Psixologik trening asoslari


O’smirlik krizisini korreksiyalash treninglari



Download 2,48 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/190
Sana14.07.2022
Hajmi2,48 Mb.
#799115
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   190
Bog'liq
fayl 776 20210505

2. O’smirlik krizisini korreksiyalash treninglari. 
O’smirlik davri 
qarama-qarshiliklarga boy davrdir. Uni ba’zi olimlar « krizislar » « tanazzullar » 
davri ham deb ataydilar. Sababi o’smir ruhiyatida shunday inqiroziy holatlar 
ro’y beradiki, u bu inqirozni bir tomondan o’zi hal qilgisi keladi, ikkinchi 
tomondan, o’zi hal qilishga imkoniyati, kuchi va aqli yetmaydi.
Psixologik jihatdan o’sishida uning ruhiyatida keskin burilishlar yuz 
beradi. Bu ko’rinishlarni biz ularning harakter xususiyatidagi « og’ish » liklarda 
ko’rishimiz mumkin va bu og’ishliklar ularning xatti-harakatlaridagi « portlash 
» va agressiyaga (tajovuzkorlikka) moyil bo’lgan affektiv qo’zg’aluvchanlikdir. 
Bu holat ko’pincha ijtimoiy adaptatsiyaning (moslashishning) buzilishini, 
jumladan qonunbuzarlikning sabablaridan biri bo’lib hisoblanadi. 


182 
 
Ma’lumki, affektiv qo’zgaluvchanlik ko’p jihatidan o’smirlik davriga 
to’g’ri keladi. Bu holat me’yorda ham kuzatiladi. Uning vujudga kelishi bu yosh 
fazasining vegetativ endokren sistemaning qayta qurilishi bo’lsa psixologik 
o’zgarish portlash va agressiyaga ( tajovuzkorlik ) moyil bo’lgan affektiv 
qo’zg’aluvchanlikdir. 
Bu 
holat 
ko’pincha 
ijtimoiy 
adaptatsiyaning 
(moslashishning) buzilishini, jumladan, qonunbuzarlikning sabablaridan biri 
bo’lib hisoblanadi. Ammo psixik sog’lom atrof muhitning qulay sharoitlarida 
tarbiyalanayotgan o’smirlarda affektiv qo’zgaluvchanlik adaptatsiyaning 
buzilishiga olib kelmaydi. 
O’smir shaxsi xarakteridagi og’ishlarning shakllanishi ularning tiplarini 
aniqlash, tibbiy - psixlogik va tibbiy - pedagogik ishlarni faol olib borish uchun 
zarurdir. 
Xulq - atvori og’ir o’smirlarning shaxsi shakllanishiga ko’pchilik hollarda 
oilaviy shart-sharoitlar, ota-onaning yoki qarindoshlarning ichkilikbozligi
ularning axloqqa zid xulk-atvorlari salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyasi og’ir 
o’smirlar uchun odatda o’qishga, umum e’tirof etgan qoidalarga nisbatan zid 
munosabat bo’lib, oxir-oqibatda bu uni sinfiga, maktabga, bilim yurti jamoasiga, 
qarama- qarshi qilib qo’yadi. Aksariyat hollarda tarbiyasi qiyin o’smirlar- ichki 
salbiy munosabatlar natijasida maktab jamoasida o’z o’rnini topa olmagan 
o’quvchilar bo’lib chiqadi. O’smirlik yoshida katta yoshdagilar, ota-onalar va 
o’qituvchilar bilan kelishmovchiliklar ro’yobga chiqadiki, bu faqat tabiiy o’sish 
jarayoni bilangina emas, balki, o’smirni katta yoshdagilar va tengdoshlararo 
munosabatlari o’zgarishi bilan izohlanadi . Tengdoshlar bilan doimiy muloqotga 
ehtiyojning kuchayishi, o’zligini tasdiqlashga intilish, tengdoshlarining o’zi 
haqidagi fikr mulohazalariga ta’sirchanlik o’smirlik davriga xos xususiyatlardir. 
 
