Psixologiy asi


  A m n e s t i k a f a z i y a


bet35/208
Sana25.03.2022
Hajmi
#508614
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   208
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

7. 
A m n e s t i k a f a z i y a
- 37 va 40-maydonlar zararlanganda kuzatiladi.
Miya po'stlog'ini rganishni osonlashtirish uchun Brodman (1909)
bosh miya po‘stlog‘ining sitoarxitektonik xaritasini yaratdi va uni 11 ta
sohaga bo'ldi, sohalarni esa 52 ta maydonga ajratdi. Sitoarxitektonik
maydonlar 11-rasmda keltirilgan.
Neyropsixologlar nutqning ikkita alohida turini farq qilishadi. Bu
ekspressiv nutq 
(so'zlash) va 
impressiv nutq 
(so'zlarni, gaplarni tushunish).
56


1 1 -ra s m . S ito a r x ite k to n ik m a y d o n la r (B ro d m a n m a y d o n la ri).
Afaziyaning barcha turlarida u yoki bu darajada ekspressiv va impressiv 
nutq buzilgan bo'ladi. Masalan, m otor nutq markazlari zararlanganda, 
asosan ekspressiv nutq, sensor nutq markazlari zararlanganda, ko'proq 
impressiv nutq buziladi.
57


Ekspressiv nutq og‘zaki va yozma nutqlarga ajratilsa, impressiv nutq 
og‘zaki va yozma nutqni tushunishdan ib o ratd ir. O g'zaki nu tq q a 
monologik, dialogik va takroriy nutqlarni misol qilib keltirish mumkin. 
Narsalaming nomini aytish, ularning harakatini so'z bilan ifodalash ham 
o g 'z a k i nu tqning bir tu rid ir. Yozma nutq m ustaqil yoki d ik tan t 
ko'rinishida bo'ladi.
Nutq faoliyati va uning buzilishlari faqat lokal prinsiplarga asoslanib 
o'rganilmaydi. Chunki nutq funksional sistemasining shakllanishida juda 
k o 'p analizatorlar: harakat, proprioretseptiv, taktil, eshituv, ko'ruv 
analizatorlari ishtirok etadi. Agar mana shu analizatorlarning o'zaro 
muvofiqlashib ishlashi buzilsa, nutq ham buziladi. Analizatorlarning qaysi 
sohasi ko'proq zararlanganligiga qarab turli daraja va ko'rinishdagi 
afaziyalar rivojlanadi.
Afaziyalarni aniqlashda juda ko'p omillarga e’tibor beriladi: bolalik 
davrida bemorning nutqi yaxshi bo'lganmi, ushbu nutq buzilishi qachon 
paydo bo'lgan, maktabda o'qiganmi, oliy m a’lumotga egami, rus yoki 
o'zbek tilini yaxshi biladimi va hokazo. Qo'shimcha tekshiruvlar, ya’ni 
elektroensefalografiya, dopplerografiya, kompyuter tomografiya usullari 
ham afaziya sababini aniqlashga yordam beradi. Afaziyaning turini 
aniqlash topograflk tashxis uchun juda muhimdir.
Nutq buzilishlari klinikasini o'rganishda bir qancha shartlarga amal 
qilinadi: 1. Nutqning qanday turi, shakli va funksiyasi buzilgan, qaysilari 
saqlanib qolgan? 2. Nutqning buzilishi oliy nerv faoliyatining yana qaysi 
funksiyalariga t a ’sir k o 'rsa tg an ? 3. N utq buzilishining fiziologik 
mexanizmlari nimalardan iborat?
Nutq buzilishining sindromologik tahlili afaziyaga olib kelgan omil 
hamda uning asosida yotgan mexanizm va nuqsonlarni ochib beradi. Aniq 
topograflk tashxis qo'yish «asosiy» va «chegaradosh» nutq markazlari 
funksiyasi va patologiyasini batafsil bilishni talab qiladi.
Endi afaziyaning barcha turlari bilan tanishib chiqamiz.
Afferent motor afaziya. H ar qanday so'z talaffuz qilinayotganda har 
xil kuch, yo'nalish va qamrovga ega bo'lgan artikulyator harakatlar 
qilinadi. H ar qanday nutq tovushini chiqarish uchun ham aniq bir 
artikulyator harakatlar yig'indisi ishtiroki zarur. Ushbu harakatlam i 
boshqarib turish uchun nutq a ’zolari (lab, til, tanglay va h.k.) dan miyaga 
doimo to'xtovsiz impulslar kelib turishi kerak. Bu jarayonni signallar 
afferentatsiyasi deb ham atashadi. Bu signallar og'iz muskullarining holati, 
tilning harakati, boringki, nutqni tashkillashtiruvchi og'iz bo'shlig'idagi 
barcha tuzilmalardan kelib turadi.
Organizmning ontogenetik rivojlanish davrida artikulyator harakatlar 
m a’lum bir stereotipga ega bo'lgan harakatlarga aylanadi. Ularning
58


dastlabki elementlari «ishga tushib» ketsa, odam bemalol gapirib ketadi. 
U shbu h a ra k a tla m i b o sh q arib tu rish d a bosh miya k a tta yarim
sharlarining orqa gnostik markazlari faol ishtirok etadi. Pastki pariyetal 
soha (40-maydon)ning zararlanishi artikulyator harakatlarning buzilishi 
va o'z navbatida, butun nutq funksional sistemasi faoliyati keskin 
o'zgarishiga sabab bo'ladi.
Orqa gnostik sohalarning zararlanishi kinestetik sezgining, ya’ni 
afferent motor afaziyada nutq buzilishining markaziy mexanizmlaridan 
biri bo'lgan omil - kinestetik omilning buzilishiga sabab bo'ladi. Bu 
markaziy nuqsonning klinik ko'rinishi nimalardan iborat? Tovush va 
so'zlami talaffuz qilishda til va lablarga maxsus holatni bera olmaslik, 
ya’ni nozik artikulyator harakatlam i tashkillashtira olmaslik, afferent 
motor afaziya uchun o 'ta xos patalogiyadir.
Odatda, artikulyator apparatlardan miyaga tushib turuvchi signallar 
idrok qilinmaydi, ya’ni odam bu impulslami anglamaydi, sezmaydi. Ammo 
nutqning kinestetik afferentatsiyasi bolada nutqning rivojlanishida juda 
m uhim ah am iy at kasb etadi. B o la lar d ik ta n ti ta h lil qilin g an d a 
artikulyatsiya bilan tovushlarni eshitish orasida uzviy bog'liqlik borligi 
m a’lum bo'lgan. Mabodo, diktant yozayotgan bolalarga og'zini ochib 
o'tirish yoki tilni tishlar orasida bos b turish so'ralsa, bu artikulyatsiyani 
q iy in la sh tira d i va d ik ta n td a x a to la r k o 'p a y ib k etad i. D em ak, 
artikulyatsiya so'zning tovush tarkibini tahlil qilish uchun o 'ta zarurdir. 
Nutq shakllanishining dastlabki bosqichlarida tovush va artikulyatsiyalar 
bir maromda rivojlanishni talab qiladi. Demak, kinestetik nuqsonning 
paydo bo'lishi bolaning ravon, qiynalm asdan, so'z va tovushlarni 
buzmasdan gapirishini imkonsiz qilib qo'yadi.
Afferent motor afaziyada literal parafaziyalar ko'p kuzatiladi, bemor 
mustaqil ravishda tovush va so'zlami talaffuz qila olmaydi, bir tovushni 
boshqa tovush bilan almashtirib yuboradi (literal parafaziyalar). Masalan, 
«sanam» o'rniga «salam» yoki «kelin» o'm iga «kenil» va hokazo. O'zbek 
va rus tillaridagi (ya’ni kirill alifbosidagi) «d», «
1
», «n» harflari, «g», 
«h», «k» harflari artikulemalari bir-biriga o'xshashdir. Ushbu harflar bitta 
so'z tarkibida kelsa, bem orlar bu so'zni talaffuz qilishda qiynaladi. 
Shuning uchun ham so'zlarni talaffuz qilishning buzilishi asosiy simptom 
hisoblangan afaziyaning bu turiga motor afaziya deb aytiladi.
Efferent m otor afaziyadan farqli o'laroq, afferent m otor afaziyada 
so'zlarni beixtiyor talaffuz qilish (sanash, oylarni aytib chiqish), odatda, 
saqlangan bo'ladi. Agar ongli ravishda bemor biror so'z yoki jumlani 
takrorlamoqchi bo'lsa, qiyinchiliklarga uchraydi. Suhbat paytida bemor 
beixtiyor «e, jin ursin», «to'g'ri-to'g'ri», «ha-ha» kabi jumlalarni aytib 
yuboradi.
59


Bemorlar nafaqat bir-biriga o ‘xshash artikulemalami noto'g'ri talaffuz 
qilishadi, balki ulam i qabul qilish jarayoni ham buzilgan bo'ladi. Bu 
h o la tn i q u y id ag icha tu sh u n tirish m um kin: miya p o ‘stlo g ‘ining 
artikulyatsiyaga javob beruvchi pariyetal sohalari artikulyatsiyalami qabul 
qiluvchi chakka sohalari bilan chambarchas bog'liq. Shuning uchun ham 
pastki pariyetal soha zararlanganda eshitish sistemasi funksiyasining 
ikkilamchi buzilishi ro'y beradi.
D astlab m otor afaziyaning faqat bitta turi ajratilgan. Afferent 
(kinestetik) motor afaziyani A.R. Luriya birinchi bo'lib motor afaziyaning 
alohida bir tu ri sifatida ajratg an . A fferent m otor afaziyani nutq 
artikulyator apparatining apraksiyasi bilan taqqoslash mumkin. Afferent 
m otor afaziyada ko'pincha oral praksis ham buzilgan bo'ladi. U lar 
ixtiyoriy ravishda yoki ko'rsatma bo'yicha turli og'iz harakatlarini bajara 
olmaydilar. Masalan, bemor tilini chiqara olmaydi, tilini ustki yoki pastki 
labiga qo'ya olmaydi, lunjini havoga to'ldira olmaydi va hokazo. Bu 
og'iz harakatlari nutq jarayoniga kirmaydi, lekin shunga qaramasdan, 
o g 'iz a p p a ra tin in g ixtiyoriy b o sh q arilish i m u rak k ab lig i n u tq n i 
qiyinlashtiradi.
Ba’zilar «M otor afaziyada nutqni tushunish saqlanib qoladi», 
deyishsa, boshqalari «buziladi», degan fikrda. «Motor afaziyada faqat 
ekspressiv nutq buziladi, impressiv nutq esa saqlanib qoladi», degan fikrlar 
haqiqatga ziddir (A.R. Luriya, 1973). M a’lumki, nutqni tushunishning 
asosiy mezonlaridan biri tovushlarni ajrata olishdir. Nutqning m otor 
komponenti so'zlami idrok qilishda muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun afferent m otor afaziyada nutq tovushlarini qabul 
qilayotganda, nutq jarayonining kinestetik tahlili yetishmovchiligi sababli 
tovushlarni ejratish, idrok qilish va tushunish buziladi. Afferent motor 
afaziyani aniqlash uchun avvaliga turli unli tovushlarni takrorlash iltimos 
qilinadi. Unli tovushlarni tez-tez ta k ro rlash talab qilinsa, bem or 
chalkashib ketadi.
Ayniqsa, talaffuz qilinishi qiyin bo'lgan undosh tovushlardan iborat 
so'zlami takrorlash («trotuar» «traktor», «perron» va b.) bemorlar uchun 
o 'ta qiyindir. Ular so'zni no to 'g'ri talaffuz qilishayotganini tushuni- 
shadi, lekin o g 'ir va tillari go'yoki o'zlariga bo'ysunm ayotgandek 
tuyuladi.
Afferent motor afaziyada kinestetik nuqson sababli nutqning boshqa 
elementlari ham ikkilamchi tarzda buziladi. Ularda yozma nutq ham 
buzilgan bo'ladi. Ayniqsa, bemorlar yozayotgan paytlarida «og'zingizni 
ochib yozing» yoki «tilingizni tishlaringiz bilan bosib yozing» degan 
ko 'rsatm alar berilsa, ular k atta xatolarga yo'l qo'yishadi. Bemorlar 
m iyaga singib ketgan va doim o ish la tilad ig an so 'zlarn i bem alol
60


takrorlashlari mumkin, ammo murakkab so'zlarni faol nutqda noto'g'ri 
talaffuz qilishadi.
Efferent motor afaziya. Efferent motor afaziyada nutqning kinetik 
tarkibi (ya’ni harakat qismi) buziladi. Bemor bir so'zdan ikkinchi so'zga
o ta olmay, chaynaladi. Sog'lom odamda dastlabki so'zlar nutq uchun 
javob beruvchi miya strukturalari tomonidan tormozlanib, navbatdagi 
so'zlargu yo‘l ochib beriladi va ravon soiashga imkon yaratiladi. Demak, 
efferent m otor afaziyada birinchi artikulyator harakatdan ikkinchisiga 
o'tish buziladi va bu bemor nutqida perseveratsiyalar paydo bo'ladi.
Efferent afaziyada ekspressiv nutqning barcha turi va shakli buziladi: 
monolog, dialog, avtomatlashgan va hokazo. K o'proq ongli ravishda, 
ya’ni kimningdir ko'rsatmasi bilan nutqdagi xatolar tuzatilsa, beixtiyor 
so'zlash kam buziladi. Bemor 1 dan 10 gacha bemalol sanashi mumkin, 
lekin 10 dan 1 gacha sanay olmaydi. Faol nutqda ham, takroriy nutqda 
ham bir b o 'g 'in d an ikkinchi b o 'g 'in g a yoki so'zdan-so'zga bemalol 
o 'tish n in g qiyinligi, y a ’ni n u tq perseveratsiyalari efferent m o to r 
afaziyaning asosiy klinik belgilaridandir.
Afaziyaning bu turida bemor b a ’zi tovush va bo'g'inli so'zlarni to'g'ri 
talaffuz qilishi mumkin, lekin ulari,i qo'shib so'z yasay olmaydi. Yengil 
holatlarda esa bir nechta so'zdan ju.nlalar tuzish qiyin bo'ladi. Hattoki, 
o 'ta yengil kechuvchi efferent m otor afaziyalarda ham bemor qiyin 
artikulyator tuzilishga ega bo'lgan so'z va jumlalami ayta olmaydi (masa- 
lan, tez aytishlami). Shuning uchun ham agrammatizm ko'p kuzatiladi.
M a’lumki, Brok markazi miyaning chakka sohasi tuzilmalari bilan 
assotsiativ yo'llar orqali bog'langandir. Shuning uchun, efferent motor 
afaziyada nutq jarayonining inertligi sababli nutq faoliyatining boshqa 
turlari, y a ’ni yozish va o'qish ham buziladi.
Shunday qilib, efferent motor afaziya, xuddi boshqa afaziyalar singari, 
nutq faoliyatining sistem buzilishi bilan kechadi va bunda kuzatiladigan 
asosiy kamchilik nutq kinetikasining yetishmovchiligidir.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish