alm ashinib turishi bilan kechadigan bipolyar buzilishlar b a ’zi bir
diagnostik qiyinchiliklar tug'dirishi mumkin.
Xalqaro tasnifga muvofiq, depressiyaning yengil (subdepressiya),
o'rtacha va og‘ir turlari farqlanadi.
Depressiyani aniqlashda gipodiagnostika ko'p uchraydi va o ‘nta
bemordan bor-yo‘g‘i bittasi maxsus davolash muolajalarini oladi, xolos.
Somatik buzilishlar bilan namoyon bo‘ladigan depressiyalarda bemorlarga
zarur bo'lm agan tekshiruvlar va shart bo'lm agan
dori-darm o nlar
buyuriladi. Tabiiyki, bunday yo‘l kutilgan ijobiy natijani bermaydi.
Aytib o'tganimizdek, depressiyaga kayfiyatning pasayishi, fikrlar
karaxtligi va harakatga bo'lgan ishtiyoqning yo'qolishi xosdir. M ana
shu uchta simptomning uzoq vaqt birgalikda namoyon bo'lishi, depressiya
tashxisini qo'yishga asos bo'la oladi. Depressiya bilan og'rigan bemorlarga
dunyoni va atrofda bo'layotgan voqealarni salbiy tarzda qabul qilish,
o'zining hayotda tutgan o'rnini pessimistik ruhda baholash, o'zini hech
kimga keraksizdek his qilish o'ta xosdir. Ular doimo xavotirda yashashadi,
hech qanday faoliyatga qiziqish bo'lmaydi, atrofdagi o'yin-kulgilar va
yaqinlarining taqdiriga e’tibor ham qilmaydi. U lar doimo xo'rsinib
yurishadi, chalg'itish uchun biror-bir ishga majburlash mumkin,
biroq
buni shunchaki bajarishadi. Bemorlar uxlay olishmaydi yoki faqat uyqu
bosaveradi, yomon tushlar ko'rishadi (birovlarni bo'g'ib o'ldirishadi,
pichoqlaydi, olamdan o'tgan yaqinlari va qonli voqealarni ko'p ko'radi).
Bu esa bemorlar kayfiyatini yanada tushiradi va ahvolini og'irlashtiradi.
Depressiyaga ta ’rif bera turib, ushbu kasallik uchun xos bo'lgan yana
bir xavfli belgini aytib o'tish lozim, ya’ni joniga qasd qilishga intilish.
Shuning uchun ham depressiya barcha davlatlarda ijtimoiy muammoga
aylangan.
Abdominal buzilishlar haqida so'z yuritadigan bo'lsak, depressiyada
anoreksiyaning ham ko'p uchrashini ta’kidlash lozim.
Anoreksiya ovqat yeyishdan bosh tortish bilan namoyon bo'ladi.
Ruhiy shifoxonalarda depressiyaning og'ir turi bilan davolanayotgan va
ovqatlanishdan butunlay bosh tortgan bemorlarni majburlab, zond orqali
ovqatlantirishga to 'g 'ri keladi. Lekin bu muammoni ba’zi bemorlarga
tushuntirish orqali hal qilish mumkin.
Past kayfiyat depressiya xuruji davrida doimo namoyon bo'ladi va
atrofdagi vaziyatga qarab o'zgaraverm aydi. Biroq kun davom ida
kuchayib yoki kamayib turishi mumkin.
Aksariyat psixologlarning fikricha,
depressiya kuchli, m aqsadga
intiluvchan, biroq hissiyotga beriluvchan odamlarda k o 'p kuzatiladi.
Ularning depressiyaga tushishdan oldingi hayoti o'rganilganda, quyidagi
xususiyatlar aniqlangan:
251
1. Depressiyaga uchragan shaxslarning o ‘ziga xos dunyoqarashi
bo'ladi, ular atrofdagi voqealarni o'z dunyoqarashidan kelib chiqqan
holda tahlil qiladigan va hissiyotga beriluvchan shaxslardir. Ular,
ko'pincha, hayotdan qoniqmay yashashadi, erishgan yutuqlari ularni
qoniqtirmaydi, faoliyatlariga tanqidiy m unosabatda bo'lishadi, faqat
marrani egallash uchun yashashadi.
Shu bilan birga, boshqalarning,
masalan, hamkasblarining xatolarini topishni va maslahat berib yurishni
xush ko‘rishadi. Odatda, ular kuchli odamlardir. Agar uning xatosini
ko'rsatishsa, bundan qattiq aziyat chekadi va shu odamni yoqtirmay
qoladi.
2. Ular oilada ham, uyda ham aniq bir reja asosida hayot kechirishga
intilishadi, o 'ta talabchan bo'lishadi, bola-chaqasidan ham shunday
yashashni talab qilishadi. Bu, ko'pincha, oilaviy m ojarolarga sabab
bo'ladi.
3. Ular oila va ishdagi muvaffaqiyatsizliklar, musibatli voqealarni og'ir
qabul
qilishadi, ichkilikka ham tez ruju qo'yishlari mumkin.
4. U lar y o lg 'izlik n i yoq tirishad i, b iro r ishni boshlashsa yoki
rahbarlardan topshiriq olishsa, uni mukammal bajarishga intilishadi.
Bunday od am lar arzim agan bahodan ju d a xursand va arzim agan
koyishdan qattiq xafa bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham ularning
jahlini chiqarish yoki kayfiyatini tushirish osondir.
Do'stlaringiz bilan baham: