davrlarin
t kuzatiladigan har
qanday asab-ruhiy kasallik o'z vaqtida aniqlanib, unga davo qilinishi
g'oyat muhim masala hisoblanadi.
E ndi eng m u rak k a b m u am m o lard an b iri b o 'lm ish b o la la rd a
uchraydigan giperaktiv sindrom haqida so'z yuritamiz.
1.4. Giperaktiv sindrom
Giperaktiv sindrom, ayniqsa, erta maktab yoshidagi bolalarda ko'p
kuzatiladi. Ota-onalar bolasining bebosh bo'lib qolganligi, bir joyda o'tira
olmasligi, gapga quloq solmasligi, qo'lidagi narsalarni hadeb tushirib
yuborishi, sergapligi va uni hech tarbiyalab bo'lmayotganligidan shikoyat
qilishadi. Ular aksariyat hollarda bu bolalarni psixologga ko'rsatmasdan
qattiq tarbiyaning turli yo'llarini ishga solib «mayib» qilib qo'yishadi.
Bolalar yashashni hayotdan o'rganadilar. Agar bola tanqid qilinaversa,
nafratlanishga, adovatda yashasa, tajovuzkorlikka o'rganadi, masxara
qilinsa, u indamas, odamovi bo'lib qoladi, hadeb tanqid qilinaversa, u o ‘zini
gunohkor his qilib o‘sadi. Agar sabr-toqat, xotirjamlik bilan o‘stirilsa, u
boshqalarni tushunishni, maqtalsa, u minnatdor bo'lmoqlikni o'rganadi. Agar
bola vijdoniylik va halollikda ulg'aysa, u adolatli bo‘lishni, xavfsizlikda
yashasa hamda qo‘llab-quwatlansa, unda o'z kuchiga ishonch paydo bo‘ladi
va boshqa insonlarga ishonish lozimligini o'rganadi.
X o 'sh , gip erak tiv sindrom ning s a b a b la ri n im alard a n ib o rat?
H o m ila d o rlik p ay tid ag i tu rli k a s a llik la r (anem iya, avitam in o z,
infeksiyalar, aroqxo'rlik, chekish, nevrologik kasalliklar va h.k), tug'ish
paytidagi asoratlar, go'daklik davridagi kasalliklar va albatta, ota-ona
orasidagi urush-janjallar, n o to 'g 'ri tarbiya bu sindrom ning asosiy
sabablaridandir.
Giperaktiv sindromning asosiy belgilari bola irodasi, his-tuyg'ulari
va xulq-atvorining buzilishidan iborat. Shuningdek, bu holat quyida
ko'rsatilgan holatlarda ham yaqqol namoyon bo'ladi:
1
) impulsiv harakatlar.
2
) bir joyda tinch o'tira olmaslik;
24
3) boshlagan o'yinni oxiriga yetkazmaslik;
4) birovning (ayniqsa, ota-onaning) gapiga quloq solmaslik;
5) o‘z bilganidan qolmaslik, qaysarlik;
6
) diqqatning pasayishi, uquvsizlik;
7) atrofdagilar ishi va boshqa bolalar o ‘yiniga aralashish, ularga xalaqit
berish;
8
) tez-tez janjal chiqarish, ukalariga azob berish yoki ularga butunlay
befarqlik;
9) o ‘zining narsalarini bog‘cha, m aktab yoki boshqa joyda unutib
qoidirish;
10
) berilgan savolga shoshib javob berish;
1 1
) tez xafa bo‘lish, yig'loqilik;
1 2
) enurez;
13) boshi og‘rib turishi;
14) fikrining tez chalg‘ ishi;
15) sergaplik.
Giperaktiv bolalarning aksariyati o'z tengqurlaridan zehni o ‘tkirligi
bilan ajralib turadi. Shunday bo‘lsa-da, ularning nutqi yaxshi bo‘lmasligi,
nozik h a ra k a tla r ta la b qiluvchi ish la rn i bajarish yoki yangi
mashg‘ulotlarni o ‘zlashtirishda qiynalishlari mumkin. Ularning ba’zilari,
um um an, rasm solishga n o 'n o q b o ‘lsa, boshqa birlari (ayniqsa,
chapaqaylari) juda kuchli rassom bo‘lishadi. Yuqorida sanab o'tilgan
simptomlarning 70 foizi aniqlangan bolalarga giperaktiv sindrom tashxisi
qo'yiladi.
Oila a ’zolarining bunday bolalar bilan to ‘g‘ri munosabatda boMishi
juda katta aham iyatga ega. G iperaktiv boladagi ortiqcha impulsiv
harakatlami pasaytirish va ularni bir maromga keltirish ota-onadan katta
sabr-toqat talab qiladi. Ularning tarbiyasida bir tom ondan keraksiz
qattiqqo'llikni, ikkinchi tomondan esa ortiqcha rahmdillikni kamaytirish
kerak. Chunki o ‘ta qattiqqo‘llik bolani battar qaysar va o‘jar qilib qo‘ysa,
o ‘ta rahmdillik undagi yig'loqilik va erkalikni kuchaytiradi. Bolani hadeb
urib-so‘kaverish unda butun umrga og‘ir ruhiy jarohatlar qoldiradi.
Bolaga qo'yilgan talab uning yoshiga mos bo'lishi va undan o ‘zi bajara
olmaydigan ishlarni talab qilmaslik kerak. Bola tarbiyasi haqida uning
yonida bahslashmaslik kerak. Tarbiya faqat tanbehdan iborat bo‘lmasligi
va boladagi har bir kamchilik unga yotig'i bilan tushuntirilishi zarur.
Psixolog ota-onaga giperaktiv bolani davolash uzoq vaqt davom
etishini tushuntirishi va aniq ko‘rsatmalar berishi zarur. Bolaning xulq-
atvoridagi o'zgarishlarni faqat so‘z bilan emas, balki uning fikrini
chalg‘ituvchi ishlar bilan davolash o ‘ta muhimdir. Buning uchun bola
turli to‘garaklar va sportningo‘zi istagan turiga (suzish, gimnastika, tennis,
25
futbo] va h.k) qatnashishi lozim. Sport bolaning xulq-atvoriga keskin
ijobiy ta ’sir k o 'rsa ta d i. Bolani sportga berishdan oldin uni tibbiy
ko'rikdan o'tkazish va aniqlangan kasalliklarni o'z vaqtida davolash
zarur. Chunki k o 'p hollarda giperaktiv sindrom boladagi bosh miya
kasalliklari va turli surunkali infeksiyalar (tonzilit, gaymorit, otit va h.k)
asoratidan ham bo'lishi mumkin. Nevrolog olimlar boladagi giperaktiv
sindrom ning as! sababi bosh miya b a ’zi to 'q im ala rin in g tu g 'm a
yetishmovchiligi va notekis rivojlanishi (sababli) deb ham qaramoqdalar.
Bunday paytlarda, odatda, miyaning minimal disfunksiyasi tashxisi
qo'yiladi. Ammo psixologlar bu fikmi inkor qilmagan holda
Download Do'stlaringiz bilan baham: |