Psixolog tadqiqotchilar tarbiyasi qiyin o’smirlarning vujudga kelishiga 
ijtimoiy muhitdan tashqari, pedagogik, psixologik sabablar ham borligini 
ko’rsatadi. Nazariy mulohazalar analizi, o’smirlarning xatti-harakatlari motivini 
sistemali o’rganish jarayoni tarbiyada me’yordan chetga og’ish sabablari, xilma-
xil ekanligini ko’rsatadi. 
Balog’at davrida o’qituvchilar, ota-onalar va jamoatchilik o’smirni 
nazoratsiz qoldirishi, bo’sh vaqtini to’g’ri uyushtirmasligi, o’qishga nisbatan 
salbiy munosabat, sinf jamoasi bilan aloqani yomonlashuvi, spirtli ichimlikka 
o’rganish, tajovuzkor, serzardalik tarbiyasi qiyin o’smirlarni keltirib chiqaruvchi 
muhim omillardan bo’lib hisoblanadi. 
Tarbiyasi qiyin o’smirlarni o’rganishda ijtimoiy muhitdan tashqari 
pedagogik-psixologik sabablar mavjudligini hisobga olish, qonunbuzarlikni 


183 
kelib chiqish sabablarini diagnostika yordamida aniqlash, tarbiyasi qiyin 
o’quvchilar shaxsini aniqlash ularning psixologik munosabatlarini inobatga 
olgan holda tipologiyasini tuzish tipologik xususiyatlarga binoan individual ish 
olib borish, qonunbuzarlikni oldini olib va tarbiyasi qiyin bolalarni qayta 
tarbiyalash metodlarini amalga tadbiq qilish, bu muammoni yechilishiga yordam 
beradi. 
Yuqorida ta’kidlangan nomaqbul oilaviy shart- sharoitlar bilan birga 
tarbiyasi qiyinlikni keltirib chiqaruvchi maktab, qarindosh- urug’, mahallalarni 
bolalar tarbiyasiga e’tiborsizligini ham kiritishimiz mumkin. Biroq yomon ota- 
onaning bolasi albatta yomon bo’ladi deb hisoblash xatodir. O’smir nomaqbul 
tashqi ta’sirlarni o’z istaganicha rang- barang tarzda idrok etadi va o’zlashtiradi. 
U salbiy ta’sirlarni qabul qilmasligi, rad etishi, ularga qarshi kurashishi ham 
mumkin. 
Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatadiki, o’smirlarga xos “krizis” ko’rinishlarini 
bartaraf qilish uchun maxsus psixokorreksion ishlar rejasini tuzib chiqish lozim. 
Bunda, o’smirlarda uchraydigan xulqning salbiy ko’rinishlarini xar biri bartaraf 
etuvchi korreksion metodlardan foydalaniladi. Jumladan, bugungi kunda 
psixologiyada keng foydalanib kelinayotgan va yaxshi samara berayotgan 
usullardan psixokorreksion trening mashg’ulotlaridir.
Psixokorreksion dastur asosida ishlash o’smirlarga xos “krizis” bilan 
ishlashning eng asosiy jihati bo’lishi kerak.
Psixokorreksion dastur asosida o’smirlar bilan ishlash, shunchaki 
diagnostik metodikalarni hamda psixokorreksion mashg’ulotlarni o’tkazishdan 
farqli ravishda professional yondoshuvdir.
Shu o’rinda oydinlik kiritib o’tish kerak, psixokorreksion dastur – bu 
korreksion-rivojlantiruvchi ishlarning mazmun-mohiyatini hamda ketma-
ketligini o’zida aks ettiruvchi normativ hujjatdir. psixokorreksion dasturlar bu 
amalga oshiriladigan korreksion yoki rivojlantiruvchi ishlarni rejalashtirishning 
o’ziga xos usuli ham bo’lib, unda maqsad va vazifalar, faoliyat qaratilgan ob’ekt 
aniq belgilanishi lozim.
Psixokorreksion dasturlarni tuzishda belgilangan mezonlar mavjud bo’lib 
ular umumiy samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Mezonlar: 
-
korreksion, rivojlantiruvchi, profilaktik vazifalarning tizimliligi mezoni. 
Bunda foydalaniladigan usullar bir-birini to’ldirishi hamda mantiqiy ketma-
ketlikka ega bo’lishi lozim; 
-
korreksiya va diagnostikaning uyg’unligi va umumiyligi, ya’ni 
diagnostika asosida, aniq shaxs sohasini belgilab uni korreksiya qilib borilishi


184 
-
kauzal 
tipdagi 
korreksion 
faoliyatning 
ustunligi, 
chunonchi 
muammoning o’zini, keltirib chiqarayotgan salbiy ta’sirlarini emas uning asl 
sabablarini ham bartaraf etish mezoni; 
-
aniq yo’llar, usullar, taktika va texnikalarni belgilab olish; 
-
yosh va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish; 
-
psixologik ta’sir metodlarining komleks xususiyatga ega ekanligi; 
-
yaqin ijtimoiy muhitni (muayyan bevosita aloqador insonlarni) 
korreksion faoliyatga jalb qilish; 
-
psixologik jarayonlarga ta’sir qilishga qaratilgan usullardan foydalanish; 
-
ta’lim-tarbiyani dasturlashtirish; 
-
murakkablashtirib borish, ya’ni beriladigan topshiriqlarda qo’yiladigan 
masalalarni qiyinlik darajasini o’sishini ta’minlash; 
-
bir darajadagi materiallar o’zlashtirilgachgina ikkinchi darajaga 
ko’tarilish. Beriladigan topshiriqlar salmog’ini hisobga olish; 
-
materialning emotsional jihatdan qiyinligini hisobga olish. 
Bugungi kunda psixokorreksion va psixologik rivojlantiruvchi faoliyatga 
nisbatan ko’plab yondoshuvlar va texnologiyalar mavjud. Jumladan: 
psixodinamik, kognitiv, axloqiy, gumanistik yondoshuvlarni aytib o’tish 
mumkin. psixokorreksion texnologiyalar qatoriga esa, o’yin terapiya, art-
terapiya, psixodramma, psixogimnastika, trening va suggestiv(mantiqiy) 
texnologiyalarni kiritamiz. 
Psixokorreksion dastur yaxlit kompleks sifatida A.A.Osipovaning fikriga 
ko’ra, o’ziga xos 4 ta maqsadli bloklarni o’z ichiga olishi lozim, ular: 
diagnostik, kontakt, korreksion, baholash bloklaridir. 
1.Diagnostik blok – shaxs rivajlanishidagi o’ziga xosliklarni diagnostika 
qilish, xatarli faktorlarni aniqlash, umumiy korreksion dasturni shakllantirish. 
2.Kontakt bloki – o’zaro ijobiy munosabatni va birgalikda ishlash ixtiyorini 
vujudga keltirish, mijozda bezovtalikni bartaraf qilish va o’ziga ishonchni 
oshirish, psixolog bilan o’zaro hamkorlik qilib o’zining hayotida nimanidir 
o’zgartirish istagini rivojlantirish. 
3.Korreksion blok – mijoz shaxs gormoniyasini (uyg’unlik holatini) yuzaga 
keltirish, salbiy fazalardan ijobiy fazalarga o’tish, o’zi bilan va atrofdagilar
borliq bilan o’zaro ijobiy ta’sirlashuv munosabalarini paydo qilish, muayyan 
(kerakli bo’lgan) psixologik faoliyat bilim-ko’nikmalarini egallash. 
4.Korreksion ta’sir effektivligini baholash bloki – o’zini ijobiy baholashni 
muvozanatlashtirish, psixologik mohiyatni va dinamika reaktsiyalarini 


185 
o’zgartirish, ijobiy xulq-atvor kechinmalari va reaktsiyalariga ta’sir qilish, 
umumiy ijobiy o’zgarishlar dinamikasini kuzatish.
Aytish joizki, har bir maqsadli blok ta’rifi amalga oshirilishi kerak bo’lgan 
chora-tadbirlarni ta’riflab o’zida jamlaydi. Bu chora-tadbirlar strukturasi 
o’tkazilgan mashg’ulotlarning foydali ta’siri yoki aks ta’siri bilan o’zgarib yoki 
rivojlatirilib borishi maqsadga muvofiq. 

Download 2,48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   190




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish