Belgilangan mavqe - bu shaxs xizmati va xatti-harakatidan qat’iy nazar, jamiyat tomonidan belgilab qo’yiladi. Shaxsning etnik kelib chiqishi, tug’ilgan joyi, oilasi, zoti va boshqalar shular jumlasidandir. Erishilgan mavqe deganda, shaxsning o’z xatti-harakati, qobiliyati bilan erishgan mavqei tushuniladi. Masalan: yozuvchi, firma boshlig’i, direktor, professor va shu kabilar. Bulardan tashqari, yana shaxsning tabiiy va kasbiy lavozim mavqei ham o’rganiladi. Shaxsning tabiiy lavozimi erkak va ayoli, bolalik, o’smirlik, yoshlik, o’rta yosh, keksalik davrlarini bildirsa, kasbiy lavozim mavqei shaxsning ijtimoiy - iqtisodiy va ishlab chiqarish - texnik holatini (muhandis, temirchi, xaydovchi va boshqalar) bildiradi. Ijtimoiy mavqe shaxsning muayyan ijtimoiy tizimida egallagan konkret o’rnini ifodalaydi. Ijtimoiy rol esa shaxsning ijtimoiy tizimida egallagan mavqe bilan bajaradigan faoliyati majmuini ifodalaydi. Masalan, ma’muriy - buyruqbozlikka asoslangan. Bunday shaxs tipiga “yuqori” ko’r- ko’rona, so’zsiz bo’ysunish, dunyoqarashi tor, bir tomonlama, o’z mansabini saqlab qolish va yuqori mansablarga erishish yo’lida har qanday qabihlikdan qaytmaydigan, munofiqlik kabi xususiyatlarga ega bo’lganlar kiritiladi. Bunday kishilarning shaxs xususiyatlari ular bajaradigan vazifasiga o’z o’rnini boshatib beradi. Shaxs tipining bunday ko’rinishi hozirda ham jamiyat hayotini yangi sharoitda erkin rivojlanishiga to’sqinlik qilmoqda.
Shaxs faoliyati deganda, uning ichki va tashqi tendensiyalarining ijtimoiy hayotda namoyon bo’lishi xususiyatlariga aytiladi. Ijtimoiy faollik insonning shaxs sifatidagi darajasining asosiy ifodasi bo’lib uning yuksak qadriyatli ehtiyojlarini qondirishlari va sifat ko’rsatkichidir. Demak, ijtimoiy faollik shaxsning muhim sifatlaridan biridir.
Psixologiyada shaxsga turlicha ta’rif berilgan, bolib, ularning mazmun mohiyati umumiy tarzda komillikka yonalganligini guvohi bo’lamiz.
Shaxs – ijtimoiy va shaxslararo munosabatlarning mahsuli, ongli faoliatning sub’ekti bo’lmish individdir. Shaxsga talluqli bo’lgan eng muhim
tasnif ham uning jamiyatdagi murakkab ijtimoiy munosabatlarga bevosita aloqadorlik, ijtimoiy faoliyatga nisbatan ham ob’ekt, ham sub’ekt bo’lishlikdir.
Shaxs ijtimoiy xulqiga turli tashqi kuchlar ta’sir qiladi: siyosiy, mafkyraviy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy va boshqalar. Bu taassurotlar mohiyatan aslida jamiyat a’zolari bo’lmish shaxslar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarning ayrim alohida yo’nalishlarini belgilab beradi.
Shaxsga talluqli bo’lgan fazilatlardan eng muhimi shuki, u shu tashqi, ijtimoiy ta’sirlarni o’z ongi va idroki bilan qabul qilib, so’ngra shu ta’sirlarlarning sub’ekti sifatida faoliyat ko’rsatadi. Oddiy qilib aytganda, inson bolasi ilk yoshlikdanoq “mening hayotim”, “bizning dunyo” degan ijtimoiy muhitga tushadi. Bu muhit o’sha biz bilgan va har kuni his qiladigan siyosat, huquq, axloq olamidir. Bu muhit – kelishuvlar, tortishuvlar, hamkorliklar, an’analar, udumlar, turli xil tillar olami bo’lib, undagi ko’plab qoidalarga ko’pchilik mitloq qo’shiladi, ba’zilar qisman qo’shiladi. Bunday qoidalar va normalar olamiki, ularga bo’ysunmaslik jamiyat tomonidan qoralanadi, ta’qiqlanadi. Shulardan kelib chiqadigan xulosa shuki, shaxs jamiyatga nisbatan barcha tartib – qoidalarni qabul qiluvchi sub’ekt bo’lsa, jamiyat – ijtimoiy intizom ba tartibning, madaniyatning mufassal korinishidir.
Shaxs tushunchasi keng va ko’p qirralidir. Mehnat qila olish ko’nikmasining mavjudligi, insonlar bilan birgalikda faoliyat munosabatni amalga oshirayotgan kishi asta - sekin shaxsga aylanib boradi. Bevosita moddiy dunyoni, jamiyatni va xususan o’zini o’rganish va faol tarzda qayta o’zgartirish jarayonining sub'ektiga aylanmoqda. Shu o’rinda haqli bir savol tug’iladi, ya'ni shaxs, individ, individuallik tushunchasining o’zaro bog’liqlik jihatlari mavjudmi? Buning uchun mazkur tushunchalarning mazmunini tahlil qilish samarali hisoblanadi. Shuning uchun ham dastlab individ tushunchasining mazmuniga to’xtalish lozim. A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan "Umumiy psixologiya" darsligida "Individ" tushunchasida kishining nasl-nasabi ham mujassamlashgandir. Yangi tug’ilgan chaqaloqni, katta yoshdagi odamni ham, mutafakkirni ham, aqli zaifni ham, yovvoiylik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash lozim.
Individ tushunchasi professor E.G’ozievning "Umumiy psixologiya" darsligida tavsiflanishicha, individ lotincha ajralmas, alohida zot ma'nolarini anglatib, inson zotiga xoslik masalasini belgilab beradi. Shuningdek, katta yoshdagi ruhiy sog’lom odamlar ham, chaqaloq ham, nutqi yo’q oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan aqli zaiflar ham individlar deb ataladi.
Shaxs o’zining faoliyati tufayli tevarak-atrofdagi olam bilan faol munosabatda bo’ladi. Shaxsning faolligi deganda odamning atrofdagi tashqi muhitga ko’rsatadigan ta'siri tushuniladi. Tashqi muhit bilan faqat odamlar emas, hayvonlar ham o’zaro munosabatda bo’ladilar. Lekin hayvonlar tashqi muhitga moslashib yashaydilar, odamlar esa tashqi muhitga moslashibgina qolmasdan, uni o’zgartirishga ham qodirlar. Shaxsning faolligi uning turli qiziqishlarida, ehtiyojlarida namoyon bo’ladi. Z.Freyd shaxsning faolligini jinsiy mayllar bilan bog’lasa, shaxsning faolligini hozirgi zamon ilmiy psixologiyasi to’g’ri hal qilib beradi. Ya’ni inson shaxsiy faolligining asosiy manbai uning ehtiyojlar, deb tushuntiradi.
Psixologik nuqtai nazardan borliq to’g’risida mulohaza yuritilganda, tirik mavjudotlarning (oddiy tuzilishga ega bo’lganidan tortib, to murakkabigacha) tevarak-atrof bilan hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan turli xususiyatli bog’lanishlarni ta'minlab turuvchi faoliyati (qaysi darajasi, shakli ekanligidan qat'iy nazar) ularning barchasi uchun umumiy bo’lgan xususiyat hisoblanadi. Ularning faolligi tufayli murakkab tuzilishli faoliyat yuzaga kelib, (ongning mahsuli sifatida) turli-tuman mohiyatli har xil ko’rinishdagi ehtiyojlar (ularning toifalarga aloqadorligi kelib chiqishi jihatidan biologik, moddiy, ma'naviy va boshqalar)ni qondirish uchun xizmat qiladi. Xuddi shu boisdan faollik faoliyatning asosiy mexanizmlaridan biri bo’lib, tirik mavjudotlarning o’z imkoniyati darajasida tashqi olam ta'sirlariga javob qilish uquvchanligining tarkibi sanaladi. Shu o’rinda A.Maslouning ehtiyojlar ierarxiyasini keltirib o’tish zarur.
Sog’lom munosabat, sog’lom ruhiyat, yangicha fikrlash, yangicha tafakkur, o’qish, o’qitish, eskicha steriotip, qaror qabul qilish, aqllilik, farosat, xushyorlik, tahlil qilish.
Ma’lumki, bugungi tub islohotlar sharoitida yoshlar tarbiyasida o’zini o’zi boshqarish muammosi katta ahamiyatga ega. Uning samaradorligi shaxslararo sog’lom, samimiy munosabatlar mavjud bo’lishini taqozo etadi
Sharq mutafakkirlarining shaxs to’g’risidagi psixologik qarashlari mohiyat e’tiboriga ko’ra, g’arb psixologlarining ijtimoiy yondashuvlaridan farq qiladi. Qadimgi sharq kishisi uchun o’zlikni anglash, ma’naviy komillikka erishish, mustaqillik tushunchasi moddiy borliqdan voz kechish, tashqi dunyo tashvishlarini inkor etish, o’zlikda sokinlik topishga intilish harakatlaridan iboratdir.
Sharq kishisi uchun individualizm hamisha halokat, jamoada uyg’unlashuv esa sokinlik va bexavotirlik omili bo’lib kelgan. Jamoaviy xavfsizlikni
ta’minlash ehtiyoji Sharqda juda qadimgi davrlardayoq davlatchilik tizimlarini tarkib toptirdi.
Buyuk mutafakkir olim Abu Nasr Forobiyning qarashlarini o’rganishda shaxs xislatlari to’g’risidagi ijtimoiy fikrlari nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Forobiy o’zining ijtimoiy qarashlarida shaxsning tuzilishi, ruhiyati, moddiy va ma’naviy olamini o’rganishga katta e’tibor bergan.
Forobiy ta’limotida shaxs barcha boshqa jismlarda bo’lmagan qobiliyat va kuchga – ruhiy quvvatga – aql va so’zlash qobiliyatiga ega, bu kuch uni tabiatdagi boshqa jismlardan ajratib turadi va uning ustidan hokim bo’lish imkoniyatini berganligi namoyon bo’ladi.
Forobiy bu dunyoqarashida narsa hodisalarni bilish, inson aqlini bilim bilan boyitish uni ilmli, ma’rifatli qilish uchun xizmat qiluvchi ruhiy jarayonlarga alohida e’tibor beradi. U o’zining «Fozil odamlar shahri» asarida shaxsdagi insonlik mohiyati o’zlikni anglashdan boshlanishi, fozil inson voqea va hodisalarning mohiyatini idrok eta bilishini, mohiyatga intilish haqni tanish ekanligini, insonga berilgan ruh aqlni rivojlantirishga, unga quvvat bag’ishlashga mas’ul ilohiy kuch ekanligini, aql esa inson tomonidan narsalarni mohiyatan tanlab farqlashga ko’mak berishini asoslab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |