PSIXOLOGIK O’YINLAR
Quyida taqdim etilayotgan o'yinlar yordamida bolalardagi turli ko'rinishdagi muammolarni hal etishingiz mumkin.
Quyida taqdim etilayotgan o'yinlar yordamida bolalardagi turli ko'rinishdagi muammolarni hal etishingiz mumkin.
1. SALOMLASHISH
Maqsad: Bolalarda o’ziga hurmat hissini rivojlantirish.
Tarbiyachi bolalarni o’zining atrofida yig’adi. "Kelinglar hozir hamma bir-birini va meni ko’rib turadigan bo’lib yerga o’tiramiz (Bu yerda asosiy vazifa doira tuzish hisoblanadi) Bolalar doiraga o’tirishda tarbiyachi ularga shunday deydi: "hozir men hammani ko’rayotganligim va boshqalar ham meni va bir-birlaringizni ko’rayotganligiga ishonch hosil qilishimiz uchun bir-birlarimiz bilan ko’zimiz yordamida salomlashib chiqamiz. Birinchi bo’lib men hamma bilan salomlashib chiqaman. Men salomlashib bo’lganimdan so’ng yonimdagi qo’shnim hamma bilan salomlashadi."(Tarbiyachi boshini biroz egib bir bolani ko’ziga qarab salomlashadi. Salomlashib bo’lgandan so’ng yonida o’tirgan bolaning yelkasiga turtib, salomlashish taklif etadi).
2. KO’ZGU
Maqsad: Bolalarda o’ziga hurmat hissini rivojlantirish. Tarbiyachi atrofiga bolalarni yig’ib shunday deydi: "Hammangizning uyingizda ko’zgu bo’lsa kerak. Aks holda ko’rinishingiz qandayligi yoki yangi kiygan kiyimingiz yarashganligini bila olmaysiz-ku? Ko’zgu topilmagan payt nima qilish mumkin? Kelinglar bugun ko’zgu o’yinini o’ynaymiz. Bir-biringizga qarab juft bo’lib turinglar. (Tarbiyachi ularni juftliklarga ajratishga yordamlashadi). Endi qaysi biringiz ko’zgu, qaysi biringiz odam ekanligingizni kelishib olinglar. So’ngra o’rin almashasizlar. Odam odatda ko’zguga qarab bajariladigan harakatlarni, ya’ni yuvinish, soch tarash, raqs tushish, badantarbiya qilish kabilarni ifoda etadi. Ko’zgu rolini bajarayotgan bola esa bu harakatlarni aniqlik bilan takrorlashi kerak. Tayyormisizlar? Unda boshlaymiz." O’yin boshida tarbiyachi bolalarga o’rnak bo’lib bir bola bilan juft bo’lib turadi va uning harakatlarini takrorlaydi.
3. AKS SADO
Maqsad: Bolalarda o’zaro hurmat hissini rivojlantirish.
Bolalar aylana bo’lib o’tirishadi. Tarbiyachi: "Siz qachondir aks-sadoni eshitganmisiz? Bu ovoz bir necha marotaba takrorlanib, har takrorlanganda sekinlasha boradi. Hozir biz sizlar bilan aks-sado o’yinini o’ynaymiz. Men hozir qandaydir so’zni baland ovozda gapiraman. Yonimdagi bola esa uni sekinroq talaffuz etadi, uning yonidagi esa undan ham sekinroq. Shunday qilib, butun aylana bo’ylab davom etadi.
O’yin har bir bola o’zining so’zini baland ovozda aytmagunicha davom etadi.
4. BUZILGAN TELEFON
Maqsad: kichkintoylarning diqqat-e’tibori va xotirasini rivojlantirish.
Bolalar aylana bo’lib o’tirishadi. Tarbiyachi biror bir bolaning oldiga borib undan do’stining qulog’iga dam olish kunlari nima qilganligini sekin aytab berishni iltimos qiladi. Ishtirokchilar bir-birlariga shivirlab bu xabarni yetkazishlari kerak. O’yin oxirida esa birinchi ishtirokchi aytgan va oxirgi ishtirokchi eshitgan xabar ovoz chiqarib aytiladi.
5. HARAKATNI UZATIB YUBOR
Maqsad: kichkintoylarning diqqat- e’tibori va xotirasini rivojlantirish.
Bolalar aylana bo’lib turadilar va ko’zlarini yumadilar. Tarbiyachi ham ular yonida turib, qandaydir harakatni (masalan, soch tarashni, qo’l yuvishni, kapalak tutishni va boshqa) o’ylab topadi. So’ngra qo’shni bolani "uyg’otadi" va harakatni ko’rsatadi, u bola esa keyingi bolani "uyg’otadi" va harakatni ko’rsatadi. Shunday qilib aylana bo’ylab oxirgi ishtirokchiga qadar o’yin davom etadi. O’yin barcha ishtirokchilar o’zlari istagan harakatlarini ko’rsatgunlaricha davom etadi.
6. KAYFIYAT
Maqsad: bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish.
O’yin qoidasi bo’yicha boshlovchi kayfiyatni (qayg’u, quvnoqlik, xayratlanish, ajablanish va boshqalar) O’ylab topadi. Bolalar uni doira bo’yicha qaytarib o’tgunlaricha o’ynash mumkin.
So’ngra xohlovchilardan biri boshlovchi bo’ladi. Agar bolalardan kimdir boshlovchi bo’lishni xohlasa-yu, lekin qandaydir kayfiyatni o’zi o’ylab topa olmasa, tarbiyachi uning o’ziga sekingina qandaydir kayfiyatni aytib yuboradi.
7. SOYA
Maqsad: Bolalarda topqirlikni shakllantirish.
Tarbiyachi bolalarni yig’adi va ularga bir necha xafta oldin o’ynagan soya o’yinini eslatadi: "Esingizdami bizlar soya o’yinini o’ynaganmiz. Lekin unda hammamiz o’zimizning soyamiz bo’lgan edik. Endi bugun esa, boshqalarning soyasi bo’lishni o’rganamiz. Juft bo’lib bo’linamiz (tarbiyachi bolalarga juft bo’lib bo’linishga yordam beradi). Sizlardan biringiz odam, juftingiz esa soyangiz bo’lsin. Birozdan so’ng esa o’rningizni almashasizlar. Odam xona bo’ylab yura boshlaydi, xuddi o’rmonda yurganidek: malina, qo’ziqorin teradi, kapalaklarni tutadi soyasi esa, uning harakatlarini qaytaradi. Tarbiyachi bolalardan biriga qo’ziqorin terayotganligini tasvirlab berishni so’raydi, o’zi esa uning soyasidek uning xarakatlarini qaytarib beradi. So’ngra bolalarga mustaqil o’ynashlarini aytadi. Agar bolalarga o’yin yoqsa, keyingi safar boshqa vazifa berish mumkmn. Masalan: Yangi yil archasini bezatish, magazinga borib maxsulotlar olib kelish, uyg’onish, yuvinish va badan tarbiya qilish va x.k.
8. ShERIGINGNI TANLA
Maqsad: Bolalarda topqirlikni shakllantirish.
Bolalar doira bo’lib o’tirishadi. Tarbiyachi shunday deydi: "Hozir sizlar juftliklarga bo’linishingiz lozim. Har biringiz ovoz chiqarmay, boshqalarga sezdirmagan holda, o’zingizga sherik tanlashingiz lozim. Masalan, men Manzura bilan sherik bo’lishni xohlayman va shuning uchun unga sekingina qarab, boshqalarga bilintirmagan holda ko’zimni qisib qo’yaman. Ko’zingiz bilan tanlagan bola bilan kelishib olinglar. Hamma kelishib oldimi? Hozir esa kim kelishib olmaganligini aniqlaymiz. Uch deyishim bilan o’zingizni sherigingizni oldiga borib qo’l ushlashib turinglar." Agar birinchi galda o’yin amalga oshmasa, uni qaytarish lozim. Shu bilan birga tarbiyachi bolalar juftlari bilan almashib turishlarini nazorat qilib turishi lozim.
9. OYNA ORTIDAN SO’ZLASHISH
Maqsad: Bolalarda o’zaro hurmat hissini rivojlantirish.
Tarbiyachi bolalarga juftliklarga bo’linishga yordam beradi va so’ng shunday deydi: "Tasavvur qiling sizlardan biringiz magazin ichida, ikkinchingiz esa, ko’chada turibsiz. Biroq, nimani sotib olish kerakligini kelishib olishni unutgansiz, chiqish esa magazinning oxirida. Oyna ortidan kelishib olishga harakat qiling. Lekin, shuni esda tuting-ki oynaning qalinligidan baqirib gapirsangiz ham befoyda, u eshitmaydi. "Kelishib olganingizdan" so’ng bir-biringizni to’g’ri tushunganligingizni tekshirib ko’ring". Tarbiyachi bir bolani tanlab unga imo-ishora orqali nimani sotib olishi kerakligini tushuntiradi, so’ngra u tushunganligini so’rab biladi. Shundan so’ng bolalar o’yinni o’zlari mustaqil o’ynay boshlaydilar. Tarbiyachi o’yinni kuzatib turadi va qiynalgan juftliklarga yordam beradi. So’ngra bolalar rollari bilan almashishlari ham mumkin.
10. KIM AYTDI?
Maqsad: Bolalarda topqirlikni shakllantirish.
Guruhga teskari o’tiruvchi boshlovchi tanlanadi. So’ng tarbiyachi qo’li bilan ko’rsatgan bola shunday deydi: "Kim aytdi topmaydi deb, sen meni ovozimni taniyapsanmi?" Boshlovchi kimning ovozi ekanligini aytishi lozim. U qaysi bolani ovozini tanigan bo’lsa, keyingi gal o’sha bola boshlovchi bo’ladi. O’yin har bir bola boshlovchi bo’lguncha davom etadi.
11. KO’ZGULAR DO’KONI
Maqsad: bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish.
Tarbiyachi o’zining atrofida bolalarni yig’adi va shunday deydi: "Kelinglar, bizning o’rmonimizda ko’zgular do’konini ochilganligini tasavvur qilamiz. Mening o’ng tarafimda o’tirganlar ko’zgu bo’lishadi, chap tarafimdagilar esa, jonivorlar hisoblanishadi. So’ngra o’rin almashinamiz. Jonivorlar ko’zguning oldiga kelib sakrashadi, shox tashlashadi va o’zlariga ko’zguni tanlaydilar. Shu vaqtda esa, oynalar jonivorlar harakatini va yuzining imo-ishoralarini aniq aks ettirishlari lozim". Oyna hisoblangan bolalar tizilib turishadi, jonivorlar esa ularni yoniga kelib har xil qiliqlar qilishadi. Oynalar ularning harakati aniq qilib aks ettirishadi. Tarbiyachi o’yinni davom etishini kuzatib turadi va yordam beradi. Keyin bolalar joy almashadilar. (ko’zgu"lar-"hayvonchalar", "hayvon-chalar"-"ko’zgular" bo’lishadi).
12. MEN QAYERDA BO’LDIM?
Maqsad: bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish.
Bolalar doira bo’lib o’tiradilar. Tarbiyachi bolalardan birini tanlab, so’raydi: "Sen qayerda eding, nima qilding?- gapirmasdan ko’rsatib ber". So’ng u nima qilganini tasvirlab ko’rsatib beradi.qolgan bolalar esa uni nima qilganligini topishi lozim. Agar bola nimani tasvirlab berishni bilmasa, tarbiyachi unga yordam beradi (m-n, hayvonot bog’iga borganini, o’yin mashg’ulotini, kon'kida uchishni va h.k.). O’yin hamma xohlovchilar nima qilganliklarini ko’rsatib bermaguncha davom etadi.
13. URUG’DAN – DARAXTGA
Maqsad: Bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish.
Bolalar doira bo’lib turadilar. Tarbiyachi markazda turib bolalarga kichkina urug’ga o’xshab turishlarini aytadi. (cho’kka tushgan holda, boshlarini qo’l bilan yopib o’tiradilar). Tarbiyachi - bog’bon urug’larga suv quyib ularga mehr bilan qaraydi (boshlarini va tanasini silaydi). Iliq bahorning quyoshli kunida sekin-asta o’sa boshlaydilar. (bolalar - urug’ sekingina ko’tariladi.) Uning sekin-asta barglarini ocha boshlaydi (qo’llarini ko’tarishadi), tana o’sa boshlaydi. So’ngra g’uncha ochila boshlaydi (birlashtirib turgan qo’l barmoqlari ochiladi) va unib kelayotgan nihol chiroyli, baquvvat gulga aylanadi. Yoz fasli keladi gullar yaxshilanib, qo’shni gullarga kulib, salgina barmoqlarini uchi bilan ularga tegib qo’yadilar. Mana endi shamol esib kuz fasli kirib keladi. Gullar noma’qbul havodan har tarafga silkinib ketadilar. (qo’llarini, boshlarini, tanalarini har tarafga g’imirlatadilar). Shamol shu g’adar kuchli esadiki, gulning barglarini to’kib yuboradi (qo’llarini pastga tushiradilar), gul qiyshayib yerga yotib qoladi. U endi qayg’uga botgan. Shundan so’ng esa qishning qori yog’a boshlaydi. Gullar yana urug’ga aylanib qoladilar (yerga egilib o’tiradilar).qor urug’ni qoplaganligi uchun issiqina hotirjam uy?uga ketadi. Yaqinda yana bahor keladi va u yana jonlanadi. Bolalar yerga engashib o’tirganlaridan so’ng tarbiyachi har bir bolaning oldiga kelib boshini silab chiqadi.
O’yin shu tariqa davom etadi.
14. O’YINCHOQNI SO’RAB OL
(verbal varianti)
Maqsad: Bolalarni muloqotning samarali usullarini o’rganish.
Guruh juft-juft bo’lib bo’linadi. Juftlikning biri qo’liga biror o’yinchoqni oladi, ikkinchisi esa bu narsani so’rab olishi kerak.
Birinchi ishtirokchiga yo’riqnoma: Sening qo’lingdagi o’yinchoq juda kerakli, lekin u sening do’stingga ham kerak. U sendan bu o’yinchoqni berishingni so’rayman. O’yinchoqni o’zingda qoldirishga harakat qilgin, lekin uni juda bergin kelgandagina bergin.
Ikkinchi ishtirokchi uchun yo’riqnoma: Kerakli so’zlardan foydalanib, o’yinchoqni shunday so’ragin-ki, senga uni berishsin. So’ngra ishtirokchilar rollari bilan almashadilar.
15. O’YINCHOQNI SO’RAB OL
(noverbal varianti)
Maqsad: Bolalarni muloqotning samarali usullarini o’rganish.
Mashq yuqoridagi o’yin singari bajariladi, lekin muloqotning noverbal usulidan foydalaniladi. (mimimka, imo-ishora va x.k.)
O’yinning ikkala varianti o’tkazilgandan so’ng, bolalarga: "Senga o’yinchoqni qachon so’rab olish yenigilroq bo’ldi?", "qaysi so’zlarni eshitganingda uni bergin keldi?", "qanday so’zlardan foydalanding?" - degan savollarga javob berib, o’z taassurotlari bilan o’rtoqlashadilar.
Bu o’yin tengdoshlari bilan tez-tez nizoga boradigan bolalar uchun ayniqsa foydalidir.
16. QUYONCHALAR
Maqsad: Bolalarga turli xil mushak sezgilarini his qilish imkonini berish, shu sezgilarga diqqatini jalb qilish, farqlash va taqqoslashga o’rgatish.
Tarbiyachi bolalar o’zlarini cirkdagi baraban chaluvchi quyonchalar qilib, tasavvur qilishlarini so’raydi. Tarbiyachi jismoniy harakatlar xarakteri - kuchi, tempi, keskinligini ifodalab beradi va bolalar diqqatini mushak va emocional sezgilarni anglash va qiyoslashga yo’naltiradi. Masalan: tarbiyachi "quyonchalar" barabanni qanchalik kuchli chalayaptilar! Siz ularning qo’llari qanchalik taranglashganini his qilayapsizmi?qo’lchalar qanchalik mustahkam ekanligini his qilayapsizmi? Xuddi tayoqchalar singari shu qo’llaringiz, yelkalaringiz, mushtlaringiz mushaklari qanday taranglashganini his qilayapsizmi? Yuzingiz esa unday emas. Chehrangiz kulib turibdi, xotirjam. qorin mushaklari esa bo’shashgan holda nafas olmoqda. qo’l mushtim
17. MEN ... KO’RAYAPMAN
Maqsad: Kattalar va bolalar o’rtasida ishonchli munosabatlarni o’rnatish, kichkintoylaning diqqat va e’tiborini rivojlantirish.
Ishtirokchilar doira shaklida o’tirib, xonadagi predmetlar navbatma-navbat "men ... ko’rayapman" deb ataydilar. Biror predmetni ikki marta takrorlash mumkin emas.
18. YUMSHOQ QO’LCHALAR
Maqsad:qo’l mushaklaridagi taranglikni yo’qotish. Bolalarning agressiv holatdan chiqarishga yordam berish, idrokni rivojlantirish, kattalar va bolalar o’rtasida munosabatlarni mustahkamlash.
Tarbiyachi 6-7 ta xil mayda predmetlarni oladi: mex bo’lagi, kistochka, shisha flakon, munchoq, paxta va x.k. Ularning xammasini stolga qo’yadi. Bolalarga yengini tirsagigacha shimarish taklif etiladi; tarbiyachi ularning qo’lidan "jonivorlar" yurishadi va yumshoq qo’lchalari bilan tegib o’tishlarini aytadi. Ularning ko’zlari yumuq holda qaysi "jonivorlar" qo’llariga tegib o’tganini topishlari lozim. Predmetni tegib o’tish muloyim va silovchi bo’lishi kerak.
O’yin variantilari: "jonivorlar" kaftga, yuzlariga, tizzalariga tegib o’tishi mumkin. Bolalar bilan o’rin almashinishlari mumkin.
19. QARSAK
Maqsad: kichkintoylarning diqqat- e’tibori va xotirasini rivojlantirish.
Bolalar juftliklarga bo’linib, kaftlarini yuqoriga qaratib, bir-birlariga qarama-qarshi turadilar. O’ng qo’l bilan "raqib"ining chap qo’liga "qarsak" urish va shu bilan birga o’zining chap qo’lini "qarsakdan" asrash lozim bo’ladi.
Sardor o’yinni murakkablashtirish maqsadida "Almashtiring!" buyrug’ini berishi mumkin. Bu taqdirda chap qo’l bilan raqibning o’ng qo’liga "qarsak" urish va shu bilan birga o’zining o’ng qo’lini "qarsak"dan asrash lozim bo’ladi.
Har bir ishtirokchi "raqib"ining qo’liga necha marotaba "qarsak" urganligini hisoblab boradi.
20. SALOM, MEN MUSHUKCHAMAN!
Maqsad: bolalarni o’zini o’zi xurmat qilishga o’rgatish.
Boshlovchi qo’lida mushukli yumshoq o’yinchoqni (agar uni qo’lga kiygaziladigan bo’lsa, undan ham yaxshi) ushlab turadi. U bolalarga navbat bilan mushukcha bilan salomlashishlarini aytadi. Har bir bola u bilan o’zini tanishtirib, qo’l berib ko’rishadi. Masalan: "Salom mushukcha, men Malikaman".
21. ERKALAYOTGAN MUSHUKCHA
Maqsad: bolalarni o’zini o’zi xurmat qilishga o’rgatish.
Boshlovchi bundan oldingi mashqqa o’xshab, qo’lida yumshoq o’yinchoqni, Ya’ni mushukchani ushlab turadi. Yumshoq o’yinchoq esa har bir bolani qo’li bilan boshini silab shunday deydi: "Malikaxon aqlli qiz, Sardor yaxshi bola va h.k."
So’ngra bolalar mushukchani qo’llariga olib bir-birlarini navbatma-navbat erkalashadi. Boshlovchi ularga kerakli bo’lgan iboralarni aytishlariga yordam berib turadi.
22. BIR, IKKI, UCH, QUYONCHAXON QOTIB QOL!
Maqsad: bolalarda tez qaror qabul qilishni rivojlantirishga yordam berish.
Bolalar xona bo’ylab yuradilar. Boshlovchi ularga shunday deydi: "Hozir men sizlarga biror bir xayvonni nomini aytishim bilan sizlar unga taqlid qilasizlar. "1, 2, 3, joyingda qot!" buyrug’ini berishim bilan sizlar harakatlanishdan to’xtab qolasizlar. Masalan: "quyonchalar joyingda qot!". Boshlovchining buyrug’i bo’yicha bolalar quyoncha holatida qotib qoladilar. Kichik guruhdagi bolalar uchun boshlovchi holatlarni ko’rsatib beradi, kattalari esa o’zlari mustaqil o’ylab topadilar. So’ngra boshlovchi bolalardan qandaydir katta xayvonga, ya’ni bo’ri, ayiqqa taqlid qilishga qo’rqmaydilarmi shuni bilgandan so’ng "1, 2, 3! Ayiq (bo’ri) joyingda qot!"- deb buyruq beradi.
23. PLASTILINGA AYLAN
Maqsad: bolalarni topqirligini oshirishga yordam berish.
Boshlovchi guruhdan bir bolani tanlab oladi va undan har xil shakl yasash mumkin bo’lgan plastilin deb tasavvur qilishni aytadi. Biroq, unga biror bir shaklni berish uchun uni yaxshilab yumshatib olish kerak. Boshlovchi plastilinni yumshatadi va shundan so’ng unga qandaydir hayvonni shaklini beradi.qolgan bolalar esa plastilinga qaysi hayvonni shakli berilganligini topishlari kerak bo’ladi.
24. CHAQIRGAN KIM!
Maqsad: bolalarni o’zini o’zi xurmat qilishga o’rgatish.
Guruhdan bir bola guruhga teskari o’girilib turadi - u o’rmonda adashib qolgan.qolgan bolalar esa navbati bilan unga "Ey!" deb chaqiradilar. "Yo’qolib qolgan bola uni kim chaqirganligini va kim u haqda qayg’urayotganligini topishi kerak bo’ladi
25. HISSIYOTLARINGNI TILCHANG BILAN IFODALA
Maqsad: bolalarda topqirlikni shakllantirish;
Emocional holatlarni ifodalashni rivojlantirish.
Boshlovchi bolalardan tilchalarini chiqarishni va u orqali barchaga xursandchiligi, g’azablanishi, qo’rqishini ifodalab ko’rsatishlarini so’raydi.
26. UYCHADA KIM YASHAYDI.
Maqsad: bolalarni o’zini o’zi xurmat qilishga o’rgatish.
Bolalar qo’llarini boshlari yuqorisida uchburchak shaklida tom qilib, uychaga o’xshab turadilar. Boshlovchi har bir uychaning oldiga kelib, "taqqillatadi" va shunday deydi: "Kim bu uychada yashaydi?" Uychadagi bola o’zining ismini aytadi. So’ngra boshlovchi har bir boladan: "Eng yaxshi ko’rgan narsang nima?", "Eng katta yutug’ing nima" va h.k. kabilarni so’raydi.
Bolalar esa berilgan savollarga javob beradilar.
27. HISSIYOTINGNI QO’LLARING ORQALI IFODALA
Maqsad: bolalarda topqirlikni shakllantirish;
Emocional holatlarni ifodalashni rivojlantirish.
Boshlovchi bolalardan qo’llari hissiyotlarni
(xursandchilikni, qo’rquvni, g’azabni va h.k.larni) ifodalay ola boshlaganini tasavvur qilishlarini so’raydi. So’ngra boshlovchi bolalarga ifodalab berishlari kerak bo’lgan hissiyotlarni aytadi va harakatlar namunasini ko’rsatib beradi. quvonch hissini qo’llarini stolda sakratib, g’azab hissini barmoqlar bir-birini turtayotganligi va qo’rquvni barmoqlarini qaltiratib va musht tugib ifodalaydi.
28. MEHMONLAR SOVG’ASI
Maqsad: Bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish.
Boshlovchi erga 3-4 ta katta o’yinchoqlarni qo’yadi. Bir bolaning ko’zi bog’lanadi. U mehmonlar unga qanday o’yinchoq sovg’a qilishganligini qo’li bilan paypaslab topishi kerak bo’ladi. Kichik yoshdagi bolalarga topishlari lozim bo’lgan o’yinchoqni o’yindan avval ko’rsatish kerak bo’ladi. Kattaroq yoshdagi bolalar esa o’zlariga notanish o’yinchoqlarni topishlari lozim.
29. O’YINCHOQLAR DO’KONI
Maqsad: bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish.
Boshlovchi guruhdan bir necha bolani tanlab oladi va ularni o’yinchoqlarga "aylantiradi": mashina, qo’g’irchoq, koptok, aravacha va h.k. (Shu bilan birga boshlovchi har bir bolaga sekingina qaysi o’yinchoq ekanligini aytib o’tadi.) O’yinchoqlarga "aylangan" bolalar ularni tasvirlab berishadi, qolgan bolalar esa qaysi o’yinchoq ekanligini topishlari kerak bo’ladi. Ilg’or guruh bolalaridan esa o’yinchoqlarni emas, balki ular bilan bog’liq qandaydir harakatlarni tasvirlab berishlarini so’rash mumkin. Masalan: qo’g’irchoqni erkalash, mashinani yurgazish va h.k.
30. SICHQONCHA – BARMOQLAR
Maqsad: bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish.
Bolalar barmoqlari yordamida sichqoncha bo’lib stolda, tizzalarida, so’ngra esa - sheriklarining tizzasida "yugurib yuradilar".
31. ORTIMDAN TAKRORLA
Maqsad: bolalarni o’zini namoyon qilishga o’rgatish.
Bolalarga boshlovchining ortidan barmoqlarini, yonoqlarini, qo’llarini, oyoqlarini ko’rsatish va silash kabi harakatlarni takrorlash aytiladi.
32. BIZ ZOBITLAR
Maqsad: bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish.
Boshlovchi bolalarga Vatanilarini himoya qilayotgan zobitga aylanganliklarini tasavvur qilishlarini va komandirlarining buyruqlarini aniq bajarishlari lozimligini aytadi. "Otlarga!" - buyruqini eshitishlari bilan ular oyoqlarini dupirlatishlari, "Razvedkaga!" - buyrug’i bilan "tss"deb pichirlashlari, "Jangga!" - buyrug’i bilan - "Olg’a!" deb qichqirishlari, "Pulemetlarga!" - buyrug’ini eshitgan zahoti esa - chapak chalishlari kerak bo’ladi.
33. DARCHADAN KIM KO’RINAYAPTI
Maqsad: Bolalarda o’zaro hurmatni rivojlantirish.
Katta qog’ozda 1 sm diametrdagi teshikcha ochiladi. Bolalar navbati bilan darcha orqali ko’rgan bolalarining ismini aytadilar.
34. ISMING SHIVIRLAGAN SHABBODA
Maqsad: Bolalarda o’zaro hurmatni rivojlantirish.
Boshlovchi bolalarga ular bilan shabboda do’stlashmoqchi ekanligini aytadi. U biror bolaning ismini ataydi. Bolalar birgalikda shu bolaning ismini shabboda qanday chaqirishi mumkinligi kabi sekingina: "Ni-go-ra-a, shivir-shivir-shivir" - deb ataydilar. So’ngra bolalar ularni yomg’ir yoki yo’ldagi toshlar qanday chag’irishi mumkinligini o’ylab topadilar.
35. IJRO MASHQI
Maqsad: Bolalarning ijro repertuarlarini va ijro malakalarini kengaytirish; Bolalarning topqirligini oshirish;
/azab hissini namoyon qilishni yengillashtirish.
1-variant. Bolalar ertak va fil'mdagi har xil qo’rqinchli qahramonlarni (bo’ri, Godzilla, ajdarho) tasvirlab berishni o’rganishadi. Birinchi marotaba bolalarga ularni mustaqil ifodalab berish qiyinchilik tug’diradi, shuning uchun ularga yengillik yaratish maqsadida, ularni rasm orqali ko’rsatib, bolalardan ularni ifodalab berishni so’raladi. Ularni harakatlar, ovoz, tana va h.k.lar yordamida ifodalash mumkin bo’ladi. Bir-ikki mashqdan so’ng bolalar qahramonlarni mustaqil ravishda o’ylab topadilar va tasvirlaydilar.qolgan bolalar esa tasvirlanayotgan qahramonni topishga harakat qiladilar. Shu bilan birgalikda tarbiyachi bolalardan tasvirlayotgan qahramonlari nomidan g’azabni namoyon etishlarini, ya’ni ovoz chiqarib, "Hozir men sizni yeyman!" kabilarni aytishlari kerakligini tushuntiradi.
2-variant. Bolalar navbati bilan turli xayvonlarni qarama-qarshi xususiyatlar orqali tasvirlab berishlari kerak. Masalan, katta va qo’rqoq qilib (qo’rqoq burgut, quyonyurak sher) yoki kichik va botir qilib (dovyurak sichqoncha, qo’rqmas chumchuq).
36. AJOYIB QO’G’IRCHOQ
Maqsad: bolalarda "MEN"ning ijobiy obrazini rivojlantirish.
Bu o’yinda tarbiyachi boladan ajoyib qo’g’irchoqni "yasaydi" Buning uchun bola matrasga yotadi (yoki tarbiyachining stoliga) va xamirga aylanadi. Birinchi bo’lib tarbiyachi "xamirni aralashtirib" - bolaning tanasini silaydi, so’ngra u xamirga har xil (bolaning xohishiga ko’ra) xarakteristika va sifatlarni qo’shadi, ya’ni chiroy, aql, yaxshi do’stlar va h.k. Shundan so’ng u "qo’g’irchoqlar"ni yasashga kirishadi: boshini, tanasini, oyoqlarini, qo’llarini yasaydi. Buni u quyidagicha amalga oshiradi: "qo’llari qanday chiroyli chiqdi, boshi undan ham zo’r!" "qo’g’irchoq" tayyor bo’lganda, tarbiyachi unga jon bag’ishlash maqsadida shunday deydi: "qo’g’irchoq jonlan!" So’ngra tarbiyachi bolaga ko’zgu oldiga kelib qanday ajoyib qo’g’irchoq tayyor bo’lganini ko’rishni taklif etadi.
Bu mashg’ulotni guruhda o’tkazish ham mumkin. Bunday holatlarda "qo’g’irchoqni yasashda" faqatgina tarbiyachi emas, balki boshqa bolalar ishtirok etishi lozim bo’ladi.
37. MEN JUDAYAM ZO’RMAN
Maqsad: Bolalarda o’zini-o’zi baholashni ko’tarishga yordam berish.
Boshlovchi bolalarga ketidan bir necha so’zni takrorlashlarini aytadi. Har safar boshlovchi so’zlarni turli xil ohangda, ya’ni pichirlab, qattiq, judayam baland ovozda aytadi. Shu tariqa hamma bolalar birinchi bo’lib "MEN" so’zini, so’ngra "judayam", keyin "zo’rman" deb aytadilar.
38. AYIQCHAGA EZGU SO’ZLARNI AYT.
Maqsad: Bolalarda o’zini-o’zi baholashni ko’tarishga yordam berish.
Bolalar koptokni bir-birlariga uzatib, odamlarda qanday yaxshi xususiyatlar bo’lishini esga olishadi. So’ngra boshlovchi o’yinga o’yinchoq Ayiqchani "taklif etadi". Bolalar unga quyidagicha ezgu so’zlarni aytishadi: "Sen - ... (yaxshisan, quvnoqsan, tirishqoqsan)". So’ngra navbati bilan har bir bola "ayiqchaga aylanishadi" (o’yinchoqni qo’lda ushlab turadi), holgan bolalar esa ayiqcha rolidagi bolaga ezgu so’zlarni aytishadi.
39. QULOQSIZ YOSTIQCHALAR
Maqsad: bolalarni o’zlarini namoyon qilishga o’rgatish.
Boshlovchi bolalarga xonada quloqsiz yostiqchalar paydo bo’lib qolganligini aytadi. Ularni bir-biringizga uloqtirganingizda ular quyidagi so’zlarni aytadi; masalan: "Men o’qishni xohlamayman... yemayman" h.k. So’ngra boshlovchi bolalarga shunday yostiqchalar o’yinini o’ynaymiz. o’yin quyidagicha o’tkaziladi: katta odam hamda bola juftligi o’ynaydi, qolganlar esa kuzatib turadilar. Navbat bilan har bir bola o’yinda ishtirok etadi. Eng muhimi shundaki, "quloqsiz" so’zlar faqatgina bola tomonidan emas, katta odam tomonidan ham aytilishi lozim.
40. MAYMUNCHALAR
Maqsad: Bolalarda topqirlikni shakllantirish;
Boshlovchi bolalarga maymunchalar kabi bir-birlariga taqlid va mazax qilishlarini taklif qiladi. hamma maymunchalarga "aylanishadi". Birinchi bo’lib boshlovchi, so’ngra bolalar navbati bilan sardor etib tayinlanadilar va biror bir maymunlarga xos harakatni ko’rsatadilar, qolgan bolalar esa uning harakatlarini takrorlashadi. Boshlovchi avval maymunlarga xos harakatni yuz ifodasi orqali, so’ngra ovozi va gavda harakatlari orqali tasvirlab beradi.
41. MIMIK MASHQ
Maqsad: Bolalarda topqirlikni shakllantirish.
Bu o’yinda bolalar navbati bilan quyidagi hissiyotlarni: qo’rquv, g’azab, jahl, xafalik, mehr kabilarni tasvirlab berishadi. Bu hissiyotlarni ular xuddi ko’zguga qarayotgandek tasvirlab berishlari kerak bo’ladi. Guruhdagi qolgan bolalar esa "ko’zgu" rolini bajarishadi. "Ko’zgu" rolidagi bolalar ifodalanayotgan hissiyotlarni aks ettiradilar.
42. YOMON ODATLAR MAKTABI
Maqsad: Bolaning xaqiqiy hislarini namoyon qilishga yordam berish.
Bolalarga notanish vaziyatni boshidan kechirish imkoniyatini berib, tajribasini orttirishga yordam berish.
Boshlovchi bolalarga "yomon odatlar maktabi" O’yinini o’ynashni taklif etadi. Bu maktab - o’ziga xos bo’lib, unda yomon odatlarga o’rgatishadi va bu uchun ijobiy baho ham qo’yishadi. Bu maktabda hamma o’qituvchi va o’quvchilar - jonivorlardir. Har bir bola shu maktabning a’zosiga aylanib, maktabda kimligi va qaysi jonivor ekanligini hal qiladi. Shu rolda u guruhga o’zini tanishtiradi va qandaydir harakatlarni amalga oshiradi. ( qandaydir so’zlar aytadi va o’ziga xos harakatlanadi) Shuni esda saqlash lozimki, bolalar aynan yomon qulqni namoyish qilishlari kerak. Masalan, maktab direktori shunday deyishi mumkin: "kelinglar kimgadir musht tushiramiz".
43. MAQTANCHOQLAR TANLOVI
Maqsad: Bolaga o’zlarining ijobiy sifatlarini anglashga yordam berish.
Tarbiyachi bolalarga maqtanish bo’yicha musobaqalashishni taklif etadi. Ular navbat bilan o’zlarining ijobiy sifatlarini maqtanishadi. Masalan, ulardan biri shunday deydi: "Men - chiroyliman", boshqasi: "Men esa botirman", keyingisi: "Men ezgulik tilovchiman" va h.k. Tarbiyachi ularni qo’llab-quvvatlab turadi. o’yin jarayonida o’zi haqida ko’proq ijobiy so’zlarni aytish lozim bo’ladi.
44. MEN BAJARA OLAMAN!
Maqsad: bolalarda o’ziga hurmat hissini rivojlantirish.
Bolalar o’zlari bajara oladigan narsalar haqida aytib koptokni bir-biriga uloqtirishadi. Masalan: "Men yaxshi suza olaman!", "Men zo’r rasm chizaman!", h.k.
45. INTERV'YU
Maqsad: Bolalarda o’ziga baho berishni shakllantirish.
Sardor etib tayinlangan bola katta odam rolini o’ynaydi. U stulga turadi, boshlovchi esa unga kattalarga xos holatni va shunga mos yuz tuzilishini egallashga yordam beradi. So’ngra boshlovchi biror bir jurnal yoki gazeta muhbiri sifatida boladan oilasi, farzandlari, ish joyi va xizmati haqida interv'yu oladi.
46. "MENING KELAJAGIM" RASMI
Maqsad: Bolalarda o’ziga baho berishni shakllantirish.
Bolalarga o’zlarining kelajaklarini qanday tasavvur qilishlari haqida rasm chizib berishlari tavsiya etiladi. Bolalar rasm chizib bo’lganlaridan so’ng, birgalikda bunday yorug’ kelajakka qanday erishganliklari haqida muhokama qilinadi. Bunday natijalarga erishish uchun qanday yo’llarni bosib o’tganliklari so’raladi?
47. MEN NIMANI YAXSHI KO’RAMAN?
Maqsad: Bolalarda o’ziga baho berishni shakllantirish va guruhda ishonchli muhitni yaratish.
Bolalar bir-birlariga koptokni irg’itib shunday deydilar: "Men ... qilishni yaxshi ko’raman".
48. QANOTLAR
Maqsad: Bolalarni o’zini namoyon qilishga yordam berish.
Bolalar ko’zlarini yumadilar va qo’llarini qanotlardek qoqadilar. Boshlovchi bolalardan qanotlari borligini va ucha olishlari mumkinligini tasavvur qilishlarini so’raydi. Ular kim bilan va qayerga uchadilar? Nimalarni ko’radilar? Bolalar ko’zlari yumuq holda tasavvur qilishadi, so’ngra ko’zlarini ochib guruhga o’zlarining fantaziyalarini so’zlab beradilar.
49. TURLI OVOZLAR
Maqsad: bolalarga o’zlarini namoyon qilishga yordam berish.
Boshlovchi o’yin oldidan mushuk, kabutar, kuchukcha va h.k.larning rasmi tushirilgan kartochkalar tayyorlaydi. Bolalar kartochkalardan birini tanlaydi va unda tasvirlangan jonivorning tovushiga taqlid qiladilar. Avval tovushni neytral ohangda, so’ngra u tovushni qandaydir hissiyot bilan (g’azab, quvonch, mayinlik bilan) ifodalab beradilar.qolgan ishtirokchilar esa har bir bola qanday hissiyotni ifodalab berayotganligini topishlari kerak.
50. HISSIYOTINGNI KO’ZING BILAN IFODALA
Maqsad: bolalarni o’zlarini namoyon qilishga yordam berish.
Tarbiyachi va bola navbatma-navbat qandaydir hissiyotni o’ylab topib, ko’zlari orqali ifodalashga harakat qilishadi. Boshqa bolalar esa u yoki bu bola qanday hissiyotni ifodalayotganligini topishlari kerak. Bu mashqda ko’zdan boshqa yuz qismlarini yashirish kerak bo’ladi, masalan, ko’zlari ochiq maska yasash mumkin.
jtimoiy psixologik treningni tashkil etish
Reja:
1. Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etuvchilarni tayyorlash muammosi.
2. Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishning xududiy va milliy jihatlarin hisobga olish
3. Ijtimoiy psixologik treninglar uchun senariylar va munozaralar uchun ayrim mavzular.
Ijtimoiy psixologik trening insonlar o’rtasidagi sog’lom munosabatlarning bo’lishiga erihishni maqsad qilib qo’yar ekan, uni o’tkazuvchi, uyushtiruvchi shaxs va uning o’z ishini mukammal bilishi faoliyat samarasini ta'minlovchi asosiy omillardan biridir. Trening o’tkazuvchiga qo’yiladigan asosiy shartlardan va talab-lardan biri sho’qi, u muloqot jarayonining barcha qirralarini professional darajada mukammal egallagan bo’lishi kerak U ham bo’lsa - nazariy bilimlarni bevosita amaliyotda, trening jarayonida qo’llay olishidir. Ularni odatda trenerlar, instruktorlar, boshlovchilar, deb atashadi. Demak treninglar uyushtiruvchi muassasa yoki tashkilotda eng avvalo e'tibor berilishi zarur bo’lgan narsa ham sho’qi, u erda ijtimoiy psixologik treningni olib boruvchilarni o’qitish, tayyorlash, ulardan mutaxassis etishtirishdir.
. Qatnashchilarning yoshi, jinsi, kasbiy malakalari, madaniyati darajasi va extiyojlariga mos ravishda dastur va stsenariylarga o’z vatstida tuzatishlar kiritish qobiliyatiga ega bo’lishi, mashg’ulotlar shakli, vaqti, joyini ham yo’qoridagi omillarga moe ravishda tanlashi ularning samaradorligiga bevosita ta'sir ko’rsatadi. Imkoniyat boricha, tinglovchilarni mashg’ulotlar boshlanishidan avval mavzu buyicha yozma matnlar bilan ta'minlashi va ma'ro’zalarni iloji boricha, o’zi o’qib, amaliy mashg’ulotlarga ham begonalarni jalb qilmagani ma'kul. Chunki bu erda "nimaga urgatish" va "qanday urgatish" degan savollarga javobgar shaxs bir kishi bo’lsa, harakatlarda uygunlik bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy psixologik treningda boshlovchi roliga duch kelgan shaxslarni jalb etib bo’lmaydi. Chunki mashg’ulotlarni o’tkazuvchi maxsus tanlovlarda ishtirok etgan bo’lishi va unda uning kommunikativ maxrrati, o’z-o’zini nazorat qila olish qobiliyati, bosikligi, xissiyotlarning mukobilligi, ularga ma'lum ma'noda turgunlik xos bo’lishi shart. Tanlovni umuman xolis ekspertlar o’tkazib, trenerlarni tayyorlash kurslari ham nisbatan o’zok muddatga muljallangan mashg’ulotlar tizimidan iborat bo’ladi.Ishda samarali muloqotga erihish uchun quyidagi omillar xisobga olinishi maqsadga muvofik
Shunday qilib, ijtimoiy psixologik treningning samaradorligi bir tomondan, ishtirokchilarning faol «atnahishlari va o’zlarini erkin xis qilishlariga boglik bo’lsa, ikkinchi tomondan, bu narsa, boshlovchi -trener shaxsining xususiyatlariga bevosita boglikdir. Huning uchun ham trener yosh bo’lsa va unda ijtimoiy psixologik trening o’tkazish tajribasi etishmasa, u o’ziga xos va moe auditoriyami topib ishlashi, birdaniga kattalar guruxida, noma'lum kishilar bilan ishlashdan o’zining tiyishi kerak Chunki agar u o’z amaliy faoliyati boshidayok maglubiyatga uchrasa, keyinchalik u xech qachon trening mashg’ulotlari o’tkaza olmasligi mumkin. Bu unda shaxsiy tushkunlikni keltirib chiqarib, o’zi yordamga muxtoj bo’lib soladi. Boshlovchi ham o’z faoliyatining amalga oshirishida yo’qoryda ta'kidlanganidek IPTning turli shakllaridan o’ziga ma'kulrok turidan boshlashi mumkin
Ijtimoiy psixologik treningni tashkil etishning xududiy va milliy jixatlarini xisobga olish deganda nimalarni tushunamiz?
Birinchidan, har bir treningning maqsadiga oydinlik kiritilayotganda, uning qaysi toifali kishilarga mul-jallanganligiga qarab taxlil qilish. Masalan, ayrim psixodramatik o’yinlarda kapalar va kichiklar, erkaqlar va ayollar, xattoki, turli kasb egalari va nasab vaqillari aralash ishtirok etilavergan. Lekin bizning haroitimizda agar kapa yoshlilar bilan yoshlarni, man-sabdorlar bilan oddiy fukarolarni, erkaqlar bilan ayollarni kushib trening o’tkazish rejalashtirilsa, u o’zining yaxshi samarasini bermasligi mumkin. Bizning tajribalardan shu narsa ayon bo’ldiki, treningni boshlashdagi kirish kismida ishtirokchilar o’rtasidagi psixoemotsional tanglikning oldini olish uchun erkin muloqot yoki xushomadlar qilish mashqlari ham aralash jinsli auditoriyalarda juda qiyinchilik bilan kechdi. Eki boshlik bilan xodim birga bo’lgan xollarda, tashabbus negadir doimo boshliq qo’lida qolaveradi. Odatda rollar almashinuvi mavjud bo’lib, ular sun'iy ravishda o’zgartirilganda ham, ular xulqida tortinchoqlik ko'nglidagi bor gaplarni ayta olmasLiklarni uchratish mumkin. Shuning uchun qisqa vaqt orapigida o’tkazilgan treninglarda gurux a'zolarini o’ziga moe toifalarga kuhish jonlirok muloqotlarga sabab bo’ldi.
Ikkinchidan, treningda ishtirokchilarning yashash shart-sharoitlari, yashash xududi ham xisobga olinishi zarur. Masalan, shahar va qishloq ishchilar shaharchasi vaqili bilan dexkonlar o’rtasidagi muloqotlardan tez samara olish ham oson emas. Xattoki, bunday toifali insonlar "tiliga" xos jixatlar ham mavjudki, ular muloqot paytida qiyinchiliklar va ruxiy anglashilmovchiliklarni keltirib chiqardi. Uchinchidan, o’yin usullarini T-guruxlarda qo’llashda ham kutilgan natijaga erihish uchun milliy kadriyatlar, milliy ta'b va did xisobga olinishi kerak Kattalar guruxida o’yinni tashkil etish uchun gurux ishtirokchilarini ko’prok psixoemotsional ko’nikishlariga imkon yaratish, bir-birlarini yanada yaxshi tanib olishlariga haroitlar yaratish zarur. Chunki bizning xalkimizda begonalar oldida o’z xissiyotlarini yashirish, tortinchoklik istixola qilish sifatlari borki, shu sababli odam sun'iy o’yin haroitiga kunikish uchun ma'lum vaqt talab qilinadi
. Ijtimoiy psixologik treninglar uchun stsenariylar va munozaralar uchun ayrim mavzular.
1. Boshlovchi har bir ishtirokchi kuliga aloxida kartochkalarda "LIDER" va "Farosat" so’zlarini berib chikadi. So’zlardagi harflar vertikal kurinishda yozilgan bo’lib, ishtirokchi har bir harfning ruparasiga usha bilan boshlanadigan o’zidagi shaxsiy sifatlarni ko’p uylanmay yozib chikishi kerak
2. "SUD YIGILIShI". Unda quyidagi rollar bo’ladi: sudya, advokat, jamoatchilik vaqili, er, xotin, kaynona, kaynota. Vaziyat. er xotinining ko’prok jamoat ishlari-dan bandligidan norozi. Uningcha, xotin uy ishlarini bajarishi, konkret vaziyatda u yo ishni, yoki oilani tanlashi kerak Maqsad: rolli o’yin vositasida ziddiyatli sharoitlarda shaxslararo o’zaro murosa yo’llarini qidirish.
3. "SAVOLLAR QALAY?" o’yini. Bunda gurux a'zolari juftliklarga bo’linib, doyra shaqlida joylashadilar va ichkari tomonda to’rganlar tashkaridagilarga 30 sekund mobaynida o’z xayotlari haqida gapira boshlaydilar. Unda oxirgi paytlarda xayotda yo’z bergan voqea, faxrlanish ob'ektlari, shirin taassurotlar haqida gapirish mumkin. 30 sekunddan keyin rollar almashinadi. O’yin gapirish va tinglash malakalarini, o’zi haqida gapira olish san'atini, lunda va qisqa gapirish kabi qator sifatlarni tarbiyalaydi.
3. "SAVOLLAR QALAY?" o’yini. Bunda gurux a'zolari juftliklarga bo’linib, doyra shaqlida joylashadilar va ichkari tomonda to’rganlar tashkaridagilarga 30 sekund mobaynida o’z xayotlari haqida gapira boshlaydilar. Unda oxirgi paytlarda xayotda yo’z bergan voqea, faxrlanish ob'ektlari, shirin taassurotlar haqida gapirish mumkin. 30 sekunddan keyin rollar almashinadi. O’yin gapirish va tinglash malakalarini, o’zi haqida gapira olish san'atini, lunda va qisqa gapirish kabi qator sifatlarni tarbiyalaydi.
4. "KOSMIK TEZLIK" o’yini. Asosiy qurol – to’pcha koptokni T-gurux a'zolari doyra shaqlida turib, tez-tez bir-birlariga o’zatishlari kerak lekin uni yonidagiga berib bo’lmaydi. Agar qisqa muddatda har bir gurux a'zosi kamida bir marta bexato tupni kulga kiritgan bo’lsa, usha gurux golib xisoblanadi. Bunda guruxdagi harakatlar muvofikligi, psixologik moslik harakatlarning birligi, tez va to’g’ri karor chiqara olish kabilar sinaladi.
5. "BOTQOQLIK" o’yini. Buning uchun karton kogozdan tayyorlangan o’rtacha kattalikdagi "likopchalar" kerak bo’ladi, ularning soni 9 ta bo’lgani
ma'kul. Gurux a'zolari kagor bo’lib, birin-ketin tarelkalarni bosib, botqoqlikdan uta boshlaydilar, atrofda esa karokchi "timsoxlar" bor. Ular bushab qolgan tarelkalarni olib kuyadilar. Maqsad - har bir gurux a'zosi tarelkalardan oyokni o’zmasligi, xech bo’lmaganda, bir oyokni uchi bilan ularni bosishi kerak Agar gurux a'zolari ittifok bo’lib, ular harakatlarida muvofiklik yo’zaga kelsa, albatta botqoqlikdan mag’lubiyatsiz o’tadilar va birorta likopchani timsoxlarga bermaydilar.
6. "TELEFON" o’yini. Gurux a'zolari navbat bilan telefonda o’zi tanlagan abonent bilan 30 sekund mobaynida o’zi xoxlagan mavzuda gaplashadi. Ko’zatuvchilar uning o’zini tutishi, klient bilan muomalasi, narigi tarafdagi shaxs bilan gaplashuvchi o’rtasidagi yakinlik o’zaro munosabatlarni taxlil qiladilar va keraqli maslaxatlar beradilar.
7. "INTERVYU" o’yini. Boshlovchi va protagonist interver sifatida turli toifali shaxslardan (vazir, artist, rektor, maktab direktori va xokazo) intervyu olinishi aytiladi, u o’zi bir a'zoni shu rolga tavsiya etadi. Taxlilda nima uchun aynan shu kishi shu^olga tavsiya etilgani haqida ham fikr bildiriladi. "O’zga bo’lish san'ati" va oliy darajali muloqot texnikasi mashq qilish.
8. "XUShOMAD Qilish" o’yini. Gurux a'zolari bir-birlariga xushomad qila boshlaydilar. Maqsad: guruxdagi shaxslararo tanglikni bartaraf etish va psixoemotsional engillik berish.
9. "OMMA OLDIDA ChIKISh Qilish". Bu o’yinga a'zolar oldindan tayyorgarlik kurishgani ma'kul. Chunki bunda ma'lum vaqt davomida notiklik maxorati va gu-ruxga murojaat qilishning turli vositalari sinaladi va gapirish va eshitish san'atlari mashq silinadi.
10. Breynstorming uchun quyidagi mavzularni taqlif qilish mumkin:
_Yomon rahbar- 6u
- Yaxshi ("yomon") ma'ro’za - bu ......
- Men loqaydlik qilsam ........
XXI asr yoshlari qanday bo’ladi?
- Boshqa planetalardagi tirik mavjudotlar -
11. 2 minut vaqt ichida turli mavzularda ommaviy ma'ruzalar matnini tayyorlash yoki krralash. Mavzular -"Yoshlar muammosi", "O’zbek ayollari
masalasi", "Rahbarlik mansabmi yoki talantmi?", "Kishlok turmush tarzi" va
12. "Uchrashuv" mavzusida rolli o’yinlar. Bir holatda notanish odamlar, ikkinchi holatda tanish odamlar uchrashib qoladilar. Trening ishtirokchilari "Uchrashuv" qatnashchilarining o’zaro muloqoti, o’zini tutishlarini turli variatsiyalarda sinab, so’ngra muxokama qiladilar.
13. "TANIShUV" : Turli yosh, jins, kasb-kordagi shaxslarning tanishuvchi saxnalari turli variantlarda o’ynaladi.
14. "O’ZINI TANISHTIRISH" o’yini. 2 minutda har bir ishtirokchi o’zi haqida xoxG`1agan narsalarni aytib berishi va so’ngra aytilganlar video yoki audiokasseta-lar vositasida kaytarilib, shaxsning o’zi va gurux tomonidan taxlil qilinadi.
15. "SALOMLAHish". Trener gurux a'zolarini doyra qilib o’tkazib, so’ng ularni har biri 2-3 kishidan iborat guruxchalarga ajratadi. Salomlahish mana bu so’zlardan to’zilgan; andik sandik chandik xormang, tolmang. Barcha ishtirokchilar salomlahishni bir vaqtda aytadi. Salomlahish bakirmasdan, balki bir tekis nafas olib talaffo’z qilinadi. Nixoyat qandaydir
"apchxi"ga o’xshash so’z xosil bo’lishi kerak U 2 - 3 marta takrorlanadi.
16. "Tugilgan kunga sovga ". Trening a'zolaridan biri gurux oldiga chiqib o’tiradi. o’yinning hamma ishtirokchilarining vazifasi, o’tirgan kishining tugilgan kuniga har bir ishtirokchi individual tarzda sovga qilish. "Sovga berish" tugaganidan so’ng, yima uchun aynan shu sovga qilinganligi asoslanib berilishi kerak Mashqning ma'nosi: "Atrofingdagilar nechoglik seni turli-tuman, seni turlicha yoktiradilar va idrok etadilar". Guruxning har bir a'zosi, trenerning o’zi ham "imeninnik" rolini bajarishi mumkin. Bu erda trenerning vazifasi - o’z-o’zini boshqarish muammosiga ko’prok; e'tibor berish.
17. "TANIHISH". Trenerning ko’rsatmasiga binoan uning ung yoki chap tomonida to’rgan ishtirokchilardan bittasi o’z ismini aytadi. Ikkinchi ishtirokchi esa birinchi-sining va o’zining ismini aytadi. Treningning uchinchi ishtirokchisi esa, birinchisining, ikkinchisining va o’zining ismini aytadi va shu tarika oxirigacha davom etadi. Treningning oxirgi ishtirokchisi birinchisidan boshlab, to gurux a'zolarining hammasini va o’zining ismini aytadi. Gurux a'zolarining bir-biri bilan tanihishi mana shu tarzda amalga oshadi. Agar gurux a'zolari tanish bo’lsalar, ikkinchi turda har bir ishtirokchi o’ziga "taxallus" (gul, meva, badiiy qaxramon, planetalar nomi kabi) uylab topib, keyin usha taxallus buyicha o’zini "tanishtiradi". Bu mashq ham shaxs-lararo chinikish, xotirani mustaxkamlash, emotsional tanglikning oldini olish kabi maqsadlarda xizmat qilishi mumkin.
18. "INKOR ETILGANLAR" o’yini. Munozara yoki breynshtorming usuli yordamida jamiyatda inkor etilganlar toifasiga kiruvchilar va ularning paydo bo’lish omillari hamda shundaylarga yordam choralari haqida fikr almashiniladi. Ma'lum muddat utgach, guruxning o’zida ayrim belgilar asosida a'zolar toifalarga bo’linib, trener boshchiligida tabiiy eksperiment nuli bilan "inkor etilganlikni xis qilish" o’yini tashkil etilishi mumkin.
E’TIBORINGIZ UCHUN
RAXMAT
TRener shaxsiga qo’yiladigan talablar
Reja:
1 Treningni tashkil etish muammolari.
2 Trener shaxsiga qo’yiladigan talablar.
3 Trenerning asosiy vazifalari.
4 Sotsial trening muvaffaqiyatining shartlari.
TRENING-SHAXS XULQ-ATVORINING NUQSONLI TOMONINI QAYTA DASTURLASH YA’NI PERSUAZIYA QAYTA TIKLASHDAN IBORAT BO’LIB,RUHIY KAMCHILIKLARNI BARTARAF ETADI.
HAR QANDAY TRENINGNI TASHKIL ETISH QUYIDAGI BOSQICHLARNI O’Z ICHIGA OLADI
GURUHNI YIG’ISH;
BOSHLANG’ICH TASHKILIY ISHLAR;
TRENINGNI O’TKAZISH ISHINI OLIB BORISH;
YAKUNLASH BOSQICHLARI;
treningda muammosi bir bo’lgan kishilarni yig’ish maqsadga muvofiq keladi. Shuningdek trening o’tkaziladigan xona shinam va shovqin-surondan xoli bo’lishi lozim.8 tadan 12 tagacha kishilar guruhida trening ishonchli o’tkaziladi.bunda respondentlarning yoshi iloji boricha 2-3 yosh farqni tashkil etishi kerak.shundagina trening muvaffaqiyatli o’tkazilgan bo’ladi.
Trener shaxsiga qo’yiladigan talablar;
Trener mukammal psixologik bilimga ega bo’lishi shart,ya’ni o’zgalar shaxsiga xos bo’lgan psixologik xususiyatlarni bilishi va
o’zgalar manfaatini o’z manfaatidan yuqori qo’yishi lozim;
O’zining shaxsiy fazilatlari va psixologiyasini mukammal bilishi va uni boshqara olish qobiliyatiga ega bo’lishi zarur;
har qanday chigal va ziddiyatli vaziyatlardan chiqib ketishnigina emas, balki uning oldini ola bilish,vaziyat to’g’ri kelganda esa uni bartaraf etib ishtirokchilarga to’g’ri maslahat berishi kerak;
Chuqur empatiya qobiliyatiga ega bo’lishi kerak;
O’ta o’zgaruvchan va moslashuvchan bo’lishi kerak;
O’z xatti-harakatlarini doimo o’z maromda ushlash kerak;
Tinglash qoidalarini chuqur bilishi kerak;
O’z mijozlarining ehtiyoji va qiziqishlariga hech qachon qarshi chiqmasligi shart;
Ishlari oldindan rejalashtirilgan bo’lishi kerak va
natijasini oldindan bilishi ya’ni bu haqda tasavvurga ega bo’lishi kerak.
Demak,trener ushbu talablarga to’liq amal qilsa,trening muvaffaqiyatli yakun topadi.
Bu esa o’z navbatida trener shaxsidan kuchli bilim, malaka va tajribaga ega bo’lishini taqazo etadi.
Trenerning asosiy vazifalari-
-talablardan tashqari trener qatnashchilarning yoshi,jinsi,kasbiy malakasi,madaniyat darajasi,dunyoqarashi kabi xususiyatlarini ham hisobga olishi kerak;
-imkoniyat boricha trener trening boshlanihidan oldin mashg’ulot mavzusi bo’yicha yozma matnlarni berishi
lozim.
Trener roliga duch kelgan shaxsni jalb etib bo’lmaydi.
Sotsial psixologik treningni samaradorligi ishtirokchilarning faol qatnashishiga bog’liq bo’lsa,ikkinchi tomondan TRENERGA bog’liq.
Bu borada trener yuksak psixologik bilim,ko’nikma va malakaga ega bo’lishi talab etiladi.
Sotsial psixologik trening vazifalari quyidagilar
-trening ishtirokchilarini umumiy qonunlar asosida jipslashtirish.
-guruhida trening o’tkazishning asosiy tashkiliy tartibini belgilab berish.
-qabul qilingan qonunlar asosida guruhni boshqarish imkoniyatlarini bilish.
-trening qonunlarining trening maqsad va vazifalariga yo’nalganligi.
Trening o’tkziladigan guruhda asosan-
-trening ishtirokchilari iloji boricha bir-biriga notanish bo’lishi lozim;
-trening o’tkaziladigan xona albatta izolyatsiyalangan bo’lishi shart,ya’ni hech kim ularni bezovta qilmasligi va ular ham boshqalarga halaqit bermasligi shart;
-rasmiylashgan guruh bo’lishiga yo’l qo’ymaslik kerak;
-auditoriyaning erkin bo’lishini ta’minlash va auditoriyani yaxshi bilish talab etiladi.
Demak,trener shaxsi guruh a’zolariga oldindan to’g’ri prognoz qo’yishi va ularni tor qobiqdan chiqarib olishi zarur.
E’tiboringiz uchun rahmat.
Ommaviy axborot vositalarining shaxs
tarbiyasiga ta’siri
Reja:
Shaxs ruhiy kechinmalarining ijtimoiy borliq qadriyatlariga bog`liqligi.
Shaxs ongida g`oya va fikrning paydo bo`lishi. Mafkura va psixologik xavfsizlik muammolari.
Ochiq axborot kommunikatsiya tizimida insonning axborot tahdidlarini baholash va xavfsizlikni ta`minlash imkoniyatlari.
Turli axborot-psixologik vaziyatlarda shaxsning ijtimoiy xulqi.
Shaxsning ma`naviy-ahloqiy takomili va o`zini-o`zi himoya qilish va boshqarish imkoniyatlari.
Ta`lim bilan qamrab olinmagan aholiga ziyolilar orqali sog`lom g`oyalarni etkazish usullari.
1. O`z vaqtida Xindistonning taniqli siyosiy arbobi Maxatma Gandi shunday yozgan ekan: «Men uyimning darvoza va eshiklarini mahkam berkitib o`tira olmayman. CHunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo`lib, xonadonimni ag`dar-to`ntar qilib, o`zimni yiqitib tashlashini ham xohlamayman». Bu so`zlarni bugungi informatsion xurujlar va turli xil ma`lumotlarning turli yo`llar bilan mamlakatimizga, umuman, boshqa mamlakatlarga ham kirib kelib, u yoki bu mintaqada asrlar mobaynida shakllangan qadriyatlar, urf-odatlar, e`tiqod shakllariga va tarbiya uslublariga salbiy yoki ijobiy ta`siri jarayonlari ma`nosida qo`llash ham mumkin. Zero, dunyoga yuz ochgan, yoshlari dunyo tillarini bemalol egallab, «internetomaniya» kasaliga chalinish arafasida turgan O`zbekistonga ham yaxshi, ham yomon ta`sirlar, xurujlar mavjudligi sharoitida shaxsning o`zini-o`zi psixologik jihatdan salbiy ta`sirotlardan himoya qila olish imkoniyatlarini kengaytirish eng dolzarb muammolardan biridir.
Yaqinda «Internet» sahifalari amerikalik siyosatshunos olim Patrik B`yukenenning «Smert` Zapada» nomli kitobi paydo bo`ldi. e`tiborga molik jihat shuki, katta hajmdagi bir kitobning so`z boshisidayoq, muallif yaxlit bir millatlar va xalqlar taqdiriga aloqador bo`lgan voqealarni, G`arbning «taqdiri»ni jamiyat ma`naviyatidagi inqirozlarga, jumladan, oila va nikoh, tug`ilish va aholining tabiiy o`sishi borasidagi inqirozlar tahliliga bag`ishlagan. Ming taassuf va afsus bilan u «Evropa «amerikacha» madaniyatni qabul qilib, bugun uning hayot tarziga singib ketganligiga qarshilik ko`rsatishga qodir emasligini e`tirof etadi. B`yukenenning fikricha, sanoati va yuqori texnologiyalari rivoj topgan jamiyatda odamlarning birdan boyib ketish, to`kin hayotga erishishga bo`lgan egoistik intilishi ularning asl qadriyatlarga, jumladan, oila va nikohga, yoshlar tarbiyasiga bo`lgan munosabatlarida keskin inqirozni keltirib chiqardi. Bu xolatni u gedonistik psixologiyaning asosi deb baholab, uning oqibati jamiyatda qator ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarayotganligini ochiq e`tirof etadi. Gedonizmning ma`nosi shundayki, shaxs va uning xulq-atvori motivlarida faqat nimalardandir lazzatlanish, qoniqish olish va o`zidagi ichki ruhiy iztiroblardan xoli bo`lishga intilish ustivor bo`ladi. To`g`ri, aslida insonning to`q va farovon hayotga intilishi, boy-badavlat yashashni hoxlagani ayb emas, lekin bunday to`kinchilik insoniylikka qarshi bo`lishi mumkin emas. Muallifning tashvishi va uni xavortirga solgan narsa shuki, bunday ong va shuurdagi o`zgarishlar evropa xalqlarining eng zarur va muhim qadriyatlarga nisbatan salbiy munosabatlarda ifodalanadi. Masalan, bugungi Evropada tug`ilayotgan bolalarning har uchtasidan bittasi nikohsiz tug`ilayotganligi, tug`ilishning keskin kamayib ketganligini, umuman ayollar o`zidan sog`lom zurriyod qoldirishni istamayotganligi, mablag`i etarli bo`la turib, farzand tug`ilishi va uni tarbiyalashga ketadigan mablag`ni qizg`anayotganligi yaqqol namoyon bo`lmoqda. Umuman G`arb ayollarining aksariyati turmushga chiqib, o`zidan munosib zurriyod qoldirish niyatidan tobora uzoqlashib bormoqda.
Olimlarni mavjud axvolni ijobiy tomonga o`zgartirish uchun farzand tug`ilishi uchun davlat tomonidan ajratiladigan nafaqalarning, suyunchi pullar miqdorining orttirilishi, onalar uchun alohida imtiyozlarning joriy etilishi yoki bola soni ortgani uchun oilaga ko`rsatiladigan muruvvat ayollarni sog`lom oila qurib, unda sog`lom farzandlarni tarbiyalashga undarmikin, degan savol o`ylantirmoqda va mulohazalar mantig`idan shu narsa ayon bo`lmoqdaki, zamonaviy evropaliklarni bunday imtiyozlardan ko`ra, mansab pog`onalaridan ko`tarilib, o`z manfaatinigina o`ylab yashash ko`proq qiziqtiradi. CHunki zamonaviy G`arb yoshlari, xotin-qizlar uchun bu kabi imtiyozlar bola tug`ilishi va bu bilan bog`liq tashvishlar oldida hech gap emas. Shu kabi gedonistik psixologiya bizning yoshlarimiz ongida paydo bo`lmasligi, ochiq axborotlar makonida bemalol turli ma`lumotlarni qabul qilish imkoniyati paydo bo`lgan hozirgi sharoitda ularni ezgu maqsadlarga yqnaltirish, ularda sog`lom dunyoqarash, ertangi kunga ishonch, sobit g`oya, sog`lom hissiyotlar, el-yurt oldida, oilasi va yaqinlari oldida insoniy javobgarlik va yuksak mas`uliyat hislarini tarbiyalash millat manfaatiga bevosita aloqador vazifamizdir.
Jahon hamjamiyatining mustaqil O`zbekistonni tan olishi, davlatimizning keng tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyati o`zbek xalqining ma`naviy qadriyatlari va imkoniyatlari tiklanishiga, o`zini boshqa xalqlar oilasidagi to`la huquqli millat sifatida anglab etishiga keng imkon yaratmoqda. Tobora kengayib borayotgan xalqaro aloqalar jahon madaniyatini yanada chuqurroq bilish, umuminsoniy qadriyatlardan bahramand bo`lish uchun qulay zamin yaratmoqdaki, bu o`z navbatida o`zbek xalqining turli faoliyat sohalaridagi iste`dodi rivojlanishiga, uning tadbirkorlik va kirishimlilik, bir necha chet tillarni va komp`yuter texnologiyalarini tez o`rganib olish kabi iqtidorini ro`yobga chiqishiga, xorij mamlakatlarga borish, ular bilan aloqalar o`rnatish, dunyo standartlari bo`yicha oliy o`quv yurtlarida taxsil olish imkonini berdi. Ana shu aloqalar tufayli milliy mehmonnavozlik va sahovat an`analari yanada rivojlandi.
Shunday sharoitda Prezidentimiz Islom Karimovning fikrlari biz uchun hamisha dalda bo`ladi: «Eng muhimi, qalbimizda g`ururimiz, bilagimizda kuchimiz bor ekan, biz tinchlikni himoya qilishga, unga xavf solayotgan kuchlarga qarshi kurashishga, qaddimizni tik tutib, boshimizni baland ko`tarib yashashga qodirmiz. Bizni qo`rqitmoqchi bo`layotgan g`alamislar shuni bilib qo`ysinki, biz hech kimga bosh egmaganmiz va hech qachon bosh egmaymiz. Bunda bizga milliy g`oyamiz va mafkura g`oyaviy tayanch va asos bo`ladi (2001 yil 10 oktyabr`).
Zero, milliy mafkura xalqning maqsad-muddaolarini ifodalaydi, tarix sinovlaridan o`tishda uning ruhini ko`tarib, suyanch va tayanch bo`ladi, shu millat, shu jamiyat duch keladigan ko`plab hayotiy va ma`naviy muammolarga javob izlaydi. U insonga faqat moddiy boyliklar va ne`matlar uchun emas, avvalo, Alloh taolo ato etgan aql-zakovat, iymon-e`tiqod tufayli yuksak ma`naviyatga erishish uchun intilib yashash lozimligini anglatadigan, bu murakkab va tahlikali dunyoda uning taraqqiyot yo`lini yoritib beradi. Istiqlol mafkurasi ko`pmillatli O`zbekiston xalqining ezgu g`oya - ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish yo`lidagi asriy orzu-intilishlari, hayotiy ideallarini o`zida aks ettiradi.
Xalqni buyuk kelajak va ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat`i nazar, har bir fuqaroning yagona Vatan baxt-saodati uchun doimo mas`uliyat sezib yashashiga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an`analarimizga munosib bo`lishiga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchilik ishlariga da`vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoiylikni hayot mezoniga aylantirish - milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir.
Davlatimiz rahbarining ko`rsatmalari va istiqbolli g`oyalaridan kelib chiqib, hozirgi murakkab sharoitda xalqimiz, avvalo, o`sib-unib kelayotgan yosh avlodimiz ongi va qalbida mafkuraviy immunitet hosil qilish muhim va dolzarb ahamiyat kasb etgan vazifalarimizdandir. Bu ishni bamisoli niholga mevali daraxt kurtagini payvand qiladigan usta bog`bondek noziklik va mehr bilan, oqilona yo`l bilan amalga oshirish lozim.
Ochiq axborot kommunikatsiya tizimida insonning axborot tahdidlarini baholash va xavfsizlikni ta`minlash imkoniyatlari. Shaxs turli mafkuraviy tahdidlardan qanday yo`llar bilan saqlanishi mumkin?
Ushbu masalaga oydinlik kiritish uchun avvalo egotsentrizm kabi tushunchalarga izoh berish darkor. egotsentrizm so`zi lotincha «ego» - men va «centrum» - doira markazi so`zlaridan olingan. Ma`nosi - o`z fikr-o`ylari, manfaatlari doirasida qotib qolgan insonning atrof-muhit va odamlarga oid o`z bilimlari va o`zgalarga munosabatini o`zgartira olmasligini bildiradi. Psixologiyada egotsentrizmning bir qancha turlari - bilishga oid, ahloqiy va kommunikativ egotsentrizmlar farqlanadi. Oxirgisi - boshqalarga biror xil ma`lumot berish jarayonida ularning fikri bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslikda namoyon bo`ladi. Nazarimizda, zamonaviy informatsion xurujlarning mualliflarida aynan shu kabi egotsentrizm kuzatiladi va ular o`zlariga o`xshash faqat o`z manfaatinigina ko`zlaydigan avlod ongini qamrab olishga harakat qiladi. Shuning uchun ham shaxsga psixologik himoya zarur. Psixologik himoya bo`lishi uchun shaxsda mustaqil fikr bo`lishi lozim.
Ikkinchidan, fikrlash tarziga ta`sir ko`rsatish uchun pedagoglar o`zlarining tushuntirish uslublarini, tarbiya metodlarini o`zgartirishlari lozim. Ya`ni, ilgari, yuqori tonlarda, direktiv ohangda, «katta roli»da talaba bilan muloqot qilgan pedagog, endi kerak bo`lsa, «tengma-teng», demokratik ohangda, bosqichma-bosqich xatti-harakatlarni birgalikda tahlil etishga o`tishlari lozim.
Uchinchidan, o`quvchi-talabaning o`z-o`zini idrok qilishini, o`ziga bo`lgan bahosini o`zgartirish, ya`ni, talabani ijobiy ishlarga yo`naltirish orqali o`ziga bo`lgan bahosini o`zgartirishga erishish kerak.
Nihoyat, shunday vaziyat yaratish lozimki, o`quvchi ijobiy tajriba orttirsin, ya`ni, o`ziga, oilasiga yoki sinfdosh do`stlariga, maktabiga manfaatli ish qilib, olqish olsin, ya`ni, ularni jamoat ishlariga keng jalb etish amaliyotini kengaytirish, bu ishdan manfaatdorligini oshirish lozim.
Demak, ta`lim va tarbiya jarayonida har bir pedagog yoshlarning mustaqil fikrlashlari uchun sharoit yaratishi lozim, aks xolda uning ongi tayyor shablonlar, stereotiplarga shu qadar o`rganadiki, ular oxir-oqibat har qanday bid`at yoki yot g`oyalarga ergashib ketaveradigan bo`lib qoladi. Ya`ni, darsni tashkil etishning noan`anaviy usullariga keng yo`l ochish, darslarda o`quvchilar bilan interaktiv muloqotini tashkil etish, ular miyasining yaxshiroq ishlashi, qiziqishi va mustaqil fikrlashiga yordam beradi.
Psixologik manbalardan yana shu narsa ma`lumki, yoshlar mustaqil fikrlashlari uchun ta`lim jarayonining o`zida joriy etilgan tartiblarda byurokratiyani minimallashtirilishiga erishish kerak. CHunki eski ta`lim tizimi o`qituvchining aytganini, u yozgan maruza matnini aynan ko`chirib yozib kelish, aytib berishni talab qilardi. Bu xolat miyani avtomatik ishlashga, zombi kabi yodlangan bir xil qolipda bo`lishga o`rgatadi, bunday miyada albatta o`ziga xos vakuum xosil bo`ladiki, bu vakuumga keyinchalik boshqa yot g`oya va tushunchalar juda tez singadi, chunki miya deyarli tormozlangan, har qanday boshqacha xabar uning miyasiga oson kirib oladi.
O`qituvchilar yoshlarni turli yomon ta`sirlardan asrashda ahloqiy qadriyatlardan foydalanishi va bunda ahloqiy ta`sir ko`rsatish texnologiyasidan oqilona o`z faoliyatida joriy eta olishi lozim bo`ladi. Ahloqiylikka o`rgatish, ahloqan va ma`nan yuksak bo`lish, umuman tayziqni, kuch ishlatishni rad etadi. Ma`muriy tayziq yoshlarni yot ta`sirlardan asrab qololmaydi. Buning yagona yo`li - o`quvchi bilan munosabatda gumanistik tamoyillarni joriy etish, erkin fikr almashinish muhitining yaratilishidir. Zero, mamlakatimizda qurilayotgan erkin fuqarolik jamiyatining asoschisi Islom Karimov bu ezgu ishlarni amalga oshirishda hamisha yoshlarga, ularning mustaqil fikrli, iqtidorlilariga ishonadilar.
Turli axborot-psixologik vaziyatlarda shaxsning ijtimoiy xulqi. Psixologik himoya tushunchasi. Ochiq axborot kommunikatsiyasi jarayonida yoshlar ongiga ta`sir etayotgan yot g`oyalarga qarshi himoya vositalarini ishlab chiqishdan avval yoshlarning ijtimoiy xulq-atvorini o`rganish lozim. Ijtimoiy xulqda ko`zga tashlanadigan eng muhim xolatlardan biri tashvishlanish, nimalardandir cho`chish va shu tufayli ijtimoiy munosabatlardan o`zini olib qochishga intilish hislarining namoyon bo`lishidir. CHunki agar psixologik himoya xolatining mohiyatidan kelib chiqiladigan bo`lsa, bu - shaxs ichki kechinmalarini ifodalovchi shunday xolatki, unda odam ichki ruhiy mu`tadillikni asrash uchun o`zidagi xavotirlanish, qo`rquv va xadiksirashlarini bosishga, ulardan xalos bo`lishga intiladi. Psixologik himoya - shaxsni turli salbiy ta`sirlardan asrashga, psixologik diskomfortni bartaraf etishga xizmat qiladi. Shunday xolatlarda odam odatda shaxslararo munosabatlarda o`zini boshqacharoq tutadigan bo`lib qoladi. Psixologlar himoya mexanizmlariga odatda quyidagilarni kiritadilar:
ochiq his-kechinmalarni bosish, ko`rsatmaslikka urinish;
rad etish, ya`ni noma`qul ma`lumotni ochiq rad etish, qo`shilmaslik;
proektsiya - o`zidagi hissiyot va kechinmalarni tashqi ob`ektlarga ko`chirish orqali paydo bo`lgan xolatning sabablarini tashqaridan qidirishga moyillik;
identifikatsiya - o`zini axborot egasiga o`xshatish, uning o`rniga o`zini qo`yish orqali qadriyatlarni rad etish yoki tanqidsiz o`zlashtirish;
regressiya - ilgari hayotida, masalan, yoshligida bo`lib o`tgan qaysidir voqelarga qaytish, ularning yaxshi va ma`qullarini yana xotirada tiklash va xulqda qaytarish orqali o`zida psixologik himoya yoki oqlovni tashkil etish;
yolg`izlanish-jamiyatdan o`zini olib qochish, o`zidagi o`zgarishlarni boshqalarga bildirmaslikka intilish, ayrim talabalar o`qishga bormay qo`yadilar;
ratsionalizatsiya - mulohaza va fikr yuritish orqali o`zida himoya instinktlarini paydo etish;
konversiya- muloqotdagi qandaydir to`siqlar yoki bar`erlarni olib tashlash uchun kutilmagan usullarni qo`llash, masalan, xavotirli informatsiyani yumoristik bilan almashtirish yo`li.
To`rtinchidan, oliy o`quv yurtlarida professor-o`qituvchilarning avtoritetini, ular aytadigan har bir so`zning aniq mo`ljalli bo`lishini ta`minlash zarur. Domla aytadigan fikrlardan biri - axborot qanday bo`lishidan qat`iy nazar, u qabul qiluvchi insonning izmida bo`lishi, uning manfaatiga xizmat qilishi kerak. Buning uchun yovuz niyatli, yot g`oyalarni targ`ib etuvchilarning asl niyatlarini, ular say`i-harakatlarining oxir-oqibati nima bilant tugashini ochiq aytaverish lozim.
Shunday qilib, axborot xurujlariga qarshi turishning psixologik yo`llarini har bir murabbiy va talabaga etkazish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun quyidagilarni yodda tutish lozim:
a) aslida ataylab ta`sir etishga mo`ljallangan xabarni shaxs darrov qabul qilmaydi. CHunki, birinchidan, unda ilgaridan psixologik himoya mavjud va ikkinchidan, har qanday yangi narsaning singib ketishida muayyan axborot to`siqlari ham bo`ladi.
b) bunday sharoitlarda «uchinchi shaxs ta`siri» effekti ro`y beradi (effekt tret`ego litsa). Uning ma`nosi - «bu xabarga hamma ishonaversin, menga ta`sir qilmaydi» deb o`ylaydi shaxs, lekin ma`lum ma`noda shu fikr ta`sirida u axborot ta`sirida tushib bo`lgan bo`ladi. Xaligi fikrni o`zi uchun har ehtimolga qarshi hayolidan o`tkazadi;
Ikkinchi tomondan, bevosita axborotni qabul qilish arafasidagi ogohlantirish qarshi argumentlar ishlab chiqish vaqtini kamaytiradi, undan sal avvalroq ogohlantirish esa inson miyasida ma`lumotni qayta ishlashga imkon beradi.
d) Tanish narsalar haqida ma`lumotga ega bo`lgan odamni ishontirish tezroq amalga oshadi. Lekin samarali taktikalardan biri - axborot kanallari orqali berilayotgan ma`lumotlarni ochiqchasiga jamiyat manfaatlariga zid ekanligi, ularning adolatsiz, xudbinlarcha uzatilayotganligi, nimalaridir qonunga xilof ekanligini qayd etish mumkin. Ya`ni, tarbiyachi, o`qituvchi ochiq tarzda o`z noroziligini bayon etish, targ`ibotchi fikriga qarshi ekanligini aytishi mumkin. Bu xolat ham auditoriyani o`ylashga majbur etadi.
Yana o`ziga xos strategiyalardan biri - ochiq axborot manbalaridan ketgan ma`lumotni, undagi ayrim faktlarni ochiq tan olishdir. Masalan, darhaqiat, bizga dasrliklarning sifati talab darajasida emasligini, mahallalarda nochor va notinch oilalar xanuz mavjud ekanligini va x-zo. (Bo`t` chestnimi s faktami, kotoro`e nam provostoyat!). Masalan. Agar O`zbekistonga qarshi bo`xtonlar bo`lsa, ularning ayrimlari «Ha, darhaqiqat bularni biz ham bilamiz, Sizlar bilarmidiylar?» deb auditoriyani tinchlantrish va aniq dalillar bilan kamchiliklarning bartaraf etilishi yo`llari xususida o`z fikrini aytish.
Bundan tashqari, o`qituvchiga xos bo`lgan usullardan biri - o`z qarashlariga nisbatan ikkilanish pozitsiyasi borligi ochiq tan olish: «balki men nohaqdirman, lekin bu masalada shunday asoslarim bor edi..., deb «za» va «protiv» asoslarni keltirish. (Nel`zya soprotivlyat`sya propagande, pryacha golovo` v pesok).
Targ`ibotning eng samarali yo`llaridan biri xalq ichiga faol kirib borish, ya`ni mahallalarda aholi bilan yuzma-yuz bevosita suhbatlar olib borish zarur. Davra suhbatlariga taniqli el-yurt ishonchini oqlagan olimlar, mehnat fahriylarini taklif etib, insonlarda Vatanga bo`lgan mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish mumkin.
Targ`ibotni samarali kechadigan jarayoni ta`lim tarbiyani oila insituti orqali olib borish ham o`z natijasini beradi. Inson dastlabki hayot haqidagi tasavvurlarini o`z oilasidan oladi. Mashhur rus yozuvchisi L.Tolstoy «Hamma tasavvurlarim 5 yoshgacha olgan taassurotlarim yig`indisidan iboratdir» degani bejiz emas. CHunki insoniyat ilk bora atrof-muhit haqidagi ma`lumotlarni jamiyatning asosiy o`zagi bo`lmish oiladan oladi. Oilada yaxshi tarbiya topgan bola maktabda, mahallada, jamoat joylarida ham nojo`ya harakat qilmaydi. Pedagog A.S.Makarenko ota-onalarga qarata shunday degan edi «Sizning xulq-atvoringiz hal qiluvchi omildir. Siz bolani faqat u bilan gaplashayotganda unga biror narsani o`rgatayotganda yoki buyruq berayotganda o`rgataman deb o`ylamang. Siz uni hayotingizni har bir soniyasida, hatto, o`zingiz uyda yo`q chog`ingizda ham tarbiyalaysiz. Sizning qanday kiyinishingiz, boshqa kishilar bilan qanday gaplashishingiz, qanday quvonishingiz va tashvishlanishingiz, do`stlarga va dushmanlarga qanday muomala qilishingiz, qanday kulishingiz, qanday gazeta o`qishingiz bola uchun katta ahamiyatga ega. Tovushingizdagi ozgina o`zgarishni ham bola sezadi yoki his etadi, fikringizdagi barcha burilishlar ko`rinmas yo`llar orqali unga etib boradi». Demak, farzandlarga oilada ta`lim tarbiya berilayotganda ota-onalarning o`zlari ular uchun namuna, ibrat bo`lishlari kerak. Shuning uchun milliy g`oyani insonlar qalbiga va ongiga singdirishni eng avvalo oiladan boshlash kerak.
Ma`naviy-ma`rifiy targ`ibotni hamma oilada, mahallada, keng jamoatchilikka axborot tarmoqlari, notiqlik klublari, jamoat tashkilotlari orqali uzatish mumkin. Bizning ijtimoiy xulq-atvorimiz, xatti-harakatlarimiz bizning ustanovkalarimiz bilan belgilanadi. Targ`ibot va tashviqot ham ta`lim-tarbiyaning bir ko`rinishidir, agarda to`g`ri targ`ib qilinsa, insonlarni buzg`unchi g`oyalardan asraydi, ustanovkalarni o`zgartiradi.
Ijtimoiy so`rovlar orqali jamoatchilik fikrini o`rganib, ularning bildirgan fikr-mulohazalari asosida mafkuraviy targ`ibotni olib borish mumkin. Jamoatchilik fikrini o`rganayotganda asosan uchta omilga ahamiyat berish kerak. Birinchi omil- so`rovda ishtirok etayotganlarni mazkur so`rovdan ijtimoiy manfaatdorligini, ikkinchi omil- bahs-munozaraga sabab bo`ladigan vaziyat, uchinchi omil - ishtirok etayotganlar mazkur fikrga nisbatan aniq fikrlari bo`lishi kerak.
Targ`ibot va tashviqotning samarali usulllaridan biri bu - ommaviy axborot vositasidir. Ommaviy axborot vositalari keng jamoatchilik fikriga tez va kuchli ta`sir eta oladi. CHunki har bir oilada ommaviy axborot vositalari xabarlaridan foydalaniladi va insonlarning ma`lumot olish manbai bo`lgan bu vosita orqali xalqimizga milliy g`oyalarni singdirish qulayroqdir.
Biz har kuni ishonarli ma`lumotlarga boy bo`lgan xabarlarga duch kelamiz, ulardan unchalik muhim bo`lmagan qismi ham ta`sir etishi mumkin. Biror bir xabar, g`oya insonning xulq-atvorini o`zgartirishi mumkin, bunda psixologik ta`sir etishning olti bosqichiga murojat qilish kerak:
Xabar, g`oya auditoriyaga berilishi kerak.
Berilgan xabar, fikr auditoriyaning diqqatini jalb qilishi kerak.
Auditoriya xabar, fikrning mohiyatini tushunishi kerak.
Berilgan xabardan yangi g`oya sifatida xulosa chiqarishi kerak.
Yangi g`oyani yodda saqlab qolish kerak.
YOdda saqlangan g`oyani o`zining xulq-atvorida qo`llay olishi kerak.
Urf-odatlar, milliy qadriyatlarimiz orqali ham xalqimizga milliy g`oyani targ`ib etish mumkin. O`zbek oilalarining o`ziga xos milliy qadriyatlari mavjudki, bu odatlar er kurrasining hamma erida ham topilavermaydi. Masalan, oddiy ovqatlanish madaniyatini olaylik. Hamma oila a`zolari jam bo`lgandan so`ng dasturxonga taom tortiladi, so`ng taomga birinchi bo`lib oilaning kattasi buva, buvi, ota ketma-ketligida taomga qo`l uzatiladi. Oddiy kundalik davom etadigan bu jarayonda ham kattalarni hurmat qilishga, sabr-qanoatli bo`lishga undaladi.
Badiiy adabiyot orqali xalqimizga sabr-qanoat, hallollik, vatanparvarlik, sadoqat kabi fazilatlarni qalblarga singdirish mumkin. «Adabiyot atomdan kuchli, lekin uning kuchini o`tin yorishga sarflamaslik kerak» (Abdulla qahhor). Mamlakatimiz olim va yozuvchi, shoirlarining asarlarida milliy mentelitetimizga mos g`oyalarga asoslanib, g`oya esa asarga mos va mutanosib tarzda yaratilishi kerak.
YOzuvchi A.Qahhor «Biror bir asar o`quvchida qanday ta`sir qoldirsa, uni qaysi yo`lga boshlasa, g`oyasi o`shanda» degan fikrni bildirgan. Darhaqiqat, hozirgi kunda yoshlarni turli yot g`oyalarga berilib ketmasliklari uchun ularni ezgu g`oyalariga undash kerak va bu g`oyalar ularning maslagiga aylanishiga erishmoq lozim. Shundagina insonlarni turli buzg`unchi g`oyalardan saqlay olamiz.
Muomala psixologiyasi
REJA:
1.Muloqot va ularning turlari haqida tushuncha.
2.Axborot almashish va muloqot.
3.Muloqot shaxslararo ta`sir ko`rsatish.
4.Muloqot kishilarning bir-birini to`ldirish sifatida.
5.Axborot uzatish va ommaviy axborot jarayonlari, axborot vositalari, ularning mohiyati va samaradorligi.
Muloqot — odamlar o'rtasida birgalikdagi faoliyat ehtiyojlaridan kelib chiqadigan bog'lanishlar rivojlanishining ko'p qirrali jarayonidir. Muloqot faqat insonlarga xos bo'lgan jarayondir. Kishilarda faoliyat jarayonida bir-birlari bilan muloqotda bo'lish ehtiyoji tug'iladi. O'zaro muloqot esa, tabiiyki, kishilik jamiyati vujudga kelishining eng asosiy unsuri hisoblanadi.
Muloqot tushunchasini kommunikatsiyadan
farqlash kerak.
Kommunikatsiya — tirik va o'lik tabiatdagi tizimlar o'rtasida axborot
almashinuvini anglatadi. Hayvonlar o'rtasidagi signallar almashinuvi,
insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi — bulaming barchasi
kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o'rtasidagina amalga
oshirilishi mumkin. Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va
munosabatda bo'lish jarayonida shaxsga aylanib boradi, ijtimoiy tajriba
va madaniyatni egallab boradi.
Muloqot ijtimoiy faollikning ontogenezda (individual rivojlanish yo'li) paydo bo'ladigan birinchi turidir. Faoliyat davomida insonlar o'rtasida yangi-yangi munosabatlar va aloqalar shakllanadi. Demak, faoliyat va muloqot o'zaro chambarchas bog'liqdir.
Har qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil ma’lumotlar o`zatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o`rni, ishlarining muvoffaqiyati, obro`si uning muloqotga kirish qobilyati bilan bevosita bog`liq.
Muloqotning muvaffaqiyatli
bo‘lishida shaxsning shakllangan
sifatlari, fazilatlarining ahamiyati juda katta. Jumladan, shaxsda ijobiy
fazilatlar yaxshi shakllangan bo'lsa (xushmuomalalik, kamtarlik,
insonparvarlik, to'g'ri so'zlilik, vijdonlihk kabilar) muloqot jarayoni
yaxshi o'tadi. Chunki shaxslar bir-birini to'g'ri tushunishlari uchun,
muloqot muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ular samimiy bo'lishlari lozim. Samimiylik insonning eng ajoyib fazilatlaridan biri bo'lib, voqeahodisalarga
oqilona munosabatda bo'lish, turli ta’sirlarga berilmaslikdir.
Muloqotning kommunikativ tomoni muloqot ishtirokchilari o'rtasidagi
axborot almashinuvidan iborat
Mulokotning kommunikativ tomoni ― shaxslararo axborotlar, bilimlar g`oyalar, fikrlar almashinuvi. Bu jarayonning asosiy vositasi ― bu til.
Yozma-ogzaki, monologik-dialogik nutq.
Diologik nutqning mazmuni, xarakteri, davomiyligi muloqotga kirishgan shaxslarning shaxsiy qarashlariga, qizikishlariga, bir-birlariga bulgan munosabatlariga,maqsadlariga bevosita bogliq bo`ladi. O`qituvchi-o`quvchi, siyosiy rahbarlarning, diplomatlarning, dugonalarning suhbati bir-biridan farq qiladi.
Monologik nutq bir kishining boshqa kishiga murojaati― fikrlarning mantiqan tugal bo`lishi, grammatik qonun-qoidalarga rioya qilish kerak. Odamlarning muloqot jarayonida so`zlardan tashqari turli xil harakatlardan, qiliqlardan, holatlardan, kulgu, ohanglardan ham foydalanadilar. Mimika, ko`z qarashlar, to`xtashlar ifodalari va hokazo.
Birgalikdagi faoliyat davomida odamlar turli fikrlar, o'y-xayollar,
his-kechinmalar bilan o'rtoqlashadilar. Bunda o'y-fikrlar, hiskechinmalarni
axborot sifatida, kommunikatsiyani esa axborot almashinuvi siftida talqin etish mumkin.
Ammo insonlararokommunikatsiya shunchaki axborot almashinuvidan iborat emas.
Ch unki muloqot jarayonida axborot nafaqat uzatiladi, balki
shakllantiriladi, aniqlashtiriladi, rivojlantiriladi.
Muloqot jarayonida kommunikator
(axborot yuborayotgan kishi) va retsipiyent (axborot qabul qilayotgan
kishi) bir xil kodlashtirish hamda dekodlashtirish tizimiga ega bo'lishi
kerak. Yagona tizimni qabul qilishgina kommunikativ jarayon
ishtirokchilariga bir-birini tushunish imkonini beradi.
Muloqotning interaktiv tomoni – birgalikdagi
faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishda muloqot ishtirokchilarining
bir-biriga ta’sir o'tkazishidir. Kommunikatsiya orqali kishilar
birgalikdagi umumiy faoliyatni tashkil etadilar. Bunda kishilar albatta,
bir-birlariga ta ’sir ko'rsatadilar. Shuning uchun o'zaro ta’sir
birgalikdagi faoiiyatning tashkil etilishi sifatida tushuniladi.
Birgalikdagi faoiiyatning uch xil modeli mavjud:
1. Har bir ishtirokchi boshqalardan mustaqil ravishda o'ziga tegishli
qismini bajarishi (masalan, shanbalikdagi ish, uy ishlari).
2. Umumiy vazifaning bosqichma-bosqich har bir ishtirokchi
tomonidan bajarilishi (konveyerdagi ish).
3. Har bir ishtirokchi boshqalar bilan birgalikda bir vaqtning o'zida
umumiy faoliyat bilan mashg'ul bo'lishi (futbol jamoasidagi ish).
Muloqotning perseptiv - tomoni kishini kishi tomonidan idrok
qilish, tushunish va unga baho berishdir. Boshqa kishilami tushunibolish bilan kishi suhbatdosh bilan bo'ladigan faoliyat, aloqa istiqbolini
aniqroq belgilab oladi.
Birgalikdagi faoiiyatning muvaffaqiyatli ro'y berishi ko'p jihatdan
kommunikativ jarayon ishtirokchilari bir-birini qanday idrok
etayotgani, har bir ishtirokchida boshqa ishtirokchi haqida qanday
tasawurlar shakllanayotganligiga bog'liq.
Birbirini idrok qilishda quyidagi mexanizmlar g'oyat muhimdir:
1. Identifikatsiya — inson o‘zini xayolan suhbatdoshi o‘rniga qo'yish
orqali uning fikrlari va tasavvurlarini tushunishga intilishi.
2. Empatiya — inson o'zini xayolan suhbatdoshi o'miga qo'yish
orqali uning kechinmalari va hissiyotlarini tushunishga intilishi.
3. Refleksiya — inson suhbatdoshi tomonidan qanday idrok
etilayotgani va tushunilayotganini anglashga intilishi.
4. Stereotipizatsiya — inson suhbatdoshini tushunishga intilishi
yo'lida muayyan shablonlardan foydalanishi.
Aktiv holat. Bu - agar kreslo yoki divan kabi mebel bo’lsa, unga bemalol yastanib yoki yotib olmaslik, suhbatdoshning yuzidan tashqari joylariga qaramaslik, mimika, bosh chayqash kabi harakatlar bilan uning har bir so’ziga qiziqishni bildiradi
Samimiy qiziqish bildirish. Bu nafaqat suhbatdoshni o’ziga jalb qilib, balki keyin navbat kelganda o’zining har bir so’ziga uni ham ko’ndirishning samarali yo’lidir
O’ychan jimlik. Bu suhbatdosh gapirayotgan paytda yuzda mas’uliyat bilan tinglayotganday tasavvur qoldirish orqali o’zingizning suhbatdan manfaatdorligingizni bildirish
Verbal ta’sir - bu so’z va nutqimiz orqali ko’rsatadigan ta’sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so’zlardir.
Paralingvistik ta’sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi yoki susaytiruvchi omillar: tovushlar, to’xtashlar, duduqlanish, yo’tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi.
Noverbal ta’sir - Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o’rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa va signallar kiradi.
Kompyuter o‘yinlariga psixologik qaramlik – jiddiy kasallik 03.11.2015 Rukn:
Do'stlaringiz bilan baham: |