Psixologiya fakulteti "psixologiya" kafedrasi "psixologiya: OILA psixologiya"


BOB. SHAXSNING ROLI, STRATEGIYASI, POZITSIYASI



Download 294,85 Kb.
bet5/8
Sana17.07.2022
Hajmi294,85 Kb.
#812419
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI HAMDAMOVA MARJONA

BOB. SHAXSNING ROLI, STRATEGIYASI, POZITSIYASI


    1. Shaxsning faolligi va uning hayotiy pozitsiyasi

Kishining tevarak-atrofda munosabat, birgalikda faoliyat va ijodiy ish jarayonida namoyon bo‘ladigan ijtimoiy axamiyatga molik o‘zgarishlar qilish layokati shaxsning faolligi sifatida tushuniladi. Shaxs faolligini ancha umumiy tarzdagi, birikma holidagi ta'rifi uning g‘oyaviy prinsipialligida, o‘z nuqtai nazarini izchil himoya kila borishida, so‘zi bilan ishining birligida ifodalanadigan faol hayotiy pozisiyasining bildiradi. Jamiyatda faol hayotiy pozisiya ijtimoiy burchga nisbatan ongli munosabatda bo‘lishni, grajdanlikni, jamoachilikni, faoliyatga nisbatan ijodiy munosabatda bo‘lishni, ilmiy dunyoqarashga tayanadigan e'tiqodni, ijtimoiy-axloqiy qoidalarning buzilishiga murosasizlikni takozo etadi.
Ijtimoiy foydali faoliyatda me'yoridan ortiqcha deb atalmish faollik kishilarga xos faol hayotiy pozisiya turishning eng muhim ko’rinishlaridan biri hisoblanadi. Me'yoridan ortiqcha faollik-shaxs faolligining hali birinchi kommunistik shanbalik uchun va keyinchalik mehnat zarbdorlari uchun, staxanovchilik harakati, kommunistik mehnat brigadalari va shu kabilarga xos xolda namoyon bo‘lishining sosialistik jamiyatda ro‘y beradigan turidar. Me'yoridan ortiqcha faolik muayyan shaxs uchun qat'iyan majburiy bo’lmagan, lekin sotsialistik jamiyatning oliy maqsadlariga va qadriyatlariga mos keladigan faoliyat ko’rsatilishini taqozo etadi. Hech kim ishchiga mehnat huquqi tartib- qoidalariga binoan o‘zining kunlik topshirigidan oshirib yuborish, kelgusi yil xisobiga ishlash,faqat o‘z normasini emas, balki sexda o‘zi bilan birga ishlagan va Vatanni himoya qilish chog’ida mardlarcha xalok bo’lgan o’rtog’ining normasining xam bajarish, o‘z jamg’armalarining Tinchlik fondiga, yodgorlik o’rnatish uchun xadya qilish kabi talablarni qo’ymaydi. Bularning hammasi me'yoridan ortiqcha faollik tufayli yuz beradi. Shaxs me'yoridan ortiqcha faollik ko’rsatgan xolda o‘zining ijtimoiy orzu-istaklari sari olg’a qadam tashlaydi. Shu asnoda pedagog me'yoridan ortiqcha faollikni uning xujakursin uchun namoyish qilinadigan turidan farqlay bilishi kerak. O‘zi uchun majburiy
bo’lgan, ya'ni qoida tarzidagi faollik o’qishda, mehnat tayyorgarligi va xokazo yetarli darajada faollik ko’rsatmasdan, ba'zi xollarda xammaning ko‘z o’ngida "me'yoridan ortiqcha" faolligi haqida tasavvur hosil qilish uchun urinadi. Jumladan, u devoriy gazeta chiqarishni o‘z zimmasiga olayotib, ehtimol, bu bilan o‘zining butun kollektivga ma'lum bo’lib qolayotgan faoliyatsizligini yashirishga uringan bo‘lishi ham mumkin. Me'yoridan ortiqcha faollik me'yoridagi (normativ) faollikdan xoli va undan tashqarida yuz berishi mumkin emas.
Shaxsning moslashuvchanlikka ham, xulq atvorning salbiy (nokonformliligi) turiga xam zid bo‘lgan jamoa tarzida o‘zini-o‘zi belgilashi xam uning faol hayotini pozisiyasidan dalolat beradi. Yosh yigit va qizlarda faol hayotiy pozisiyaning shakllantirish axloqiy tarbiyaning eng muhim vazifalaridan biridir. Shaxs va uning faolligi to‘g‘risidagi g’arb nazariyalarining tanqidiy tahlili. Hozirgi paytda g‘arb psixologiyasida shaxsni tadqiq qilish va tushunish borasida "insonparvarlik psixologiyasi" deb atalmish psixologiya vakillarining psixoanalitik nazariyalari va qarashlari (shaxsning ekzistensialist nazariyalari) eng nufuzli yo‘nalishlar bo‘lib hisoblanadi.
Asrimiz boshlaridayok Venalik psixiatr va psixolog Z.Freyd kishi shaxsi faolligi manbai va harakterining o‘zicha talqinini tavsiya qilgan edi. Uning ko‘pchilik izdoshlari tomonidan ma'qullangan nuqtai nazariga ko’ra, kishi unda hayvonot dunyosiga mansub ajdodlaridan meros qilib olgan instinktiv mayllar va, eng avvalo, jinsiy instinkt va o‘zini himoya qilish instinkti mavjud bo’lganligi tufayli faoldir. O‘zini hayvonot olamida bo’lgani kabi namoyon qila olmaydi, negaki, jamiyat kishini ko’plab cheklashlar turiga urab tashlaydi, uning instinktlari va mayllari "senzura"ga ro’baru kiladi, bu esa kishini ularni cheklashga, tayilishga majbur etadi. Instinktiv mayillar shu tariqa shaxsning anglanilgan hayotidan sharmandali bulgan, man etilgan va obro’-e'tiborga putur yetkazadigan xodisalar sifatida chiqarib tashlanadi va anglanilgan soxasiga aylanadi, "yashirin yashay boshlaydi", lekin yo’qolib ketmaydi. Ular o‘zining harakatlanuvchi kuchini, o‘z faolligini saqlab qolgan holda anglanilganlik
sohasida sekin-asta kishilik madaniyatining turli shakllari va inson faoliyati mahsuli tusiga kirib (qismlarga ajratgan xolda) shaxsning xulq-atvorini yo’naltirishni davom ettiraveradi.
Anglanilganlik sohasida instinktiv mayllar o‘zining kelib chiqishiga bog’liq holda turlicha "kosplekslar"ga birlashadi, bu esa, Freydning va freydchilarning ta'kidlashlaricha, shaxs faolligining haqiqiy sababi bo’lib hisoblanadi. Freydning shaxs faolligi hakidagi konsepsiyasi (barcha xatolariga qaramay, uning yutugi anglanilmaganlik va moyilliklar jabxasiga e'tiborni jalb etganligida edi)ni xatto bolaning shavoniy istaklari va qo’rqinchlari haqida hech narsaga asoslanmagan hayoli uydirmalarini bir chekkaga surib qo’ygan holda diqqat bilan qarab chiqilishi bu yerda faollikning o‘zi ham biologik tabiiy kuch deb tushunilayotganini payqab olish imkonini beradi. U hayvonlar instinktiga o’xshash, ya'ni o‘zining barcha o’lchovlariga, "sublimasiya"lari ("qismlarga ajratilishi") va unga qarama-qarshi qo‘yilgan jamiyat bilan mojarolari bo’lgani holda o’sha hayvonlar istinkti singari anglanilmagan bo‘ladi . Bunda jamiyatning vazifasi mayllarni cheklashda va "senzura" ostiga olishdan iborat bo’lib qoladi.
Shaxs va uning faolligini bunday tarzda talqin qilish shaxsning ijtimoiy mavjudot emas, balki biologik jonzot ekanligi haqidagi bahoni keltirib chiqaradi. Bunda inson va jamiyat bir-birlariga prinsipial jihatdan yotdir va ularning "uyg’un tarzda" munosabat o’rnatishlari faqat birinchi ikkinchisining kuchi bilan bostirilgan taqdirdagina, birining ikkinchisi ustidan abadiy zo’rligi bo’lgandagina, anglanilgan jabxaning isyon ko’tarishi, tajovuzga yuz tutishi, ichki a'zolarning kasallanishi va xokazolar doimiy xavf solayotgan taqdirdagina mumkin deb faraz qilinadi. Freydning shaxs faolligini butunlayicha faqat shaxvoniy xirsga bog’lik qilib kuyishga intilishi markscha yo’nalishda bo’lmagan psixologiyaning xam ko’pchiligida e'tiroz tug’dirdi. Bu xol klassik freydizmning va undan muayyan chekinishlarnin birikuvidan iborat xususiyatga ega bo’lgan neofreydizm (A.Kardiner, E.From, K.Xorni va boshkalar)ning kelib chiqish sabablaridan biri bo’lgan edi. Neofreydchilar shaxsning faolligini tushunish borasida shaxvoniy mayllarning ustunligi fikridan voz kechishadi va insonning biologik mavjudotligidan chetga chiqishadi. Shaxsning muxitga bog’liqligi birinchi o’ringa quyiladi. Bunda shaxs go’yo uni beixtiyor belgilaydigan ijtimoiy muxitning shunchaki oddiy tasviri sifatida namoyon bo‘ladi . Muxit shaxsga o‘zining eng muhim xususiyatlari aksini singdiradi. Ular ana shu shaxs faolligining ko’rinishlariga aylanadi. Masalan, qanday bo’lmasin mexr qo’yishlariga va ma'qullashlariga muvaffaq bo‘lish uchun intilish, hokimiyatning, obro’- e'tiborning va soxiblikning orqasidan quvish, obro-e'tiborli odamlar guruhining fikriga bo’ysunishga va qabul qilishga intilish, jamiyatdan o‘zini olib qochish ana shunday ko’rinishlardir. Bu konsepsiyalarda xam shaxsning faolligi xaqiqatga to’gri kelmaydigan fikriligicha qoladi.
Shaxsni va uning faolligini tushunish borasida g’arb psixologiyasi (asosan amerikaparast psixologiya) ning boshqa bir nazariy yo‘nalishi "insonparvarlik psixologiyasi" birinchi qarashda psixoanalitik yo’nalishga nimasi bilandir zid bulib ko’rinadi. Lekin keyinchalik ular o‘zlarining asosiy ta‘riflariga ko‘ra bir- birlariga yaqinlashib ketgani aniq-ravshan bo’lib qoladi. Faollikning manbaini kashf etishga urinarkan, o’tmishga bolaning "anglanilmagan xolatga surib chiqarilgan" taassurotlari va kechinmalariga murojaat qiladigan psixanalitiklardan farqli o‘laroq rivojlanishi.3
K.Rodjers, A.Maslou, G.Olport va boshqalarning ilmiy ishlari bilan bog‘liq bo‘lgan "insonparvarlik psixologiyasi" kelajakka, o‘zligini eng ko‘p darajada namoyon qilishga (o‘zini faollishtirishga) intilishni shaxs faolligining asosiy omili deb xisoblaydi.
Maslou, Rodjers va "insonparvarlik psixologiyasi"ning boshqa vakillari o‘zini faollashtirishni o‘z mohiyati e’tibori bilan egosentrik (o‘zini xammadan ustun qo’yish) jarayonga aylantirib yuborishadi. O‘zligini faollashtirish, A.Maslouning fikricha, o‘zini va faqat o‘zini ro‘yobga chikarish uchun intilishdirki, bu ijodiy faollik va "xususiy Men"ini to‘laqonli namoyon qilish uchun intilish kabi fazilatlarga ega bo‘lgan "o‘zini faollashtiruvchi shaxslar"ning (A.Maslouning fikricha, ularning soni unchalik ko‘p emas 1 protsent atrofida bo‘ladi ) o‘ta individualligi haqida dalolat beradi. Haqiqatda esa agar o‘zligini faollashtiruvchi shaxsni o‘z xatti-harakatlari va ishlari bilan o‘zini ijtimoiy jihatdan shart qilib qo‘yilgan aloqalar orqali bog‘langan boshqa odamlarning xissiy va aqliy jihatlaridagi o‘zgarishlarni ta’minlovchi sifatida personajlashuvini amalga oshiradigan faoliyat va munosabat sub’yekti tarzida tushuniladigan bo‘lsa, u holda A.Maslou va boshqalar tomonidan e’lon qilingan o‘zini faollashtirish uydirmaligidan nari o‘tmaydi. Xaykalni yasayotgan xaykaltarosh marmarda o‘z rejasini mujassamlashtirishdek ijodiy intilishini ro‘yobga chiqaradi va avvalom bor o‘sha intilishning o‘zini anglab yetgan bo‘ladi. Shaxsning A Maslou konsepsiyasiga uxshash tarzda "o‘zligini namoyon etishi" va "o‘zini faollashtirish" kabi xar xil nazariyalar aynan ana shu momentni ushlab oladi va shu bilan o‘ralashib qoladi. Bu holda san'atkor nima uchun o‘z ijodining mahsulini loji boricha ko‘prok odamlarga va, ayniqsa, o‘zicha "qadriga yetmaganlar" deb xisoblaydiganlarga, ya’ni o‘zining referent guruhiga namoyish qilishga intiladi.
Shunchaki o‘zligini namoyon qilish, buyumda ro‘yobga chiqarish, nihoyat buning uchun pul olish bilan o‘zining faollashtirish ham tugallaganday bo‘lib tuyuladi. Shubxasiz, ijodiy faoliyat sub'yekt-ob'yekt (rassom-kartina) ishi bilan tugallanmaydi va maqsad rassomning o‘zi "boshqalar" hisoblaydiganlar uchun ahamiyatli bulgan muqarrar personajlashuvini amalga oshirish imkonini beradigan sub’yekt-ob’yekt-sub’yektga oid bo‘lgani (rassom-kartina- tomoshabin)ning navbatdagi bugini hosil qilinmagunga qadar ro‘yobga chiqmagan b o‘lib koladi. Dunyoni odamlarning o‘zlari o‘zgartirishadi, lekin buni ongli ravishda amalga oshirish uchun dastavval uni o‘zgartirishda, uni ko‘rishda ishtirok etishga yo‘naltirishgan b o‘lish kerakka, bu ish jarayonida shaxsning o‘zi ham o‘zgaradi. Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, sovet psixologiyasi markscha-lenincha nazariyaga tayangan holda kishi o‘z faolligini faoliyat jarayonida va, eng avvalo, birgalikda faoliyat jarayonida namoyon qilishi to‘g‘risidagi qoidani qabul qiladi.

    1. Download 294,85 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish