18
kishilarni ham tanqid qiladilar. Bu kishilar ko‘pincha yaxshi orzular qilishadi-yu,
amalda kam faoliyat ko‘rsatishadi yoki butunlay faoliyat ko‘rsatishmaydi.1
Harakat motivlari va motivlar kurashi. Kishi biron maqsadni, ayniqsa, shu
maqsadga etish uchun biron yo‘l
va usulni tanlar ekan, nega boshqa maqsadni
emas, xuddi shu maqsadni tanlashi kerak, bu maqsadga nima uchun boshqa yo‘llar
bilan emas, balki mana shu yo‘llar bilan hal etishi kerak degan savolni ko‘ngildan
o‘tkazadi. Maqsadni va unga etish yo‘lini tanlash jarayonida unga ma’qul yoki
noma’qulligi nuqtai nazaridan baho beriladi.
Maqsadni va unga etishish yo‘llarining ma’qulligi yoki noma’qulligini
belgilab beradigan hamma narsa ish-harakat motivlari deb ataladi. Kishi nega
boshqa bir maqsadni emas, balki xuddi shu vositalar bilan ish ko‘rishni, yoki ish
ko‘rmoqchi bo‘layotganining sababi nima degan savolga javob motiv mazmunini
tashkil etadi.
Irodaviy ixtiyoriy harakatlar g‘ayri ixtiyoriy (irodadan tashqari)
harakatlardan farq qilib, motiv tufayli sodir bo‘ladi.
Qarorga kelish. Maqsadga etishish yo‘llarini
va vositalarini tanlash
jarayonida rejalashtirish, motivlar kurashi bilan bog‘langan bo‘lib, qarorga kelish
bilan tugaydi. Qarorga kelish-muayyan bir maqsadni va shu maqsadga erishish
yo‘lida harakat usullaridan birini tanlab olish demakdir. Motivlar kurashida buning
ma’nosi shuki, motivlardan biri hal qiluvchi rol o‘ynagan bo‘ladi. Masalan,
kechqurun qayoqqa borish kerak – teatrgami yoki o‘rtog‘ining yonigami-degan
motivlar kurashi natijasida kishi bormoqchi bo‘lgan joyi haqida qarorga keladi.
Qarorni ijro etish. Qaror unga muvofiq keladigan choralar ko‘rish va
harakat qilish uchun qabul qilinadi. Qarordan harakatga o‘tishni ijro qilish (yoki
bajarish) deyiladi. Irodaviy jarayonda eng muhim narsa-qabul qilingan qarorni ijro
etishdir.
Irodaviy harakatlar ikki xil bo‘ladi: jismoniy va aqliy harakatlar.
Jismoniy harakatlarga har xil mehnat operatsiyalari, o‘yin, sport mashg‘ulotlari va
boshqalar. kiradi. Aqliy
harakatlarga esa masala echish, yozma ishlar, dars
tayyorlash, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish va shu kabilar kiradi. Ko‘p vaqt
19
takrorlanib, o‘zlashib ketgan ko‘nikma va odat bo‘lib ketgan harakatlar ham
murakkab irodaviy harakatlardandir.
Qarorni ijro etish odatda ma’lum vaqt, muddat bilan bog‘liq bo‘ladi. Qaror
kechikmasdan belgilangan vaqtda ijro etilsa bu irodaning
ijobiy sifatidan dalolat
beradi. Bu esa ishchanlik, puxtalikni bildiradi.
Kishining irodaviy sifatlari ya’ni iroda kuchi, mustaqilligi jihatidan ayrim
hollarda turlicha namoyon bo‘ladi. Har bir kishida irodaning ayrim sifatlari umr
bo‘yi
mustahkamlanib, shu odamning xususiy sifatlari (ya’ni doimiy hislatlari)
bo‘lib qolishi mumkin. Shaxsning bu o‘ziga xos xususiyatlari xarakter xislatlari
deb ataladi. Har bir kishidagi biron bir irodaviy sifatlarning har qanday namoyon
bo‘lishi shu kishi xarakterining xislati bo‘lavermaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: