47
shuningdek, ijtimoiy muhitni sog’lomlashtirish, faollikni oshirish borasida har
qanday vaziyat yoki omil doirasida etnopsixologik va hududiy o’ziga xosliklarni
hisobga olib, mashg’ulotlarni tashkil etilishi va o’tkazilishi foydadan holi
bo’lmaydi.
Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishning hududiy va milliy
jihatlarini hisobga olib tashkil qilishda quyidagi tamonlarga e’tibor
qaratish
mumkin:
Birinchidan, har bir treningning maqsadiga oydinlik kiritilayotganda, uning
qaysi toifali kishilarga mo’ljallanganligiga qarab tahlil qilish kerak. Masalan,
ayrim psixodramatik o’yinlarda kattalar va kichiklar, erkaklar va ayollar,
xattoki, turli kasb egalari va nasab vakillari aralash ishtirok etilavergan. Lekin
bizning sharoitimizda agar katta yoshlilar bilan yoshlarni, mansabdorlar bilan
oddiy fuqarolarni, erkaklar bilan ayollarni qo’shib trening o’tkazish
rejalashtirilsa, u o’zining yaxshi samarasini bermasligi mumkin. Tajribalardan
shu narsa ayon bo’ladiki, treningni boshlashdagi kirish qismida ishtirokchilar
o’rtasidagi psixoemotsional tanglikning oldini olish uchun erkin muloqot yoki
xushomadlar qilish mashqlari ham aralash jinsli auditoriyalarda juda qiyinchilik
bilan kechadi. Yoki boshliq bilan xodim birga bo’lgan hyollarda,odatda
rollar
almashinuvi mavjud bo’lib, ular sun'iy ravishda o’zgartirilganda ham, ular
xulqida tortinchoqlik, xavotirlanish, ko'nglidagi bor gaplarni ayta olmasliklarni
uchratish mumkin. Shuning uchun qisqa vaqt oralig’ida o’tkazilgan treninglarda
guruh a'zolarini yuqorida keltirib otilgan o’ziga mos toifalarga qo’shish jonliroq,
samaraliroq muloqotlarga sabab bo’ladi.
Ikkinchidan, treningda ishtirokchilarning yashash shart-sharoitlari, yashash
xududi ham hisobga olinishi zarur. Masalan, shahar va qishloq ishchilar
shaharchasi vakili bilan dehqonlar o’rtasidagi muloqotlardan tez samara olish
ham oson emas. Xattoki, bunday toifali insonlar ‘tiliga’ xos jihxatlar ham
mavjudki, ular muloqot paytida qiyinchiliklar va ruhiy anglashilmovchiliklarni
keltirib chiqaradi.
Uchinchidan, o’yin usullarini T-guruhlarda qo’llashda ham kutilgan
natijaga erishish uchun milliy qadriyatlar, milliy ta'b
va did hisobga olinishi
kerak. Kattalar guruhida o’yinni tashkil etish uchun guruh ishtirokchilarini
ko’proq psixoemotsional qo’nikishlariga imkon yaratish, bir-birlarini yanada
yaxshi tanib olishlariga sharoitlar yaratish zarur. Chunki bizning xalqimizda
begonalar oldida o’z hissiyotlarini yashirish, tortinchoqlik istihola qilish sifatlari
borki, shu sababli odam sun'iy o’yin sharoitiga ko’nikish uchun ma'lum vaqt
talab qilinadi.
48
To’rtinchidan, kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, masalan, qizlar guruhi
alohida o’yin sharoitiga qo’yilganda, bemalol, emotsional jihatdan boy
treninglar ko’rsatadilar, unda ular ham erkak ham ayol, ham katta, ham kichik
rollariga bemalol kira oladilar. Yigitlarning sof guruhida ham ikkala rolni
uddalash hollari kuzatiladi. Lekin aralash guruhlar sharoitida bunday samaraga
erishish uchun ko’proq vaqt, psixologik-pedogogik mahorat va qaytarishlar talab
qilinadi. Shuning uchun ham O’zbekiston sharoitida ijtimoiy psixologik
treningni tashkil etishga juda puxta tayyorgarlik ko’rish, guruhlarni
shakllantirishda yosh, jins va mavqeiga bog’liq jihatlarni hisobga olish,
mashqlantirishni (trenirovkalarni) ma'lum ma'noda o’zroq muddatli qilib tashkil
etishga e'tibor berish zarur. Ayniqsa, bu o’rinda boshlovchi-trener shaxsiga
beriladigan e'tibor katta. Chunki, agar u ko’proq tashabbuskorlik qilib, o’z
‘eruditsiyasini’ namoyon qilib qo’ysa, munozara qisqa bo’lishi, yoki
tajribasizligi ayon bo’lib qolsa ham muloqot samarasiz yakunlanishi mumkin.
Shuning uchun ham jiddiy tayorgarlikdan o’tgan, trening tajribasiga ega bo’lgan
malakali mutaxassis bo’lishi maqsadga muvofiq u nafaqat ayrim shaxslar va
guruhlar psixologiyasini, balki milliy psixologiyani maxsus ravishda o’rgangan,
o’ta kuzatuvchan va bilimdon shaxs bo’lishi zarur.
O’zbekistonda mavjud bo’lgan psixologlar tayyorlovchi oliygoh ham o’z
dasturlari doirasida ana shunday nazariy hamda amaliy malakalarga ega bo’lgan
mutaxassislarni tayyorlashga alohida e'tiborni qaratmoqlari, psixologiya
oliygoh1ari va boshqa yo’nalishdagi o’quv yurtlarida ham ijtimoiy psixologik
trenerning o’sha ixtisoslikka aloqador mashqlarini o’quv dasturlariga kiritish
lozim. Faqat shundagina, biz sinfga kirib o’quvchilardan cho’chimaydigan, balki
ular faoliyatini ilmiy jihatdan to’g’ri tashkil
eta oladigan bilimdon
o’qituvchilarni, o’z jamoasidagi har bir a'zo bilan, boshliq yoki bo’ysunuvchi
xodim (tobe odamlar) bilan to’g’ri munosabatlar o’rnata oladigan ziyoli
shaxslarni ijtimoiy faoliyatning turli sohalariga oldindan qisman tayyorlagan
bo’lamiz. Shu narsani yana hisobga olish lozimki, IPTlar mehnat jamoalaridagi
ijtimoiy xodimlar - psixolog, sotsiolog va boshqalarning ham odatiy ishlaridan
biriga aylanishi, joylardagi mutaxassislarni psixologik korreksiya qilishda
treninglardan unumli foydalanish kerak. Ana shundagina, mamlakatimizda
demokratik jarayonlarga odamlarni va yaxlit guruhlarni tayyorlash ishi yanada
jadallashadi va sharqona demokratik tamoyillar
har bir shaxsning ongi
(shuuri)ga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: