Psixologiy asi


Bosh miyaning o‘ng yarim shari insultlarida bemorlar



Download 8,34 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/287
Sana04.02.2022
Hajmi8,34 Mb.
#429226
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   287
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

Bosh miyaning o‘ng yarim shari insultlarida bemorlar
psixologiyasi
Yuqorida qayd qilinganidek, o'ng yarim shar insultlarida tananing 
chap tomonida harakat va sezgi buzilishlari kuzatiladi, ya’ni gemiparezlar, 
gemianesteziyalar. Nutq va u bilan bog'liq bo'lgan aksariyat oliy ruhiy 
funksiyalar (o'qish, yozish) saqlanib qoladi. Buning sababi miyaning o'ng 
yarim sharida nutq markazlarining bo'lmasligidir (o'naqaylarda). Bosh 
miyaning o'ng yarim shari asosan pertseptiv jarayonlar, aniqrog'i 
o'z
tanasining tuzilishi
haqida miyaga kelayotgan ta ’sirotlami analiz va sintez 
qilish uchun javob beradi. Demak, o'ng yarim shaming zararlanishi tana 
tuzilishini noto'g'ri qabul qilish simptomlarini yuzaga keltiradi. Bular 
anozognoziya, autotopognoziya, psevdopolim eliya, fazoning (o'z 
tanasining ham) bir tomonini inkor qilish simptomlari bilan namoyon 
bo'ladi. Bemor o'zida yuz berayotgan bu o'zgarishlarni tanqidiy ko'z 
bilan qabul qiladi, ya’ni unda tom m a’noda olganda ruhiy buzilishlar 
kuzatilmaydi. Bu buzilishlar umumlashtirib tana sxemasining buzilishi 
deb ham atalad i. B em orning boshi yoki b ir q o 'li k a tta la sh ib
k etay o tg an d e k , q o 'li yoki o y o g 'i ta n an in g boshqa qism larida 
joylashgandek (autotopognoziya), tananing chap tomoni xuddi birovning 
tanasidek, chap qo'li o'ziniki emas, birovnikidek yoki yonida g 'o 'la 
yotgandek tuyuladi. Ba’zi hollarda bemorning yarim falajlangan chap 
qo'li uni bo'g'moqchi bo'lsa, o'ng qo'li esa bunga yo'l qo'ymaydi, chap 
qo'lni itarib yuboradi. Ba’zan chap qo'l xuddi kichik hayvonlar (mushuk,
264


olmaxon, quyon) ko'rinishida bemorga erkalanadi yoki bemor o'ng qo'li 
bilan chap q o 'lin i silaydi. «N im aga bunaqa qilayapsiz?» desa, u 
«Mushugimni erkalatayapman» deydi. Go'yoki tana ikkiga bo'linganu, 
uning har yarmi o'zicha faoliyat ko'rsatayapdi. Bemor insult oqibatida 
o'z tanasida paydo bo'lgan defektlarni (falajliklarni) inkor qiladi, mening 
oyoq-qo'llarim ishlayapdi deydi. Bunday holat anozognoziya deb ataladi. 
Bemor falajliklar sababli bir necha kundan buyon to'shakka mixlanib 
qolgan bo'lsa-da, «Men hozirgina tualetga borib keldim, turib hovlida 
yurdim» deydi. Bemor kiyinayotganda ham chap tomonni to'la inkor 
qiladi: ko'ylagining o'ng yengini, oyoq kiyimining o'ng tomondagisini 
kiyadi, lagandagi o v q atn in g (m asalan , oshning) fa q a t o 'n g
tomondagisini yeydi, eshikdan kirayotganda chap yelkasini eshikka urib 
kiradi. Soqol olayotganda yuzining chap tomoni qolib ketadi, tishini 
yuvayotganda faqat o'ng tomonini yuvadi va h.k. Demak, chap tomon 
butunlay inkor qilinadi, go'yoki fazoning chap tomoni yo'qdek. Bemor 
o'z kasaliga juda befarq bo'ladi, vrachlarning va yaqinlarining kasallikka 
oid bergan tavsiyalarini inkor qiladi: «Joyingizdan turmang, Sizga turib 
yurish mumkin emas» desa «Xo'p bo'ladi» deb javob beradiyu, baribir 
turib yuradi, vrach tavsiyasiga k o 'ra vaqtida bajarish lozim bo'lgan 
jismoniy mashqlami bajarmaydi, falajlangan qo'l va oyoqlari qanday 
holatda bo'lsa, shu holatda yotaveradi, biroz bo'lsa-da paydo bo'lgan 
harakatlam i faollashtirishga urinmaydi. «Hozir qayerda yotibsiz» deb 
so'rasa, u «Men shifoxonada davolayapman» deb javob beradi yoki 
«Toshkentda davolanayapman» deydi. Vaholanki, u o'z uyida yoki 
viloyat shifoxonalarining birida davolanayotgan bo'ladi. A ksariyat 
hollarda bemor juda so'zamol, maslahatgo'y bo'ladi, zarur bo'lmagan 
masalalar ustida so'z ochadi va yaqinlarini yoki uni ko'rgani kelgan 
yaqinlarini soatlab yonida olib o'tiradi. Uni ko'rgani kelgan odamning 
kimligi va u qachon kelganligi ertasi kuni so'ralsa unutib qo'yadi yoki u 
«Bir oy oldin keldi» deb javob beradi. Demak, ularda vaqtni va makonni 
to'g'ri baholash ham buzilgan bo'ladi. Ba’zan bemor ovqatlanmoqchi 
bo'lsa qoshiqni sog'lom qo'li bilan ham kosaga to'g'ri olib bora olmaydi, 
og'zini to 'g 'ri topa olmaydi, ovqatni yoqasiga to 'k ib yuboradi va 
natijada ovqat yeyishdan bosh tortadi, o'z-o'zidan yig'i keladi. O'z- 
o'zidan yig'i kelishi, ba’zan esa arzimagan narsaga kulish bir necha bor 
takroriy kuzatilgan insultlar uchun xos. Tabiiyki bunday bemorlarda 
harakat funksiyalarining tiklanishi o 'ta sust kechadi. Shuning uchun ham 
o'ng yarim sharda yuz bergan insultlarda bemorlarning sog'ayib ketishi 
chap yarim shar insultiga qaraganda sust kechadi.
Bemorda o'z tanasini idrok qilishning buzilishi atrof-muhitni idrok 
qilishning buzilishi bilan birgalikda kuzatiladi. Masalan, bemor uydan
265


chiqib ketib, o'z uyini to‘g‘ri topib kela olmaydi, ko‘chaning boshqa 
tomoniga ketib qoladi, avval tanish boMgan do‘kon yoki bozor qaysi 
tomonda joylashganligini adashtiradi. Quyosh qaysi tomondan chiqib 
qaysi tomonga botishini adashtiradi, u viloyatlararo qatnovchi avtobus 
haydovchisi boMsada, Samarqand yoki Farg‘ona Toshkentga nisbatan 
qaysi tomonda joylashganini adashtirib aytadi va h.k. Bunday holatlar 
har doim ham boMavermaydi, faqat o ‘ng yarim shaming katta qismini 
zararlovchi insultlarda ro'y beradi.

Download 8,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   287




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish