Psixologiya fakulteti "psixologiya" kafedrasi "psixologiya: OILA psixologiya"



Download 294,85 Kb.
bet2/8
Sana17.07.2022
Hajmi294,85 Kb.
#812419
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
KURS ISHI HAMDAMOVA MARJONA

Kurs ishining ob’ekti; Shaxs tuzilishi.
Kurs ishining maqsadi: Psixologiyada shaxsning roli, strategiyasi, pozitsiyasi bo‘yicha o‘rganish va ma’lumot yig‘ish.
Kurs ishining predmeti; Kurs ishidan kelib chiqib ishni olib boorish.

Kurs ishining vazifalari:


  • Shaxsning psixologik xarakteristikasi;

  • Shaxs tuzilishi;

  • Shaxs haqida psixologik nazariyalar;

  • Shaxsning faolligi va uning hayotiy pozitsiyasi;

  • Shaxsning professional faoliyati va uning jamoadagi o’rni va strategiyasi;

Kurs ishining tuzilishi; 2 bob, 4 bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
      1. BOB. SHAXS TUZILISHI VA SHAKLLANISHI


    1. Shaxsning tuzilishi va psixologik xarakteristikasi

Psixologiyada shaxs tushunchasi. Inson, odam ko‘plab fanlarning o‘rganish ob’ekti bo‘lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishi va boshqalarni o‘rganadi. O‘z ob’ektini belgilash va ta’riflash uchun turli tushunchalar qo‘llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo‘luvchi ongli faoliyat sub‘ekti sifatida o‘rganadi. Psixologiya fani odamni ta’riflashda ko‘plab tushunchalar qo‘llaniladi. Shu jumladan «shaxs», «individ», «individuallik» tushunchalari ham qo‘llaniladi.
Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Katta yoshdagi kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni o‘zlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar) ham individdir. Individ tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha kishilar odamlar individdir.
«Individ» tushunchalar kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning ham, katta yoshning ham, tafakkurni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin.
Individ sifatida kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo‘lib yetishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina shaxsga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma’lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o‘zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o‘zlashtrishda shakllanadi. Binobarin shaxs ham faqat jamiyatdagina shaxsga aylanishi mumkin.
Shaxs tushunchasida odamning ijtimoiy xarakteri aks ettirilgan. Lekin shaxsning ijtimoiy muhitning passiv mahsuloti deb qarab bo‘lmaydi. Shaxs
ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o‘zlashtiradi, o‘zi uchun o‘zgartiradi-bu jarayon davomida o‘zi ham shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi o‘zi hayot uchun yo‘l tanlashida, bu yo‘lni egallashida. Hayotda o‘z mavqei va o‘rnini anglashida ifodalanadi. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta’sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta’sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta’sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o‘quvchilarga turlicha ta’sir qiladi.
Shaxsning faqat psixologiya emas, balki sotsiologiya, tarix, san‘atshunoslik, estetika, etika, pedagogika, meditsina, yuridik va boshqa fanlar ham o‘rganadi.
Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi: sotsiolligi, ongi va tilidir. Inson shaxsning xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir.
Individuallik-shaxs psixologik, ijtimoiy, fiziologiya xususiyatlarining birikmalarining qaytarilmasligidir. Shaxs individualligi uning xarakteri, temperamenti, psixik jarayonlarning dinamikasi, hissiyotlari, faoliyatining motivlari, qobiliyatlari va shunga o‘xshashlarning yig’indisiga bog‘liq. Bularning hammasini birga qo‘shib, mujassamlashtirsak ikita bir xil odam bo‘lmagan va bo‘lmaydi.
Har bir odam o‘ziga mansub bo‘lgan sinf millatiga xos. Ko‘pgina umumiy sifatlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda o‘zining shaxsiy fazilatlariga egaki, bu sifatlar uni takrorlanmas individuallikga aylantiradi. Olamda bir xil kishi yo‘q. Individullaik kishining o‘ziga xosligini uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlaridan odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlarga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da Qobiliyatlarda faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Zikr etilgan psixologik xususiyatlarning bir xildagi birikmasini o‘zida mujassamlashtirigan odam yo‘q – inson shaxsi o‘z individualligi jihatidan betakrordir.
Shunday qilib, individuallik inson shaxsiga xos fazilatlarning faqat bitta jihati bo‘lib hisobalanadi, xolos.
Ma’lumki odam jamiyatda turli guruhlarda (oilada, o‘qishda, ishda, davrada) bo‘ladi. Har bir guruhda o‘ziga xos ba’zan butunlay bir-biriga o‘xshamaydigan rollarni o‘ynaydi. Lekin shunga qaramay, ko‘pincha odam turli vaziyatlarda o‘xshash sifatlarni namoyon qiladi. Bir qarashda qarama- qarshi ko‘ringan xususiyatlarning namoyon bo‘lishida umumiylik bor. Ana shu shaxs sifatlarning bir-biriga mosligi shaxsning yaxlitligini ko‘rsatadi.
Shaxsning psixologik ko‘rinishi, psixologik xususiyatlarining birikmalari har bir odamda nisbatan doimiylikka ega. Odamning psixik holatlari, o‘zini tutishi o‘zgarib tursa ham shaxsning psixologik qiyofasi ma’lum darajada barqaror bo‘lib qolaveradi. Shaxs xususiyatlarining bunday nisbatan barqarorligi unga shaxs sifatida xarakteristika berish, uning ma’lum vaziyatlarda o‘zini qanday tutishini oldindan belgilashning asosi bo‘lib xizmat qiladi.
Shaxs asosini uning tuzilishi tashkil etadi, bu esa shaxsning yaxlit hosila sifatida har taraflama nisbiy barqaror aloqa va o‘zaro ta’sirga ega bo‘lishidan iborat. Psixologlar shaxs tuzilishida turli tarkibiy qismlarni ajratadilar. S.L. Rubinshteyn temperament, xarakter, layoqatlarda; bilimlar, malakalar va ko‘nikmalarda; yo‘nalganlikda namoyon bo‘ladigan individual-tipologik xususiyatlarni ko‘rsatib o‘tadi. A.G. Kovalev yo‘nalganlik, xarakter, imkoniyatlar va mashqlar tizimini ajratadi. M.I. Enikeev temperament, yo‘nalganlik, layoqatlar va xarakterni sanab o‘tadi. Mashhur psixolog K.K. Aflotunov yo‘nalganlik tarkibini, ijtimoiy tajriba tarkibini, psixologik tarkibni va biologik asoslangan tarkibni ajratib ko‘rsatadi.
Shunday bo‘lsada, shaxs tuzilishida tarkibiy qismlarni ajratishdagi tafovutlarga qaramay, mualliflar o‘z yondoshuvlarida etakchi tarkibiy qism sifatida yo‘nalganlikni alohida ajratib ko‘rsatadilar. Bu tushuncha turlicha, masalan, «o‘sish sur’ati tendensiyasi (S.L. Rubinshteyn), «ma’no kasb etuvchi
motiv» (A.N. Leontev), «dominantlik munosabati» (V.N. Myasishev), «asosiy hayotiy yo‘nalganlik» (B.G. Ananev), «inson mohiyatli kuchlarini dinamik tarzda tashkil etish» (A.S. Prangishvili) sifatida talqin etiladi.1
Bizlar nima uchun odam harakatlari faollashganining sababini aniqlashda ehtiyojlar mohiyatining tahlilini o‘tkazamiz, lekin bu faollikning oqibatlarini bilish uchun uning yo‘nalganligi nima bilan belgilanishini tahlil qilishimiz lozim. Yo‘nalganlik deb, shaxs faoliyatini yo‘naltiruvchi va xususiy vaziyatlardan nisbatan mustaqil bo‘lgan barqaror motivlar yig‘indisiga aytiladi. Masalan, o‘quvchi hulq-atvori yaxlitligicha ko‘rib chiqilganida, uning psixologiyasi tahlilida barqaror motivlarni aniqlash zarur. Mana shu holatdagina o‘smirning harakati tasodifiyligi yoki qonuniyatga asoslanganligiga baho berish, uning takrorlanish imkoniyatlarini oldindan ko‘ra olish, shaxs sifatlarining ba’zilarini bartaraf etish, boshqalarining rivojlanishini esa rag‘batlantirish mumkin. Motivlar u yoki bu darajada anglangan yoki umuman anglanmagan bo‘lishi mumkin. Shaxs yo‘nalganligida asosiy o‘rinni anglangan motivlar egallaydi.
Shaxs yo‘nalganligi doimo ijtimoiy belgilangan bo‘ladi va tarbiya jarayonida shakllanadi. Yo‘nalganlik – bu shaxsning xususiyatlariga aylangan va havas, istak, intilish, qiziqish, moyillik, ideal, dunyoqarash, e’tiqod kabi shakllarda namoyon bo‘ladigan mayllar. Bu shakllarning asosida faoliyat motivlari yotadi.

Havas – bu sub’ektning ajratilmagan, anglanmagan yoki etarlicha anglanmagan ehtiyojlarini ifodalovchi ruhiy holat. Istak faoliyat motivi sifatida ehtiyojning yetarlicha aniq anglanganligi bilan ifodalanadi. Bunda uning ob’ektigina emas, balki uni qondirish yo‘llari ham anglanadi. Intilish istak tuzilishiga irodaviy tarkibiy qism qo‘shilganida yuzaga keladi. Qiziqish – bu shaxsning yo‘nalganligini faoliyat maqsadlarini anglash bilan ta’minlovchi bilish ehtiyoji ifodalanishining maxsus shakli. Sub’ektiv tarzda qiziqish ob’ektni chuqurroq o‘rganish, u haqda ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lish, uni tushunish
1 Vigotskiy L.S. Xotira va uning bolalikda rivojlanishi. Xotiraning psixologiyasi / Ed. Yu.B. Gippenreiter va V.Ya. Romanov. - M: CheR, - 2006. -816s.
istagida bilish jarayoniga ega bo‘ladigan ijobiy emotsional tonda namoyon bo‘ladi. Odatda, shaxs yo‘nalganligini ifodalovchi qiziqishning qondirilishi uning so‘nishiga sabab bo‘lmasdan, uni ichdan o‘zgartiradi, boyitadi va chuqurlashtiradi, bilish faoliyatining yuqori darajasi talablariga javob beruvchi yangi qiziqishlarni uyg‘otadi. E’tiqodlar – bu shaxsni o‘z qarashlari, tamoyillari, dunyoqarashiga muvofiq ravishda harakat qilishga undovchi motivlar tizimi. E’tiqodlar shaklidagi ehtiyojlar mazmuni – bu tabiat va jamiyatni o‘rab turgan olam haqidagi bilimlar, ularni muayyan tarzda anglash. Bu bilimlar tartibli va ichdan tashkil topgan qarashlar (falsafiy, etika, estetika, tabiiy-ilmiy) tizimini hosil etganida, ular insonning dunyoqarashi sifatida o‘rganilishi mumkin.
Shaxs mayli – bu avvalgi tajribada shakllangan, ob’etni aynan ma’lum shaklda idrok qilish, tushunish yoki u bilan harakat qilishga tayyorlik, moyillik.
Ko‘pchilik mayllarning yanglish mohiyati, yoki inson shaxsiy tajribasidagi ba’zi faktlardan shoshilinch va etarlicha asoslanmagan holda chiqarilgan xulosalarning natijasi, yoki fikrlash streotiplarini – ma’lum ijtimoiy guruhda qabul qilingan xillarga ajratilgan mulohazalarni tanqidsiz o‘zlashtirish natijasi bo‘lib hisoblanadi. Jamiyat hayotidagi turli faktlarga (hodisalar, odamlar va boshqalar) nisbatan ogohlantirish xususiyatiga ega bo‘lgan mayllar ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin. Mayllar u yoki bu darajada anglanmagan bo‘lishi mumkin. Psixologik tadqiqotlar tomonidan mayl tuzilishida uch tarkibiy qism ajratiladi: kognitiv tarkibiy qism inson bilishga va idrok qilishga tayyor tasvir namunasidir; emotsional-baholash tarkibiy qism mayl ob’ektiga nisbatan xayrixohlik va xush ko‘rmaslik majmuasidir; xulq-atvor tarkibiy qism – mayl ob’ektiga nisbatan ma’lum tarzda harakat qilish, iroda kuchini amalga oshirishdir.
Psixologiya tarixida shaxsning psixologik mohiyati haqidagi tasavvurlarga ko‘p marta o‘zgartirishlar kiritilgan. Avvalambor, shaxsni, aynan, psixologik tushuncha sifatida anglashning zaruriyati bilan bog‘liq nazariy qiyinchiliklarni bartaraf etishning eng ishonchli vositasi shaxsni psixologik voqelik kabi tashkil etuvchi tarkibiy qismlarni sanab o‘tish hisoblanadi. Bu holatda shaxs inson
psixikasining sifatlari, xossalari, qirralari, o‘ziga xos xususiyatlarining to‘plami sifatida maydonga keladi. Muammoga bunday yondoshish A.V. Petrovskiy tomonidan «kolleksiya to‘plash» deb nomlangan, bunda shaxs o‘zida temperament, xarakter, qiziqishlar, layoqatlar va h.k.larning qirralarini mujassamlashtirgan qandaydir kattalik, hajmga aylanadi.
XX asr 60-yillarining o‘rtalarida shaxs umumiy tuzilishini o‘rganish bilan bog‘liq tadqiqotlar o‘tkazishga qaratilgan harakatlar boshlab yuborildi. Bu yo‘nalishda shaxsni bioijtimoiy, tartibli tuzilish sifatida ta’riflagan K.K. Aflotunovning yondashuvi e’tiborga loyiq. U shaxs tuzilishini quyidagilarga ajratadi:

  1. Yo‘nalganlik (fikrlar, dunyoqarash, mayllar, istaklar, qiziqishlar, moyilliklar, ideallar kabi shakllarni o‘z ichiga oladi). Bu tuzilish osti tarbiya yo‘li bilan shakllanadi.

  2. Tajriba (ta’lim olishda shaxsiy tajriba vositasida orttirib bo‘lingan, lekin shaxsning biologik va hatto, irsiy belgilangan xossalarining sezilarli ta’siri ostidagi bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar va odatlarni birlashtiradi).

  3. Aks ettirish turli shakllarining individual xususiyatlari (his etish, idrok, xotira, tafakkur, hissiyotlar, tuyg‘ular, iroda).

  4. Biopsixik xossalar o‘zida temperament xususiyatlari, shaxsning jins va yosh xususiyatlari, patologik, organik o‘zgarishlarni birlashtiradi (7.1 jadval).

Bu to‘rt tarkibiy qismga yana ikki tarkibiy qism jamlanadi: mustaqil tarkibiy qism bo‘lib hisoblanmaydigan shaxsning umumiy sifatlaridan iborat, asosiy tarkibiy qismlarning har birining xususiyatlaridan tashkil topgan xarakter va layoqatlar.
Bunday yondoshuvning asosiy kamchiligi shundan iborat ediki, shaxs umumiy tuzilishi uning biologik va ijtimoiy belgi, xususiyatlarining yig‘indisi sifatida izohlanar edi. Natijada shaxs psixologiyasida shaxsdagi ijtimoiy va biologik xususiyatlar nisbati muammosi asosiy muammolardan biri bo‘lib qoldi. Lekin, aslini olganda, biologik xususiyatlar inson shaxsi tarkibida ijtimoiyga aylanadi.
XX asr 70-yillarning oxirida shaxs muammosiga tuzilishli yondoshuv yo‘nalishi tizimli yondoshuvni qo‘llash tendensiyasi bilan almashindi. SHu munosabat bilan A.N. Leontev g‘oyalari alohida e’tiborga loyiq. Uning fikricha, shaxs, - bu insonning jamiyatdagi hayoti natijasida yuzaga keladigan alohida turdagi psixologik hosila. Turli faoliyatlarning birgalikda bo‘ysunishi ontogenezda shakllanadigan shaxsning asosini yaratadi. SHu o‘rinda, A.N. Leontev ko‘rsatib o‘tganidek, shaxsga tegishli bo‘lmagan, avvalambor, irsiyat tomonidan belgilangan: tana tuzilishi, asab tizimining turi, temperament, biologik ehtiyojlarning o‘sish kuchi, affektivlik, tug‘ma layoqatlar kabi, shuningdek, orttirilgan ko‘nikma, bilim va malakalar, hamda, – kasbiy belgilarni ta’kidlab o‘tish joiz. Uning fikricha, sanab o‘tilganlar, insonning individual xossalarini tashkil etadi.
Shaxs avvalgi tajribalar bilan boyitilgan individ emas. Individ xususiyatlari shaxs xususiyatlariga aylanmaydi.
A.N. Leontev tomonidan belgilab berilgan shaxs muammosini o‘rganishga umumiy yondoshuv A.V. Petrovskiy va V.A. Petrovskiylarning ishlarida rivojlantirildi. Ularning fikriga ko‘ra, shaxs hamkorlikdagi faoliyatning har bir ishtirokchisi o‘rtasida o‘rnatilgan mazmun-mohiyati, qadriyatlari vositasidagi barqaror shaxslararo aloqalar tizimida o‘rganilishi mumkin.
Bayon etilganlar shaxsni faoliyat va muloqotda yuzaga keladigan individual munosabatlarning (sub’ekt – ob’ekt – sub’ektiv va sub’ekt – sub’ekt – ob’ektiv) barqaror tizimiga nisbatan sub’ekt sifatida o‘rganish imkonini beradi.

    1. Petrovskiy va V.A. Petrovskiylar shaxs tuzilishini individning «o‘ta sezgir» tizimli xususiyati sifatida ko‘rib chiqadilar. SHaxsni sub’ektiv munosabatlar tizimida ko‘rib chiqib, individ shaxsiy turmush tarzining uch xildagi atributsiyasini (qo‘shib yozish, belgilash) yoki shaxs tushunchasining uch xil nuqtai nazarini ajratadilar.2

2 Vigotskiy L.S. Xotira va uning bolalikda rivojlanishi. Xotiraning psixologiyasi / Ed. Yu.B. Gippenreiter va V.Ya. Romanov. - M: CheR, - 2006. -816s.
Ko‘rib chiqishning birinchi nuqtai nazari – intraindivid shaxsiy atributsiya: shaxs sub’ektning o‘ziga xos bo‘lgan xossasi sifatida tushuntiriladi; shaxs individ turmush tarzining ichki muhitiga kiritilgan holatda bo‘ladi.

Download 294,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish