4.Shaxsni rivojlantirish treninglarining mijozlari. Bugungi glabollashuv davrida psixologlar tomonidan odamlar ruhiyatida asabiylik, agressivlik holatlari ko’payib borayotganligi haqida juda ko’p gapirmoqda. Aytish mumkinki, bunday asabiylashish holatlari turli darajadagi zo’riqishlar natijasida vujudga kelmoqda. Natijada odamlar o’rtasida turli nizoli vaziyatlarni ro’y berishi, o’zini
– o’zi nazorat qila olmaslik, irodasizlik, atrofdagilarga nisbatan ishonchining so’nishi, shaxslararo munosabatlardagi qiyinchiliklar, o’ziga to’gri ustanovkalarni bera olmaslik kabi holatlarning boshdan kechirayotganini guvohi bo’lamiz va insonlarning yashash mihitida, salomatlik bilan bog’liq jihatlarida ham muammolarga duch kelamiz.
Ayni damda asabiylashish holatlari kuzatilayotgan quyidagi kishilar guruhini alohida ta’kidlab o’tish joiz:
Bog’cha bolalari, maktab o’quvchilari, o’smirlar orasida turli-tuman muammolar asosida kuzatiladigan asabiylik holatlari.
Ish joylarida (rahbar va xodimlar, xodimlarning o’zaro muno- sabatlari orasida), oilaviy munosabatlarda, qarindoshlar, mahalla- ko’y bilan o’zaro munosabatlar, turli yosh davrlarda psixologik o’zgarishlar natijasida kuzatiladigan asabiylik holatlari.
Yuqorida sanab o’tilgan asabiylashishlardan kelib chiqadigan muammolar mavjud bo’lib, bu muammolarni yechish imkonini topa olmaslik natijasida psixologik maslahat va psixologik korreksiyaga muhtoj bo’lib qoladigan bir necha xil guruhlar vujudga kelmoqda, bular:
Muloqotchanlikning yetishmasligidan ruhiy tushkunlikka tushgan kishilar guruhi.
Oilaviy hayotga tayyor bo’lmagan yoshlar guruhi.
Moddiy yetishmovchilikdan qiynalgan kishilar guruhi.
O’z yaqinlaridan ajralgan kishilar guruhi.
Turli baxtsiz hodisalardan keyin qandaydir kasallik orttirib olgan kishilar guruhi.
Begona joyga ko’chib kelib yoki yangi o’qish va ish joyiga moslasha olmayotgan kishilar guruhi.
Rahbar yoki o’zidan katta kishilar tomonidan shaxsiyatga teguvchi so’zlar bilan haqorat qilingan kishilar guruhi.
8. Chekish, ichish, narkotik moddalarga qaram bo’lib qolgan kishilar guruhi.
Yuqorida sanab o’tilgan muammolarni hal qilishda psixologik trening mashg’ulotlarini o’z o’rnida tashkil etish amaliy yordam beradi. Agarda mashg’ulot samarali tashkil etilsa, guruhlar o’z xohishi bilan treningga keladi va trenerning ko’rsatmalariga amal qiladi. Lekin ba’zi guruhlar bo’ladiki bu guruh a’zolari treningga istamasdan, xohlamasdan keladi: Masalan, jinoyatchilar, bezorilar, o’g’rilar, narkotik bilan shug’ullanuvchilar. Lekin guruh a’zolarining istagidan qat’iy nazar treningni vazifasi ularning muammolarini hal etishga qaratilgan bo’ladi.
Shuni alohida qayd etish lozimki, trening jarayonida muammolarni yechish, bu boradagi bilim, ko’nikma va malakalarni hosil qilish ham trenerdan shaxs individual psixologiyasi bilan ishlashni taqozo etadi. Shuning uchun psixologiyada bunday treninglar psixologik treninglar deb ataladi. Trening- shaxsda mavjud bo’lgan yoki vujudga keladigan muammolarni hal qilish uchun zarur bo’lgan bilim, ko’nikma, malakalarni hosil qilish maqsadida bahs- munozara, o’yin va mashqlar orqali o’tkaziladigan mashg’ulotlar yig’indisidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |