VI. Talabalar uchun topshiriq.
O’quvchilarni vatanparvarlik va baynalminallik ruhida tarbiyalashga oid ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqing.
Bu o’rinda talabalar kichik guruhlarda “Reja” metodini qo’llash asosida bir o’quv yiliga mo’ljallangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar rejasini ishlab chiqadilar. Rejani ishlab chiqishda o’quvchilarning yosh xususiyatlari inobatga olinishi lozim. Talabalarga topshiriqni bajarish uchun quyidagi sxema tavsiya etiladi:
№
|
Tadbir
mavzusi
|
Tadbir shakli
|
Tadbirning
o’tkazilish muddati
|
Mas’ul
shaxs
|
Tashkil etilish holati
|
1.
|
|
|
|
|
|
2.
|
|
|
|
|
|
...
|
|
|
|
|
|
V. Talabalar uchun topshiriq
Mavzu yuzasidan quyidagi test savollariga javob qaytaring:
1. Shaxs dunyoqarashini shakllantirish omillari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) milliy qadriyatlar;
B) ilmiy bilimlar, mavjud fanlar asoslari;
C) hayotiy tajriba;
D) barcha javoblar to’g’ri.
2. Ilmiy bilimlar tizimining mavjudligi, fikrlash ko’nikmasiga egalik, bilimlarni egallashga nisbatan qiziqish va ehtiyojning yuzaga kelganligi tafakkurga xos qanday holatni ifodalaydi?
A) tafakkur tezligini;
B) tafakkur kengligini;
C) tafakkur darajasini;
D) tafakkurning boyligini.
3. Shaxs dunyoqarashini shakllantirish omillarini ko’rsating.
A) milliy qadriyatlar;
B) ilmiy bilimlar, mavjud fanlar asoslari;
C) hayotiy tajriba;
D) barcha javoblar to’g’ri.
4. Iqtisodiy ta’lim-tarbiyaning samaradorligini qanday mezonlar bilan aniqlash mumkin?
A) iqtisodiyotning rivojlanganligi bilan;
B) jamiyatda iqtisodiy munosabatlarning qaror topganligi bilan;
C) ishlab chiqarishda raqobatning yuzaga kelganligi bilan;
D) o’quvchilarda iqtisodiy ong va iqtisodiy madaniyat elementlarining shakllanganligi bilan.
5. O’quvchilarning ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyatiga egaliklari qanday madaniyat mohiyatini ifodalaydi?
A) ekologik madaniyat; B) ma’naviy-axloqiy madaniyat;
C) huquqiy madaniyat; D) iqtisodiy madaniyat.
6. Fuqarolik tarbiyasining maqsadi qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) fuqarolarda iqtisodiy munosabatlarni tashkil etish qobiliyatini tarbiyalash;
B) fuqarolarda o’z huquq va burchlarini himoya qila olish ko’nikmasini hosil qilish;
C) fuqarolik tushunchasining mohiyatini anglatish orqali o’quvchilarda yuksak darajadagi fuqarolik madaniyatini shakllantirish;
D) to’g’ri javob yo’q.
7. Yoshlarni Vatan himoyasi va mudofaasiga tayyorlash vatanparvarlik tarbiyasining qanday ko’rinishi sanaladi?
A) milliy vatanparvarlik;
B) g’oyaviy-siyosiy vatanparvarlik;
C) harbiy vatanparvarlik;
D) ma’naviy-axloqiy vatanparvarlik.
8. Huquqiy ta’lim-tarbiyaga oid tayanch tushunchalar qaysi javobda berilgan?
A) huquqiy me’yor, huquqiy munosabat, huquq subyektlari;
B) huquqiy ong, huquqiy tafakkur, huquqiy madaniyat;
C) huquq obyekti, huquq shakli, huquqiy (normativ) akt;
D) huquqiy hujjat, huquq tizimi, huquqiy ustqurtma.
9. Shaxs huquqiy madaniyatining tarkibiy qismlari qaysi javobda berilgan?
A) huquqiy tasavvur, huquqiy idrok, huquqiy savodxonlik;
B) huquqiy tafakkur, huquqiy faollik, huquqiy mas’ullik;
C) huquqiy ong, huquqiy e’tiqod, huquqiy salohiyat;
D) barcha javoblar to’g’ri.
Do'stlaringiz bilan baham: |