Idrokning yangi qirralari.
Hozirgi zamon psixologiya fanining nazariy muammolari qatoriga insonni
inson tomonidan idrok qilish masalasini kiritish mumkin. Ilmiy manbalarning
taxliliga koʻra, insonning baʼzi psixologik xususiyatlari, fazilatlari uning yuz
alomatlari va tana aʼzolarining turli harakatlari yordamida aniqlanadi. Insonning
tashqi qiyofasining tuzilishi boʻyicha shaxs harakteri xususiyatlari va uning
fazilatlariga oid ishonchli fikr bildirish oʻzining uzoq tarixiga ega boʻlsada, lekin
muammoning ilmiy negizi, uning mexanizmi hozirgi davrdagina tadqiq qilina
boshlandi. Odamning tashqi qiyofasini taxlil etish orqali uning ruhiy dunyosiga
baho berish yuzasidan jahon psixologlari tomonidan yaratilgan nazariyalar,
toʻplangan amaliy maʼlumotlar umumlashtirilsa, quydagi tasnifnomani
yuzagakeltirishi mumkin:
1. Insonning tashqi qiyofasidagi har bir oʻzgarish uning yaqqol shaxsiy
xususiyati bilan o‘zviy bogʻliq ekanligini tushuntirishga asoslangan analitik
talqin uslubi (labni qattiq qisib yurish odam irodasining mustaxkamligi
nishonasidir). Boshqacha soʻz bilan aytganda, insoniyatning ijtimoiy-tarixiy
taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan toʻplangan tajribalarga asoslanib,
shaxsning ruhiy dunyosini baholash imkoniyati mavjudligi demakdir.
2. Insonning tashqi qiyofasidagi beixtiyor, tabiiy koʻrinishidagi sernafosat
nozik ado, boshqa kishilar hissiyotini oʻziga tortuvchi joziba, maftunkorlik,
xushbichimlik shaxsning kechinmalaribilan uygʻunlashuvini eʼtirof qilishga
qaratilgan yondashuv (shaxsning did bilan kiynishi, meʼyor bilan oʻziga oro
berishi uning ibosida ifodalanishning ruhiy dunyosi bilan mutanosibligi). Idrok
qilinayotgan inson muayyan masofada muomala va muloqotga kirishuvchi shaxs
tomonidan qay yoʻsinda qabul qilinsa, demak, oʻsha odam toʻgʻrisidagi taassurot
bevosita favquloddagi holatga, vaziyatga bogʻliq boʻladi, chunki yoqtirish yoki
yoqtirmaslik, simpatiya, antipatiya, impatiya bir laxzalik idrok mahsulida
mujassamlashishi mumkin.
3.Idrok qilinayotgan insonning tashqi koʻrinishining alomatlari iliq
taassurot va tasavvur uygʻotuvchi tanish odamning psixologik xususiyatlari
notanish kishiga oʻxshashligi tufayli ixtiyorsiz ravishda unga qiyos
beriladi.Oldin idrok qilingan tanish insonning barcha fazilatlari va xislatlari
tashqi qiyofa evaziga notanish kishiga kuchiriladi. Shunisi ajablanarligi, mazkur
jarayonda na mantiqiy taxlil, na o‘zviylik talqini ishtirok etadi. Shu boisdan bu
tarzda insonni inson tomonidan idok qilish oʻhshashlikka asoslanishini taʼkidlab
oʻtish maqsadga muvofiq.
4. Insonning tashqi qiyofasini idrok qilish negizida uni u yoki bu ijtimoiy(
ishchi, dehqon, ziyoli) guruhlarga, yaʼni toifalarga aloqadorligi toʻgʻrisida
muayyan qarorga kelinsa, odamning shaxsiy sifatlarini baholash xuddi shu
nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Kishining tashqi koʻrinishiga nisbatan
bunday yondashish ijtimoiy kelib chiqishga asoslanuvchi oʻxshatish deyiladi.
Bizningcha, insonning inson tomonidan idrok qilish jarayoni qaʼtiy ravishda
qoʻydagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin:
- Idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi oʻzining shaxsiy hislatlari
bilan qiyoslash natijasida, uning mahsuli boʻyicha talqin qilinadi va
tushuntiriladi; bunday idrok qilish tarzida insonning inson tomonidan aks
ettirish, oʻxshatish, taqlid qilish, undan ibrat olish ulublari orqali yuzaga keladi,
yaʼni idenfikasiya bosqichi bevosita amalga oshadi.
- Idrok qilinayotgan shaxsning oʻrniga idrok qiluvchi oʻz xoxishi boʻyicha
mulohaza yuritishi uning tushunishiga intilish oʻz-oʻzini anglash negizida
namoyon boʻladi, yaʼni refleksiya bosqichi vujudga kelinganligi toʻgʻrisida
muayyan qarorga kelinadi;
- Oʻzga kishilarning kechinmalari va xis-tuygʻulariga nisbatan hamdardlik
bildirish, mexr-oqibatliligini amaliy ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati
tugʻiladi, buning natijasida tub maʼnodagi impatiyaga asoslangan idrok qilish
bosqichi yuzaga keladi;
- Oʻzga kishilarga ijtimoiy guruh aʼzolariga nisbatan berilgan xislatlarni
ommaviy tarzda yoʻyish tafsif berish va baholash negizida idrok qilish jarayoni
tugʻiladi yaʼni qadimgi mezonlar boʻyicha iʼnikos qilish stereotipizasiya
deyiladi.
Hozirgi zamon jahon psixologlari antisipatiyani besh darajaga ajratib
oʻrganmoqdalar, chunonchi anglashilmas subsensor lotincha sub – osti va sensis
– sezish soʻzlaridan to‘zilgan boʻlib, idrok qilishning ongosti holatini
anglatiladi), sensomotor ( lotincha sensis – sezish, motor – harakat degan
maʼnoni bildirib, nozik harakatlarni sezish demakdir), perseptiv (lotincha
perceptio-idrok degan maʼnoni anglatadi), tasavvur, bashorat (bashorat) qilish
kabilar.
Antisipasiyaning subsensor darajasining ifodalanishi inson gavdasining
oʻzgarishida, uning ideomotor(ixtiyorsiz harakat) jarayonida, tashqi taʼsirlarga
tezkor javob qaytarishda oʻz aksini topadi. Gavdaning mujassamlashuvi va
harakat barqarorligi insonning ixtiyoriy saʼy-harakatga tayyorgarlik koʻrish
uchun zamin taʼminlaydi.
Perseptiv bosqichda idrok qilish xotira jarayonlari bilan uygʻunlashib
ketadi. Buning natijasida oʻtmish tajribalarga asoslanib kelajakda vaqt va
fazoviy oʻzgarishlar yuz berishi ehtimoli chuqur tahlil qilinadi, uning obrazlari
yaqqollashtiriladi.
Insonni inson tomonidan idrok qilishning yangi ilmiy qirillari yuzasidan
mulohazalardan kelib chiqqan holda qoʻydagi umumiy xulosalar chiqarish
maqsadga muvofiq:
-
antisipasiyaning
har
qaysi
bosqichi
yechimi
kutilayotgan
muammolarning murakkabligi darajasiga munosibdir;
- antisipasiyaning har bir darajasining maqsad koʻzlashdagi va muammoni
hal qilishdagi imkoniyati turlichadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |