Psixologiy asi


n a r s a l a r a g n o z i y a s i



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/287
Sana04.02.2022
Hajmi8,34 Mb.
#429226
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   287
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

 
n a r s a l a r a g n o z i y a s i
-
bemor ko'z oldida turgan narsalarning yoki 
narsalar tasvirining nomini bilmaydi, lekin bu narsalar nima uchun 
ishlatilishini aytib bera oladi;
2

b e t ( y u z ) a g n o z i y a s i
-
bem or avval o 'z ig a ta n ish b o 'lg an
odam larning yuzi yoki suratiga qarab ularning kimligini aytib bera 
olmaydi;
3) 
o p t i k - f a z o v i y a g n o z i y a
 
- atrofdagi obyektlaming fazoviy tuzilishini 
tasvirlash buziladi;
4) 
h a r f a g n o z i y a s i
-
harflarni tanimaslik (o'zi yozganlarini ham);
5) 
r a n g l a r a g n o z i y a s i
-
ranglarni to'g'ri ajrata olmaslik, tanimaslik;
6

s i m u l t a n a g n o z i y a
-
bemor obyektning ba’zi qismlarini taniydi, biroq 
to'laligicha tanimaydi (bilmaydi). Simultan agnoziya Balint sindromi 
deb ham ataladi.
Endi ko'ruv agnoziyalarining klinik holati bilan tanishib chiqamiz.
Narsalar agnoziyasi 
agnoziyaning keng tarqalgan turidir. Bunda bemor 
obyektni go'yoki ko'radi, hatto uning ba’zi belgilarini aytib ham beradi, 
lekin nomini ayta olmaydi. Masalan, bemorga qalam ko'rsatilsa, u yozish 
va chizish uchun ishlatilishini biladi, biroq «Bu qalam» deb ayta olmaydi,
49


chunki tanimaydi. Agar narsalar bir-biriga qalashtirib tashlansa, ularning 
nomini aytish yanada qiyinlashadi. Masalan, qaychi, pichoq, bolg‘acha, 
qoshiqlar (yoki ularning tasviri) ni bir-biriga qalashtirib tashlab, ularni 
birin-ketin topish so'ralsa, bemor bu ishni bajara olmaydi. U faqat turli 
tomonga ketgan chiziqlami ko‘radi, xolos. Bu usulni Poppelreyter 1917- 
yili taklif qilgan. Shunisi e’tiborliki, bemor narsalarga qarab ularni chizib 
beradi, lekin o'sha o'zi chizgan narsalaming nomini aytib bera olmaydi, 
ya’ni tanimaydi.
Yuz agnoziyasi (prozopagnoziya). Aytib o ‘tganimizdek, agnoziyaning 
bu turida bemor avval o'ziga tanish bo'lgan chehralarni tanimaydi. Bu 
bemorlar narsalami tanishi mumkin. Ular yuzda joylashgan burun, qosh, 
ko'z va quloqlaming nomini aytib berishi mumkin, lekin bu odam kimligini 
aytib bera olmaydi, ular hatto rafiqasi, bola-chaqalari, davolovchi vrachni, 
shu bilan birga avvaldan tanish odam larni, yaqinlarining, mashhur 
kishilarning suratlarini ham tanishmaydi. Og'ir holatlarda bemor hatto 
oynadagi o'z aksi yoki suratini ham tanimaydi. Shuningdek, bemor ayol 
va erkak yuzining farqiga bormaydi, ularning taxminiy yoshini chalkashtirib 
yuboradi. Bu bemorlar odamlarni ovozi, kiyimi yoki yurishidan tanib 
olishlari ham mumkin. Ba’zan tanib olishda tanish-bilishlarining soch 
tuzilishi, yuzidagi xollari, ko'zoynak taqishi kabi ortiqcha belgilar yordam 
beradi. Agar doimo ko'zoynak taqib yuradigan tanishi ko'zoynagini 
taqmay ko'rinsa, bemor uni tanimay qoladi. Ba’zan bunday bemorlarga 
sochi kalta ayol erkak kishidek ko'rinadi.
Yuz agnoziyasi nisbatan kam uchraydi va ko'pincha agnoziyaning 
boshqa turlari bilan birga kuzatiladi. Yuz agnoziyasi bosh miyaning orqa- 
ensa sohalari zararlanganda kuzatiladi.
Optik-fazoviy agnoziya. Agnoziyaning bu turi, k o 'pincha, bosh 
miyaning o'ng yarim shari (tepa-ensa sohalari) yoki ikkala yarim shar 
ham zararlanganda kuzatiladi. Bunda bemorlar narsalam ing fazoviy 
belgilarini tasvirlab bera olmaydilar. Bu yerda narsalaming yoki atrof- 
m uhitdagi obyektlam ing katta-kichikligining aham iyati yo'q. U lar 
geometrik figuralar (uchburchak, romb, kvadrat) ning rasmini to 'g 'ri 
chiza olmaydilar. Agnoziyaning bu turida chap va o'ng tom onlarni 
farqlash ham buziladi va bemor obyektlaming bir tomonini tan olmaydi, 
masalan, daraxt, uy, gul (
6
-rasm, 
A, B).
Bu holat «bir tom onni tan 
olmaslik» sindromi deb ataladi. U asosan, bosh miya o'smalarida va og'ir 
jarohatlarda kuzatiladi. Bu sindromni biz bosh miya o'ng yarim sharining
a.cerebri posterior qon bilan t a ’minlaydigan sohaning o 'tk ir ishemik 
insultlarida ham kuzatganmiz. Optik-fazoviy agnoziya bosh miyaning 
o 'n g yarim shari zararlang an d a k o 'p kuzatilgani uchun bem orlar 
obyektlarning chap tomoni borligini go'yoki inkor qilishadi. Bunday
50


6 -rasm . F a z o n in g bir to m o n in i in k o r qilish sin d ro m i (Z .R .Ib o d u Ila y e v k u z a tu v i, 
2 0 0 0 -y ): Л - k o m p y u te r to m o g ra m m a d a b o sh m iy a o ‘ng y a rim shaT ining en sa
so h a s id a ish e m ik o ‘choq; B - b e m o rg a uy v a d a r a x tn in g ra s m i k o ‘r s a tils a , u la rn in g
c h a p to m o n in i in k o r q ilg an .
bemorlar hatto o'zining chap tomonini ham tan olishmaydi, q o ‘l-oyoqlari 
harakati saqlangan bo‘lsa-da, bemor k o ‘ylagi va shimini kiyayotganda 
chap qo'lini ishlatmaydi. Bu sindrom chap tomonlama fazoviy agnoziya 
deb ham atalad i. Bu sim ptom lar bosh miyaning o 'n g yarim shari 
zararlanishi uchun juda xosdir.
51


7 -ras m . B o sh m iy a o ‘n g y a rim sh a rin in g tc p a v a e n sa s o h a la ri z a r a r la n g a n d a
k u z a tila d ig a n a g n o z iy a la r: Л - a u to to p o g n o z iy a - b e m o r o ‘z ta n a sin in g q ism la rin i 
ta n im a y d i, b ilm a y d i; B - a n o z o g n o z iy a - b e m o r ta n a s id a g i k a m c h ilik la r (m a s a la n , 
g c m ip a re z ) ni a n g la m a y d i, in k o r q ila d i; V - k o ‘ru v a g n o z iy a s i - bem or n a r s a la r n i 
k o ‘rib tu r s a - d a , u la rn in g n o m in i a y tib b e r a o lm ay d i.
Shuningdek, anozognoziya - tanad ag i defekt (gem iplegiya) ni 
anglamaslik va autotopognoziya - o 'z tanasining qismlarini bilmaslik 
yoki ularni n o to 'g 'ri (kattadek, kichikdek yoki boshqa buyumdek) 
idrok qilish ham o 'n g yarim shar zararlanishiga xos belgilardir (7- 
rasm).
Bem orning ahvoli o g 'irlash g an h o la tlard a n afaq at o 'n g -ch ap
tomonlami, balki yuqori-quyi koordinatlami ham farqlashi buziladi. U 
rasmlarda obyektlaming fazoviy belgilarini ta ’riflab bera olmaydi (uzoq- 
yaqin, katta-kichik, chap-o‘ng, tepa-past). Masalan, bem ordan biror 
jonzot yoki odam suratini chizib berish talab qilinsa, uning b a’zi qismlari 
(q o 'li, o y o g 'i, k o 'z va q u lo q lari) ni ta n a d a qanday va qay erd a 
joylashtirishni bilmaydi, go'yoki «unutadi» (
8
-rasm, 
A, B).
Optik-fazoviy buzilishlar b a ’zan o'qish jarayoni buzilishi bilan ham 
kechadi. Bunday holatlarda bemorlar harflardagi chiziqlarning qanday 
va qaysi tom onga q a ra b y o 'n a lg a n in i bilishm aydi, ayn iq sa kirill 
alifbosidagi E, Ш, П, Я harflami o'qisholmaydi, «Д» va «JI» kabi harflami 
farqlay olishmaydi. K linik am aliyotda optik-fazoviy agnoziyalarni 
aniqlash uchun harflami bilishni tekshirish usulidan ko'p foydalaniladi.
H arf agnoziyasida bemorlar harflam i to 'g 'ri ko‘chirsa-da, ularning 
nomini aytib bera olmaydi, chunki ularni tanimaydi. Shuning uchun ham 
bu bemorlarda o'qish qobiliyati buziladi (birlamchi aleksiya). Bunday 
bemorlar narsalarni to 'g 'ri taniydi, ularning tasviriga to 'g 'ri baho bera
52


8 -rasm . K o ‘ru v a g n o z iy a s i k u z a tilg a o b e m o m in g c h iz g a n ra s m la ri (A .R . L u riy a d a n
o lindi, 1 9 7 3 ): A - fil ra sm id a n n u s x a k o ‘c h irish ; B - tu y a n in g b oshini ch izish g a 
urin ish ; V - o d a m n i y o d d a n ch izish .
oladi va hatto murakkab fazoviy tasvirlami to ‘g ‘ri farqlay olishadi-yu, 
harflami tanishmaydi, ulami o ‘qiy olishmaydi.
Agnoziyaning bu turi bosh miya chap yarim sharining (o'naqaylarda) 
chakka-ensa sohalari zararlanganda kuzatiladi.
R anglar agnoziyasi ikki xil tu rg a b o 'lib o 'rg an ilad i. R an g lar 
agnoziyasining haqiqiy turi va ranglarni tanib olish (anglash)ning 
buzilishlari (ranglarga ko'rlik) farqlanadi. Ranglarga ko'rlik va ranglarni 
tanishning buzilishi ko'ruv yo'llarining ham periferik, ham markaziy 
qismlari zararlanganda, ya’ni ham to 'r parda, ham ko'ruv sistemasining 
po'stloq osti va po'stloq tuzilmalari zararlanganda kuzatiladi. M a’lumki, 
ranglarni qabul qilishning buzilishi ko'z to 'r pardasining degeneratsiyasi 
va kolbachalar patologiyasi bilan ham bog'liq.
1887-yili Vilbrand bemorning ranglarni tanimasligini birinchi bo'lib 
aniqlagan va uni ranglar amnestik afaziyasi deb atagan. 1908-yili
I. Levandovskiy qaysi narsalar qanday rangda bo'lishini aytib bera 
olmagan bem orni kuzatib, ranglar agnoziyasining ranglarni ajrata 
olmaslikdan farqini ko'rsatib berdi.
53


Ranglar agnoziyasida bem orlar ranglarni ajratib olib va qanday 
narsalar qaysi ranglar bilan (olma, yaproq, apelsin va h.k.) bo'yalganini 
aytib bera olmaydi. Agar bemorda rangni aytishda qiyinchiliklar tug'ilsa, 
bu ranglar amnestik afaziyasi, ranglarning nomi bo'yicha o'sha rangni 
ajrata olmasa, ranglar sensor afaziyasi deyiladi.
Ko'pincha, ranglar agnoziyasi narsalar agnoziyasi bilan birgalikda 
uchraydi. Ba’zan esa birlamchi aleksiya bilan ham kuzatiladi. Ranglar 
agnoziyasi kuzatilgan bem orlarda k o ‘ruv maydoni qisqarishi b a’zan 
uchrasa-da, u agnoziyaga xos belgi emas.
Agnaziyaning yana bir murakkab turi bu simultan agnoziyadir. Bunda bemor 
narsalarni butunlay emas, balki ularning bo‘lagini, bir qismini ko'radi, xolos.
Agar bemorga aylana ichiga chizilgan kvadrat ko'rsatilsa, bemor yo 
kvadratni yoki aylanani ko'radi, ularning ikkalasini birga ko'rmaydi. 
Bemorlar uchun bitta so‘zni o'qib, ikkinchisiga o'tish ham qiyin. Shuning 
uchun Baiint (1909) ko'ruv agnoziyasining bu turini «nigohning ruhiy 
falaji» deb atagan, ba’zi mutaxassislar bu holatni «okulomotor ataksiya» 
deb ham atashadi. Sim ultan agnoziyani aniqlash uchun bem ordan 
geometrik figuralar bilan ishlash, matnni ko'chirish yoki yozishni talab 
qilib ko'rish kifoya (9-rasm, 

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish