Psixologik o’yinlar


Sharh va fikr-mulohazalar



Download 145,5 Kb.
bet2/2
Sana27.06.2022
Hajmi145,5 Kb.
#708328
1   2
Bog'liq
2 5458892506819199884

 Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: Shohista Samarova.

Keyingi vaqtlarda deyarli barcha oilalarda kompyuter, planshet, mobil telefoni kabi zamonaviy qurilmalar mavjud. Mazkur barcha qurilmalar funksiyalarida turli o‘yinlar ham kiritilgan. Albatta, bu o‘yinlar oiladagi bolalarning e’tiboridan chetda qolmaydi. Bundan tashqari, internet-kafelarda ham bolalar kompyuter o‘yinlarini qiziqib, zavq bilan o ‘yna­yotganlarining ko‘p bor guvohi bo‘lganmiz. Kompyuter o‘yinlari kompyuterlar yaratilishi tarixi bilan hamqadam ravishda, ishlab chiqilgan va taqdim etilgan. Bugungi kunda texnika taraqqiyoti bilan haqiqatga yaqin: yaxshi grafika, sifatli tovushga ega, kattayu kichikni o‘ziga jalb eta oladigan hamda o‘z ishqiboziga aylantira oladigan o‘yinlar paydo bo‘ldi. O‘yin bola uchun uning olam va atrofdagi voqelikni bilishga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirayotganga o‘xshaydi.
Hozirgi davrda mamlakatimiz dasturchilari tomonidan yaratilayotgan kompyuter o‘yinlari ko‘plab ijobiy va tarbiyaviy ta’sirga ham ega. Masalan, kompyuter o‘yinlari bolalarda turli hayotiy vaziyatlar uchun muhim malakalar shakllanib borishiga yordam beradi. Kompyuter o‘yinlari orasida mantiqiy va rivojlantiruvchi o‘yinlar ham ko‘p bo‘lib, bolalar tafakkurini o‘stirishi, bolalarni o‘ylashga majbur etadiganlari ham talaygina. O‘quvchi bolalarning idroki o‘yinlar vositasida yangi axborotlarni oson qabul qilishi mumkin. Kompyuter o‘yinlari bilan bolalarning kuniga bir soatdan ortiq bo‘lmagan vaqt mobaynida shug‘ullanishi, hatto ularda ijobiy o‘zgarishlarni berishi va umuman, zararli bo‘lmasligi ham mumkin. Ayrim kompyuter o‘yinlari bolalarga sanash, hisob­lash, o‘qishni o‘rgatishi va ularning diqqatini jamlashga o‘rgatishi ham mumkin, bu borada maxsus yo‘naltirilgan o‘yinlar yaratilgan. Ular bola xotirasini mustahkamlashi, ijodiy tafakkur hamda tasavvurlarini shakllantirishi va rivojlantirishga yordam beradi.
Bugungi kunda kompyuterlar kundalik hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Katta yoshli insonlar ish faoliyatlari kompyuter bilan bog‘liq bo‘lsa, bolalar uchun samarali ta’lim vositasi hisoblanadi. Kompyuter kun sayin oilamizdagi barchani o‘ziga jalb etib bormoqda. Ayrim ota-onalar kompyuter farzandlarini xotirjam uyda o‘tirishida yordamchi deb biladilar. Shuning uchun ham farzandlari kompyuterda bemalol vaqtlarini o‘tkaza olish imkoniga ega bo‘ladilar, biroq buning oqibatida zamonamizning jiddiy muammosi bo‘lib borayotgan ayrim salbiy holatlar va o‘yinlarga qaramlik kelib chiqishi mumkinligini ham unutmasliklari zarur. O‘yinlarga qaramlik tushunchasi o‘tgan asrning 90-yillarida paydo bo‘ldi. Qaramlik biror narsaga berilib ketish, kundalik hayotni, hattoki, o‘zligini unutib qo‘yish holatini anglatadi. Psixiatr-mutaxassislar bu holatni emotsional ishqibozlik va og‘ir emotsional zo‘riqish kasalligi deb hisoblaydilar. Hozirgi davrda bolalarni ko‘plab oddiy o‘yin hamda o‘yinchoqlar qiziqtirmay qo‘ydi. Ular kompyuter o‘yinlari bilan shunchalik qiziqib ketganlarki, doim maktabdan tezroq uyga kelib, kompyuterni ishga solish va o‘yinlar olamiga sho‘ng‘ishga intiladilar. Ayrim o‘quvchilar esa darslarga ham kirmay, kompyuter o‘yinxonalarida vaqt o‘tkazish odatiga o‘rgandilar.
Psixologlar kompyuter o‘yinlariga qaramlikni shakllantiruvchi bir necha omillar mavjud deb hisoblaydilar. Bu avvalo, insonning hayoti mobaynida doimo o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishiga bog‘liq. Agar bola me’yordan ortiq shug‘ullanib, salbiy mazmundagi kompyuter o‘yinlari bilan monitor ekrani oldidan turgisi kelmay, uzoq vaqt shug‘ullana boshlasa, bu holat katta muammolarga olib bormasdan, tezroq oldini olish zarur. Bola o‘n yoshdan kichik bo‘lsa, bu, ayniqsa, xavflidir. Bunday holatdagi kompyuter o‘yinlari bolada ham jismoniy, ham ruhiy salbiy ta’sirga ega bo‘lishi mumkin. Bolaligidan harakatsiz holatda o‘yinlar bilan ovora bo‘lib vaqt o‘tkazishga o‘rgangan bola keyinchalik ham jismoniy faollikdan qochib, dangasalikka o‘rganib qoladi. Bu uning sog‘lig‘iga albatta salbiy ta’­sir etadi. Bolaning monitorga tikilib, vaqt o‘tkazishi uni jonli muloqotdan, haqiqiy olamni, atrof-muhitni o‘rganishdan mahrum etib, haqiqiy hayotga butkul o‘xshamaydigan faqat virtual olamda bo‘lishi uning ruhiy rivojlanishida ham o‘z ta’sirini qoldiradi. Oqibatda borliq haqida noto‘g‘ri tasavvur paydo bo‘ladi. Kompyuterga qiziqa boshlagan maktabgacha yoshdagi bolalar esa, aslida, turli foydali harakatli sport o‘yinlari, rasm chizish, musiqa bilan shu­g‘ullanishlari zarur. Shuni unutmaslik kerakki, bu yoshda bolalarda o‘zini boshqarish jarayonlari to‘la shakllanmagan bo‘ladi, shu­ning uchun ham hech bir narsaning me’yorini bilmaydilar. Kattalar bunday yoshdagi bolalarga alohida e’tiborli bo‘lishlari, ularning kun tartibiga odatlanishlari va agar kompyuterga qiziqsalar, vaqtini cheklashlari muhimdir.
Kompyuter o‘yinlari deyarli barchani qiziqtiradi, biroq hammada ham qaramlik paydo bo‘lavermaydi. Kompyuter o‘yinlari bilan shug‘ullanish imkoniyatiga ega bo‘lganlarning faqat ayrimlari­dagina mazkur muammo yuzaga kelishi mumkin. Buning uchun bir qator omillar mavjud bo‘ladi. Kompyuter o‘yinlari bilan uzoq vaqt mashg‘ul bo‘ladigan bolalarda haqiqiy hayotdan uzoqlashib, uni butunlay virtual hayotga almashtirish sharoiti yaratiladi. Bunda muhim omillardan biri mas’uliyatlilikning butunlay mavjud emasligidir. O‘yinda barchasini qaytadan boshlab, yo‘l qo‘yilgan xatolarini tuzatish imkoni ham mavjud, axir hayotda buning aslo ilojisi bo‘lmasligi mumkun-ku?! Virtual olamda bolalar oqibatini o‘ylamay, mustaqil qaror qabul qilish imkoniga ega bo‘ladilar. Bundan tashqari, bolalar ko‘pincha rolli kompyuter o‘yinlari bilan vaqt o‘tkazadilar. Bola hayotda hali o‘zini ko‘rsata olmagan bo‘lsada, rolli o‘yinlar unga o‘yindagi qahramon o‘rnida o‘zini sinab ko‘rish va uning ha­yotida yashashga imkon beradi. O‘yinda o‘zlarini qahramon, kuchli, jasur deb hisoblab, mazkur rolga kirishib ketgan bola ongida haqiqiy hayotda ham o‘z ehtiyojlarini shunday qondirish xohishi yuzaga keladi. Bu eng xavfli ruhiy jihat bo‘lib hisoblanadi. Bolani o‘yin qanchalik o‘ziga qaram qilsa, unda haqiqiy hayotni virtual olamdan farqlash shunchalik qiyinlashadi. Bu esa haqiqiy hayotda amaliy jihatdan muammolarni yuzaga keltiradi. O‘yin bilan band bo‘lgan davrida bola sarguzashtlar olamiga sho‘ng‘ib, dam oladi, biroq emotsional zo‘riqish holati kuchayaveradi. Vaqt o‘tishi bilan qaramlik holati ham kuchaya boradi. Bu davrda ruhiy holatda qu­yidagi alomatlar: ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lish; o‘zini o‘yindan to‘xtata olmaslik; monitor oldidan turishni xohlamaslik; oila va do‘stlaridan uzoqlasha borish; badjahl va tajovuzkor­lik xislatlarining paydo bo‘lishi; o‘qishda muammolar yuzaga kelishi mumkin.
Shu tariqa, bolaning shaxsiy shakllanishiga zararli ta’sir etadi. Ko‘pincha o‘yinlardan uzoqlashgan vaqtlarida kayfiyatlari yomonlashadi. Atrofdagi voqelik zerikarli tuyuladi. Haqiqiy hayotda o‘zini begona, yolg‘iz his etadi. Befoyda kompyuter o‘yinlari bilan band bo‘lib, o‘tkazgan vaqtida zavq olib, boshqa vaqtlarda o‘zini ham hech kimga keraksiz his etadi. Oddiy sog‘lom turmush tarzidan uzoqlasha boradi.
Qaramlik quyidagi bosqichlarda yuzaga keladi: yengil qiziqish; qiziqishning kuchayishi; qaramlik shakllanishi. Kompyuter o‘yin­lariga qaramlik shakllanishi quyidagi alomatlar bilan namoyon bo‘ladi.

  • kompyuterda o‘yinlar vaqtida murojaat etilganida, kuchli emo­tsional holatda qo‘rslik, jahl qilish.

  • bola shaxsiy kompyuterini kuchaytirish maqsadida ota-onasidan doim pul talab etishi.

  • maktabga borish vaqti va boshqa burchlarini ham unutib, o‘yinga berilishi.

  • kun tartibiga amal qilmaslik

  • bolada kompyuter o‘yinlari bilan band davrida kayfiyatining ko‘tarinkiligi.

  • o‘z tengdoshlari bilan muloqot va harakatli o‘yinlarga umuman qiziqmaslik va boshqalar.

Natijada, bolaning salomatligida ham salbiy ta’sirlar: ishtaha yo‘qligi, uyqusizlik, nutqi va jismoniy nuqsonlar kuzatila boshlaydi.
Bunday holat yuzaga kelmasligi uchun ota-onalar quyidagi tav­siyalarga amal qilishlari zarur:

  1. Ota-onalar bolaning oldida doim o‘zlari namuna bo‘lishlari.

  2. Bolaning xohish-istaklarini hech qachon kamsitmay, to‘g‘ri tu­shuntira bilish.

  3. Farzandlariga do‘st bo‘lish, ishonchini qozonib, zarur holatlarda qo‘llab-quvvatlash.

  4. Kompyuter o‘yinlariga qiziqa boshlagan davrida bolaga zarur bo‘lgan qoidalarni to‘g‘ri tushuntira bilish.

  5. Bolani kompyuterda shug‘ullanishdan butunlay cheklamaslik. Axir zamonaviy hayotimiz aynan kompyuter texnologiyalariga bog‘liq.

  6. Farzandlarga kompyuterda ta’limiy, mantiqiy va rivojlantiruvchi o‘yinlar bilan shug‘ullanishni tavsiya etish.

Xulosa qilib aytganda, bolalar uchun kompyuterni zararli manba sifatida tushunmaslik zarur. Uning foydali jihatlari g‘oyatda ko‘p. Faqat bolalarda salbiy va jiddiy psixologik qaramlik shakllanishi­ga, aslo yo‘l qo‘ymang.
Bosma uchun

Download 145,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish