koʻramiz. Idrokning konstantligi odamning tajribasi jarayonida, amaliy
faoliyatida vujudga kelib, mustahkamlanadi.
Konstantlik
hodisasi voqelikni bilishda, tevarak-atrofdagi muhitni
fahmlab, kunda amaliy ish koʻrishda juda katta ahamiyatga egadir. Idrokimizda
konstantlik boʻlmaganida edi, biz har bir qimirlashimizda, boshimizni salgina
burganimizda, yorugʻlik oʻzgarib turganida, narsalar oʻz joylaridan andakkina
siljiganida ham xuddi shu narsalarni har gal butunlay boshqa-boshqa,
yangi
notanish narsalardek idrok qilardik, biz hatto oʻz narsalarimizni ham ulardan
hatto yarim metr o‘zoqlashgan taqdirda, taniy olmasdik.
Idrok qilinishi zarur narsa va hodisalar muayyan to‘zilishga yoki
strukturaga ega bo‘lgandagina ularning tarkibiy qismlari, alomatlari to‘g‘risida
mulohaza yuritishi mumkin bo‘ladi, holos. Xuddi shu sababdan, ularning hajmi,
fazoda egallagan urni, rangi, ichki moxiyati, ko‘rinishi, vazni to‘g‘risidagi
muayyan tushunchaga ega bo‘lish uchun idrok qilinadigan aniq to‘zilishga, yaʼni
strukturaga ega bo‘lishi lozim. Bilish jarayonini taqozo etuvchi ijodiy idrokning
muhim xususiyatlaridan biri, yaʼni bittasi
uning tuzilishiga ega ekanligi, yaʼni
strukturaviyligidir. Ushbu xususiyatsiz idrokning mag‘zi hisoblanmish yaxlitlik
haqida jonli mushoxada bo‘lishi mumkin emas. Chunki strukturi qismlardan
vujudga kelsa, alohidaliklar birikmasida yaxlit to‘zilma yaratiladi.Yuqoridagi
xususiyatlarning barchasi insonning yosh xususiyatlarga, aqliy kamolotiga,
tajribasiga, bilim saviyasiga bog‘likdir. Lekin to‘g‘ri (adekvat) idrok qilish
uchun maʼlum shart-sharoitlar muxayyo bulmogi lozim: 1) subʼektning aks
ettirish zarur bo‘lgan narsalar yuzasidan avvalgi o‘quvi, tasavvurlarining kulami,
ularning kengligi, chuqurligi; 2) mazkur jism fan, voqelik, muammo o‘rganilishi
bilan bog‘lik bo‘lgan maqsad, maqsad quya olish; 3) perseptiv faoliyatning
faolligi, izchilligi
va tanqidiy xususiyati; 4) idrok qilish faoliyati tarkibiga
kiruvchi faol xatti-harakatlarning saqlanishi, ularning o‘zaro uygunligi.
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idrok qilinadigan narsa yoki jism
idrokning obʼekti deb ataladi. Idrok qilinadigan narsa uni urab turgan boshqa
narsa jism yoki hodisalarga nisbatan obʼekt hisoblanib, obʼektning atrofdagilari
esa fon deyiladi. Idrokning sifati obʼektning fondan tez tuliq va aniq ajratib olish
bilan belgilanadi.
Idrokning muhim jabhalari va tarkiblari mohiyatiga kiruvchilar qatoriga
ko‘z bilan aks ettirishning negizi bulmish ko‘z harakatlari kiradi. Ular
o‘zlarining to‘zulishi, kelib chiqishi, vaqtliligi, surʼati
kabi belgilariga binoan,
kuydagi turlarga ajratiladi.
1.Konvergensiya (lotincha convergore – yakinlashish, qushilish demakdir)
– ikkala ko‘zning kurish o‘qlarining yakinlashuvi natijasida tur pardasida
jismning ikkalanishiga yo‘l kuymaslikka o‘z ifodasini topadi.
2. Divergensiya (lotincha divergere – o‘zoklashish ko‘zning vergent
harakatlarining bir turi bo‘lib, bir-biridan muayyan masofada turgan nuktalarini
qayd qilishda kurish o‘qlarining o‘zoqlashuvidan iborat harakat.
3. Gorizantal harakat, yaʼni ko‘zning bir xil tekislikdagi ikki nuqta oralik
buyicha narsalarning qayd qilishidir.
4. Vertikal harakat har-xil fazoviy joylashuviga ega boʻlgan nuqtalar
oʻrtasida aloqani tiklashdan iborat koʻz harakati yordami bilan idrok qilinishidir.
5. Siklofo‘zion (yunoncha cyclos – doira, aylana) harakat, harakatlanuvchi
jismlarni koʻz qorachigʻi yordamida aniq tasvirini aks ettirishidir.
6. Torsion (franso‘zcha torsion – aylantirish) harakat koʻz oʻqi atrofida jismlarni
aylanib turgan holda qayd qilishdir.
7. Version (lotincha verfo- harakatlanaman, aylanaman demakdir) harakat
koʻzning makro harakatlari doirasiga kirib, koʻrish burchagini ko‘zatish, tezlikni
oʻzgartirmasdan ko‘zatiluvchi obʼektni idrok qilishda ishtirok etishidir.
8. Vergen ( lotincha vergo – ogʻish, qiyshayish) harakat koʻzning makro
harakatlari
tarkibiga kirib, oʻng, chap koʻzlarning koʻrish oʻqlari burchagi
oʻzgarishiga olib keladi va hokozo.
Do'stlaringiz bilan baham: