Ish o`yining tuzilishi
rahbar
|
ishtirokchi
|
Vazifaning qo`yilishi
|
|
|
Individual yechilishi
|
|
Komandaning yechimi
|
|
Yechimni muhokama qilish
|
Yakunlash, natijani tahlil qilish
|
|
O`yinning rahbari vazifa qo`yadi, sharoitni hamda o`yinning qoidalari, ishtirokchilarning vazifalarini tanishtiradi.
O`yinning har bir ishtirokchisi individual ravishda hech kimdan maslahat so`ramasdan o`zining fikrini asos qilib, mustaqil yechimini topadi.
Komandaning ishtirokchilari o`zaro muloqotdan keyin umumiy yechimini berishi kerak.
O`z navbati bilan har bir komanda topgan yechimini o`qib beradi, boshqa komandalar opponent rolini o`ynaydi va o`zaro muloqot o`tkazadi.
Rahbar o`yinning natijasini tahlil qilib, baholarni hisoblab chiqadi hamda uning g`oliblarini ma'lum qiladi.
O`yinning modeli
Rahbar o`yinning maqsadini tushuntirib beradi, ishtirokchilarni komandalarga bo`ladi, blankalar tarqatadi, uning qoidalarini hamda yakuniy vaziyatni aytib beradi.
Berilgan blankalarda ishtirokchilar individual qabul qilgan yechimini “_” belgisi bilan belgilaydilar.
Komanda qabul qilgan yechimni blankaning o`z jadvalida “_” belgisi bilan belgilaydi.
Rahbar o`zining blankasida ishtirokchilarning individual va komandaning yechimini belgilab, doskada axborot uchun ishning natijasini qayd qiladi.
Berilgan natijalar bo`yicha guruh muloqoti.
Guruh muloqotidan keyin hamma yechimini tuzatish uchun bir daqiqa beriladi. Ishtirokchilar qabul qilgan fikrlarni o`zgartirishni darhol rahbariga ma'lum qiladilar. Natijalar rahbarning blankasida va doskaga tushishi kerak.
Qaysi bir komandaning yechimi tuzatish paytida qabul qilingan bo`lsa, o`sha komandaga qo`shimcha bir ball beriladi.
Ishbilarmonlik xarakter xususiyatini o`zi baholash ishtirokchilarning blankida o`ziga xos bo`lgan 6 ta fazilatni to`g`ri keladigan grafada “_” belgisi bilan bildirilishi kerak.
Ishtirokchi rahbar yordami bilan o`zining xarakteri qaysi turga qarashliligini aniqlab oladi (ijodiy, boshqaruvchanlik va tashkilotchilik).
Natijalar rahbarning blankiga va doskaga yoziladi.
O`yin bo`yicha olingan umumiy natijaning tahlili jadval asosida doskada hamma ishtirokchilar uchun o`tkaziladi, uni yakunlash esa liderni aniqlash demakdir. Ba'zan o`yinning maqsadi bo`yicha shunday tahlil natijalarini aytmasdan turib rahbarning blankiga yozib qo`yiladi. Shunda komandaning olgan o`rni bilan tashkilotchi borligini aniqlash va bahs bilan tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |