14.2. Bosh miya jarohatlarida bemorlar psixologiyasi
Bosh miyajarohatlaridan so'ng nevrologik buzilishlar bilan birgalikda,
ruhiyat va hissiyotning buzilishlari ham kuzatiladi. Ushbu buzilishlar
jarohatning og'irligi, turi, bemoming yoshi, yo'ldosh kasalliklarning bor-
yo'qligi va shu kabi boshqa omillarga bog'liq.
Bosh miya ja ro h a tla rid a bosh m iyaning lat yeyishi yoki m iya
chayqalishi ko'p kuzatiladi. Bunday hollarda aksariyat bemorlar hushini
y o 'q o tad i va uning n aq ad ar ch u q u r yo'qolishi ja ro h at darajasig a
bog'liqdir. Odatda, bemor hushiga kelgach, turli ko'rinish va darajada
xotira buzilishlari kuzatiladi.
Posttravmatik asteniya (serebrasteniya)
Serebrasteniya bosh m iyajarohatlaridan so'ng kuzatiladigan eng ko'p
tarqalgan sindromdir. Uning uchrash darajasi haqida aniq bir statistik
m a’lumot yo'q, chunki serebrasteniya bilan aksariyat bemorlar vrachga
murojaat qilishmaydi va serebrasteniya holatlari aynan bemor o'tkazgan
bosh miya jarohati bilan bog'liqligini ko 'rsatib berish ham mushkul.
Serebrasteniya turli xil subyektiv simptomlardan iborat. Bular jizzakilik,
jahldorlik, sabrsizlik, ruhan tez charchab qolish, parishonxotirlik, uyqu
buzilishlari, bosh og'riqlari va shu kabi boshqa belgilardir.
K o'p hollarda bosh miya jarohatlaridan so'ng kuchli fobiya rivojlanadi.
Masalan, avtohalokat sababli jarohatlangan bemorlar ko'chaga chiqish,
p iy o d a lar uchun m o 'lja lla n g a n jo y la rd a n o 'tish va h a tto k i
avtotransportlarda biror joyga borishdan ham qo'rqishadi yoki o'lim
qo'rquvi rivojlanadi.
Bosh miya jarohatlari
apatiya
holatlarini yuzaga keltirishi mumkin.
Klinik belgilari jihatdan depressiyaga yaqin bu holatni b a ’zan to 'g 'ri
aniqlash qiyin bo'ladi. Posttravm atik apatiyada umumiy karaxtlik,
bo'shashish, atrofdagi voqealarga qiziqishning yoqligi va ish faoliyatida
ijodkorlikning pasayishi, ishtiyoqning yo'qolishi, biror ishni boshlab
oxiriga yetkazmay tashlab qo'yish yoki o'sha ishi zarur bo'lsa-da, u bilan
shug'ullanmaslik hollari, xotiraning yengil darajada o'ziga xos buzilishlari
kuzatiladi. P osttravm atik apatiya b a ’zi hollarda yengil darajadagi
vegetativ va psixosomatik buzilishlar bilan namoyon bo'ladi.
269
Travm atik psixozlar
Psixozlar o'tkir va surunkali bo'lishi mumkin. O 'tkir psixoz, odatda,
jarohatning dastlabki kunlarida va asosan, miyaning lat yeyishida
kuzatiladi. A yniqsa, bosh m iyaning peshona bo'lagi zararlangan
bemorlarda kompyuter tomografiyada lat yeyish belgilari yoki gematoma
aniqlanadi. Bunday bem orlar neyroxirurg yordamiga muhtoj. Bosh
miyaning biror qismi zararlanishi hisobiga kuzatiladigan o'tkir psixozlar,
odatda, nevrologik simptomlar bilan birgalikda namoyon bo'ladi, ya’ni
falajliklar, koordinator buzilishlar, bosh miya nervlari zararlanish
simptomlari va h.k. Shuningdek, oliy ruhiy funksiyalar, y a’ni nutq
buzilishlari, apraksiyalar, agnoziyalar ham kuzatilishi mumkin. Bunday
bemorlarning ahvoli og'ir bo'lib, ular neyroxirurg, nevropatolog yoki
neyropsixolog nazoratida bo'lishi zarur.
O 'tkir psixozlarda turli darajadagi hushning buzilishlari kuzatiladi,
ya’ni hushning xiralashishidan tortib, sopor holatlarigacha. Hushning
xiralashishlarida bemor bilan muloqot buziladi, u savollarga aniq javob
bera olmaydi, nutqi uzuq-yuluq va tartibsiz bo'ladi, ba’zan esa tinmay
gapiraveradi (logorreya). Logorreya, asosan, bosh miyaning chakka
sohasi zararlan g an d a kuzatiladi. Bizning kuzatuvda, bosh miya
jarohatining o'tkir davrida 24 soat tinmay gapirgan bemor bo'lgan va
davolangan. Unga kuchli uxlatuvchi dorilar yuborilgandan so'ng uxlab,
uyqudan uyg'ongach, yana bir necha soat tinmay gapirgan. Ushbu
bem orda logorreya kasallikning 5-6 kunlari miyaning zararlanish
belgilari kamaygan sayin, kamayib borgan. Shuning uchun ham bunday
paytlarda tinchlantiruvehi dorilar bilan chegaralanib qolm asdan,
k asallik n in g o 'tk ir d av iid a q ilin ad ig an barcha d o ri-d arm o n lar
buyurilishi kerak, chunki aytib o'tganimizdek, logorreya bosh miyaning
lokal zararlanishi belgisidir.
Ba’zan bosh miya jarohatlaridan so'ng bemorlar uzoq vaqt uyquga
ketadi, bu, albatta, koma emas. Uzoq vaqtga uyquga ketish miyaning
himoya funksiyasining bir ko'rinishidir. Bu fenomen to'la o'rganilmagan.
Ba’zi mutaxassislar bosh miyaning og'ir jarohatlarini o'tkazgan bemorlarni
uzoq vaqtgacha uxlatib (30-40 kunlab) davolashni tavsiya qilishadi.
Ularning fikricha, bunday usul jarohatdan so'ng kuzatiladigan og'ir ruhiy
buzilishlarning, ayniqsa, xotira buzilishlarining oldini oladi. Bizningcha,
oilaviy bo'lib avtohalokatga uchragan va oila a’zolari halok bo'lgan
bemorlarga bu usulni qo'llash mumkin. Buning uchun shifoxonada
barcha sharoitlar yaratilishi, organizmning hayotiy muhim funksiyalari
faoliyati va yaxshi parvarish ta ’minlanishi hamda etika prinsiplariga
rioya qilinishi kerak.
270
Travm atik psixozlarda gallyutsinatsiyalar, illyuzor va delirioz
buzilishlar, agressiv holatlar ham kuzatilishi mumkin. Ular, odatda, jahl
ustida o'ziga va atrofdagilarga qattiq tan jarohati yetkazib qo'yishadi.
Psixozning bunday klinik ko'rinishlarini biror marta bo‘lsa-da, kuzatgan
shifokor bemorni, albatta, psixiatr yoki psixonevrologga ko'rsatishi zarur.
Ba’zan travmatik psixozlarda puyerilizm kuzatiladi, ya’ni kattalar
yoshiga mos kelmaydigan va bolalik davri uchun xos bo'lgan qiliqlar qiladi.
Puyerilizm, ayniqsa, o'smirlik paytida bosh miyaning og'ir jarohatlarini
o'tkazgan odamlarda kuzatiladi. Bosh miya jarohatlaridan so'ng xulq-
atvoming isterik tarzda shakllanishi, depressiyalar, seksual buzilishlar ham
kuzatiladi. Masalan, bosh miyaning peshona sohasi zararlanganda
giperseksualizm rivojlanishi mumkin. Isteriya, depressiya va seksual
buzilishlar haqida aw algi boblarda batafsil m a ’lumotlar keltirilgan.
Ularning etiologiyasida bosh miya jarohatlari ham muhim ahamiyat kasb
etadi.
Mast odamlarda rivojlangan bosh miya jarohatlarida psixozlar darajasi
va sababini aniqlashda biroz qiyinchiliklar yuzaga keladi. Psixozlami bosh
miya jarohati yoki alkogoldan og'ir mastlik hisobiga ekanini aniqlash
qiyin bo'ladi.
K orsakov sindromi bosh m iyaning o g 'ir ja ro h a tla rid a n so 'n g
rivojlanadigan o'tkir psixoz bo'lib, uning klinik belgilari, odatda, bemor
hushiga kelgach, namoyon bo'la boshlaydi. Bu sindromning asosiy belgisi
eslab qolishning buzilishidir. Bemor bo'lib o'tayotgan voqealarni kun,
hafta, oy kunlarini, uni davolayotgan shifokorlar (tibbiyot xodimlari)ning
ismi va o'zining yotgan joyini eslab qola olmaydi. Bemorning hushi joyida,
atrofdagilar bilan m uloqoti saqlangan b o 'la d i, biroq o 'z ahvoliga
nisbatan tanqidiy qarashi keskin pasayadi. Korsakov sindromi bir necha
kundan bir necha oygacha davom etadi. Bu sindrom, ayniqsa, spirtli
ichimliklami iste’mol qiluvchilarda og'ir kechadi. Korsakov sindromida
xotiraning barcha turlari, ayniqsa, eslab qolish bosqichi buzilganligi uchun
ham uni xotiraning birlamchi buzilishi deb atashadi.
Bosh miya jarohatlaridan so'ng xotira yo'qolishining davomiyligi
turlicha bo'lishi mumkin va bu davr b a ’zi hollarda bemor umrining
oxirigacha davom etadi. Hattoki, xotira tiklanishi kuzatilsada, u to'la
bo'lmasligi mumkin.
Travmatik psixozlarning ba’zi turlarida hissiyotning buzilishlari ruhiy
buzilishlardan ustunlik qiladi. Masalan, kayfiyatning asossiz tarzda baland
bo'lishi, ya’ni eyforiya turli ko'rinishda namoyon bo'ladi, ular ko'p
so'zlashadi, bo'lib o'tgan jarohatlami batafsil gapirib yurishni, qanday
omon qolganlarini bayon qilishni xush ko'rishadi, beg'am bo'lishadi.
Odatda, eyforiya surunkali psixozlar uchun xosdir. Ba’zan avval saxiy va
271
samimiy boMgan odam bosh miya jarohatidan so'ng egoist va berahm
bo'lib qoladi.
Bosh miyaning o g 'ir jaro h atlarid a, ayniqsa, ochiq jaro h atlard a
tutqanoq xurujlari yoki kuchli vegetativ paroksizm lar kuzatiladi.
Posttravmatik epilepsiya, odatda, bosh miya jarohatidan so'ng bir necha
yil o'tgach rivojlanadi. Ayniqsa, Jekson xurujlari hamda hushdan ketib
rivojlanuvchi tonik-klonik xurujlar, absanslar ko 'p uchraydi. Tez-tez
hushdan ketish bilan kechuvchi tutqanoq xurujlari borib-borib, bemor
xulq-avtorini patologik tarzda o'zgartira boshlaydi.
Bosh miya jarohatlarini o'tkazgan bemorlarda «awal ko‘rgan» yoki
«hech qachon ko‘rmagan» fenomeni rivojlanadi. Bemorlar o'zi avval
bormagan va ko'rmagan joyda paydo bo'lib qolsa, bu yerga xuddi avval
kelgandek, barcha narsalar tanishdek ko'rinadi yoki avval borgan va bir
necha bor ko'rgan joyiga borsa, bu yerda hech qachon bo'lmagandek va
barcha narsa va voqealar notanishdek tuyuladi. Bu fenomen mexanizmlari
to'liq o'rganilmagan.
Bosh miya jarohatlaridan so'ng aqli zaiflik ham rivojlanadi. Statistik
maMumotlarga ko'ra, bu holat jarohat o'tkazgan bemorlarning 5 foizida
kuzatiladi va u peshona va chakka sohalari zararlanishi bilan bog'liq.
Bosh miya jarohatlarida kuzatiladigan ruhiy buzilishlarning oldini
olish uchun avvalambor, bemorlarni kasallikning o'tkir davrida to'g'ri
davolash zarur. MaMumki, bosh miya jarohatlarining o 'tk ir davrida
bemorlar neyroxirurgiya yoki neyrotravmatologiya bo'limlariga qabul
qilinadi. B a’zan bem orlar 4-5 kun ichida shifoxonadan chiqarib
yuboriladi. Shifoxonadan chiqqach, ular zudlik bilan nevropatolog, ruhiy
buzilishlar aniqlangan holatlarda esa psixiatr nazoratida turishlari va
davolanishlari kerak.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |