4.Psixologiya fanining tarmoqlari va xarakteristikasi
Psixologiya fanining asosiy prinsiplari. Hozirgi zamon psixologiya fanining quyidagi prinsiplarini ko‘rsatib o‘tish mumkin: determinizm printsipi, ong va faoliyat birligi printsipi, psixikaning faoliyatda rivojalanish printsipi.Determinizm printsipiga ko‘ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va yashash sharoiti o‘zgarishi bilan o‘zgaradi. Agar, hayvon psixikasi haqida gapiradigan bo‘lsak, uning taraqqiyoti biologik qonuniyatlar asosida ro‘y beradi. Inson psixikasining taraqqiyotiga esa ishlab chiqarish usullari, ijtimoiy tarixiy omillar ta’sir qiladi. Ong va faoliyat birligi - ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi emas, ular bir butunlikni tashkil qiladilar. Ong faoliyatning ichki rejasini uning programmasini tashkil etadi. Psixikaning faoliyatda rivojlanishi prinsipiga ko‘ra psixika taraqqiyot mahsuli, faoliyat natijasi deb qaraladi. Faoliyat jarayonida (o‘qish, o‘yin, mehnat) odam ijtimoiy tajribani o‘zlashtiradi, bu esa psixik taraqqiyotning faqat insongagina xos shaklini tarkib toptiradi.Hozirgi zamon psixologiya fanining tuzilishi va tarmoqlari.
Hozirgi zamon psixologiya fani amaliyotning turli sohalari bilan bog‘langan, g‘oyat tarmoq-lanib ketgan fanlar tizimidan iborat. Psixologiya fanining barcha sohalarini quyidagi asoslar bo‘yicha klassifikatsiya qilish mumkin:konkret faoliyatning psixologik tomoni;taraqqiyotning psixologik tomoni;insonning (taraqqiyot va faoliyat sub‘ekti sifatida) jamiyatga bo‘lgan munosabatning psixologik tomoni. Konkret faoliyatning psixologik tomoni bo‘yicha psixologiya fanining bir qator sohalarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Mehnat psixologiyasi. Mehnat psixologiyasi inson mehnat faoliyatining psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilishining psixologik asoslarini o‘rganadi. Odamning kasb uchun muhim ahamiyatga ega xususiyatlarini, mehnat malakalarining shakllanishi va taraqqiyoti qonuniyatlarini o‘rganish, ishlab chiqarish vositalarining turli xususiyatlari (rangi, mosligi, joylashishi) ish joyi kabilar-ning kishiga (mehnatkashga) ta’sirini o‘rganish mehnat psixologiyasining vazifasiga kiradi.Mehnat psixologiyasining taraqqiyoti jarayonida uning tarkibidan bir qancha mustaqil sohalar ajralib chiqdi. Shulardan biri injenerlik psixologiyasi. Injenerlik psixologiyasi inson va mashina o‘rtasidagi vazifalarni taqsimlash, ularning vazifalarini muvofiqlashtrish kabi muammolarni o‘rganadi. Psixologiyaning bu sohasi asosan avtomatlashtirilgan sistemalarni boshqaruvchi operatorlarning faoliyatini o‘rganadi. Ke-yingi yillarda mehnatva injenerlik psixologiyasi tarkibidan avval aviatsiya, keyinchalik kosmik psixologiya ajralib chiqdi.Pedagogik psixologiyaning predmeti ta’lim va tarbiya jarayonlarining qonuniyatlarini o‘rganishdan iborat. Bu soha o‘quvchilarda tafakkurning tarkib topishi, intellektual faoliyat malakalari va usullarini o‘zlashtirishni boshqarish muammoalri, ta’lim samaradorligiga ta’sir qiluvchi psixologik omillarni, pedagoglar va o‘quvchila orasidagi munosabtlarni, o‘quvchilardagi individual tafovutlar va ularni hisobga olishni, psixik taraqqiyotdan orqada qolgan bolalarga ta’lim va tarbiya berish kabi muammolarni o‘rganadi.
5. Psixologiya fanini ilmiy tekshirish va o‘rganish usullari
Psixologiyaning ananaviy, empirik metodlari to hozirgi kungacha muvafaqqiyatli qo’llanilmoqda.
Kuzatish metodi. Psixologiya fanida bu metodning ob’ektiv (tashqi) va sub’ektiv (o’zini o’zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o’zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshirilardi:
Kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;
Kuzatiladigan ob’ekt tanlanadi;
Sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniqlanadi;
Tadqiqot o’tkazish vaqti rejalashtiriladi;
Kuzatishqancha davom etishi qat’iylashtiriladi;Kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o’yin, o’qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi;Kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o’tkazishi) tayinlanadi;Kuzatilganlarni qayd qilib berish vositalari (kundalik, suhbat daftari, kuzatish varaqasi, magnitafon, videomagnitafaon, fideoapparat, fotoapparat va boshqalar) taxt qilinadi.Kuzatish orqali odamlarning diqqati, his-tuyg’ulari, nerv sistemasining tashqi ifodalari, temperament xususiyatlari, imo-ishoralari, sezgirligi, harakatchanligi, ishchanligi, xulq-atvori, nutq faoliyati va xokazolari o’rganiladi. Ammo o’ta murakkab ichki psixologik kechinmalar, yuksak hissiyotlar, tafakkur, mantiqiy xotira va aql zakovatni tadqiq etishga bu metodning imkoni etishmaydi. Masalan, go’dag bolani kuzatishda uning harakatlari, o’yinchoqlarga munosabati, his-tuyg’usi, talpinishi, maylli, hoxishi aniqlanadi. Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o’rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning ob’ekti va sub’ekti tanlanadi, mavzusi, o’tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxslar, guruh va jamoa bilan o’tkazish rejalashtiriladi, o’rganilayotgan narsa bilan uzviy bog’liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbatning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish jarayonida inson psixikasidagi o’zgarishlarni o’rganishdir. Suhbat orqali odamlarning tafakkuri, aql-zakovati, xulq-atqori, qiziqishi, ziyrakligi, bilim saviyasi, e’tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to’g’risida ma’lumotlar olinadi.Faoliyat maxsullarini taxlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va ayolining xususiyatlarini aniqlash maqsadida bu metod umumiy psixologiyada keng qo’llanildi. Bolalar chizgan rasmlar, yasagan o’yinchoqlar, modellar, yozga sheerlarni tahlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, badiy va adabiy qobiliyati, ijodiy hayoli yuzasidan materiallar to’plash mumkin. Ob’ekt bilan sub’ekt o’rtasida muloqot o’rnatish uchun shaxsning psimxika to’g’risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat maxsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diogramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik modelь, moslama, milliy kashtachilik, xunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik disertatsiyasi, ilmiy maruza, konspekt, takriz, tezis, maqola, ko’rsatmali qurollar, loyixa, konsepsiya, san’atkor, artist va baxshi ijodiyoti kabilar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |