoliyatni qanday tushunasiz va uni samarali tashkil etishda qanday muammolar mavjud hamda ularni qay tarzda hal etish mumkin?

  6. Nima uchun o’qituvchi yoshlarga ta’lim-tarbiya beruvchi kishi?

  7. Pedagogik faoliyatning samarasi nimalardan tashkil topadi?

  8. Pedagogik qobiliyat nima va uning qanday turlari mavjud?

  9. Pedagogik mahorat qanday elementlardan tashkil topgan va pedagogik faoliyatida qanday ahamiyat kasb etadi?

  10. O’qituvchining kasb sifatlari nima va u qaysi elementldardan tashkil topadi?

  11. Kasb sifatlari qanday shakllanadi va uni tarkib toptirishda qanaqa muammolar mavjud?

  12. Sizningcha o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga tayyorlashda qanday muammolar bor va ular qanday hal etilishi mumkin?

IKKINChI BO’LIM: TA’LIM NAZARIYaSI

7-Mavzu: Didaktikaning predmeti va vazifalari
Reja:

1. Didaktika haqida tushuncha. Didaktikaning paydo bo’lish va rivojlanishi.

2. Umumiy va xususiy didaktikalar va ularning o’zaro aloqalari.

3. Didaktikaning asosiy kategoriyalari: bilim, ko’nikma, malaka, ta’lim, tarbiya, ma’lumot va shaxsni shakllantirish.

4. Hozirgi davrda ta’limning dolzarb muammolari.

5. Ta’lim, o’qitish va mustaqil bilim olish maktab o’quvchilar shaxsini tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan bir - biri bilan bog’liq jarayon.


Tayanch so’z va iboralar: didaktika, “didasko”, “didaskae”, ta’lim jarayoni, saboq berish, o’rganish, qoida, rivojlanish, o’quvchi, umumiy, xususiy, ilm, ko’nikma, ta’lim va h.k.
Didaktika pedagogikaning ta’lim jarayonining umumiy qonuniyatlarini o’rganadigan bo’limdir. Didaktika grekcha so’z bo’lib, “didasko”- o’qitish, “didaskal” - o’rgatuvchi, degan ma’noni bildiradi. Didaktikaning so’zma - so’z tarjimasi ta’lim, o’qitish nazariyasini anglatadi. Ta’lim nazariyasi quyidagi masalalarni: ta’lim jarayonining mohiyati, ta’lim mazmuni, ta’lim qoidalari, ta’lim metodlari, ta’limni tashkil etish shakllari hamda ta’limda o’quvchilarning bilim, ko’nikma, malakalarini hisobga olish va baholash kabilarni o’z ichiga oladi. Bu masalalarning har birini alohida mavzu sifatida keyingi darslarda o’rganamiz. Didaktikaning asosiy maqsadi, vazifasi o’qituvchini o’qitishga doir ma’lumot, mahorat bilan, o’quvchilarni esa illiy bilimlar ko’nikma va malakalar tizimi bilan qurollantirishdan iboratdir.

Didaktika termini qadimgi Gresiyada Afina va Sparta shaharlarida eramizdan avvalgi IV - V asrda paydo bo’lgan. Keyinchalik Xitoy, Misir va Markaziy Osiyo davlatlarida rivoj topgan.

O’zbek didaktikasiga Al-Xorazmiy, A.R.Beruniy, Ibn Sino, A.Navoiy, M.Ulug’bek, A.Avloniy, M.Behbudiy, H.H.Niyoziy, Muhammadrasul Rasuliy, Q.Niyoziy va boshqa mutafakkirlar hamda hozirgi mashhur pedagoglar, olimlar munosib hissa qo’shmoqda.

Didaktikaga oid materiallar mashhur pedagog Ya.A.Komenskiy, Ushinskiy va boshqalar tomonidan boyitildi.

Didaktikaning asoslari hikmatlar, hadislar va xalq og’zaki ijodining boshqa manbalarida o’z aksini topgan. Ayniqsa vatandoshimiz B.Zarnudjiyning “O’quvchiga ta’lim yo’lida qo’llanma” asari bag’oyat qimmatlidir.

Men ushbu kitobni “O’quvchiga bilim olish yo’lida qo’llanma” deb atab, uni quyidagi bo’limlardan iborat deb tuzdim. Ular: “Bilimning mohiyati va ularni takomillashtirish haqida”, “Ta’lim yo’lida ongli istaklar haqida”, “O’qituvchi, o’rtoq, fanlarni tanlash haqida”, “Olimlar va fanning sharafi haqida”, “Dars vaqti haqida qo’llanma”, “Bilimlarni egallash haqida”, “Ollohdan qo’rqish va ta’lim olish”, “Bilimlarni xotirada saqlash, esdan chiqarish turlari”, “Umrni uzaytiruvchi va qisqartiruvchi kuchlar haqida va boshqalardan iborat”. Inson tarbiyasida va shakllanishida bilim, ta’lim, ma’lumot eng muhim rol o’ynaydi. Ta’lim jarayonida o’quvchilarning bilish qobiliyatlari o’qituvchi rahbarligida zarur bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalarini egallash bilan ularda ilmiy dunyoqarash va shaxsning asosiy sifatlari: axloq, estetik qarashlar hamda kasb - hunarga bo’lgan qiziqishlar tarbiyalanadi.

Ma’lumot va ta’lim o’zaro yaqin aloqada bo’ladi. Ma’lumot - bu ta’limning natijasi ta’lim esa ma’lumot olishning asosiy shartlaridan biridir.

Didaktika ma’lumotning ilmiy asoslanishi bilan shug’ullanish bilan birga yuksak darajada bilimlar zarur bo’lgan ko’nikma, malakalarni tarixiy bir jarayonida beradi va hozirgi fan, texnika taraqqiyoti davrida o’quvchilarni muayyan darajada shaxsni tarkib topdiradi.

Didaktika faqat ma’lumot mazmunini belgilabgina qolmay, balki qanday o’qitish kerakligini ham belgilaydi.

Didaktika pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri bo’lish bilan birga boshqa bir qancha fanlar bilan uzviy bog’langan: Filosofiya, sosiologiya, logika, psixologiya, fiziologiya oliy nerv faoliyati, kibernetika, matematika va h.k.

Hozirgi zamon didaktikasining taraqqiyoti ijtimoiy hayot, fan va texnikaning ishlab chiqarish darajasi bilan asoslanadi. Didaktikaning hozirgi davrida vazifalaridan biri oldingidek har tomonlama kamol topgan barkamol shaxsni shakllantirish bo’lib qolmoqda va shunday bo’lib qolaveradi.

Didaktika oldidagi eng muhim vazifalardan biri o’sib boruvchi ta’limni keng yoyish, shu asosda shaxsning eng asosiy sifatlarini ya’ni ilmiy bilishini ta’minlash, ijodiy fikrlashga o’rgatish hamda doimiy ravishda o’z ma’lumotini takomillashtirib borish kabilarni talab etmoqda.

Ta’lim va ma’lumotning birligi asosida ta’limning tarbiyalovchi metodikasini takomillashtirish, bilish qobiliyatlarini, dunyoqarshni va yuksak ma’naviy - axlaqiy sifatlarni tarkib toptirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi.

Didaktika asosan pedagogika fanining ilmiy tekshirish metodlaridan foydalanadi.

Bular: 1. Ilmiy kuzatish:

2. Ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish va yoyish.

3. Didaktik eksperiment.

4. O’quv hujjatlarni o’rganish va h.k.

Pedagogika fanida didaktika ikki turga ajratilib o’rganiladi. Birinchisi umumiy didaktika ya’ni o’qitishning umumiy qonuniyatlarini o’rganadi. Ana shu o’rganish asosida o’qitish jarayonining yangi - yangi qirralari ochiladi va amaliyotga tadbiq etiladi. Masalan EHM yoki ta’limning texnika vositalari yordamida o’quvchilarning bilish qobiliyatlari o’stiriladi. Yuqoridagi o’qitish sohasida yutuqlar umumiy didakitkaning rivojlanib borayotganligi ko’rsatadi.

Shu bilan bir qatorda xususiy didaktika ya’ni bir fanni o’qitishining o’ziga xos xususiyatlarini o’rganadigan tarmog’i hisoblanadi. Fanda xususiy didaktikani metodika ham deb yuritiladi. Masalan, ona tili o’qitish metodikasi, ximiya o’qitish metodikasi, boshlang’ich ta’lim metodikasi singarilar.

Umumiy didaktika bilan xususiy didaktikalar o’zaro uzviy aloqadorlikda, bog’liqlikda ish olib boradi. Ular bir - birlarining rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi va yagona maqsadni ya’ni barkamol insonni shakllantirish vazifasini amalga oshiradi.

Xususiy didaktika rivojlanib qo’lga kiritgan yutuqlari umumiy didaktikaning hamda xususiy didaktikaning, vazifalarini hal qilishga yo’naltiradi. Yoki aksincha. Shuning uchun ular o’zaro hamkorlikda, aloqadorlikda bir - biriga tayangan holda ish tutadi.

Dunyoda ilmdan boshqa najot yo’q va bo’lmag’ay. imom Al Buxoriy. Muhammad payg’ambar:

“Ilm egallang! Ilm - sahroda do’st, hayot yo’llarida tayanch, yolg’izlik damlarida yo’ldosh, baxtli daqiqalarda rahbar, qayg’uli onlada madadkor, odamlar orasida zebu - ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir”.(Axloq odobga oid hadislardan).

O’quv qayda bo’lsa, ulug’lik bo’lar. Bilim qayda bo’lsa, buyuklik bo’lar. Yusuf Xos Xojib.

Ilm inson uchun g’oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir. Idmsiz inson mevasiz daraxt kabidir. Abdullo Avloniy.

Didaktikaning maqsadi va vazifasi haqida “Avesto”da: odamlarga va ularning avlodlariga baxt - saodat keltiradigan ta’limni amalga oshirsinlar hamda tarbiya hayotning eng muhim tirgagi (tayanchi) bo’lib hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash kerakki, u avvalo yaxshi o’qishni va so’ngra esa yozishni o’rganish bilan eng yuksak pog’onaga ko’tarilsin, deb ta’kidlangan. O’zbekiston Respublikasining ta’lim to’g’risidagi Qonun 3- moddasida: “Ta’lim O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy taraqqiyoti sohasida ustivor deb e’lon qilinadi”. (20 - bet) Barcha turdagi ta’lim muassasalarida o’quvchilarga beriladigan ta’lim ana shu hujjat asosida tashkil etiladi.

O’qituvchi didaktikani ilmiy o’zlashtirmasdan, o’quvchilarni talab darajasida o’qita olmaydi. Buning uchun didaktika haqida maxsus ilmiy didaktika ma’lumotiga ega bo’lishi shart.

Didaktikaning tushunchasi, kategoriyasi ya’ni predmeti bilim, ko’nikma, malaka va ma’lumotlarni tashkil etadi.

Bilimlar - odamlarning ijtimoiy - tarixiy amaliyoti jarayonida to’plangan, umumlashgan tajribasidir. Yoki Bilimlar - bu ijtimoiy - tarixiy ong, insoniyatning ijtimoiy - tarixiy amaliyoti hosilasidir. Bilimlar, insoniyat tomonidan ishlab chiqarish faoliyatini faol o’zlashtirish jarayonida to’plagan, amalda sinovdan o’tgan va obyektiv dunyoni chuqurroq anglashga hamda o’zgartirishga yo’naltirilgan tabiat, jamiyat, inson tafakkuri va faoliyat usullari qonuniyatlari haqidagi ilmiy tushunchalarning yaxlit va tizimlangan majmuasidir.

Ta’lim jarayonida o’quvchilar bilimlar tizimini egallabgina qolmaydilar, balki bir qancha ko’nikma va malakalarni hosil qiladilar. Kishida bilim qanchalik boy va muntazam tarzda olingan bo’lsa, uning kelajakda mustaqil bilim olish imkoniyati ham shuncha katta bo’ladi. (V.V.Davidov va boshqalar)

Ko’nikmalar maktab o’quvchilarining olgan bilimlariga asoslanib (qo’yilgan vazifalar va shartlarga binoan) bajariladigan harakatlarning yig’indisidir.

Ko’nikma bilimlar kabi harakatda, kishi biror harakatga erishish uchun har xil faoliyat turida izchil bajariladigan uslublar tizimi kabi bilgilanadi. Ko’nikmalarni kishi faoliyati turlariga ko’ra bir necha turlarga ajratib ko’rsatish mumkin.

1. O’quv faoliyatiga oid ko’nikmalar - bular o’qituvchini tinglash va eshitganini tushunish, uning ko’rsatmalariga qarab harakat qilish, kuzatish, idroki yo’naltirilgan narsalarni ko’ra olish: turli masalarni yecha olish; sanay, o’qiy, yoza olish va h.k.

2. Nutqiy faoliyat ko’nikmalari - nutqni tinglash, uni tushunish, o’z fikrini aniq bayon qilish, leksik, fonetik va grammatik normalarga amal qilish.

3. Badiiy faoliyatga oid ko’nikmalar - musiqiy, rang - tasvir, harakatli.

4. Kishining jamiyatda muomala va o’zini tutish ko’nikmalari.

5. Mehnat ko’nikmalari.

Malaka - ongli xatti - harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi. Yoki Malaka - bu faoliyat jarayonida uning biror bir elementini (ongning eng kam nazorati ostida) bajarish qobiliyatidir.

Ko’nikma va malakalar maqsadga yo’naltirilgan faoliyat jarayonida shakillanadi. Ularni mutahkamlash uchun uzoq vaqt bilim olish bilan bog’liq bo’lgan maxsus mashqlar talab qilinadi.

Ta’lim mazmunidagi asosiy narsa - zarur bilim va ko’nikmalarni mustaqil egallash, egallangan bilimlar haqida avval hosil qilingan ko’nikma va malakalar asosida vujudga keladigan amaliy va nazariy masalalarni hal etish qobiliyatini shakllantirishdan iboratdir.

Ta’lim jarayonida, bilimlar, ko’nikma va malakalar bir - biri bilan o’zaro uzviy bog’lansada, avvalgidek bilimlar yetakchi rol o’ynayveradi. Chunki o’quvchilar bilimlar asosidagina ko’nikma va malakalarning ma’lum doirasini egallaydilar.Bolalarga matematikaning to’rt amalini mashq qildirishdan oldin ularga sanoqni o’rgatish lozim. Lekin ko’nikma va malakalar ham o’z navbatida bilimlar egallash jarayoniga katta ta’sir ko’rsatadi.

Ma’lumot - olingan, hosil qilingan bilimlar, tarkib topgan ko’nikma, malakalar hamda tarkib topgan dunyoqarashlar majmuasi. Didaktikaning dolzarb muammolari:

1. Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va rivojlantirish.

2. Lotin alifbosi asosida o’zbek tiliga o’tish.

3. Mukammal o’quv darsliklari yaratish.

4. Ta’limning texnika vositalari. O’quv - moddiy baza, kompyuter bilan ta’minlash, ta’limda internet tizimini joriy etish.

5. Malakali ilmiy va pedagogik xodimlar tayyorlash.

6. Ta’lim jarayonida ommaviy axborot vositalarining mavqyeni oshirish, televideniya va radioning ta’lim dasturlari intellektuallashuvini ta’minlash.

Haqiqatdan ham ta’lim, o’qish va mustaqil bilim olish inson shaxsini tarbiyalash va rivojlantirishga qaratilgan bir - biri bilan uzviy bog’liq jarayondir. Inson shaxsini shakllantirish uchun unga ta’lim ya’ni ilm, bilim, saboq berish darkor. Ilmsiz bu jarayonni ro’yobga chiqarish mumkin emas. Inson shakllanishi, rivojlanishi uchun esa o’qishi, o’rganishi, mustaqil harakat qilishi shart. Buning uchun o’qituvchi insonning rivojlanishini ta’minlash uchun unga ta’lim berish, o’qitish, mustaqil harakatni amalga oshirish zarur. Bu vazifa pedagog tomonidan o’quvchining rivojlanish davrining ma’lum yillarida amalga oshirilib uning o’qishga bo’lgan ishtiyoqini hosil qilishi, kerakli ko’nikma, malakalar bilan qurollantirishi va nihoyat uning mustaqil bilim olishini tashkil etishi talab etiladi. Bu mas’uliyatli vazifa o’qituvchi tomonidan mohirona olib boriladi. Shuning uchun ta’lim, o’qish va mustaqil bilim olish o’quvchi shaxsini tarbiyalash va rivojlantirishga, kamol toptirishga qaratilgan ijtimoiy jarayondir. Bu ishlarni tashkil qilmasdan hayotni, jamiyatni rivojlantirish mumkin emas. Shuning uchun ta’lim, o’qish va mustaqil bilim olish o’quvchi shaxsini rivojlantirishning obyektiv zaruriy sharti hisoblanadi. Buni har bir o’qituvchi bilishi va amalda qo’llashi shartdir.



Download 9,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   529   530   531   532   533   534   535   536   ...   837




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish