Psixikaning namoyon bo’lish shakllari va ularning o’zaro bog’liqligi
Psixik
Jarayoni
|
Psixologik Holatlar
|
SHaxsning Xususiyatlari
|
Bilish
|
Xissiy
|
Individuallik
|
Jarayoni
|
Irodaviy
|
|
Sezgilar
|
Emotsiyalar
|
Yo’nalishlar
|
Idrok
|
E’tiqodlilik
|
Temperament
|
Xotira
|
Bardamlik
|
Xarakter
|
Tafakkur
|
Tetiklik
|
Qobiliyatlar
|
Xayol
|
Atiya
|
Iqtidor
|
Nutq
|
Qiziquvchanlik
|
Aqliy salohiyati
|
Diqqat
|
Xayratlanish
|
Xulq otivatsiyasi
|
|
Ishonchlilik
|
ish uslubi
|
|
Ijodiy ruhlanish
|
Ma’suliyat
|
Umumiy psixologiya fani tadqiqot metodlari
Psixolagiyaning asosiy metodlari
ASOSIY METODLAR
|
Asosiy metodlarning variantlari
|
KUZATISh METODI
|
Tashqi (obyektiv kuzatish)
Ichki (subyektiv, o‘z-o‘zini kuzatish)
Erkin kuzatuv Standartlashtarilgan
Guruh ichida kuzatish
Guruh tashqarisida kuzatish
|
SO’ROQMETODI
|
Og‘zaki so‘roq
YOzma so‘roq
Erkin so‘roq (suhbat)
Standartlashtirilgan so‘roq
|
TESTLARMETODI
|
Tesg-so‘rov
Tesg-toshiriq
|
Buusul engtabiiy va hayotiy metodlar jumlasiga kiradi. Chunki biz hayotda o‘rgangan ko‘ odatlarimiz, harakatlarimizning asosida o‘zining bilib-bilmay kuzatgan, xotiramizda shu tarzda olib qolgan ma’lumotlarimiz yotadi. Ilmiy nuqtai nazardan esa kuzatuvning turlari va bosqichlari farqlanadi.
Kuzatishning ikki asosiy turi bo’lib, tashqi-ob’ektiv kuzatish va ichki - o’zo’zini kuzatish farqlanadi.
Tashqi kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan turib kuzatish orqali ma’lumotlar to‘lash usulilir. Usulning o‘ziga xosligi shundaki, tadqiqotchi kuzatiluvchining faoliyatiga aralashmagan va unga xalaqit bermagan tarzda, uning tashqi xulq-atvori, nutqi, o‘zgalarga munosabatini «zimdan kuzatib», qayd qilib boradi.
O‘z-o‘zini kuzatish birovlarni tashqaridan kuzatishdan farqli, odamning o‘zida kechayotgan biror o‘zgarish yoki hodisani shaxsan o‘rganishi maqsadida ma’lumotlar to‘lash va qayd etish usulidir. Erkin kuzatuv ko‘incha biror ijtimoiy hodisa yoki jarayonni o‘rganish maqsad qilib qo‘yilishda qo‘llaniladi. Masalan, bayram arafasida aholining kayfiyatini bilish maqsadida kuzatuv tashkil qilinsa, oldindan maxsus reja yoki dastur bo‘lmaydi, kuzatuv obyekti ham qatg‘iy bo’lishi shart emas. Yoki dars jarayonida bolalarning u yoki bu mavzu yo‘zasidan umumiy munosabatlarini bilish uchun ham baozan erkin kuzatish tashkil etilishi mumkin. Standartlashtirilgan kuzatuv esa, buning aksi bo‘lib, nimani, qachon, kim va kimni kuzatish qat’iy belgilab olinadi va maxsus dastur doirasidan chiqmasdan, kuzatuv olib boriladi.
Ijtimoiy hamda pedagogik psixologiyada guruhiy jarayonlarning shaxs xulqatvoriga ta’sirini o‘rganish maqsadida bevosita ichkaridan kuzatuv tashkil qilinadi, bunda kuzatuvchi shaxs o‘sha guruh yoki oila hayotiga tabiiy ravishda qo‘shiladi vazimdan kuzatish ishlarini olib boradi. Bu bir qarashda kontrrazvedkachilarning faoliyatini ham eslatadi. Shu yo‘l bilan olingan ma’lumotlar bir tomondan tabiiyligi va mufassalligi bilan qiymatli bo‘lsa, ikkinchi tomondan, agar kuzatuvchida konformizm xislati kuchli bo‘lsa, o‘zi ham guruh hayotiga juda kirishib ketib, undagi ayrim hodisalarni subyektiv ravishda qayd etadigan bo’libqolishi ham mumkin. Guruhiy fenomenlarni tashqaridan kuzatish buning aksi – ya’ni kuzatuvchi guruhga yoki kuzatilayotgan jarayonga nisbatan chetda bo’ladiva faqat bevosita ko‘zi bilan ko‘rgan va eshitganlari asosida xulosalar chiqaradi.
Umuman, kuzatish metodining ijtimoiy hayot, rofessional ko‘rsatgichlarni qayd qilishda so‘zsiz afzalliklari bor, lekin, shu bilan birga kuzatuvchinitsg rofessional mahorati, kuzatuvchanliga, sabr-qanoatiga bog‘liq bo’lgan jihatlar, yana tulangan ma’lumotlarni subyektiv ravishda tahlil qilish xavfi bo’lgani uchun ham biroz noqulayliklari ham bor, shuning uchun ham u boshqa metodlar bilan birgalikda ishlatiladi. Umuman kuzatish vositasida ma’lumotlar to‘lashga qaror qilgan kimsa har doim ham aniq kuzatuv obyektini ajratib olishi, undan nimalarni kutayotganligini tasavvur qilishi, kuzatuv daftarini tutib, kuzatilayotgan odam yoki guruhning faoliyatini mahlum muddat davomida bosqichma-bosqich izchil tarzda qayd qilib borishi, izlanishlari nihoyasida esa barcha to‘langan mahlumotlarni psixologik jihatdan tahlil qila olishi kerak.
So‘rov metodi
Odamlarni so‘roq qilish, u yoki bu bilmagan yoki qiziqtirgan narsalarni so‘rab o‘rganish insonga xos hislat. Ko‘cha-kuyda ketayotganimizda ham vaqtni yoki ko‘chalar nomini so‘rovchilar bo’ladi. Katta tadbirlar arafasida, mustaqillik, «Navro‘z» bayramlari arafasida odamlar kayfiyatlarini bilish uchun ham oddiy odatiy so‘roqlar o‘tkazilishi rasm bo’lgan. Lekin bu hayotiy usul psixologiyada ham fikr-o‘ylarni o‘rganish orqali qimmatli ilmiy ma’lumotlar to‘plash vositasi sifatida qadrlanadi.
Shuning uchun so’roq metodlari psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi ma’lumotlar to’plashning an‘anaviy usullaridan hisoblanadi. Unda tekshiriluvchi tekshiruvchi tomonidan qo’yilgan qator savollarga muxtasar javob qaytarishi kerak bo’ladi.
Og‘zaki so‘roqni yoki baozan uni oddiygina qilib, suhbat metodi deb ataladi, o‘tkazadigan shaxs unga ma’lum darajada tayyorgarlik ko‘rgach so‘roq o‘tkazadi. Agar mabodo uning rofessional mahorata yoki tajribasi bunga starli-bo‘lmasa, so‘rov o‘z natijalarini bermasligi mumkin. Lekin mahoratli so‘rovchi ushbu metod yordamida inson ruxiy kechinmalariga aloqador bo’lgan noyob mahlumotlarni to‘lash imkoniga ega bo’ladi.
Yozma so‘roq yoki anketaniig afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o‘zida ko‘gina odamlar fikrini o‘rganish mumkin bo’ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yoiqanketa), yoki erkin o‘z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so‘rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand to‘zilgan bo‘lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to‘planadi.
Modellashtirish
Ko‘zatish, so‘roq, ekseriment yoki boshqa usullar yordamida o‘rganilayotgan hodisaning tub mohiyati ochilmagan sharoitlarda modellashtirish usuli qo‘llaniladi. Bunda o‘sha hodisaning umumiy xossasi yoki asosiy arametrlari modellashtirilib, o‘sha model asosida tadqiqotchini qiziqtirgan jihat o‘rganiladi va xulosalar chiqariladi.
Esda tuting: Modellar texnik, mantiqiy, matematik yoki kibernetik bo’lishi mumkin.
Matematik model asosida o‘rganilgan hodisaga mashhur tadqiqotchilar VeberFexnerlarning sezgirlikning quyi va yuqori chegarasini aniqlashga qaratilgan matematik formulasi va shu asosda to‘langan ma’lumotlar tahlilini misol qilish mumkin. Mantiqiy modellar yordamida ko‘incha inson aqli va tafakkuri jarayonlari va qonunlarini hisoblash mashinalari ish tamoyillari bilan qiyoslash orqali to‘zilgan g‘oyalar va simvollar ishlatiladi. Kibernetik modellashtirishda esa g‘oyalar psixologiyasini EHM dagi matematik rogrammalashtirish tamoyillariga moslashtirish nazarda tutiladi. Hozir ko‘gina murakkab shaxs xususiyatlari ham dasturlashtirilgan bo‘lib, ular algoritmlar asosda qisqa fursatda ko‘gina sifatlarni ko‘lab arametrlar nuqtai nazaridan hisoblab, natijalarni umumlashtirishga imkon bermoqda. Ko‘pincha matematik o‘yinlar g‘oyasi odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar sohasini o‘rganishda ham qo‘llanilmoqda. Ma’lum bo’lishicha, odamning fikrlash operatsiyalari bilan EHM larning ishlash tamoyillari o‘rtasida ma’lum uyg‘unlik bor ekan, bu esa murakkab psixik jarayonlarni modellashtirish orqali inson aqlu zakovati chegarasini yanada kengpaytirish istiqbolini beradi.
Umuman psixologiyaning va uning har bir alohida tarmoqlarining o‘ziga xos metodlari bor. Ular ijtimoiy xulq va alohida individ ichki dunyosini komleks tarzda o‘rganish imkonini beradi. Ga shundaki, ularni o‘z vaqtida va professional tarzda qo‘llay bilish va olingan natijalardan to‘g‘ri xulosalar chiqara olishdir.
Faoliyat mahsulini o’rganish metodi inson mehnatining mahsulotlari yoki natijalari asosida psixik xodisalarni taxlil qilishdan iboratdir. Maktab tajribasida o’quvchilarning daftarlari, yasamalari, o’zlari tayyorlagan asboblari va boshqalarni taxlil qilish asosida ulardagi diqqat-e’tibor, intilish, idrok kabi xususiyatlar haqida xulosaga kelinadi. Bayon, doklad, shehrlar, rasmlar va boshqa ijodiy xarakterdagi ishlarin taxlil qilish ham ko’pincha faoliyat mahsulotlarini o’rganish metodiga kiradi.
Biografik metod kishi psixologiyasini tarjimaiy xoliga oid ma’lumotlar asosida o’rganish metodidir. Masalan o’quvchi bir necha marta sinf boshlig’i qilib saylangan. Bundan biz o’quvchida qandaydir tashkilotchilik qobiliyati yoki bu ishga ko’nikma borligini aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |