Dinamik afaziya.
Nutq buzilishining bu turi 1934-yili K. Kleyst
tom onidan yozilgan va o'rganilgan. Olim uni «nutq tashabbusining
yetishmovchiligi» deb atagan. B a’zi tadqiqotchilar dinamik afaziyani
«nutq akineziyasi» deb ham atashadi. Dinamik afaziyaning xususiyati
shundan iboratki, ularda nutq xotirasi, artikulyatsiya va fonematik
eshituv saqlan g an b o 'lad i. B em orlar tovush, s o 'z , ju m lalarn i va
narsalam ing nomini juda yaxshi takrorlashadi. O'qish va yozish ham
buzilmagan bo'ladi. Ular na to'satdan, na mustaqil ravishda gapira oladi,
biron-bir tushunarli so'z yoki gapni ravon ayta olishmaydi.
M a’lumki, nutq faqat so'zdan emas, gaplardan tuzilgan. Odamlar
bir-biri bilan faol tuzilgan gaplar orqali muloqotda bo'lishadi, fikrlarini
61
bayon qilishadi. H ar qanday fikrni bayon qilish ichki (impressiv) nutq
yordamida yaratilgan dinamik jarayon bo‘lib, o ‘zining perdikativligi bilan
t a ’riflanadi. P erdikativlik deganda, h arak a tn i ifodalovchi gaplar
tushuniladi. M asalan, «men kinoga borm oqchim an», «men kitob
o ‘qimoqchiman» va hokazo. Bu yerda «bormoqchiman», «o'qim oq-
chiman» so‘zlaii perdikat hisoblanadi.
Demak, dinam ik afaziyaning markaziy mexanizmlari ichki nutq
yetishmovchiligi, perdikativligi va nutq faolligining buzilishidir. Bu
bemorlarda nafaqat nutq faolligining pasayishi, balki harakat sistemasida
ham sustlik, organizmning umumiy faolligining pasayishi, gipomimiya
ham kuzatiladi, lekin o ‘z holiga tanqidiy munosabat saqlangan bo‘ladi.
Shuningdek, dinam ik prak sisn in g buzilishi, um um iy h a ra k a t va
hissiyotning sustligi, atrofdagilarga qiziqishning pasayishi dinamik afaziya
uchun xosdir.
Shunday qilib, dinamik afaziya - afaziyaning alohida bir turi bo‘lib,
unda nutqning sensor va m otor mexanizmlari saqlanib qoladi, lekin
gapirishga qobiliyat yo‘qoladi yoki keskin pasayadi.
Sensor afaziya. Sensor afaziyaning asosida fonematik eshituvning
buzilishi, ya’ni so'zlarning tovush tarkibini farqlash qobiliyati buzilishi
yotadi. Boshqacha qilib aytganda, tovushlarning akustik analizi va sintezi
buziladi. Sensor afaziyaning asosiy nuqsoni nutqni tushunmaslikdir.
S o ‘zlarn in g m a ’nosi, k o 'r s a tm a la r va b iro v n in g n u tq ig a bem or
tushunmaydi.
Og'zaki nutqda literal parafaziyalar ko‘payib ketadi, ya’ni bemor
so‘zlayotganda, bitta tovush o‘rniga boshqasini aytib yuboradi. Masalan,
«salom» o ‘rniga «salon» yoki «dori» o'rniga «tori» va hokazo. Sensor
afaziyada bemor o ‘z fikrini turli mimik harakatlar bilan ifodalashga
intiladi.
Grammatik tarafdan buzilgan nutq bir-biriga bogManmagan literal
va verbal parafaziyalardan iborat bo'ladi. T akroriy nutq ham o 'ta
buzilgan bo'ladi. Kuchli rivojlangan sensor afaziyada bemor bir so'zni,
hatto bir harfni ham takror avta olmaydi. Fonematik tahlil buzilganligi
sababli so'zlaming sifati ham juziladi, muxolif tovushlar o'm i almashib
ketadi. Buning oqibatida narsalam ing nomi va ismi shariflar buzib
aytiladi. Bemorlar narsalaming nomini bilsa-da, so'zning kerakli fonetik
tuzilishini topa olmaydi, y a’ni so'zning tovush tarkibi parchalanadi.
Bunday bemorlar so'zlarni takrorlash va narsalaming nomini aytish uchun
k o 'p urinishadi. Bemor «gapcionligi» (logorreya) bilan ajralib turadi,
uning gapiga tushunib bo 'lm asa-d a, gapiraveradi. U larning nutqi
hayajonli, intonatsiyaga boy bo'ladi. Sensor afaziyada o'qish va yozish
buziladi, lekin praksis va optik gnozis saqlanib qoladi.
62
Akustik-mnestik afaziya. Afaziyaning bu turi birinchi bor A.R. Luriya
tom onidan tadqiq etilgan. B a’zi olim lar bu afaziyani «o'tkazuvchi
afaziya», «transkortikal motor afaziya» deb ham atashadi.
Akustik-mnestik afaziya uchun quyidagi simptomlar xos:
1
) nutqni tushunishning buzilishi, bunda bemor og‘zaki nutqni ham,
m atnlarni ham tushunmaydi;
2
) og'zaki ekspressiv nutqning buzilishi;
3) nutq nominativ funksiyasining buzilishi;
4) so'zlar m a’nosini buzib aytish;
5) verbal parafaziyalar, so‘zlayotganda so'zlarni tushirib qoidirish.
Bemorlarda og'zaki nutq va impressiv nutq buzilsa-da, yozish va o'qish
saqlanib qoladi. Bu afaziyaning sensor afaziyadan farqi shundaki, ularning
nutqi suhbatdoshiga tushunarli bo'lishi mumkin, bemor so'zlayotganda,
o'z xatosini anglaydi, gapdonlik va eyforiya kuzatilmaydi.
Akustik-mnestik afaziyada bemor narsaning qanday nomlanishini
unutib qo'yadi. Uni tushuntirish uchun bemor o'sha narsani ta ’rif laydi.
Masalan, «pomidor» deb aytish uchun u «Haligi qizil, yumaloq bor-u,
nimaydi?» va hokazo. Shuning uchun ham afaziyaning bu turini optik
agnoziya bilan farqlash ancha mushkuldir. Demak, akustik-mnestik
afaziyada fonematik eshituv va tovushlarni farqlash saqlangan bo'ladi.
A.R. Luriyaning fikricha, bu afaziyada operativ xotira buziladi.
So'zlarning m a’nosi «begonalashadi», narsalar tasvirini yaratish buziladi.
Bu bemorlar narsalar tasvirini va hatto so'zning grafik tasvirini yaratib
bera olm aydi. Bu esa k o 'ru v va eshituv analizatorlarining o 'zaro
munosabati buzilganligidan dalolat beradi.
Sensor va akustik-mnestik afaziyaning o'xshash tomonlari:
1
) ikkala afaziyada ham so'zlar m a’nosi begonalashuvi kuzatiladi;
2
) so'zlarni izlayotganda, suhbatdoshining aytib yuborishi yordam
bermaydi.
Agar so'zlar m a’nosining begonalashuviga sabab sensor afaziyada
fonematik eshituvning buzilishi bo 'lsa, akustik-mnestik afaziyada so'z
bilan narsalar bog'liqligi buziladi.
Semantik afaziya. Semantik afaziyaning asosiy belgisi so'zlarning bir-
biriga bog'lanishining, y a ’ni konstruksiyasining buzilishidir. Bunda
a rtik u ly ato r va akustik b u zilish la r kuzatilm aydi. K . G oldshteyn
afaziyaning bu turini tafakkur yetishmovchiligi deb atagan. O datda,
ekspressiv nutq saqlanib qoladi, bem or so'zlashi va oddiy gaplarni
tushunishi mum kin. Sem antik afaziyada bemor tarkibida «ustida»,
«tagida», «yuqorida», «pastda», «oldida», «yonida», «dan» kabi so'z va
q o 'sh im ch a lari b o 'lg an ju m la la rn i o 'q ib tushunm aydi. M asalan,
bemorlarga «aylana ustida xoch», «xoch aylana tagida». «tundan so'ng
63
kun keladi», «pashsha fildan kichik» kabi gaplarda farq sezishmaydi.
Shuningdek, bemorlar «ruchka qalamdan uzunroq», «Lola Ergashdan
oqroq» kabi gaplar orasidagi o'zaro bog'liqlikni tahlil qila olishmaydi.
Bemorlar «Qalam va ruchkani ko'rsating», degan ko'rsatmani to'g'ri
bajarishadi, lekin «Qalam bilan ruchkani» yoki «Ruchka bilan kitobni
ko'rsating», degan jumlalami tushunishmaydi va bajara olishmaydi.
Amnestik afaziya. Amnestik afaziyada nutqning nominativ funksiyasi
buziladi. Masalan, bemorga olmani ko'rsatib: «Bu nima?» deb so'ralsa,
u «Haligi, bu behi, ey, nok emas, bu, bilasizmi, yeganda juda mazali, ni-
maydi, hamma joyda o'sadigan, haligi, hozir bilaman, ey, jin ursin, ayta
olmayapman», degan noaniq jumlalami aytib yuboradi.
Amnestik afaziyaning mexanizmlarini tushuntirib berishga k o 'p
urinishlar bo'lgan. Klassik tadqiqotchilarning bu boradagi fikrlarini
k eltirib o'tam iz: K. V ernike va A. Lixtgeym am nestik afaziyani
«so'zlarning motor va sensor obrazlari» orasidagi bog'lanishlarning
buzilishi deb bilsa, K. Kleyst va S. Xenshen so'zlar xotirasi markazining
parchalanishi bilan bog'lashgan. K. Goldshteyn amnestik afaziyada
narsalam ing nomini unutishni abstrakt fikrlashning buzilishi bilan
bog'lagan. L.S. Vigotskiy esa
Download Do'stlaringiz bilan baham: |