115
qaraydi, bu oxir-oqibat umuman ta'lim samaradorligiga salbiy ta'sir qiladi.
Jumladan, ishtirokchilar o’rtasida huddi o’zlarini yolg’iz his qilish, umidsizlikka
tushishi holati vujudga keladiki, natijada treningdan olgan taassurotlar, natijalar
tajribasini yo'qotishi yoki treningda qo'lga kiritilgan barcha yutuqlardan voz
kechib ketishi kuzatilinadi.
2.Guruhiy hamjihatlik haqida tushuncha. G
uruh hamjihatlik
- bu
guruhfaoliyati samaradorligining zaruriy sharti hisoblanadi. Faqatgina bir –
biriga yaqin guruh ishtirokchilarigina o'z kechinmalarini tashqariga chiqara
olishiga yordam beradi va fikrlarning ochiq bayon etishini ta’minlaydi.
Tanqidga nisbatan birgalikda konstruktiv tarzda ishtirokchilarning xatti-
harakatlari va pozitsiyalarini o'zgartirish vositalaridan biri bo’lib, guruh
hamjihatligini targ'ib qilish quyidagilardan iborat:
boshqa guruhlar bilan raqobat;
qabul qilingan maqsadlar yo'lida to'g'ri tashkil etilgan va ishtirokchilar
uchun shaxsan ahamiyatli bo'lgan vazifalarning echimi;
qatnashchilarning guruh faoliyati bilan bog'liq
shaxsiy ehtiyojlarini
qondirish;
guruhdagi do'stona sog’lom psixologik muhitni hosil qilish;
ishtirokchilar o'rtasidagi ijobiy munosabatlar va hamdardlik;
treningda qatnashishdan ularning shubhasiz foyda olishlarini kutish;
guruhning va rahbarning obro'si;
ishtirokchilarning ijobiy motivatsiyasi va boshqalar.
Agar trening jarayonida ishtirokchilarning treningdan kutgan istak,
natijalari, ishtirokchilarning haqiqiy shaxsiy intilishlari, guruhdagi vaziyatga
mos kelmasa guruhda keskinlik yuzaga keladi. Shuningdek, guruhdagi o'zaro
shaxslararo munosabatlarning tabiati va xususiyatlaridan norozilik kabilar hosil
bo’ladi.
Aksincha, relaksatsiya stressning teskari holati bo'lsa-da, guruh dinamikasi
nuqtai
nazaridan, guruhning uyg'unligi stressning aksi sifatida qaraladi.
Guruhdagi hosil bo’lgan zo’riqish guruhlar o'rtasidagi ziddiyatlar va
to'qnashuvlar natijasida kelib chiqqan va ishtirokchilarni bir –birlaridan
ajratishga qaratilgan markazlashtiruvchi kuch vazifasini bajaradi. Ziddiyatdan
farqli o'laroq, guruhning hamjihatligi ishtirokchilarni yaqinlashtirishga va guruh
munosabatlariga kuch va barqarorlik yaratishga qaratilgan markazlashtiruvchi
kuch sifatida ko'rish mumkin. Shu bilan birga, guruhdagi keskinlik va tanglikni
trening guruhida salbiy va istalmagan narsa sifatida tushunmaslik , balki uni
116
guruhni kuchlantiruvhi va rag'batlantiruvchi omil sifatida qarash maqsadga
muvoviqdir. Lekin bunday vaziyat ishtirokchilarning
noroziligiga va ularning
o'zgarishni istashiga olib keladi. O'z navbatida, guruhning birlashishi bu
guruhdagi barqarorlik omili bo'lib, u ruhlanishning namoyon bo'lishiga yordam
beradi va guruhni parchalanishdan saqlaydi. Uning ta'siri ostida guruh
a'zolarining bir – birlarini qo’llab quvvatlashi va ba'zi xavfsizlikni his
qilishishiga omil bo’ladi. Trener ular o'rtasida dinamik muvozanatni saqlash
bilan bir qatorda, guruhning birlashishi va zo'riqishning
qarama-qarshi
funktsiyalarini ko'rib chiqishi kerak.
18
Do'stlaringiz bilan baham: