1.1. Diqqatning mohiyati
Diqqat koʻlami uning eng qisqa vaqt ichida (goʻyo birdaniga) oʻz doirasiga
sigʻdira olishi mumkin boʻlgan narsalar soni bilam belgilanadi. Shu jihatdan Diqqat
keng yoki tor boʻlishi mumkin. Odatda, keng koʻlamli Diqqat yaxshi Diqqat
7
hisoblanadi. Diqqat koʻlami idrok qilinayotgan narsalarning hamda ularni idrok
qilayotgan kishi faoliyatining vazifasi va xususiyatiga bogʻliq.
Odamga xar bir daqiqada atrof-muhitdan juda ko‘p narsa va hodisalar ta’sir
etib turadi. Lekin odamga ta’sir etayotgan bu narsa va hodisalaryning hammasi bir xil
aniqlikda aks ettirilmaydi. Ulardan ayrimlari anik yakkol aks ettirilsa, boshqa birlari
shunchaki juda xira aks ettiriladi, yoki umuman aks ettirilmaydi. Bu esa ana shu
odamga ta’sir etayotgan narsalarga diqqatning qay darajada qaratishiga bog’liqdir.
Demak, diqqatimiz qaratilgan narsa va hodisalar aniq; va to‘la aks ettiriladi.
Diqqatning nerv-fiziologik asosida orientirovka yoki tekshirish deb ataladigan
maxsus refleks yotadi. Bunday refleks akademik I.P.Pavlov maxsus ibora bilan «bu
nima ran refleksi» deb ham ataydi. Ana shu refleks odatda organizmga to’satdan
birorta yangi narsaning ta’siri yoki haddan tashqari kuchli ta’sirot orqali hosil bo’ladi.
Orientirovka yoki tekshirish refleksi diqqatning fiziologik asosi xisoblanadi, chunki
bu refleks bosh miya yarim sharlarining po‘stida kuchli qo’zg’alish jarayonidan
iborat bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda xar bir daqiqada organizmga turli
narsalarning ta’siridan hosil bo’lgan qo‘zg‘alishlarga nisbatan orientirovka yoki
tekshirish refleksi ayni chog‘da nisbatan kuchli (ya’ni optimal) qo‘zg‘alish manbaini
yuzaga keltiradi. Bosh miya yarim sharlarining po‘stida paydo bo’ladigan kuchli
qo‘zg‘alish manbai nisbatan uzoqroq saqlanib turadigan mustahkam qo‘zg‘alish
bo’ladi.
Ixtiyorsiz diqqat deb to’satdan ta’sir qilgan biror sabab tufayli bizning
hohishimizdan tashqari hosil bo’ladigan diqqatga aytiladi.Odamning ko’z o’ngida
paydo bo’ladigan juda yorqin rangli narsalar, o’zining tashqi ko’rinishi jixatidan
odatdagi narsalardan keskin farq kiluvchi predmetlar, to’satdan paydo bo’lgan qattiq,
tovush, biror narsaning keskin harakati va shu kabilar ixtiyorsiz diqqatni yuzaga
keltiruvchi sabablar bo’lishi mumkin. Masalan, hikoya o’qish mashg’uloti paytida
to’satdan uchib o’tgan reaktiv samolyotning qattiq; va baxaybat tovushi hammaning
diqqatini beixtiyor o’ziga jalb qiladi.
Ixtiyoriy diqqat deb, oldindan belgilangan qat’iy bir maqsad asosida va ongli
ravishda diqqatimizni ma’lum bir narsa va xodisalarga qaratishimizga
8
aytiladi.Odamning ko’pchilik faoliyatlari asosan ixtiyoriy diqqatning ishtiroki bilan
amalga oshiriladi. SHuning uchun barcha faoliyat turlarida, ya’ni uqish, o’yin va
mexnat faoliyatlarida ixtiyoriy diqqatning roli juda kattadir. Ixtiyoriy diqqat
ixtiyorsiz diqqatga nisbatan uzoq vaqt mobaynida davom etadigan diqqat turi bo’lib,
u zo’r berishlikni, ya’ni irodaviy kuch sarf kilishlikni talab etadi.
Odamning diqqati bir qancha xususiyatlarga ega bo’lib, ulardan asosiylari -
diqqatning kuchi va barqarorligi, diqqatning ko’lami, diqqatning bo’linuvchanligi va
diqqatning ko’chuvchanligidan iboratdir. Diqqatning kuchi va barqarorligiga kura
odamlarning diqqatlari o’zining kuchi va barqarorligi jixatidan bir-biridan farq kiladi.
Ayrim odamlarning diqqati kuchli va barqaror bo’lsa, boshqa bir odamlarning diqqati
kuchsiz va beqaror bo’ladi.Diqqatning kuchi va barqarorligi deb, odam o’z diqqatini
biror narsa yoki xodisaga uzoq muddat davomida muttasil karatib tura olishiga
aytiladi. Diqqatning kuchi va barqarorligi inson xayotida juda katta ahamiyatga ega.
Chunki diqqatni ma’lum muddat biror narsaga muttasil, ya’ni uzluksiz tarzda
karatib odam ishlay ham olmaydi, o’qiy ham olmaydi va xatto uxlay ham olmaydi
turlaridan iboratdir. Ayrim adabiyotlarda diqqatning ikkita va ayrimlarida uchta deb
ko’rsatiladi. Ular ixtiyorsiz diqqat, ixtiyoriy diqqat va ixtiyoriydan so’nggi diqqat
Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixologik jarayon bo’lib, tashqi
9
olamdagi narsa va hodisalarni aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan
qo’zg’atuvchilarning muayyan reseptorlarga bevosita ta'sir etish orqali ayrim belgi va
xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. Ma'lumki, insondan sezishning
dastlabki bosqichi hissiy bilishdan boshlanib, keyinchalik u mantiqiy bilishga o’tadi.
Sezgi ham oddiy psixologik jarayon bo’lgani bilan uning yuzaga kelishi o’z-o’zidan
hosil bo’lmaydi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va hodisaning bo’lishi.
Sezuvchi apparat, ya'ni analizatorning mavjud bo’lishi. Masalan, havoning
sovuqligini, temirning qattiqligini, qorning yumshoqligi va boshqalarni sezamiz.
Sezgi idrok bilan bog’liq bo’ladi, lekin narsa va hodisani idrok qilishdan oldin
uni sezish lozim, shu bois sezgilar materiyaning sezgi a'zolarimizga ta'siri natijasidir.
Sezgi axborotlarini qabul qilib, tanlab, to’plab, har bir sekundda axborotlar oqimini
qabul qilib va qayta ishlab miyaga yetkazib beradi. Natijada tevarak - atrofdagi tashqi
olamni va organizm o’z ichki holatini adekvat "mos" aks ettirishi hosil bo’ladi. Sezgi
a'zolari tashqi olamning inson ongiga olib kiradigan yo’llaridan biridir.
Diqqat deb ongimizni bir nuqtaga to’plab, ma’lum narsa va hodisalarga faol
yo’naltirilishiga aytiladi. Diqqat sezish jarayonida, idrok qilishda, xotira, hayol va
tafakkur jarayonlarida har doim ishtirok etadi. Demak, diqqat barcha aks ettirish
jarayonlarimizning doimiy yo’ldoshidir.
10
Diqqat inson faoliyatining barcha turlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishning
va ularni samaradorligini ta’minlovchi muhim shartlardan biridir. Kishi faoliyati
qanchalik
murakkab,
serzahmat,
davomiylik jihatdan
uzoq
muddatli,
mas’uliyat hissini taqozo qilsa, u diqqatga shunchalik yuksak shartlar va talablar
qo’yadi. Inson ziyrakligi, farosatliligi, tez payqashi, sinchkovligi, dilkashligi uning
turmush sharoitida, shaxslararo munosabatida muhim omil sifatida xizmat qiladi.
Diqqat aqliy faoliyatning barcha turlarida ishtirok etadi, insonning hatti harakatlari
ham uning ishtirokida sodir bo’ladi.Psixologiya fanida diqqatga har xil ta’rif beriladi,
uni yoritishda psixologlar turli nazariyaga asoslanib yondashadilar. Diqqat deb ongni
bir nuqtaga to’plab, muayyan bir ob’yektga aktiv (faol) qaratilishi aytiladi (P. I.
Ivanov). P. I. Ivanovning fikricha, biz faoliyatimiz jarayonida idrok va tasavvur
qiladigan har bir narsa, har bir hodisa, o’zimiz qilgan ishimiz, o’y va fikrlarimiz
diqqatning ob’yekti bo’la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |