III. Talabalar uchun topshiriqlar.
Didaktik nazariyalarga xos muhim jihatlarni yoritng.
Topshiriq kichik guruhlar tomonidan quyidagi sxema asosida bajariladi:
Didaktik nazariyalar
|
Afzalligi
|
Kamchiligi
|
An’anaviy didaktik nazariyalar
|
|
|
Progressiv didaktik nazariyalar
|
|
|
Zamonaviy didaktik nazariyalar
|
|
|
IV. Talabalar uchun topshiriq.
Didaktik nazariyalar mohiyatini yorituvchi tavsiyanoma tayyorlang.
Bu o’rinda talabalar kichik guruhlarda “T-jadval” texnologiyasini qo’llash asosida “Zamonaviy sharoitda ta’lim jarayonini tashkil etish shartlari” mavzusida didaktik nazariyalarning mohiyatini yoritadilar.
V. Talabalar uchun topshiriq.
Mavzuga oid quyidagi test savollariga javob bering:
1. Didaktika nimani o’rganadi?
A) o’qitish mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalarini o’rganadi;
B) shaxsning umumiy rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi;
C) bolaning atrofdagilar bilan o’zaro munosabatini o’rganadi;
D) shaxsga ta’lim hamda tarbiya berishga salbiy ta’sir etuvchi omillarni o’rganadi.
2. Didaktikaning asosiy kategoriyalarini ko’rsating.
A) rivojlanish, mustahkamlash, takrorlash, umumlashtirish;
B) ta’lim berish, tarbiyalash, shakllantirish;
C) bilim, ko’nikma, ta’lim, malaka va tushuncha;
D) bilim, ta’lim mazmuni, ta’lim shakli, ta’lim metodlari, ta’lim vositalari.
3. “Ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi” tushunchalari didaktikaning qaysi jihatini yoritadi?
A) ta’lim funksiyalari;
B) ta’lim vositalari;
C) ta’lim metodlari;
D) ta’lim natijasi.
4. Buyuk chex olimi Yan Amos Komenskiy ta’lim qo’llaniladigan qaysi jarayonni “didaktikaning oltin qoidasi” deb atagan?
A) ta’limning tabiat bilan uyg’unligini;
B) o’quvchilarga bilim berishda ilmiy atamalardan foydalanishni;
C) ko’rsatmalilikni;
D) nazariy bilimlarning o’quvchilar uchun tushunarli bo’lishini.
5. “Ta’lim beruvchi, rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi” tushunchalari didaktikaning qaysi jihatini yoritadi?
A) ta’lim funksiyalari;
B) ta’lim vositalari;
C) ta’lim metodlari;
D) ta’lim natijasi.
6. “Qobiliyatlini tarbiya qilmaslik zulmdir va qobiliyatsizga tarbiya hayf”. Mazkur fikrning muallifi kim?
A) Alisher Navoiy;
B) Unsurul Maoliy Kaykovus;
C) Ahmad Yugnakiy;
D) Saidahmad Siddiqiy.
7. Ta’lim jarayonini boshqarish bosqichlari qaysi javobda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) rejalashtirish, tashkil etish;
B) boshqarish, nazorat;
C) natijalarni baholash va tahlil qilish;
D) barcha javoblar to’g’ri.
8. Idrok etish – anglab yetish – yodda olish, mustahkamlash – bilimlarni amaliyotda qo’llash. Mazkur holat qanday jarayon mohiyatini anglatadi?
A) o’quvchilar bilish faoliyatini boshqarishni;
B) bilimlarni tashxis qilishni;
C) bilimlarni o’zlashtirishni;
D) o’quvchilar bilimlarni nazorat qilishni.
9. Ta’lim jarayonida shaxsning har tomonlama rivojlantirish qanday tamoyilga muvofiq amalga oshiriladi?
A) ta’limning insonparvarlik tamoyiliga muvofiq;
B) ta’limning tarbiyalovchilik tamoyiliga muvofiq;
C) ta’limning ilmiylik tamoyiliga muvofiq;
D) ta’limning tabiat bilan uyg’unligi tamoyiliga muvofiq.
Do'stlaringiz bilan baham: |