Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan shakllanishi va rivojlanishi


Savol Xotira va uning jarayonlari



Download 131,69 Kb.
bet42/71
Sana14.04.2022
Hajmi131,69 Kb.
#552441
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71
Bog'liq
Psixologiya fani predmeti va vazifalari Psixologiyaning tarixan

Savol Xotira va uning jarayonlari



Esda olib qolish nerv tizimining egiluvchan, yaʼni oʻzgaruvchanlik, qoʻzgʻatuvchilar taʼsirida oʻzida goʻyo bir iz qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega boʻlib, uning darajasi har xil boʻladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli faoliyatga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq ravishda rivojlanadi. Atrofni oʻrab olgan borliqni faol biluvchi kishi oʻz miyasi faoliyatini toʻxtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha pasayishi, xotira samarasining susayishi, baʼzi paytda odamning toliqishiga sabab boʻladi. Dam olgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh oʻtishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari gapirganlari esdan chiqib, oʻsha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining koʻrsatkichi bosh miya poʻstlogʻida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga kelishi, davomli saqlanishi va ularning tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi. Muvaqqat nerv aloqalari assotsiatsiyalarni hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir. Assotsiatsiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning oʻzaro bogʻlanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bogʻlash orqali amalga oshiriladi. Bu oʻrinda akademik I.P.Pavlovning quyidagi soʻzlari juda xarakterlidir. “Muvaqqat nerv bogʻlanishlari – deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning oʻzimizda ham boʻladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot boʻlmasa harflar, soʻzlar va fikrlar oʻrtasida paydo boʻladigan bogʻlanishlar-ki, bu bogʻlanishlarni psixologlar assotsiatsiyalar deb ataydilar”.Xotira, yaʼni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil boʻlgan obrazlar oʻrtasida assotsiatsiyalarning yuzaga kelishidan iboratdir. Shu bois inson xotirasidagi assotsiatsiyalar 3 turga ajratiladi. Bular yondoshlik assotsiatsiyasi, oʻxshashlik assotsiatsiyasi va qarama-qarshilik assotsiatsiyalaridan iboratdir. Yondoshlik assotsiatsiyasining asosida vaqt va fazoviy munosabatlar yotadi. Boshqacha qilib aytganda, yondoshlik assotsiatsiyasi bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil boʻladi. Masalan, bogʻchada bolasi har kuni oʻzining tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan guruhini idrok qiladi. Keyinchalik, yaʼni katta boʻlgandan soʻng bogʻchasini eslasa tarbiyachi opasi va aksincha, tarbiyachi opasini eslasa, bogʻcha guruhi koʻz oʻngida gavdalanadi. Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa oʻrtasida maʼlum oʻxshashlik boʻlsa, bu narsalar oʻrtasida oʻxshashlik assotsiatsiyasi hosil boʻladi. Masalan, bola dastavval bogʻchaga kelgan paytida bogʻcha mudirasining tashqi koʻrinishi, ovozi va munosabatlarini oʻz onasiga oʻxshatishi mumkin. Keyinchalik bola onasini koʻrganda, mudira opasini va aksincha mudira opasini koʻrganda onasini eslaydigan boʻlib qoladi. Bu ikkala odamning bola tasavvuridagi obrazlari oʻrtasida assotsiatsiya hosil boʻladi.
Hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar oʻrtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar boʻlsa, bunday narsalar oʻrtasida qarama-qarshilik assotsiatsiyasi yuz beradi. Masalan yoz-qish, issiq-sovuq kabi narsalar oʻrtasida qarama-qarshilik assotsiatsiyalari hosil boʻladi.
Shunday qilib, xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya poʻstida hosil boʻladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bogʻlanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil boʻlganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil boʻlganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida boʻladi.
Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida toʻxtalar ekanmiz, soʻnggi yillarda texnikaning gʻoyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga boʻlgan ehtiyoj benihoya koʻpayib ketganligini taʼkidlash joiz. Bu oʻz navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan oʻrganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning oʻzgarishi bilan bogʻliq boʻlgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga koʻra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni oʻzgarishi bilan bogʻliqdir. Oʻtkazilgan tekshirishlarga koʻra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida oʻzgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil boʻlgan oʻzgarish darrov oʻtib ketadigan boʻlmay, ancha mustahkam boʻladi. Shu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.

  1. Savol. Xotiraning yoshga qarab namoyon bo‘lishi

Oʻtmishda idrok qilingan narsalar, his-tuygʻu, fikr va ish-harakatlarning ongimizda qaytadan tiklanishi esga tushirish deyiladi. Esga tushirishning nerv-fiziologik asoslari bosh miya poʻstida ilgari hosil boʻlgan nerv bogʻlanishlarning qoʻzgʻalishidir. Esga tushirishning tanish, eslash, bevosita eslash, oradan maʼlum vaqt oʻtkazib eslash, ixtiyorsiz va ixtiyoriy turlari mavjud.Tanish ilgari idrok qilingan narsa va hodisalarni takror idrok qilish natijasida u yoki bu hodisani esga tushirishdir. Tanish aniq va noaniq boʻlishi mumkin. Noaniq tanishda biz bu narsani notanish emasligini his qilamiz, xolos. Masalan, bir odam koʻzimizga issiq koʻrinadi, lekin uni qayerda koʻrganimizni eslay olmaymiz. Toʻliq, aniq tanishda esa idrok qilinayotgan narsaning nomi katta rol oʻynaydi. Masalan, biz bir kishini koʻrib, uni taniy olmasak, uning familiyasini yoki ismini eshitsak, darrov kim ekanligini bilamiz. Eslash narsa va hodisalarni, uni ayni paytda idrok qilmay esga tushirishdir. Masalan, boʻlib oʻtgan voqea va hodisalarni, bilib olgan ishlarimizni bemalol esga tushirishimiz mumkin. Eslash ham aniq va noaniq boʻladi. Masalan, biz sheʼrni yoddan aytib bersak ham uni qayerda va qachon oʻqiganimizni eslay olmaymiz. Esga tushirish avval tanishdan boshlanadi. Masalan, imtihonga kirganda biletni koʻrib, uning savolini oʻqib taniymiz. Demak, bunda predmetning nomi muhim rol oʻynar ekan. Bevosita esga tushirish materialni idrok qilish ketidanoq esga tushirishdan iborat. Masalan, sheʼrni yod olganimizda bir necha satrni oʻqigan kitobga qaramasdan takrorlaymiz, yaʼni bevosita esga tushiramiz. Bir karra koʻzdan kechirilgan materialni bevosita esga tushirilgan miqdoriga qarab, xotiraning koʻlami aniqlanadi.Materialning koʻp qismini bevosita esga tushira oladigan kishining xotira koʻlami keng hisoblanadi. Masalan, artistlarda soʻz va iboralarni esda tutib qolish xotirasining koʻlami keng boʻladi. Hisob-kitob ishlarini yuritadigan xodimlarda sonlarni esda tushirish xotirasining koʻlami keng boʻladi.Vaqt oʻtkazib esga tushirish esda olib qolingan narsani oradan bir qancha vaqt oʻtkazib esga tushirishdirki, bunda shu orada ongimizda boshqa jarayonlar oʻtgandek boʻladi. Masalan, yoshligimizdagi voqea va hodisalarni shu tariqa eslaymiz.Idrok qilingan narsalar miyamizda oʻrnashib qolishi, esimizda turishi tufayli turli usulda esimizga tushishi mumkin.Esda saqlash deganda ilgari tugʻilgan taassurot, fikr, his-tuygʻu va ish-harakatlarning takrorlanishiga moyillik paydo qilishi va mustahkamlanishi tushuniladi. Bunga sabab asab tizimining egiluvchanligidir. Shuning uchun asab tizimi ilgari boʻlib oʻtgan taassurotlarni takrorlashga tayyor turadi. Faqat esga tushirish uchun qulay sharoit boʻlsagina esga tushadi. Bunday sharoit boʻlmaganda zarur materialni ixtiyoriy eslash jarayoni qiyinlashadi.Shunday qilib, esga tushirishda ana shu tariqa qiynalib qolib, zarur boʻlgan narsani shu onda esga tushira olmaymiz.


Unutilgan narsalarni yana xotirada qaytadan tiklanishi reminissensiya hodisasi (xira esga keltirish) deyiladi. Bu hodisaning sababi shuki, uzoq vaqt bir ish bilan mashgʻul boʻlganda miya charchashi yuz beradi. Charchash haddan tashqari oshishi natijasida nerv xujayralarida tormozlanish yuz beradi. Materialni esda qoldirilgandan keyin 12 soat ichida esga tushirilsa, materialning koʻp qismi unutiladi. Materialni oʻqib oʻrganib olingandan keyinoq uni yaxshi xotirlay olmay, ammo oradan bir necha vaqt oʻtgandan keyin uni toʻla xotirlay olishlikning sababi materialni oʻqib, oʻrganib olishda roʻy beradigan charchashdir.Materialni eslash uchun boʻlgan kuchli xohish natijasida tormozlanish yuzaga keladi, bu esa materialni qayta esga tushirishdagi qiyinchilikni kuchaytirib yuborishi mumkin. Vaqt oʻtishi bilan ishga chalgʻib ketgan insonlarda tormozlanish tarqab ketadi. Shunda esga tushirish lozim boʻlgan narsa xotiraga kiradi. Materialni mustahkamlashga boʻlgan qiziqishning boʻlishi materialni uzoqroq esda saqlashga olib keladi. Unutish vaqtga bogʻliq boʻladi. Bu G.Ebbingauz tomonidan aniqlangan boʻlib, unutish materialni yod olingandan keyin darhol ayniqsa tez roʻy beradi, undan keyin esa unutish ancha sekinlashadi.



Download 131,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish