1
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI O’ZBEKISTON
MILLIY UNVERSITETI JIZZAX FILIALI
“
PSIXOLOGIYA FAKULTETI “PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI
“PSIXOLOGIYA: AMALIY PSIXOLOGIYA” YO‘NALISHI
2-BOSQICH 930-20-GURUH TALABASI
ABDUVALIYEV BAHROMNING
UMUMIY PSIXOLOGIYA
FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Diqqat va iroda
Ilmiy rahbar:
R.Otamurodov
Jizzax-2022
2
MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………. 3
I BOB. DIQQAT HAQIDA UMUMIY TUSHUNCHA……………………..
6
1.1. Diqqatning mohiyati……………………………………………………….. 6
1.2. Diqqatning fiziologik asoslari va psixologik nazariyalari…………………. 10
II Bob. II BOB. IRODANING MAZMUN-MOHIYATI……………………
14
2.1. Shaxsning irodaviy sifatlari………………………………………………... 14
2.2. Irodaviy aktlar va ularning tuzilishi………….……………………………
17
Xulosa…………………………………………………………………………..
29
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………….
32
3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentimizning 2019
-yil 19 -mart kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ijtimoiy, ma’naviy-
ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo’yish bo‘yicha ilgari
surgan 5 ta muhim tashabbuslari doirasida talabalarning madaniyat, musiqa, teatr
va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli
tashkil etish hamda yoshlarning ijodkorlik, izlanuvchanlik g’oya va harakatlarini
qo‘llab quvvatlash kerakligiga alohida urg’u berildi.
Davrimiz insonni mustaqil fikrli shaxs sifatida har bir soniyada o‘ylashga,
fikrlashga, mulohaza yuritib, o‘zi uchun xulosalar chiqarishga majbur etmoqda.
Ya’ni, bu cheksiz olamda biz o‘zimizni o‘zgalarsiz, o‘z manfaatlarimizni o‘zgalar
manfaatisiz tasavvur qila olmaganimiz uchun ham ijtimoiy psixologiya
qonuniyatlarini bilishga majburmiz. Yoshlarning ongini o‘stiradigan, aqlini
charxlaydigan, tafakkurini yuksaltiradigan, ijodkorlik qobilyatini shakllantiradigan,
mustaqil fikrlashga o‘rgatadigan zamonaviy metodlardan foydalanish lozimki, bu
metodlar boshlang‘ich sinf o‘quvchilarda ta’lim olishga nisbatan motiv hosil qilish
bilan birga, ta’lim-tarbiya berishi, ularning qobiliyatlarini nomoyon etishi lozim.
Yurtimiz kelajagi, xalqimiz, mamlakatimizning intellektual salohiyatiga, aql-
zakovatiga,
milliy
ta’lim-tarbiya
tizimini
jahon
andozalari
asosida
takomillashtirish, ta’lim tizimini yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalar
asosida tashkil qilishga, kadrlar tayyorlashga bevosita bog‘liq. Yangicha
fikrlaydigan, zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan barkamol tashkilotchi va zukko
kadrlarga ega bo‘lishi uchun avvalo ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni
hozirgi davr talabi darajasiga ko‘tarish zarur va muhimligini hayot taqozo etyapti.
Bunda o‘quvchilarning tasavvurini boyitadigan, dunyoqarashini kengaytiradigan,
o‘zida ishonch uyg‘otadigan, mustaqil fiklashga, ijodkorlikka, qobiliyatini
namoyon etishga chorlaydigan usullardan, ya’ni kreativ metodlardan foydalangan
holda ularda obrazli tafakkurni shakllantirish ahamiyatlidir. Obrazli tafakkuri
yaxshi shakllangan o‘quvchining xayolot dunyosi keng, fantaziyasi kuchli,
ixtirochilik, ijodkorlik qobiliyati yuqori bo‘lib ulardan ixtirochi olimlar, yaxshi
4
rassom, adabiyotshunos, umuman olganda yaratuvchan ijodkorlar tom ma’noda
barkamol shaxslar yetishib chiqadi. Barkamol shaxs tushunchasi tarixiy
ahamiyatga ega bo‘lib, o‘z davrining komil insoni hisoblanadi. Barkamol shaxs
hamisha o‘z Vatani kamolotini rivojlantiradi, uning ravnaqi yo‘lida umrini
baxshida etishni o‘z burchi deb biladi. Demak, sog‘lom yoshlar har qachon, har
yerda o‘z fikriga, sog‘lom mulohazasiga ega bo‘ladi, xalq va davlat manfaatini
himoya qiladi. Uning aql-zakovati, intellekti, teran dunyoqarashi orqali o‘z
maqsadiga erishish yo‘llarini qidirib topadi. Bugun o‘z mustaqil fikriga ega,
izlanuvchan, tashabbuskor, intelektual salohiyati yuksak kadrlargina dunyoga
tanitadi, uning rivojiga hissa qo‘sha oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |