P .B r o k
( 1 8 2 4 -1 8 8 0 )
Todd va A rtur K .Bogart (2001) neyropsi
xologiya fanini bosh miya zararlanishlarida
kuzatiladigan barcha psixologik buzilishlarni
(xulq-atvor, shaxs va h.k.) o ‘rganuvchi fandir
ham da neyropsixologlar
miya jaro hatlarin i
davolashda faol ishtirok etishlari kerak, deb
ta ’kidlashadi.
Bu fanning tarixiga nazar tashlaydigan
bo‘lsak, u bosh miya katta yarim sharlarining
p o ‘s tlo g ‘ida oliy ruhiy fu n k siy alarn in g
m a rk a z la rin i an iq lashga u rin ish la rd an
boshlangan. 1836-yili Fransiyaning kichik bir
shahrida tibbiy jam iyatning yig‘ilishlaridan
birida oddiy vrach Mark Daks jamiyat raisidan
o 'zin in g ku zatuvlari to ‘g‘risida m a ’lum ot
berishga ru x sat so 'ra y d i.
U ning n u tq id a
quyidagi jum lalar bor edi: «Men bosh miyaning
chap yarim shari zararlangan bemorlarning barchasida nutq buzilishlarini
kuzatdim, lekin bosh miyaning o ‘ng yarim shari zararlangan bemorlarning
birortasida ham nutq buzilishi uchramadi. Demak, aynan bosh miyaning
chap yarim shari nutq bilan bog'langan, ya’ni u yerda nutq markazlari
joylashgan». Bu paytgacha nutq uchun bosh miyaning ikkala yarim shari
ham jav o b beradi, deb faraz qilinardi. Lekin u o ‘z m ulohazalarini
anatomik tekshiruvlar bilan tasdiqlamagan (bunga imkoniyat bo‘lsa-da)
va chop qildirmagan. Shuning uchun ham M.Daksning og‘zaki bergan
m a’lumoti tez orada unut bo'lib ketdi.
1861-yili yosh fransuz olimi P.Brok nutqi buzilgan va tanasining o'ng
tomoni falajlangan bemorni kuzatadi. Bu bemor tez orada vafot etadi.
Uning bosh miyasi ochib tekshirilganda, chap yarim shaming pastki
peshona pushtasining orqa qism ida infarkt o 'ch o g 'i aniqlanadi (bu
markaz hozirgi kunda Brok markazi deb ataladi). Bemor atrofdagilarning
gapiga
tushunsa-da, o'zi gapira olmasdi. N u tq buzilishining bu turi
keyinchalik «motor afaziya» deb nom oldi. O 'sha davrdan boshlab bosh
miyada turli markazlami izlash k atta qiziqish bilan boshlanib ketadi.
Biroz vaqt o'tm ay, nemis psixiatri K.Vemike 1874-yili bosh miyaning
chap chakka bo 'lagining ustki p u sh tasi zara rlan g an d a ham nutq
buzilishini kuzatib, sensor nutq markazini aniqlaydi.
1876-yili Ferriyer chakka bo'lagida eshituv markazini, 1881-yili Munk
itlarn in g ensa so h alari olib ta sh la n g a n d a « n a rsa la rn i k o 'rs a d a ,
tanimasligini», o'sha yili Eksner o 'rta peshona pushtasining orqa qismlari
zararlanganda yozishning buzilishini aniqlaydilar.
47
A lbatta, bu kashfiyotlar o ‘sha davrdagi
olim larni hayratga soladi, y a ’ni
ular bosh
miyada turli markazlarni, hatto ong, xotira,
tafakkur markazlarini izlay boshlashadi. Shu
davrdan boshlab, «lokalizatsionizm» degan
oqim yuzaga keladi. Fransuzchada bu so‘z
«joy» degan m a’noni bildiradi.
1870-yili Finkelnburg lokalizatsionchilarga
qarsh i chiqib, bosh miya p o ‘stlo g ‘i
zararlanganda «asimboliya» rivojlanadi, deb
aytadi, ya’ni simvollami ishlatish qobiliyati
buzilishi
natijasida nutq, narsalami tanish va
turli ongli harakatlar buziladi, degan fikrni
ilgari suradi. L okalizatsionchilar nuqtai
nazarin i
1864-1874-yillari
o 'zin in g
kuzatuvlariga asoslanib, mashhur ingliz nevrologi D. Jekson tanqidiy tahlil
qildi. D. Jekson, asosan, nutqning dinamik tomonlari bilan qiziqdi. U
«Bosh miyada nutq buzilishiga sabab bo‘lgan zararlanishni joylashtirish»
va «nutqning o'zini joylashtirish» ikki xil narsadir», degan edi.
D. Jekson afaziyada nutq funksiyasining to‘la yo‘qolmasligiga e’tibor
berdi. Afaziya kuzatilgan bemorda maqsadga yo'naltirilgan nutq buzilishi
mumkin, biroq hissiy nutq saqlanib qoladi, deb fikr yuritadi. Masalan,
biron-bir so'zni bemor affekt holatida aytib yuborishi,
ixtiyoriy holda
esa gapira olmasligi mumkin. D. Jekson «Nutqini yo'qotgan odam
so'zlardan ham judo bo'lgan, degani emas, chunki so'zning anglanmagan
qismi ham mavjud», degan edi. Shuning uchun «nutqidan judo» bo'lgan
bem orning fikrlash jaray o n i biroz pasaysa-da, hali fikr yuritishga
qobiliyatli. D. Jekson «M aqsadga yo'naltirilgan nutq bosh miyaning
chap yarim shari, hissiy nutq o'ng yarim shari faoliyati bilan bog'liq»,
deb aytgan.
D. Jekson birinchilardan bo'lib, markaziy asab tizimi funksiyalarming
murakkab tuzilishi to'g'risidagi g'oyani ilgari surdi.
D. Jekson fikriga ko'ra, har bir funksiya uchta bosqichdan iborat:
«quyi» (orqa miya, miya ustuni), «o'rta» (bosh miya po'stlog'ining
harakat va sezgi markazlari) va «oliy» (bosh miyaning peshona bo'lagi).
«Oliy» markazlar zararlanganda nafaqat patologik simptomlar paydo
bo'ladi, balki ijobiy o'zgarishlar ham kuzatiladi: «quyi» markazlar «oliy»
markazlar nazoratidan xalos bo'lib, o'z faoliyatini kuchaytiradi. Bunga
m arkaziy piram idal y o 'lla r zara rla n g a n d a
spinal reflek slarn in g
kuchayishini misol qilib ko'rsatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: