Insult o‘tkazgan bemorlarga ko'rsatiladigan psixoreabilitatsiya
tadbirlari
Insult nafaqat bemor uchun, balki uning yaqinlari uchun ham katta
ruhiy jarohatdir. Ushbu kasallikning inson kamolotga yetgandan so‘ng
ro'y berib boshlashi, ya’ni 40-50 yoshlardan keyin, oila uchun katta
falokatdir. To'satdan ro'y bergan insult hayot izmini yo'ldan chiqarib
yuboradi. Insult rivojlangan zahoti bemor zudlik bilan shifoxonaga
yotqizilishi va tibbiy-psixologik yordam kasallikning d astlab k i
soatlaridanoq boshlanishi kerak. Bu yerda ikkilanishga hech qanday o'rin
yo'q! «Bemorni qo'zg'am aslik kerak, biron soat uyda bo'lsin, hozir
m um kin emas» q abilidagi g a p lar n o o 'rin d ir. A ksincha insult
rivojlangandan so'ng 3-6 soat ichida ko'rsatilgan malakali tibbiy yordam
bemorning to'la tuzalib ketishiga, endi boshlanayotgan falajliklarning
oldini olishga, qolaversa bemorning hayotini saqlab qolishga juda katta
imkoniyatlar yaratib beradi.
Ba’zan insult rivojlangandan so'ng «Tez yordam» mashinasi yetib
kelgach, bemorning yaqinlari «Hozir bemorning ahvcli og'ir, biroz
shoshmay turaylik, qon bosimi joyiga kelsin, yo'lda bir gap bo'lib qolishi
mumkin», deb yetib kelgan vrachni arosatda qoldirishadi. O datda,
bem orning bir nechta qarindoshlari orasida qolgan vrach ularning
aytganiga k o 'n ad i yoki «Bemor y o 'ld a yomon b o'lib qolsa javob
berasizmi?» qabilidagi savollardan cho'chib, bemorni uyda qoldiradi.
Vrach bu so'zlarga e’tibor qilmasdan bemorga dastlabki tibbiy yordamni
ko'rsatib darhol shifoxonaga yetkazishi zarur. Mabodo tibbiy yordam
vaqtida ko'rsatilishiga qaramasdan bemorning ahvoli shifoxonaga olib
borayotganda og'irlashib qolsa darrov vrachni ayblash kerak emas, chunki
insultning dastlabki kuni o'lim va boshqa og'ir holatlar ko'p kuzatiladi.
Bunday vaziyatlarda bemorga malakali tibbiy yordamni faqat shifoxona
sharoitida k o 'rsatish mumkin. Bu qoidani vrach ham, bem orning
yaqinlari ham bilishi lozim. Chunki insultning birinchi kuni o'lim darajasi
juda yuqori bo'ladi, uyda qoldirilgan bemorga esa malakali tibbiy yordam
266
ko‘rsalish оЧа mushkul. Kasallikning dastlabki kuniyoq diagnostik
maqsadda orqa miya suyuqligini tekshirish uchun bemorga zudlik bilan
lyumbal punksiya qilish kerak.
Odatda, 21 kungacha bo‘lgan davr insultning o'tkir davri hisoblanib,
bu davrda bemor shifoxonada davolanadi. Kasallikning o'tkir davrida
bem orning hushi buzilgan b o 'lad i, falajlik lar, nutq va xulq -atv o r
buzilishlari yaqqol ifodalangan bo'ladi. Bu davrda unga ruhiy tinchlik
o 'ta zarurdir! Shuning uchun bemorni ko'rishga kelayotganlar sonini
keskin kam ay tirish lozim , uning y o n id a turm ush o 'r to g 'i yoki
farzandlaridan biri parvarish qilish uchun qolishi mumkin. Chunki har
qanday tashrif kechagina oyoq ustida yurgan, bugun esa to 'sh ak k a
mixlanib qolgan bemorga ruhiy jarohat yetkazishi mumkin. Bunday
holatlar, ayniqsa, birga ishlaydiganlar va q o 'n i-q o 'sh n ila r ta sh rif
buyurganda ro'y berishi ehtimoldan xoli emas. Agar bemor «Tanishlarim
meni ko'rgani kelishayaptimi?» deb so'rasa, unga «Albatta kelishayapti,
biroq doktorlar ularga ruxsat berishmayapti, biroz tuzalganingizdan so'ng
ularni yoningizga qo'yishadi. Barcha kelib ketayotganlar Sizni tezroq
so g 'ay ib ketsin deyishm oqda» q a b ilid a g i s o 'z la r bilan bem orni
tinchlantirish lozim. Aks holda bemorning «Nega ular meni ko'rgani
kelishmayapti?» deb ortiqcha hayajonlanishi bemorning sog'lig'iga salbiy
ta ’sir ko'rsatishi mumkin. Ayniqsa, nutqi buzilgan bemorlar yoniga
keluvchilar sonini nutq tiklangunga qadar to'xtatib turish lozim. Nutq
esa aksariyat hollarda 2-3 hafta ichida tiklanib boshlaydi. Davolash
m uolajalari to 'g 'r i va o 'z v aq tid a o lib borilsa, oldin bem orning
oyogqlarida harakat paydo bo'ladi, qo'lning tiklanishi esa biroz sust
boradi. Chunki miya po'stlog'ida joylashgan oyoq markazlarini ikkala
qon tomir (a. serebri anterior va a. serebri media) qon bilan ta ’minlaydi,
Q o'l markazlarini esa faqat a. serebri media qon bilan ta ’minlaydi.
Shuning uchun ham ushbu arteriya sohasida kuzatilgan insultlarda qo'l
harakatlarining tiklanishi sust kechadi.
Bemor shifoxonadan har doim ham tuzalib chiqib ketmaydi, chunki
3 haftada falajlangan qo 'l va oyoqlar to 'la tiklanib ketmaydi, b a’zi
hollarda nutq ham to'la tiklanmay qolishi mumkin. Insultda buzilgan
funksiyalarning tiklanishi odatda bir yil mobaynida davom etadi, vaqt
o'tgan sayin tiklanish jarayonlari susutlashib boraveradi. Shuning uchun
ham ushbu davrda reabilitatsiya usullari o 'ta ustamonlik bilan olib
borilishi kerak. Afsuski, insult o 'tk azg an bem orlarda turli darajada
ifodalangan nogironlik ko'rsatkichlari ju d a yuqori bo'lib, 80 foizgacha
yetadi. Hech qanday o 'tk ir rivojlanuvchi kasallikda nogironlik bu
darajada yuqori emas. Demak, ushbu bemorlarni normal hayot tizimiga
qaytarish lozim va bu yo'nalishda bir qancha mutaxassislar, ya’ni
267
reabilitologlar, nevropatologlar, psixologlar, logopedlar, terapevtlar,
ishtirok etadi. Umumiy amaliyot shifokori esa ushbu mutaxassislarning
ko'rigini ta ’minlaydi va ularning tavsiyalariga asoslanib bemorni davolab
kuzatib boradi.
Yirik shaharlarda reabilitatsiya markazlari mavjud bo'lib, insultning
tiklanish davrida davolashni ushbu markazlarda davom ettirish maqsadga
muvofiqdir. Insultning og‘ir turini o'tkazgan bemorlarga o ‘z-o‘zini eplay
olish, y a ’ni ovqatlanish, yuvinish, cho'm ilish, soqol olish, kiyinib-
yechinish, hojatxonaga borib kelish kabi kundalik yumushlarni mustaqil
ravishda bajara oladigan holatga keltirish reabilitatsiyaning asosiy
vazifalaridan biridir. Insult yengil kechgan holatlarda esa mehnat
qobiliyatining tiklanish darajasiga qarab, bemorni avval o ‘zi faoliyat
ko'rsatgan ishlarga yana jalb qilish mumkin. Insult o ‘tkazgan bemorlarda
mehnatga layoqatlilik darajasini aniqlash lozim, aksariyat bemorlarga
nogironlikning I yoki II darajasi belgilanadi, yengil holatlarda esa III
darajali nogironlik belgilanadi.
Insultda kuzatiladigan aksariyat falajliklarda mushaklar tonusining
spastik tarzda oshishi bo'g'im larda kontrakturalar paydo bo'lishiga
sababchi bo'ladi. Mushak-bo'g'im kontrakturalari ayniqsa qo'l panjalari
va iirsak bo'g'im ida kuchli ifodalangan bo'ladi, bu tabiiyki, bemorga
o'zini eplash bilan bog'liq bo'lgan yumushlarni bajarish imkoniyatini
chegaralaydi. Bu muammolami bartaraf etish yoki oldini olish uchun
turli jismoniy mashqlar mavjud, mutaxassislar tavsiyasiga ko'ra bemor
ushbu mashqlami bajarishi, falajlangan oyoq-qo'llarga nuqtali uqalashlar
olishi, fizioterapevtik muolajalarni va spastik tonusni pasaytiruvchi
dorilarni iste’mol qilishi zarur. Nutq buzilishlarini davolashda dorivor
vositalardan tashqari logopedik muolajalar o'tkazish ham o'ta muhimdir.
Odatda, kasallik sababli paydo bo'lgan nutq va xulq-atvor buzilishlarini
neyropsixologlar davolashi zarur, ushbu mutaxassislar yo'q joylarda
neyropsixologik muolajalarni yaxshi tushunadigan nevropatolog yoki
tibbiy psixolog davolash muolajalarini o'tkazishi mumkin.
Insult o 'tk a z g a n bem orlarni ja m iy atd a va oilada b o 'lay o tg an
tadbirlardan chekkalab tashlash aslo mumkin emas, aks holda ular
psixologik izolyatsiyada qoladi. Bem orlarni oilaviy va m ahallada
rejalashtirilayotgan ishlarga ularning imkoniyat darajasiga qarab jalb qilish
lozim, aks holda ular o'zlarini oilaga ham, jamiyatga ham keraksiz deb
his qilib chuqur depressiyaga tushishi mumkin. Ba’zi hollarda kasallik
sababli bir oy ichida ish joyini va yaqinlarining e’tiborini yo'qotgan
bemorda o'z joniga qasd qilish hollari ham ro'y berib turadi. Ularning
hayot tajribasidan mahalla faollari, bemorning yaqin qarindoshlari va
farzandlari unumli foydalnshlari lozim.
268
Shunday qilib, insult o'tkazgan bemorlarni davolash va ularni odatiy
turm ush tarziga qaytarish uzoq davom etuvchi m urakkab tibbiy-
psixologik jarayon bo'lib, uning muvaffaqiyatli tugashi o'tkazilayotgan
muolajalarning to'g'ri va o'z vaqtida olib borilishiga bog'liq.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |