V. Talabalar uchun topshiriq:
Kichik guruhlarga birikkan holda ijodiy faoliyatni tashkil etish orqali “Shaxs va uning kamoloti” mavzusida sxema, jadval yoki klasterlarni yarating.
VI. Talabalar uchun topshiriq:
Mavzuga oid quyidagi test savollariga javob qaytaring:
1. Individ kim?
A) xatti-harakatlarini ong orqali boshqarish imkoniyatiga ega bo’lmagan biologik mavjudot;
B) xatti-harakatlarini shartli reflekslar yordamidagina tashkil eta oladigan biologik mavjudot;
C) xatti-harakatlarini shartli reflekslar hamda yuksak darajada taraqqiy qilgan ong yordamida tashkil eta oladigan biologik mavjudot;
D) xatti-harakatlarini yuksak darajada taraqqiy qilgan ong yordamida tashkil eta oladigan biologik mavjudot.
2. Shaxs kim?
A) shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi ijtimoiy mavjudot;
B) muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan ijtimoiy mavjudot;
C) psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turuvchi, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega bo’lgan ijtimoiy mavjudot;
D) psixologik jihatdan taraqqiy etgan hamda ma’lum darajada ma’naviy-axloqiy sifatlarga ega ijtimoiy mavjudot.
3. “Shaxsning rivojlanishi” deganda nima tushuniladi?
A) shaxsga xos bo’lgan barcha tug’ma xususiyatlarning boyib borishi, yangi sifatlarning hosil qilinishi, shuningdek, organizmning anatomik tuzilishi, fiziologik va psixologik funksiyalarning takomillashishi, faoliyat hamda xatti-harakatning miqdor va sifat jihatdan o’zgarib borish jarayoni;
B) shaxsga xos bo’lgan barcha tug’ma xususiyatlarning boyib borishi, yangi sifatlarning hosil qilinishi;
C) shaxs organizmining anatomik tuzilishi, fiziologik va psixologik funksiyalarning takomillashishi;
D) shaxs faoliyati hamda xatti-harakatining miqdor va sifat jihatdan o’zgarib borish jarayoni.
4. Shaxs rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
A) irsiyat, tabiiy muhit, ijtimoiy munosabatlar;
B) muhit, tarbiya, bilim;
C) irsiyat, muhit, tarbiya;
D) tarbiya, irsiyat, faoliyat mazmuni.
5. Inson kamolatida uch narsa – irsiyat, muhit, tarbiya muhim rol o’ynaydi degan fikrni ilk bor ilgari surgan Sharq mutafakkirining nomini aniqlang:
A) Abu Rayhon Beruniy;
B) Abu Nasr Forobiy;
C) Abu Ali ibn Sino;
D) Yusuf Xos Hojib.
6. Shaxsning rivojlanishi qanday holatlar bilan belgilanadi?
A) shaxsning fiziologik va ruhiy jihatdan kamol topishi jarayonida kechadigan miqdor o’zgarish bilan;
B) shaxsning fiziologik, ruhiy va intellektual o’sishini ta’minlovchi faoliyat va xatti-harakatlarining miqdor va sifat jihatdan o’zgarishlar bilan;
C) shaxsning fiziologik va ruhiy jihatdan kamol topishi jarayonida kechadigan sifat o’zgarishlar bilan;
D) shaxs kamolotida muhim o’rin tutuvchi faoliyat ko’nikmalarining miqdor va sifat jihatdan takomillashib borishi bilan.
7. “Shaxsning individual xususiyatlari” deganda nima tushuniladi?
A) shaxsning yo’nalganligi, qiziqishlari, xarakteriga xos, barqaror, muhim xususiyatlar;
B) shaxsning yo’nalganligi, qiziqishlari, xarakteri, uni boshqalardan ajratib turadigan aqliy kamolotiga xos, barqaror, muhim xususiyatlar;
C) shaxsning yo’nalganligi, qiziqishlari, xarakteri, uni boshqalardan ajratib turadigan aqliy kamoloti hamda faoliyatining o’ziga xos, barqaror, muhim xususiyatlari;
D) shaxsning qiziqishlari, xarakteri, aqliy kamoloti hamda faoliyatining o’ziga xos, barqaror, muhim xususiyatlari.
8. Pedagogikada qabul qilingan yosh davrlarini ko’rsating:
A) go’daklik davri, bolalik davri, maktabgacha ta’lim davri, boshlang’ich ta’lim davri, o’smirlik, o’spirinlik;
B) go’daklik davri, bolalik davri, maktabgacha ta’lim davri, kichik maktab yoshi davri, o’rta maktab yoshi davri, katta maktab yoshi davri;
C) go’daklik davri, maktabgacha ta’lim davri, kichik maktab yoshi davri, o’rta maktab yoshi davri, katta maktab yoshi davri;
D) go’daklik davri, maktabgacha ta’lim muassasasigacha bo’lgan davr, maktabgacha ta’lim davri, boshlan?ich ta’lim davri, o’smirlik, o’spirinlik.
9. “O’tish davri” hisoblangan o’smirlik yoshi uchun xarakterli bo’lgan xususiyat nimadan iborat?
A) jismoniy faollikning ortishi, shaxsi sifatida o’zini namoyish qilishga intilish;
B) jinsiy yetilish va intensiv (tezkor) rivojlanishning kuzatilishi, mustaqillik hamda o’zini namoyish qilishga intilish;
C) ijtimoiy faollik ko’nikmalarining shakllanishi, mustaqillikka intilish;
D) o’z xatti-harakatlarini mustaqil ravishda baholay olish layoqatining rivojlanishi va jismoniy faollikning ortishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |