Hissiyot kishining tevarak- atrofdagi borliqqa, bilgan va qilgan narsalariga nisbatan bo’lgan munosabatlaridan yuzaga kelgan kechinmalardir.
Iroda maqsadga muvofiq harakatlarni amalga oshirishda uchraydigan qiyinchiliklarni yenga olish qobiliyati bilan bog’liq bo’lgan xulq atvorni ongli boshqarishdir.
SHaxs ma’lum bir faoliyat turlari natijasida shakllanadi.
Faoliyat jarayonida (o’yin, o’qish, mehnat) shaxsning psixik qiyofasini boyituvchi va o’zgartiruvchi bilimlar egallanadi, ko’nikma, malaka, odatlar tarkib topadi.
Ayrim psixik jarayonlar, psixik holatlar hamda bilim, ko’nikma va malakalar hosil qilinishini asosida har bir kishining psixik qiyofasi tarkib topadi. Har bir shaxsning psixik xususiyatlari-ko’zlagan maqsadi, temperamenti, xarakteri qobiliyatida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |