Deylik, bemor o'zida rak kasali borligini
bilib oldi va uni vrachga
aytdi. Vrach ushbu vaziyatda qanday yo'l tutishi kerak? T a’kidlash
lozimki, ba’zi davlatlarda rak kasali aniqlangandan so‘ng, masalan,
leykoz, bemordan kasallik yashirilmaydi, unga davolanish natijalari bilan
bog'liq bo'lgan barcha ma’lumotlar beriladi. Chunki bu kasallik bilan
bog'liq bo'lgan nafaqat tibbiy muammolar, balki oila a’zolari va ish joyi
bilan bog'liq bo'lgan bir qator yuridik muammolami (masalan, vorislik
masalalari) ham hal qilishga to'g'ri keladi. Shuning uchun ham xavfli
kasalliklar aniqlangan bemorlarga kasallik haqida m a’lumot berishni
individual tarzda hal qilish lozim. Bunda bemorning yoshi, oila va
jamiyatda tutgan o'mi hisobga olinishi lozim. Albatta, bemorga kasalligi
turi haqida ma’lumot berilishidan oldin, uning yaqin oila a ’zolari bilan
maslahatlashish lozim. Agar oila a ’zolari bunga qarshi tursa,
sirni
ochmagan ma’qul.
Mabodo, xabarni eshitgan bemor «Menda undoq kasallik yo'q,
men ishonmayman», deb m a’lumotni inkor qilsa, vrach uning fikrini
m a’qullashi zarur. Faqat xavfli o'sma barcha tekshiruvlar natijasida
aniqlangan taqdirdagina, uni bemorning yaqinlariga aytish lozim.
Chunki onkologik kasalliklar diagnostikasida yo'l qo'yilgan xatolik
og'ir asoratlar va janjallarga sabab bo'lishi mumkin. Ba’zan «xavfli
o'sma» tashxisining keyingi tekshiruvlarda xavfsiz bo'lib chiqqani
tibbiy amaliyotda uchrab turadi, ba’zan gistologik tekshirishlarda ham
xatoga y o 'l q o 'y ila d i. D em ak, tekshiruvlar o 'ta aniqlik bilan
o'tkazilishi zarur.
Bemorga kasallik haqida ma’lumot bermaslikning salbiy tomonlari
ham bor. Masaian, yaqin orada to'yi rejalashtirilgan yigit yoki qizning
ota-onasiga farzandining kasalligi haqida
deontologiya va etikaning
barcha prinsiplariga amal qilgan holda ma’lum qilish zarur. Kasalligi
jiddiy ekanligidan bexabar bemor ko'rsatilgan vaqtda davolanish
muolajalariga kelmasligi va zarur dori-darmonlarni vaqtida qabul
qilmasligi yoki uzoq safarlarga ketishi, zararli fizioterapevtik muolajalar
olishi mumkin. Shuningdek. ushbu kasallik bilan ishlashga monelik
qiluvchi kasb egalarida, ya’m uchuvchi, poyezd mashinisti, haydovchi
va shu kabi o'zi va boshqa birovlar hayoti uchun xavfli vaziyatlar yuzaga
kelishi mumkin. Bunday vaziyatlar juda ko'p
va ular vrach tomonidan
e’tiborga olinishi zarur.
Bemorga kasallik haqida xabar berilgandan so'ng uni davolashning
afzalliklari haqida batafsil ma’lumot berish lozim. Vrach juda ustalik
bilan, har bir jumlani to 'g 'ri tanlagan holda, bemor bilan suhbat
o'tkazishi zarur. Ushbu kasallik bilan davolangan va yaxshi natijalar
kuzatilgan bemorlarni misol keltirishi ham foyda beradi.
334
Obro‘-e’tiborga ega vrach ishonchli psixologik usullardan foydalangan
holda, o'ta og'ir onkologik bemorlar bilan ham til topisha oladi va
ularga o‘z fikrini singdira oladi. Bemorning fikri-zikri esa vrach tavsiya-
larini bajarishga qaratilgan bo'ladi, hatto umrining so'nggi kunlarigacha,
ahvoli og'irlashgan paytda ham vrachning tavsiyalaridan voz
kechmaydigan va hayotga umid bilan qarovchi bemorlar bo'ladi.
Bemor
bilan bunday hamnafas bo'lishga erishish uchun onkolog o'ta mahoratli
psixolog bo'lishi kerak.
Onkologik shifoxonalarda psixologik yordam faqat suhbatdan iborat
b o 'lib qolm asligi, bunda bemor fikrini chalg'ituvchi barcha
imkoniyatlardan foydalanish zarur. Turli xil tadbirlar o'tkazib turish ham
psixologik taranglikni kamaytiradi. Bir qancha bemorlarni yiqqan holda
psixologik suhbatlar o'tkazish, mashhur vrachlar bilan uchrashuvlar
tashkil qilish ham foydali. Yuqorida aytib o'tilganidek, nafaqat
bemorning o'ziga, balki uning yaqin oila a ’zolariga ham psixologik
yordam berishga to'g'ri keladi. Agar ular bilan psixologlar va onkologlar
shug'ullanmasa, bemorlar va ularning yaqinlari «rakdan butunlay xalos
qilishni» va’da qilayotgan tabiblar va psevdovrachlarga murojaat qilib,
to'g'ri davolanish uchun o'ta zarur bo'lgan qimmatli vaqtni boy berishadi.
Quyidagi voqea bunga yaqqol misol bo'lsa kerak.
Tibbiyot institutini tugatgan va o'sm a
kasalligining dastlabki
bosqichlaridayoq maxsus tibbiy yordamlardan voz kechib, tabibning
tavsiyasi bilan «rak kasalligini kuydirib yo'qotish uchun» kerosinni
burniga tomizib, shuningdek, oz-ozdan ichib yurgan va keyinchalik toksik
ensefalopatiya, kuchli darajadagi gallyutsinator-illyuzor buzilishlar,
deliriylar rivojlangan bemorni uyiga ko'rgani borganimda, uning ahvoli
o'ta og'ir edi. U alahsirab yotar, ro'parasida turgan osma ukol osib
qo'yilgan
kiyim ilgichga qarab, «Yo'qotinglar uni, yo'qotinglar uni»,
deb baqirardi. Men «Kim u?» deb so'raganimda, «U tabib, tabib, u meni
zaharladi, yo'qotinglar uni, yo'qotinglar», deb alahsirab baqirardi.
Rafiqasi «Adasi, hozir sizga osma ukol qo'yishadi, u tabib emas, kiyim
iladigan veshalka», desa ham hadeb hozir aytgan gaplarini takror-
layverardi. Rafiqasini goh tanirdi, goh uning yonida yig'lab o'tirgan
singlisi bilan adashtirardi. «Rafiqamni chaqirib kel!» deb uning o'ziga
baqirardi. Rafiqasi yig'lab: «Adasi, bu menman», desa unga tikilib qarab
turib, m a’nosiz uzuq-yuluq gaplarni takrorlayverardi. Ovqatga qarab
turib, uni itarib to'kib yuborardi. Tomirdan qilinadigan dorilarni bemor
uxlagach, yuborishga to'g'ri keldi va davolanishni shu tarzda davom
ettirish tavsiya etildi. Eng achinarlisi, endi 28
yoshga kirgan bu yigitda
oshqozon saratoni aniqlangan edi. Uni operatsiya qilib davolasa bo'lardi,
u boshqa a ’zolarga metastaz bermagan edi. Bir o'g'il va qizli bu vrach
335
bemorning rafiqasi ham tibbiyot institutini tugatgan edi (ular birga
o'qishgan). Meni maslahatga olib kelgan akasi ham vrach edi. Aynan
akasi tabibda emas, onkologlarda davolanishni, operatsiya qildirishni
qayta-qayta ukasiga uqtirgan. Biroq u vrachlarga va akasining so'zlariga
quloq solmay, tabibda davolana boshlagan va 6 oy ichida shu ahvolga
tushgan. Uni tekshirgan boshqa vrachlar ham zaharlanish sababli gepatit,
nefrit, jigar va buyrak yetishmovchiligi, retinopatiya, arterial gipertoniya
kasalliklarini aniqlashdi. Yana bir oydan so‘ng bemor vafot etdi. Faqat,
rakdan emas, zaharlanish asoratlaridan!
U yana ancha yil yashashi
mumkin edi.
Shuni unutmaslik kerakki, hanuzgacha rakdan butunlay xalos qiluvchi
giyoh yoki dori ishlab chiqilgan emas. Biroq zamonaviy davolash
usullarini qo'llab, bemomi xavfli o‘smalaming dastlabki bosqichidayoq
butunlay xalos qilish mumkin. Bu haqda bemorlarga va ularning
yaqinlariga sam arali tushuntirish ishlarini olib borish lozim.
Shifoxonalarda bu haqda ilmiy-ommabop devoriy gazetalar osib qo'yish,
kichik-kichik broshyuralar tayyorlash ham o‘ta muhimdir.
Do'stlaringiz bilan baham: