Meningit bilan kasallangan bemorlarda kuzatiladigan
ruhiy-hissiy buzilishlar
M eningitning o 'tk ir davrida ruhiy buzilishlar o 'tk ir psixozlar
k o 'rin ish id a nam oyon b o 'lad i. B ular psixom otor q o 'z g 'a lish la r,
gallyutsinatsiyalar, deliriylar, psixosensor buzilishlar (umumiy giperesteziya
va h.k.). Gallyutsinatsiyalar va deliriylar kasallikning o'tkir davrida ko'p
kuzatiladi va ular meningit uchun xos bo'lgan nevrologik simptomlar
bilan birgalikda namoyon bo'ladi. Meningitda kuzatiladigan bosh og'riq
o'ta kuchli va chidab bo'lmas darajada bo'lib, bosh qattiq siqib og'riydi,
og'riq kuchidan bemor ingrab boshini qo'llari bilan changallab oladi,
ko'zlarini yumib, chiroqlarni o'chirishni yoki pardalarni yopib xonani
276
qorong'i qilishni, televizor va radioning ovozini o'chirishni, hatto chiqillab
turgan soatni xonadan olib chiqib ketishni talab qiladi. Bemor og‘riq
kuchidan to‘lg‘anib oyoq-qo'llarini bukib g‘ujanak bo‘lib oladi. Chunki
har qanday yorug*lik va shovqin bemorning bosh og‘rig‘ini kuchaytirib
yuboradi. Meningitlarda kuzatiladigan kuchli bosh og‘riqning sababi
miya pardalarini innervatsiya qiladigan uch shoxli nerv (V juft) retseptorlari
qo‘zg‘alishidir. Miya paradalarini innervatsiya qilishda sayyor nerv (X
juft) va simpatik to lalar ham ishtirok etadi. U larning q o ‘zg‘alishi
natijasida kuchli bosh og'riq ketma-ket ko‘ngil aynish va qusish bilan
namoyon bo‘ladi. Ushbu simptomlarning paydo bo'lishiga miya ichki
bosimining oshib ketishi va miya ustuni tuzilm alarining (vegetativ
markazlarning) qo‘zg‘alishi ham sababchi bo'ladi. Qusish, ayniqsa IV
qorincha tubida, ya’ni rombsimon chuqurchada joylashgan vegetativ
markazlarning qo‘zg‘alishi hisobiga ro ‘y beradi. Miya pardalari qancha
kuchli yallig'langan va miya ichki bosimi qancha yuqori bo'lsa bosh
og'rig'i va boshqa vegetativ simptomlar ham shuncha kuchli ifodalangan
bo'ladi.
Yumshoq pardada ketayotgan kuchli yallig'lanish hisobiga bosh miya
katta yarim sharlarining ustki qismi, y a’ni po'stlog'ning ta ’sirlanishi
hisobiga tutqanoq xurujlari, psixomotor va psixosensor buzilishlar ro'y
beradi. Bemorning hushi buzilgan bo'ladi, uning tanasiga qo'l tegizsa
sakrab tushadi, trigeminal nuqtalarni bosib tekshirayotganda yuzini
bujmaytirib boshini olib qochadi, tekshiruvchining qo'lini itarib yuboradi,
ko'zini yumgan holda har yoqqa o'zini tashlayveradi, baqiradi, o'rnidan
turib ketishga harakat qiladi, atrofdagilami tanimaydi. Savollarga noaniq
javob beradi. Bunday buzilishlar kuchli darajada ifodalansa, bemorni
tekshirish va davolash muolajalarini o'tkazish mushkul bo'lib qoladi.
Tana harorati yuqori holatda kuzatilayotgan ushbu buzilishlar kuchli
terlash bilan namoyon bo'ladi. Ushbu buzilishlarni bartaraf etish uchun
zudlik bilan 2 ml valium (relanium, sibazon) yoki analgin, dimedrol va
novokain eritmalari, pipolfen, aminazin kabi dorilarni tomir ichiga yoki
mushak orasiga yuborish kerak va «tez yordam» xizmati orqali bemor
shifoxonaga jo'natiladi.
Deliriylar meningitning o 'tk ir bosqichida k o'p uchraydigan ruhiy
buzilishlar bo'lib, bunda bemorning ongi xiralashgan bo'ladi, u o'z
ahvolini chala bo'lsa-da anglay oladi, biroq atrof-muhitda u bilan sodir
bo'layotgan tekshiruvlarni, shifokorlarning xatti-harakatlarini to 'g 'ri
baholay olmaydi. Qayerda yotganini, qachon bu yerga kelib qolganini
va taxminiy vaqtni aytib bera olmaydi. Deliriyda ko'ruv va eshituv
gallyutsinatsiyalari ko'p kuzatiladi. Bunda bemor ko'z oldidagi narsalarni
qo'li bilan haydaydi, yaqinlarini tanimaydi, yo'q odamlarning ismini aytib
277
chaqiradi, ko‘z oldida yo‘q narsalarni ko‘radi, qo'rqib baqirib yuboradi.
Bunday holatlar ayniqsa bolalarda ko‘p kuzatiladi. Shuning uchun ham
bolaning bu ahvolini ko’rib uning yaqinlari qo'rqib ketadi, «Bolam
ruhiy kasal bo'lib qolmaydimi?» deb doktorlardan so'rayveradi. Albatta,
bunday psixomotor qo'zg'alishlar meningitning dastlabki kunlarida ro'y
beradi va darrov o'tib ketadi. Shuning uchun bemorning yaqinlariga bu
haqda m a’lumot berib, ularni tinchlantirish lozim. Ba’zan bunday holatlar
tana harorati ko'tarilgan bolada uyda ro'y berib qolsa, ota-onalar bolasini
o'qitishga tabibga olib borishadi va zarur vaqtni qo'ldan boy berib bola
nobud bo'ladi. «Bolamga ko'z tegdi, birdan harorati ko'tarilib ruhiy
kasal bo'lib qoldi, tabiblarga o'qitsak ham yordam qilmadi va to'satdan
vafot etdi», deb ayyuhannos solib yig'lashadi. Bola esa meningitdan
o'lgan bo'ladi. Bunday holatlar ayniqsa 2 yoshgacha bo'lgan bolalarda
kuzatiladi. Ularda meningitning og'ir turlari ko'p kuzatiladi, ayniqsa
yiringli meningitlar. Bu yoshdagi bolalarning tana harorati ko'tarilsa
uxlashaveradi, ayniqsa kechasi, ota-ona esa buni sezmay qolishadi yoki
«Bolam bugun charchabdi shekilli, uxlayversin» deb uni bezovta
qilishmaydi. Tibbiy yordam ko'rsatilmagan bola esa ertalabgacha o'lib
qoladi. B a’zan ota-onalar bolaning tanasiga spirt o'm iga aroq surkab
tana h aroratin i tushirishga harak at qilishadi (aroq tana haroratini
tushirmaydi) yoki analgin va dimedrol qilib qo'yisha qoladi va antibiotik
qilishmaydi. Analgin va dimedrol aralashm asi yoki tana haroratini
tushiruvchi dorivor vositalar meningitga davo bo'la olmaydi, bunday
holatlarda albatta antibiotik qilib boshlash zarur yoki bolani zudlik bilan
shifoxonaga olib borish kerak.
Shu o'rinda aytib o'tish lozimki, tana haroratini tushiruvchi dorilarni
ommaviy axborot vositaiarida reklama qilish mutlaqo mumkin emas.
Chunki tana harorati oshishining asl sababi meningit bo'lishi mumkin!
Bu dorilar tana haroratini tushiradi, biroq kasallik sababini yo'qotmaydi.
Televizorda zo'r berib reklama qilinayotgan tana haroratini tushiruvchi
dorilardan birini 2 kun mobaynida 12 yashar bolaga ichirishadi, biroq
bolaning ahvoli og'irlashaveradi. K asallikning uchinchi kuni bolani
shifoxonaga olib borishadi va unda yiringli meningit aniqlanadi. Bola 7
kun komada yotadi va vafot etadi. Umuman olganda, dorilarni televizor
va radio orqali reklama qilish noto'g'ridir, ularni gazeta va jurnallarda
reklama qilish mumkin. Shundayam dorining barcha nojo'ya ta ’sirlarini
ko'rsatgan holda.
O 'rta yoshdagilarda seroz meningit ko'p kuzatiladi. Meningitning bu
turida tana harorati 38 gradusgacha ko'tariladi. Bemorning boshi og'riydi,
qayd qiladi, holi qochadi, tez charchab qoladi, uyqu kelaveradi, ishtahasi
buziladi, jizzaki b o 'lib qoladi, k o 'p terlaydi. A gar bu bem orlarda
278
meningial simptomlar tekshirilmasa, seroz meningit tashxisi qo'yilmasligi
va bemor «o'tkir respirator kasallik» tashxisi bilan davolanib yurishi
mumkin. Odatda, bunday bemorlar parasetamol yoki uning analoglari
va antibiotik qabul qilib yurishadi. Albatta, bu dorilar meningitga xos
belgilarni kamaytiradi va bu ham tashxisning kech aniqlanishiga sababchi
boMadi. Shuning uchun ham tana harorati oshgan har qanday bemorda
meningial simptomlar tekshirilishi shart. Faqat ana shundagina meningit
tashxisi o ‘z vaqtida aniqlanadi. 0 ‘tkir meningit tashxisini aniqlashda
K T yoki M RT aham iyatli emas, balki maxsus klinik, nevrologik,
bakteriologik, virusologik va likvorologik tekshiruvlar orqali aniqlanadi.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |