X I V BO B.
ASAB S IS T E M A S I K A SA LLIK LA R ID A
B E M O R LA R P S IX O L O G IY A S I
Behalovat uyqu m iya uchun zarardir,
orom olib uxlash m iya uchun darmondir.
Ibn Sino
Asab sistemasi kasalliklarida, ayniqsa bosh miyaning zararlanishi bilan
kechuvchi patologik holatlarda paydo bo'ladigan
falajliklar va shu kabi
boshqa nevrologik buzilishlar bemorlar psixologiyasida og‘ir asoratlar
qoldiradi. Shuningdek, markaziy asab sistemasi kasalliklarida nevrologik
buzilishlardan tashqari, ruhiy-hissiy
buzilishlar ham kuzatiladiki, bu
belgilami aniqlash, davolash va reabilitatsiya jarayonlarida nevropatolog
e ’tiborga olishi zarur. Tibbiy am aliyotda eng k o 'p kuzatiladigan
kasalliklar bo'lmish insultlar, bosh miya jarohatlari, meningoensefalitlar
va epilepsiya kasalliklarida kuzatiladigan
bemorlar psixologiyasidagi
o'zgarishlami ko'rib chiqamiz.
14.1. Miya insultlarida bemorlar psixologiyasi
Bosh miyada qon aylanishining o'tkir buzilishiga insult deb ataladi
va bu kasallik nafaqat nevrologik buzilishlar,
balki turli darajada
ifodalangan neyropsixologik buzilishlar bilan ham namoyon bo'ladi.
O'zbekistonda miya insultlarida kuzatiladigan neyropsixologik sindromlar
Z.R. Ibodullayev tomonidan o'rganilgan (1999-2009). Miya insultlari
eng ko'p uchraydigan kasalliklardan biri bo'lib, to'satdan paydo bo'lgan
nevrologik buzilishlar bemor ruhiyatida og4r asoratiar qoldiradi. Ushbu
kasallikning kechagina sog'lom deb hisoblangan bem orda o 'tk ir
boshlanishi, oyoq-qo'llarda to'satdan paydo bo'lgan falajliklar sababli
bem orning to 'sh a k k a
m ixlanib qolishi, eng yaqinlarining gapiga
tushunmay qolishi yoki o'zi bir og'iz so'zni ham eplab gapira olmasligi
bemor uchun ham, uning yaqinlari uchun ham katta falokatdir.
Miya insultlarida kuzatiladigan patologik o'zgarishlar
ushbu kasallik
bosh miyaning qaysi sohasida rivojlanganligi, kasallik turi, zararlangan
o'choqning hajmi va insult davriga bog'liq. Bu haqda batafsil ma’lumotlar
nevrologiyaga oid darsliklar va o'quv qo'llanmalarida keltirilgan. Miya
insultining deyarli 70 foizi bosh miya katta yarim sharlari tashqi yuzasining
k atta bir qismini qon bilan ta ’minlovchi a.serebri
media sohasida
kuzatiladi. C hunki bu arteriya ichki uyqu arteriyasining bevosita
davom chisi hisoblanadi. A .serebri media h a rak a t, sezgi va nutq
markazlarini qon bilan ta ’minlaydi, shuning uchun
ham ushbu arteriyada
260