Psixologiya fanining maqsad va vazifalari


Psixikaning filogenitik taraqqiyoti. Ong haqida tushuncha



Download 46,89 Kb.
bet3/23
Sana21.07.2022
Hajmi46,89 Kb.
#834676
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Psixologiya fanining maqsad va vazifalari mavzular 23

Psixikaning filogenitik taraqqiyoti. Ong haqida tushuncha
Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻri-sidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, ta-fakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kate-goriyalar kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraq,-qiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda Psixologiya bir tomondan, biol. fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantik hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida (Demok-/shyaning moddiyunchiligi asosida) talqin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qaramaqarshi qoʻyilgan. Aristotel „Jon toʻgʻrisida“gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi.
Oʻrta asrlarda psixikaga nisbatan har xil koʻrinishdagi gʻayritabiiy qarashlar hukmronlik qildi. Shu tufayli psixologik bilimlar rivojlanmay qoldi. Ammo baʼzi faylasuflar va shifokorlar (Ibn Sino va boshqalar) asarlarida bu sohada olgʻa qadam qoʻyildi. Inson xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qad. qoʻlyozmalar, yodgorliklarda oʻz aksini topa boshladi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda tuzilgan akademiyalarda (Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa shaharlarda) Psixologiya yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan. Hozirgi zamon Psixologiyasi koʻp tarmoqli psixologik bilimlar tizimidan iborat fan hisoblanib, oʻzining tadqiqot predmetiga ega boʻlgan koʻplab sohalardan tashkil topgan: umumiy Psixologiya, aviatsiya Psixologiyasi, harbiy Psixologiya, differensial psixologiya, psixofiziologiya, muhandislik psixologiyasi, kosmik psixologiya, huquq Psixologiyasi, tibbiyot Psixologiyasi, neyropsixologiya, patopsixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat Psixologiyasi, sport Psixologiyasi, max-sus Psixologiya, ijodiyot Psixologiyasi, menejment Psixologiyasi, marketing Psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tashkiliy Psixologiya, din Psixologiyasi, oila Psixologiyasi, Psixologiya tarixi, genetik Psixologiya, amaliy Psixologiya, eksperimen-tal Psixologiya, kasb Psixologiyasi, psixolingvistika, siyosiy Psixologiya va boshqa Psixologiyaning tarmoqlarga ajralishining asosiy sababi uning tarkibida tatbiqiy sohalar vujudga kelishidir. Psixologiya sanoatda, jamiyat boshqaruvida, taʼlim tizimida, sogʻliqni saklash, madaniyat, sport, transport, radio, televideniye va boshqa tuzilmalarda muhim masalalarni hal qilishda faol ishtirok qilmoqda. Psixologiya erishgan yutuqlari shaxs imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va ularni harakatga keltirishda alohida ahamiyat kasb qilmoqda hamda shu asnoda mehnat samaradorligini oshirishga taʼsir oʻtkazmoqda. Zamonavyy Psixologiyada elektron-hisoblash texnikasi, elektr va kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur oʻrganish kabilar qoʻllanilmoqda. Psixologiyadaoʻzini oʻzi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida keskin bahslar davom etmoqda. Baʼzi yoʻnalishdagi psixologlar uni tadqiqot oʻtkazishning asosiy metodi deb taʼkidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini eʼtirof qila-dilar, buning oʻrniga obʼyektiv metodlardan foydalanishni tavsiya etadilar. Obʼyektiv metodlar tufayli psixikaning moddiy negizi aniklangan, inson ichki munosabatlari bilan subʼyek-tiv holatlar sababiy bogʻliqligi yakka shaxsda, jamoada namoyon boʻlishi dalillangan. Jahon hamjamiyatida AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Shveysariya mamlakatlarida i. t. insti-tutlari va markazlarida, universitetlarda psixologik izlanishlar keng koʻlamda olib borilmoqda.


Download 46,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish