dunyosini qamrab oladi. Shu asnoda shaxsning o ‘zi
esa boshqalarning
nazdida mehribon, odamovi va ajoyib inson sifatida tan olinishni istaydi.
Psixoanalitiklaming fikricha, mana shu istaklarning ro'yobga chiqmasligi
depressiyaning shakllanishiga turtki bo'ladi. E ’tirof etilmagan har bir
xohish va istak yillar m obaynida ong ostida qo'nim topadi va ular
yig'ilgan sayin ichki ziddiyatlar kuchaya boradi.
Bunday paytlarda
depressiyaning o'tkir tarzda yuzaga kelishi uchun kuchli stressning o'zi
yetarlidir. Surunkali tarzda shakllanadigan depressiya esa doimiy ruhiy-
hissiy zo'riqishlar t a ’siri ostida rivojlanadi.
Psixodinamik terapiyaning asosiy maqsadi depressiyaga uchragan
bemorlarda ichki ziddiyatlarni to 'la ochib tashlashga qaratilgan. Bu
terapiya, albatta, individual tarzda olib boriladi va har bir bemorda ichki
ziddiyatlar sababini ochishga qaratilgan bo'ladi. Psixodinamik terapiya
bem orda
katarsis, y a ’ni ruhiy poklanishga erishilgunga q adar olib
boriladi. Ijobiy natijaga bir necha kun ichida erishish mumkin, b a’zan
esa bu jarayon bir necha oyga cho'ziladi.
Kognitiv psixoterapiya bemorda o'zini, atrofdagi voqealar hamda
kelajakni ijobiy va optimistik tarzda fikrlash san’atini
shakllantirishga
qaratilgan bo'ladi. Bu terapiyaning asosida ham bemorning fikrlash
dunyosini ijobiy tomonga o'zgartirish yotadi. Kognitiv psixoterapiyaning
metodlari ko'p bo'lib, ular maxsus adabiyotlarda batafsil yoritilgan.
Bemor bilan olib boriladigan psixologik suhbatlar depressiyaning turi va
og'ir-yengilligiga qarab, 10-20 seansgacha bo'lishi mumkin.
Depressiyaga uchragan bemorlarni davolashda uning yaqinlari bilan
o'zaro muloqotlar olib borish ham juda foydalidir.
Biroq agar bemor
bunga ruxsat bermasa, bu muloqot teskari natija berishi ham mumkin.
Albatta, psixolog bemorning yaqinlari bilan suhbatlar olib borishi kerak,
chunki bu suhbatlar bemor haqida to'la m a’lumotga ega bo'lishga yordam
beradi. Shuningdek, psixolog bemorning yaqinlariga uning oldida o'zlarini
qanday tutish lozimligini tushuntiradi. Bu juda muhimdir. Chunki b a’zi
oila a ’zolari yaqinlarining ahvolidan shunday kuyinishadi-ki,
natijada
uyda motamsaro muhit yaratiladi, bu faqat bemorning ahvolini yanada
og'irlashtirishi va suitsidal urinishlarni kuchaytirishi mumkin. Bemorga
hadeb
yonbosaverish ham, uning xulq-atvorini tanqid qilaverish ham
mumkin emas. Suitsidal fikrlar va urinishlar mavjud bemorlarni yolg'iz
qoldirmaslik kerak. Oila a ’zolari tom onidan nazorat shunday bo'lishi
kerakki, bem orning o 'zi buni bilm asin. C hunki, hadeb bem orni
qo'riqlayverish uning joniga tegishi mumkin. Bemorning ishonchini
qozongan oila a ’zolari bilan ko'chaga chiqib,
aylanib kelish va sayr
paytida, asosan, bemorni so'zlatish, uning his-tuyg'ulariga hamdarda
bo'lish o'ta muhimdir. Bemor doimo psixolog bilan har qanday vaziyatda
253
nam bog'lana oladigan imkoniyat bo'lishi lozim, chunki zudlik bilan
psixolog yordami lozim bo'lib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: