VI. Talabalar uchun topshiriq:
Pedagogik kadrlarni attestasiyadan o’tkazish jarayonining mohiyatini yoriting. Bu o’rinda talabalar kichik guruhlarga birlashgan holda “Baliq sekleti” metodi yordamida pedagogik kadrlarni attestasiyadan o’tkazish jarayonining mohiyatini yoritadilar.
V. Talabalar uchun topshirq.
Mavzuga doir quyidagi test savollariga javob bering:
1. O’zbekiston Respublikasining ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) uzluksiz ta’limning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi; ta’lim oluvchilarning teng huquqqa egaliklari; tarbiya jarayonining izchil va uzluksiz amalga oshirilishi;
B) ta’lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi; ta’limning uzluksizligi va izchilligi; umumiy o’rta, shuningdek, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining majburiyligi;
C) ta’lim oluvchilarning yosh va psixologik xususiyatlarining inobatga olinishi; nazariy bilimlarning oddiydan murakkabga o’sib borishi; o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik;
D) ta’lim oluvchilarning teng huquqqa egaliklari; ta’limning o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi o’zaro hamkorlik; uzluksizligi va izchilligi.
2. Akademik lisey qanday ta’lim muassasasi sanaladi?
A) o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni ta’minlaydigan uch yillik o’rta maxsus o’quv yurti;
B) o’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o’stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunar yo’naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o’rta maxsus o’quv yurti;
C) tabaqalashtirilmagan bo’lsa-da, o’quvchilarda kasbiy ko’nikmalarni shaklantirishga xizmat qiladigan uch yillik o’rta maxsus o’quv yurti;
D) tanlangan kasblar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o’rta kasb-hunar o’quv yurti.
3. Kasb-hunar kolleji qanday ta’lim muassasasi sanaladi?
A) ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilim beradigan, o’qish muddati kamida uch yil bo’lgan o’rta maxsus o’quv yurti;
B) o’quvchilarning intellektual qobiliyatlarini jadal o’stirishni, ularning chuqur, tabaqalashtirilgan va kasb-hunar yo’naltirilgan bilim olishlarini ta’minlaydigan uch yillik o’rta maxsus o’quv yurti;
C) o’quvchilarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun turli yo’nalishlarda ta’limni tashkil etishga yo’naltirilgan ko’p yillik faoliyatni olib boradigan o’quv yurti;
D) o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, mahorat va malakasini chuqur rivojlantirishni, tanlagan kasblar bo’yicha bir yoki bir necha ixtisos olishni ta’minlaydigan uch yillik o’rta maxsus kasb-hunar o’quv yurti.
4. Jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan ta’lim turi qanday ta’lim sanaladi?
A) o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
B) mustaqil ta’lim;
C) oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
D) rivojlantiruvchi ta’lim.
5. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash negizida qanday vazifa amalga oshiriladi?
A) kasbiy bilim va ko’nikmalarni chuqurlashtirish hamda yangilash;
B) kabiy bilim, ko’nikma hamda malakalarlarni o’zlashtirish uchun sharoit yaratish;
C) jamiyatning yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarga bo’lgan ehtiyojlarini ta’minlashga qaratilgan ta’lim;
D) oliy ta’lim yo’nalishlaridan biri bo’yicha puxta bilim beradigan, o’qish muddati kamida to’rt yil bo’lgan tayanch oliy ta’lim.
6. Ta’lim muassasasi kim tomonidan boshqariladi?
A) uning rahbari hamda jamoat boshqaruvi organi tomonidan;
B) rektor tomonidan;
C) direktor tomonidan;
D) O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus, shuningdek, Xalq ta’limi vazirligi tomonidan.
7. Davlat ta’lim muassasalarini moliyalash qanday mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi?
A) respublika va mahalliy byudjetlar mablag’lari, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan;
B) faqat respublika va mahalliy byudjetlar mablag’lari hisobidan;
C) byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan;
D) pulli ta’lim xizmatlari ko’rsatish orqali to’plangan mablag’lar hisobidan.
8. Hozirda ta’lim tizimini boshqarishning qanday shakli qaror topgan?
A) davlat boshqaruvchi;
B) jamoatchilik boshqaruvi;
C) davlat-jamoatchilik boshqaruvi;
D) yakkahokimlik.
9. Quyidagilarning qaysi biri rahbarlik va boshqarish tizimini aniqlovchi hujjat hisoblanadi?
A) “Umumiy o’rta ta’lim to’g’risida”gi Nizom;
B) “Akademik lisey, kasb-hunar kollejlari to’g’risida”gi Nizom;
C) ta’lim muassasasining Ustavi;
D) barcha javoblar to’g’ri.
10. Quyidagi qaysi biri ta’lim tizimida jamoatchilik boshqaruvi qaror topganligini ifodalaydi?
A) Pedagogik kengash faoliyatining yo’lga qo’yilganligi;
B) metodik birlashma faoliyatining izchil tashkil etilishi;
C) ta’lim muassasalarida Ota-onalar kengashining tashkil etilganligi;
D) maktab konferensiyasining tashkil etilganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |