Psixologiy asi


bet98/209
Sana16.03.2022
Hajmi
#494089
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   209
Bog'liq
Tibbiyot psixologiyasi, Ibodullayev Z., 2009

159


I X BOB.
PSIXOGIGIYENA, PSIXOPROFILAKTIKA VA
DEONTOLOGIYA ASOSLARI
Shifokor yuksak darajada axloqli, jonkuyar,
ozoda va xush ko'rinisfiga ega bo'lishi kerak.
Gippokrat
9.1. Psixogigiyena
Psixogigiyena - bu ruhiy salom atlikni saqlash va m ustahkam lashga 
qaratilgan fan bo‘Iib, umumiy gigiyena va klinik tibbiyotning ajralmas 
qismiga aylangan.
Psixogigiyena fani boshqa tibbiy-biologik fanlar bilan birgalikda 
psixosom atik buzilishlarning oldini olish yo'llarini izlaydi va gigiyena 
talablariga javob beruvchi sharoit yaratish usullarini ishlab chiqadi.
P sixo g igiy ena tash q i salbiy o m illa rn in g asab tizim iga t a ’sirini 
kamaytirish, asab m arkazlarining «immunitetini» m ustahkamlash bilan 
ham faol shug'ullanadi. Psixogigiyena m uam m olari psixoprofilaktika 
m u am m o larig a o 'x sh a b k etad i. C hunki h a r q an d ay psixogigiyenik 
m uolajalar ruhiy, asab va boshqa kasalliklar kelib chiqishining oldini 
olishda muhim ahamiyat kasb etadi.
M asalan, psixogigiyena talablariga amal qilish nevrozlar, psixozlar, 
m iokard infarkti, insult kabi o g 'ir kasalliklarning oldini olishga yordam
beradi. Ayniqsa, xafaqon kasalligining rivojlanishida ruhiy omillarning 
ta ’siri ko'pgina ilmiy tadqiqotlar bilan isbotlab berilgan.
Sivilizatsiyaning jadal rivojlanishi davrida asab-ruhiy kasalliklar va 
yurak-qon tom ir kasalliklari soni kundan-kunga ko'payib borm oqda. 
Bu o 'z navbatida psixogigiyena faniga k atta vazifalarni yuklaydi.
K uchli hayajonlanish, o g 'ir m usibat, aqliy zo'riqish organizm ning 
u m u m iy h o la tig a n o jo 'y a t a ’s ir k o 'r s a t a d i. B un ing n a tija s id a
g o m eo stazn in g norm al fa o liy a ti b u zilib , ichki a ’zo lar k a sa llik la ri 
rivojlanishiga sharoit yaratiladi. Dem ak, ruhiy salomatlikni saqlash butun 
bir organizmni turli kasalliklardan asrash demakdir. Psixogigiyena asab- 
ruhiy kasalliklar, shaxs o'zgarishlari, ichkilikka ruju qo'yish, giyohvandlik 
kabi illatlam ing oldini olish bilan ham faol shug'ullanadi. Psixogigiyena 
m uam m olari inson shaxsini e’tiborga olgan holda yechiladi. Vaholanki, 
shaxsning shakllanishi organizmning ruhiy-asabiy holatiga k atta t a ’sir 
ko 'rsatad i.
H a r bir vrachning bu fanni chuqur egallashi va uning qonunlarini 
bilishi k asallik larn i davolashi va uning oldini olishda, shuningdek, 
p six o p ro -fila k tik a d a n yangi d a s tu rla r tay y o iia sh id a k a tta y o rd am
160


beradi. Ruhiy zo'riqishlar ichki a ’zolar kasalliklariga sabab bo'lsa, o 'z
vaqtida ichki a ’zolar patologiyasi inson ruhining buzilishiga olib kelishi 
mumkin.
Doimiy hasad, vahimaga tushaverish, har narsaga arazlayverish kabi 
h o la tla r inson ru h in i ish d an c h iq a r a d i. B u nday o d a m la r ru h iy
salomatligidan ayrilib, ichkilikka ruju qo'yadigan, hech kimga ishonmay- 
digan, o'zining sog'ayib ketishiga ham k a tta shubha bilan qaraydigan 
bo'lib qolishadi. Ruhiy buzilish «yuqumli» kasallikdir. A lbatta, oilada 
asabi buzilgan yoki bir so'z bilan aytganda, nevroz yoki psixozga chalingan 
odam bo'lsa, buning yomon ta ’siri oila a ’zolariga ham tezda o'tish i, 
ularning ruhiy salom atligiga katta ziyon yetkazishi m umkin. Dem ak, 
p six o g ig iy en a n in g y a n a b ir k a tta m u a m m o la rid a n b iri, bu o ila
psixogigiyenasidir. Bir odamning ruhiy salomatligini tiklab berish, uning 
atrofidagi qarindosh-urug'lari, yor-birodarlarining ruhiy salom atligini 
ham tiklash yoki buzilishdan saqlab qolish demakdir.
Psixogigiyena m uam m osi va m u v a ffa q iy a tla rin i keng m a ’n o d a 
tushunmoq kerak. Chunki psixogigiyena bevosita jam iyat muam molarini 
ham hal qilishga ulkan hissa qo'shadi, ruhiy sog'lom bo'lgan shaxsgina 
biror-bir kasbni egallab, uning u d d asid an chiqishi m um kin. R u h an
sog'lom kishigina yaxshi vrach, quruvchi, haydovchi, o'qituvchi yoki 
uchuvchi bo'lishi mumkin.
X o'sh, psixogigiyenaning asosiy vazifalari, yo'nalishlari nim alardan 
iborat? Psixogigiyena quyidagi m aqsadlarni o 'z oldiga qo'yadi:
1) sog'lom shaxsni tarbiyalash va shakllantirish;
2) tibbiy m askanlarda gigiyena talablariga javob beradigan sharoit 
yaratish;
3) insonning salomatligiga ziyon keltiruvchi omillami kamaytirish va 
tugatish;
4) b em orlarn i jism oniy tarb iy a va s p o rtg a qiziqtirish, uni keng 
ommaga yoyish;
5) har bir insonni o 'z salomatligiga e’tib o r bilan qarash ham da uni 
saqlashga o'rgatish.
Psixogigiyena shartli ravishda quyidagi turlarga bo'linadi:
1) yoshga oid;
2) aqliy va jismoniy mehnat;
3) o'rganish va o'rgatish;
4) oila va jinsiy hayot;
5) turmush;
6) bemor psixogigiyenasi.
Yoshga oid psixogigiyena bolalik davridan, y a’ni chaqaloq tug'ilgan 
davrdan boshlanishi kerak. Chunki insonning shaxs sifatida shakllanishi
161


juda erta boshlanadi. Bolaning yashash faoliyati o ‘yinlarga asoslangan 
bo'ladi. Uning idroki yoshiga mos bo'ladi. Bola o'zi qiziqqan narsa bilan 
shug'ullanadi. Bolaning yonida ehtiyot bo'lib gapirish, uni to 'g 'ri yo'lga 
boshlash, kam chiliklarini o 'z v aqtida tu zatib borish o 'ta m uhim dir. 
Bolani q attiqq o 'llik bilan emas, faqat uqtirish yo'li va tayinlash bilan 
tarbiyalash mumkin. Bolani ortiqcha erkalatib yuborish, uning aytganini 
qilaverish, talablarini bajaraverish ham yaxshi oqibatlarga olib kelmaydi, 
u qaysar, o 'jar, ota-onani hurm at qilmaydigan bo'lib o'sadi. Bolani uning 
yoshiga mos turli o 'yinlar bilan m ashg'ul qilish kerak. Uni teatr, sirk va 
hayvonot bog'lariga olib borish, tab iat qo'ynida tarbiyalash, bolaning 
sinxron rivojlanishida ju d a muhim aham iyat kasb etadi.
B olalar psixogigiyenasida k a tta la r x u lq -atv ori, avvalam bor, ota- 
o n asin in g x u lq -a tv o ri o 't a m uhim a h a m iy a tg a ega. D o im o ja n ja l 
bo 'lad ig an , ichkilik ichiladigan, kitob m u to laa qilinm aydigan oilada 
yaxshi farzand voyaga yetishi ancha m urak kab dir. Bola ota-onaning 
yaxshi fazilatlariga ham, yomon qilig'iga ham taqlid qiladi. Hali bolada 
bo sh m iya y a rim s h a rla ri p o 's t l o g 'i fu n k sio n a l jih a td a n t o 'l a
shakllanm aganligi sababli ularda yaxshi-yom onni tahlil qilish imkoni 
past bo'ladi. Bola tafakkuriga mos hikoyalar, ertaklar aytish, hayotdan 
misollar keltirib borish unda hayotga qiziqish uyg'otadi, insonlarga mehr- 
m uhabbatli bo'lishga undaydi.
Agar ota-ona bolada fan, san ’at yoki hunarning qaysidir bir turiga 
qobiliyatni sezib qolsa, unga har to m o n lam a yordam berib, barcha 
sharoitni yaratib berishi zarur. Lekin bolani ilmli qilam an deb, unga 
keragidan ortiqcha talab qo'yib yuborish, dars qilishga m ajbur qilaverish, 
k o 'c h a d a biro z o 'y n a g a n i q o 'y m a s lik u n d a dep ressiya a lo m a tla ri 
rivojlanishiga sabab bo'ladi. Bunga shunday misol keitirish m umkin: 
hali 8 yoshga to'lm agan G. ismli qizchani bizga ko'rsatishdi. Qizcha bosh 
og'rig'idan shikoyat qilar edi. Ota-onasi vrach qabulida bo‘lib, qizchada 
bosh og 'rig 'i sabablarini aniqlay olishm aganini va berilayotgan dorilar 
foyda berm ayotganini aytishdi. Qizcha ju d a kam gapirar, bir nuqtaga 
qarab turaverar, doktor bergan savollarga z o 'rg 'a javob berar edi. Vrach 
o'zi h aqid a gapirib berishini iltim os qilg an d a, faq a t boshi og'rishini 
aytgan. Qizni tekshirayotib unda depressiya alom atlarini aniqladik. Qiz 
avval hech qanday kasal b o'lm agan, m iya jaro h a tla ri olm agan, ichki 
a ’zo lari ham s o g 'lo m edi. Q izch ad an b o sh in g d o im o o g 'riy d im i, 
og'rim agan payti bormi desa u: «Ha, doim og'riydi, lekin noyabr oyida 
og'rim adi», deb javob beradi (bem or fevral oyida tekshirilayotgan edi).
Qizdagi bosh og'riqning sabablari h ar tom onlam a tekshirilib, kasallik 
anam nezi yaxshilab o'rganilgandan so 'n g shu narsa m a ’lum bo'ldiki, 
qizni 6 yoshidan boshlab o'qitish kuchaytirilgan m aktabga berishgan.
162


Bundan tashqari, qizcha m aktabdan qaytgach, ingliz tili o'qituvchisi uyda 
u bilan m ashg'ulot olib borgan, so‘ng ota-onasi bilimini tekshirish uchun 
doim o savol-javoblar o ‘tkazgan. Qizcha 6 yoshga to 'lg a c h k o 'ch ag a 
tengdoshlari bilan o ‘ynagani chiqishga qo'yilm agan. A lb atta, bolaga 
q o 'y ilg a n b u o rtiq c h a t a l a b la r u n i ru h a n c h a rc h a tib q o 'y g a n . 
O 'qituvchilar va ota-onasi oldida doimiy m as’uliyat sezgan qizchaning 
miyasi doim o hissiy z o 'riq ish d a b o 'lib , b o ra-b o ra u kam g ap , faq at 
savollargagina javob beradigan, tengdoshlari bilan o'ynam aydigan bo'lib 
qoladi. S o 'n g ra esa qizchada doim iy bosh o g 'riq rivojlanadi. N oyabr 
oyida qizcha m aktabdan t a ’tilga chiqqan, otasi esa boshqa shaharga 
xizmat safariga ketgan edi. Qizcha bu davrda, tabiiyki, dars qilm agan va 
ko 'p vaqtini toza havoda tengdoshlari bilan o'ynab o'tkazgan. Bundan 
xulosa qilib, qizchaning ota-onasiga barcha talablam i kamaytirish, ularni 
qizning yoshiga moslash, ingliz tili o'qitishni vaqtincha to'xtatish, toza 
havoda sayr qilishga imkon berish zarurligi tavsiya qilindi. Bu talablar 
bajarilgach, qizchada depressiya alom atlari (kamgaplik, ishtaha yo'qligi, 
hech narsaga qiziqmaslik va bosh og'rig 'i) o'tib ketdi.
B undan xulosa shuki, ko'p chilik asab-ruhiy buzilishlarning sababi 
n o to 'g 'ri hayot tarzi, ortiqcha hissiy zo'riqish, yoshga mos bo'lm agan 
talablarning qo'yilishidir. Bu salbiy om illar bartaraf qilinmas ekan, dori- 
darm onlarning ta ’siri ko'zlangan m aqsadni bermaydi.
Psixogigiyenaning asosiy m aqsadi ham salbiy asab-ruhiy omillarni 
b a r t a r a f q ilis h d ir. B o la la rn i m a x s u s k u c h a y tirilg a n m a k ta b g a
berayotganda psixologga ko'rsatish zarur va ular keyinchalik ham vaqti- 
vaqti bilan psixolog nazoratida turishi kerak.
S h un day ekan, m aktab yo shidagi b o lala r psixogigiyenasi haqida 
alohida to 'x talib o'tish o'rinlidir. Shu o 'rin d a darslardagi ortiqcha yuk, 
o 'q u v c h ila r o ra s id a g i y o k i o 'q u v c h i b ila n o 'q itu v c h i o ra s id a g i 
kelishm ovchiliklarni o'rganish va u larni b a rta ra f etish y o 'lla rin i izlab 
topish zarur.
Psixologiya va umuman tibbiyot uchun eng dolzarb m uam m olarga 
to'la bo'lg an d a v r - bu o'smirlik davridir. O'smirlik davrida nafaqat ruhiy 
o'zgarishlar, balki aqliy va jism oniy o'zgarishlar ham keskin kechadi. Bu 
davr - o‘tish davri hisoblanadi. O 'sm ir - hali kechagi bola, lekin u hali 
k atta kishi ham emas. U oldida turgan m uam m olam i o'zi yechishga 
ruhan hali tayyor bo'lmasligi m um kin. Lekin uni «Hali sen yoshsan», 
deb h a d e b tergay v erish q a y sa r q ilib q o 'y ish i m um kin. O 'sm irn in g
mustaqilligini tan olgan holda, uning oldida har bir narsaga m as’uliyat 
hissini t u g 'd ir a borish o 't a m u h im d ir. U yechishi k e ra k b o 'lg a n
m uam m olardan qo'rqmasligi, shu bilan birga, bu muammoga yengiltaklik 
b ila n q a ra m a s lig i k e ra k . Bu d a v rd a o 's m ir u c h u n eng k a tta
163


m uam m olardan biri seksual muam modir. Qizlarda esa hayzning kelishi 
ham chuqur hissiy hayajonlanishlar, qo'rquvlar bilan kechishi mumkin. 
Bunday paytlarda ota-onasi, yaqinlarining maslahati juda zarur. Vrach- 
psixologning vazifasi esa o'sm irda kechayotgan jarayonlarni o ‘z vaqtida 
hal qilib borishdan iborat. Sport va badantarbiya mashqlarini bajarish, 
m ehnatning o ‘ziga yoqqan turi bilan shug'ullanish, organizmni chiniqtirib 
borish o ‘smir uchun g'oyat muhimdir.
K atta yoshdagilar psixogigiyenasi, ko'pincha, kishining egallab turgan 
lavozimi, kasbi va ish faoliyatiga bog'liq. Bu davrda oila va jinsiy hayot 
psixogigiyenasi alohida e’tibor talab qiladi. Zigmund Freyd jinsiy hayotda 
baxtsizlikka uchragan oila psixologiyasini chuqur o'rganib, jinsiy hayot 
nuqtai nazaridan insonlarda nevroz, psixoz kabi kasalliklarning kelib 
chiqish mexanizmlarini yoritib berdi. Jinsiy zaiflik bor oilada baxtli hayot 
b o'lm ayd i, ana shunday oilalarning jam iyatda ham o 'z o 'rn in i topib 
k eta olm asliklarini kuzatuvlariga asoslanib isbotlab bergan. Er-xotin 
orasidagi nafaqat yaxshi m unosabat va xushmuomalalik, balki normal 
jinsiy m unosabatlar ham m ustahkam oilaning asosini tashkil qiladi.
Jinsiy hayot - hayot m azm unini ifodalab beruvchi vosita bo'lib, usiz 
avlodni davom ettirib bo'lm aydi. Jinsiy hayotdagi keskin o'zgarishlar 
klim akterik va involyutsion davrda salbiy tom onga ketishi kishi ruhiy 
faoliyatiga t a ’sir qilmasdan qolmaydi. Shuning uchun ham jinsiy hayot 
psixogigiyenasini alohida o 'rg an ish talab qilinadi. Oila m u stah k am
b o 'lis h i uchun nikohga k a tta e ’tib o r q a ra tilm o g 'i kerak. T u rm ush 
qurayotgan ikki yosh, albatta, tibbiy k o 'rik ham da genetik va psixologik 
tekshiruvlardan o'tib, salomatligi haqida maxsus tibbiy m a’lum otnom ani 
olgach, turmush aurish haqida xulosaga kelish mumkin. Aks holda, bu 
nik o h baxtsiz bo 'lad i. «Qiz bersang ham , olsang ham yetti avioaini 
s u ris h tirib ish qil», deb b ek o rg a a y tm a g an xalqim iz. B ir o ilan in g
baxtsizligi, uning qarindoshlari, qolaversa, butun jam iyatning baxtsizligi 
sifatida qaralishi kerak. H aqiqatan ham shunday.
Jinsiy a ’zo larn in g an ato m iy asi va fiziologiyasi h a q id a tu rm u sh
q u ray o tg a n yoshlar d astlab k i ilm ga ega b o 'lish lari kerak. T urm ush 
qurayotgan yigit yoki qizda ruhiy kasallik bormi-yo'qmi, nevropatolog 
yoki psixiatrlarning tibbiy xulosasi qanday? Bularga e’tibor, ko'pincha, 
turm ush qurishdan oldin emas, balki buzilgach beriladi. Biz turm ush 
qurgach, turm ush o 'rto g 'in in g ruhiy kasali borligi va uning ota-onasi 
to 'y d an oldin farzandining «aybini» yashirganidan katta janjallar chiqib, 
butun boshli oilalar sudlashib yurganining guvohi bo'lganm iz.
Q a riy a lar m uam m osi h a r q an d a y jam iy a td a k o 'n d a la n g tu rg an
m u am m o d ir. C hunki u lar ishga yaroqsiz b o 'lib qolishgach, b a ’zan 
farzandlari e’tiboridan ham chetda qolib ketishadi. Ayniqsa, doim o faol
164


hayot kechirib kelayotgan kishi nafaqaga chiqib, ishsiz qolganda, uning 
ruhiyatiga katta ziyon yetishi mumkin.
Shuning uchun qariyalam i mahalla yoki o'zining aw algi mutaxassisligi 
bilan bog‘liq ishlarga jalb qilish, ularning jismoniy va ruhiy salomatligini 
tiklash va saqlashga yordam beradi.
Psixogigiyena fani doimo takom illashib boradigan fandir. Bir necha 
y illa rd a n s o ‘ng p six o g ig iy en a n in g m a q s a d va v a z ifa la rid a yan g i 
yo‘nalishlar paydo boMishi tabiiy.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish