Psixolingvistika nutqiy faoliyat haqidagi fan


-ma’ruza: Patopsixolingvistika



Download 0,82 Mb.
bet27/46
Sana09.06.2023
Hajmi0,82 Mb.
#950187
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46
Bog'liq
Психолингвистика Мажмуа2021

7-ma’ruza: Patopsixolingvistika


Reja:
1. Neyrolingvistika tarixi
2. Neyrolingvistik tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyatlari
3. Nutq patologiyasi turlari


Tayanch so‘z va iboralar: neyrolingvistika, patopsixolingvistika, lisoniy me’yor, nutqiy me’yor, nutq patologiyasi, afaziya, total afaziya, qisman afaziya, motor afaziya, sensor afaziya, harakat afaziyasi, akustik afaziya, semantik afaziya, telegraf usuli, alaliya, sensor alaliya, motor alaliya, sensomotor alaliya, Broka markazi, Vernike zonasi.


16. 1. Neyrolingvistik tadqiqotlarning o‘ziga xos xususiyatlari
Neyrolingvistika (yunon. neuron – tomir, nerv, asab va lot. lingua – til) – nutqiy faoliyatning miya mexanizmlarini va miyaning mahalliy jarohatlanishi tufayli yuzaga keladigan nutqiy jarayondagi o‘zgarishlarni o‘rganadigan fan.

///


Binobarin, barcha jihatlar bir-biridan ajralmagan holda o‘zaro bog‘liqlikda o‘rganiladi, ya’ni til sistemasi lisoniy muomalaning miya substrati (lot. substratum – asos, zamin, negiz, bu o‘rinda miya asosi) bilan o‘zaro munosabatda o‘rganiladi. Shunday qilib, neyrolingvistika asosiy e’tiborini turli ko‘rinishdagi nutqiy buzilishlarni tashxislash va davolashga qaratadi23.


Neyrolingvistika mustaqil fan sifatida (biologik) tilshunoslik negizida, neyrologiya, psixologiya va lingvistika kesishgan nuqtada yuzaga keldi va u til sistemasini lisoniy muomalaning miya substrati bilan o‘zaro aloqada o‘rganadi. Neyrolingvistikalingvistika, psixolingvistika, fiziologiya, neyrofiziologiya, nevrologiya, psixologiya va neyropsixologiya fanlari bilan o‘zaro bog‘langandir.
Nutqiy buzilishlar etiologiyasida bosh miya jarohatlanishining o‘z o‘rni borligi eramizdan avvalgi 400 ming yil ilgari Gippokrat tomonidan aytib o‘tilgan. Lekin uni sistematik jihatdan o‘rganish XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlandi. Nutqiy buzilishlar faktlariga bo‘lgan qiziqishni Boduen de Kurtune, A.Shleyxer, G. Vernike, V. A. Bogoroditskiy, L.B.Sherba, R.Yakobson, L.R.Zinder h.k. olimlarning tadqiqotlarida uchratish mumkin.
Neyrolingvistikada nutqiy buzilishlarning neyrofiziologik va lingvistik jihatlari T.Alajuanin, A.Ombredan, M.Dyuran, K.Konrad, K.Breyn, F.Grevel, R.Yusson, Yu. Barbiz, K.Kolmayer, A.Layshner, P.Milnerlar singari olimlarning ishlarida yoritib berilgan. A.R. Luriya esa L.S.Vigotskiy, I.P.Pavlov va P.K.Anoxinlarning ishlariga tayanib tadqiqotlar olib borgan. Mazkur tadqiqotchilar tomonidan turli fonologik, grammatik, leksik va semantik buzilishlar tasvirlangan. Shuningdek, neyrolingvistika lisoniy muomala buzilishining noafazik shakllari (nutqiy agnoziya, apraksiya, aleksiya va agrafiya)ni tadqiq etishga ham e’tibor qaratadi.
1836-yili Fransiyaning kichik bir shahrida tibbiy jamiyat yig'ilishlaridan birida oddiy vrach Mark Daks jamiyat raisidan o’zining kuzatuvlari to'g'risida ma'lumot berishga ruxsat so'raydi. Uning n-utqida quyidagi ma'no aks etgan edi: «Men bosh miyaning chap yarim shari zararlangan bemorlarning barchasida nutq buzilishlarini kuzatdim, ekin o'ngyarim shar zararlangan bemorlarning birortasida ham nutq buzishi uchramadi. Demak, aynan bosh miyaning chap yarim shari nutq uchun mas'ul,ya’ni uyerda nutq markazlarijoylashgan». Bu paytgacha nutq uchun bosh miyaning ikkala yarim shari ham javob beradi, deb faraz qilinardi. Lekin u o'z mulohazalarini anatomik tekshiruvlar bilan tasdiqlamagan bunga imkoniyat bo'lsa-da) va chop qildirmagan. Shuning uchun ham M.Daksning og'zaki aytgan ma’lumotiga o'sha kuni olimlar e’tibor ham qilmadi va ushbu to'g'ri fikr tez orada unutildi.
1861-yili yosh fransuz olimi antropolog Pol Brok nutqi buzilgan va tananing o'ng tomoni falajlangan bemorni kuzatadi. Bu bemor tez orada vafot etadi. Uning bosh miyasi ochib tekshirilganda, chap yarim sharning pastki peshona pushtasining orqa qismida infarct o’chog'i aniqlanadi (bu soha keyinchalik Brok markazi deb atala boshlandi). Ushbu bemorning miyasi hanuzgacha Parijdagi tibbiyot muzeyida saqlanadi.
Bemor atrofdagilarning gapiga tushunsa-da, o'zi gapira olmasdi, faqat "ta-ta-ta” degan tovush chiqarardi xolos. Nutq buzilishining bu turi keyinchalik «motor afaziya» deb nom oldi. O'sha davrdan boshlab bosh miyada turli markazlarni izlash katta qiziqish bilan boshlanib ketadi. Biroz vaqt o'tmay, nemis psixiatri K. Vernike 1874-yili chap chakka bo'lagining ustki pushtasi zararlanganda ham nutq buzilishini kuzatib, sensor nutq markazini kashf qiladi.
1876-yili Ferrier chakka bo'lagida eshituv markazini, 1881-yili Munk itlarning bosh miyaning ensa qismi olib tashlanganda «narsalarni ko'rsda, tanimasligini», o'sha yili Eksner o'rta peshona pushtasining orqa qismi zararlanganda yozish buzilishini aniqlaydilar.
Albatta, bu kashfiyotlar o'sha davrdagi olimlarni hayratga soladi. Ular bosh miyada turli markazlar, hatto ong, xotira, tafakkur markazlarini izlay boshlashadi. Shu davrdan boshlab fanda «lokalizatsionizm» degan yo'nalish yuzaga keladi. "Lokalizatsiya” iborasi fransuzchada «joy» degani. 1870-yili Finkelnburg lokalizatsionchilarga qarshi chiqib, bosh miya po'stlog'i zararlanganda «asimboliya» rivojlanadi, xolos, deydi. Uning fikricha, simvollarni ishlatish qobiliyati buzilishi natijasida nutq faoliyati, narsalarni tanish va turli ongli harakatlarni bajarish buziladi. Lokalizatsionchilar nuqtai nazarni 1864-1874-yillari o'zining kuzatuvlariga asoslanib, mashhur ingliz nevrologi D. Jekson tanqid qiladi.
D. Jekson, asosan, nutqning dinamik tomonlari bilan qiziqdi. U «bosh miyada nutq buzilishiga sababchi bo'lgan zararlanishni joylashtirish» va «nutqning o'zini joylashtirish» ikki xil narsa, degan edi.
D. Jekson afaziyada nutq funksiyasining to'la yo'qolmasligiga e'tibor qaratadi. Afaziya kuzatilgan bemorda maqsadga yo'naltirilgan nutq buzi¬lishi mumkin, biroq hissiy nutq saqlanib qoladi, deb fikr yuritadi u. Masalan, biror bir so'zni bemor affekt holatida aytib yuborishi, lekin ixtiyoriy holda esa gapira olmasligi mumkin. D. Jekson «nutqini yo'qotgan» odam «so'zlardan ham judo» bo'lgan degani emas, chunki so'zning anglanmagan qismi ham mavjuddir, deydi. Shuning uchun «nutqidan judo» bo'lgan bemorning fikrlash jarayoni biroz pasaysa-da, hali u fikr yuritishga qobiliyatli. D. Jekson maqsadga yo'naltirilgan nutq bosh miyaning chap yarim shari bilan, hissiy nutq esa o'ng yarim shar faoliyati bilan bog'liq, deb aytgan.
D. Jekson birinchilardan bo'lib, MNS funksiyalarining murakkab tuzilishi to'g'risidagi g'oyani ilgari surdi. Uning fikriga ko'ra, har bir funksiya 3 bosqichdan iborat: «quyi» (orqa miya, miya ustuni), «o'rta» [bosh miya po'stlog'ining harakat va sezgi markazlari) va «oliy» (bosh miya¬ning peshona bo'lagi). «Oliy» markazlar zararlanganda nafaqat patologik, simptomlar paydo bo'ladi, balki ijobiy o'zgarishlar ham kuzatiladi: «quyi» _irkazlar «oliy» markazlar nazoratidan xalos bo'lib, o'z faoliyatini kuchaytiradi. Bunga markaziy piramidal yo'llar zararlanganda spinal reflekslarning kuchayishini misol qilib ko'rsatadi. Agar afaziyada so'zlash, o’qish va yozish qobiliyatlarining buzilishi salbiy alomatlar bo'lsa, hissiy nutq saqlanib qolishi va birovning so'ziga tushunish ijobiy xislatlardir, degan edi D. Jekson. U 1868-yili afaziya nafaqat bosh miyaning chap yarim shari, balki o'ng yarim shari zararlanganda ham kuzatilishini e’lon qilgan. Bu bemorlar chapaqay bo'lishgan. D. Jeksonning ushbu xulosalari bosh miyaning funksional asimmetriyasini o'rganishga turtki bo'ldi. Keyinchalik bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'ida bir qancha markazlar kashf qilindi. Shuning uchun olimlar D.Jeksonni "miyaning funksional asimmetriyasi” haqidagi ta'limotni birinchi bo'lib ilgari surgan, deb hisoblashadi.

Neyropsixologiya − bosh miyaning lokal va diffuz zararlanishlarida oliy miya funksiyalarni o'rganuvchi fan. Albatta, bu fan oliy ruhiy funksiyalarning ontogenezda shakllanish bosqichlarini miyaning morfofunksional sistemalariga bog'lab o'rganadi. Neyropsixologiya nevrologiya, psixologiya va fiziologiya negizida shakllandi.


Dastlab neyropsixologiyada qo'llaniladigan asosiy atamalar va iboralar haqida to'xtalib o'tamiz.
1. Funksional sistema turli xil ongli faoliyat uchun mas'ul bo'lgan afferent va efferent tizimlardan iborat morfofunksional sistema.
2. Neyropsixologik simptom bosh miya zararlanishida paydo qiladigan oliy ruhiy funksiyaning buzilishi.
3. Birlamchi neyropsixologik simptom aniq bir psixologik funksiyasiga mas'ul markazning bevosita zararlanishi sababli yuzaga kelgan simptom.
4. Ikkilamchi neyropsixologik simptom birlamchi neyropsixologik simptom sababli yuzaga kelgan boshqa oliy ruhiy funksiyaning buzilishi.
5. Neyropsixologik sindrom kelib chiqish mexanizmi bir-biriga bog'liq bo'lgan bir nechta neyropsixologik simptomlar yig'indisi.
6. Neyropsixologik faktor neyropsixologik sindromni yuzaga keltiruvchi etiologik omil.
7. Sindrom analizi (faktor analizi) morfofunksional sistemalar zararlanishi sababli yuzaga kelgan neyropsixologik buzilishlarni aniqlash usuli.
8. Neyropsixologik tashxis bosh miyaning lokal va diffuz zararlanishlarida topik tashxisni aniqlash maqsadida o'tkaziladigan neyropsixologik tekshiruvlar natijasida olingan xulosa.
9. Oliy ruhiy funksiyalar lokalizatsiyasi bosh miyaning ma'luir. bir sohasini aniq bir oliy ruhiy funksiyaga mas'ulligini ko'rsatib beruvch: tushuncha.
10. Yarimsharlararo funksional asimmetriya bosh miyaning chap va o'ng yarim sharida funksiyalarning asimmetrik joylashuvi.
11. Yarimsharlararo munosabatlar ma’lum bir funksiyani bajarishda ikkala yarim shaming o'zaro ishtirokini ko'rsatib beruvchi tushuncha.
Oliy ruhiy funksiyalarning dinamik joylashuv qonuni. Yuqorida aytib o'tganimizdek, lokalizatsionchilar har bir oliy ruhiy funksiyaga po'stloqning ma'lum bir qismi javob beradi, deb hisoblashgan. Lokalizatsionizm ta'limoti namoyandasi nemis olimi K. Kleyst edi. U 1934-yil. "Miyaning lokalizatsiya xaritasi"ni yaratdi va unda oliy ruhiy funksiyalar markazlarini joylashtirib chiqdi.
Parallel tarzda bu ta’limotga mutlaq teskari bo'lgan yo'nalish, ya'ni ekvipotensializm (antilokalizatsionizm) ta’limoti ham paydo bo'ldi. Ekvipotensialistlar har bir oliy ruhiy funksiya uchun bosh miya po'stlog'ining barcha qismlari javob beradi, ularni bir joyda joylashtirish noto'g'ri, degan ta'limotni ilgari surishdi. Ushbu ta’limotning asoschilari P. Flurans, F. Xolts K. Leshli edi.
Keyinchalik bu ikkala ta'limot ham inqirozga uchradi. Nima uchun? Birinchidan, po'stloqning lokal zararlanishida har doim ham neyropsixologik buzilishlar yuzaga kelavermadi. Ikkinchidan, yuzaga kelgan neyropsixologik buzilishlar regressga uchraganda ham lokal buzilishlar saqlanib qolaverdi. Bu holat olimlarni o'ylantirib qo'ydi.
Ushbu ikkala ta’limotni o'zaro solishtirib mukammal o'rganishga urinishlar va klinikada qo'lga kiritilgan yangi ma'lumotlar oliy ruhiy funksiyalarning sistem dinamik joylashish qonuni yaratilishiga turtki bo'ldi. ORF po'stloqning tor bir sohasida joylashishi mumkin emas, balki uning har biri uchun o'zaro faoliyat ko'rsatuvchi funksional sistemalar javobgardir, ya'ni har bir oliy ruhiy funksiyaning ta’minlanishida bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'ining turli qismlari o'z hissasini qo'shadi.
3.3. Bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'i
Bosh miya katta yarim sharlari po'stlog'i (keyinchalik po'stloq) ham filogenetik, ham ontogenetik jihatdan keyin paydo bo'lgan yosh tuzilmadir. Po'stloqning asosiy vazifalaridan biri insonning ruhiy faoliyatini boshqarish. Bir so'z bilan aytganda, po'stloq ongli faoliyatga mas’ul. Po'stloq kulrang tusga ega bo'lib, o'rtacha 14 mlrd. nerv hujayrasi, ya'ni neyronlardan tashkil topgan.

Ensa bo'lagi funksional anatomiyasi va zararlanish sindromlari


Ensa bo'lagi bosh miya katta yarim sharlarining orqa qismini tashkil etadi. Ensa bo'lagining tashqi yuzasi aniq chegaralangan pushta va egatlarga ega emas. Unda 17-maydon birlamchi ko'ruv markazi, 18 va 19-maydonlar (ikkilamchi) optik-gnostik markazlar joylashgan.
Ensa bo'lagining asosiy funksiyasi bu optik signallarni qabul qilish qayta ishlash va xotirasida saqlashdir.
Ko'ruv agnoziyasi. Obyektlarni yoki ularning tasvirini tanish (bilishning) buzilishiga ko'ruv agnoziyasi deyiladi. Ko'ruv agnoziyasi, yuqorida ta’kidlaganidek, po'stloqning ensa sohasi (18 va 19-maydon) zararlanganda kuzatiladi. Bunda ko'ruv o'tkirligi va ko'ruv maydoni kabi oddiy funksiyalar saqlanib qoladi. Ko'ruv agnoziyasining barcha turida bemor atrofdag. narsalarni bemalol ko'radi, ya'ni ko'ruv apparatining periferik tizimi funksiyasi saqlangan bo'ladi, lekin ularni tanimaydi, nomini aytib bera olmaydi
Ko'ruv agnoziyasining 6 turi farqlanadi:
1. Narsalarga agnoziya narsalar yoki narsalar tasvirini tanimaydi lekin bu narsalar nima uchun ishlatilishini biladi.
2. Yuz (bet) agnoziyasi awal tanish bo'lgan odamlarni tanimaydi.
3. Optik-fazoviy agnoziya obyektlarning fazoviy tuzilishi va joylashuvini bilmaydi.
4. Harf agnoziyasi harflarni tanimaydi.
5. Ranglar agnoziyasi ranglarni tanimaydi.
6. Simultan agnoziya obyektning ba'zi qismlarini taniydi xolos, biroc uni bus-butunligicha tanimaydi, nimaligini aytib bera olmaydi.
Endi ko'ruv agnoziyasining klinik turlari bilan tanishib chiqamiz.
Narsaga agnoziya optik agnoziyaning keng tarqalgan turi. Bunda bemor obyektni ko'radi, hatto uning ba'zi belgilarini ifodalab ham beradi, lekin nomini ayta olmaydi, tanimaydi. Masalan, bemorga qalam ko'rsatilsa, u yozish va chizish uchun ishlatilishini biladi, biroq «bu qalam» deb ayta olmaydi, chunki tanimaydi. Shunisi e'tiborliki, bemor narsalar ga qarab ularni chizib beradi, lekin o'sha o'zi chizgan narsaning nomin: aytib bera olmaydi, ya'ni tanimaydi. Agar narsalar qalashtirib tashlar.sa, ularning nomini aytish yanada qiyinlashadi. Masalan, qaychi, pichoq, bolg'acha, qoshiqlarni (yoki ularning rasmini) bir-biriga qalashtirib tashlab, ularni birin-ketin topish so'ralsa, bemor bu ishni bajara olmaydi faqat turli tomonga ketgan chiziqlarni ko'radi, xolos. Bu usulni Popped reyter 1917-yili taklif qilgan.
Yuz agnoziyasi (prozopagnoziya). Aytib o'tganimizdek, agnoziyaning bu turida bemor avval o'ziga tanish bo'lgan chehralarni tanimaydi. Bemor yuzda joylashgan burun, qosh, ko'z va quloqlarning nomini aytib beradi, biroq ushbu odam kimligini aytib bera olmaydi.
Yuz agnoziyasi nisbatan kam uchraydi va ko'pincha agnoziyaning bosh; turlari bilan birga namoyon bo'ladi. Yuz agnoziyasi bosh miyaning • :a-ensa sohalari zararlanganda rivojlanadi.
Optik-fazoviy agnoziya. Agnoziyaning bu turi ko'pincha bosh miya o'ng yarim shari (parieto-oksipital soha) yoki ikkala yarim shar biraia zararlanganda kuzatiladi. Bunda bemor narsaning fazoviy belgilarini tasvirlab bera olmaydi. Bu yerda narsalar yoki atrof-muhitdagi obyektlar katta-kichikligining ahamiyati yo'q. Bemor geometrik figuralarning (uchburchak, romb, kvadrat) rasmini to'g'ri chiza olmaydi.
Bu holat «fazo yoki obyektning bir tomonini inkor qilish» sindromi deb ataladi. Ushbu sindrom asosan, bosh miya o'smasi yoki og'ir kranioserebral irohatlarda kuzatiladi.
Anozognoziya tanadagi defekt (masalan, gemiplegiyani) anglamaslik va autotopognoziya o'z tanasi qismlarini bilmaslik yoki ularni noto'g'ri katta, kichik yoki boshqa buyumdek) idrok qilish ham o'ng yarim shar zararlanganida uchrovchi belgilardir.
Og'ir holatlarda bemorda nafaqat o'ng-chap tomonlarni, balki yuqori-quyi koordinatlarni ham farqlash buziladi. Bemor rasmlarda obyektlarning fazoviy belgilarini ta’riflab bera olmaydi (uzoq-yaqin, katta-kichik, chap-o’ng, tepa-past).
Optik-fazoviy buzilishlar ba'zan o'qish jarayoni buzilishi bilan ham namoyon bo'ladi. Bunday holatlarda bemor harflardagi chiziqlarning qayi tomonga qarab yo'nalganini anglamaydi. Ayniqsa E, M, P, R kabi bosma harflarni o'qiy olmaydi.
Harfga agnoziyada bemor harflarni to'g'ri ko'chirsa-da, ularning nomini aytib bera olmaydi, chunki ularni tanimaydi. Shuning uchun har bemorda o'qish qobiliyati buziladi (birlamchi aleksiya). Bemor narsalar to'g'ri taniydi, ularning tasviriga to'g'ri baho bera oladi va hatto murakkab fazoviy tasvirlarni to'g'ri farqlay oladi-yu, harflarni tanimaydi, ularni o'qiy olmaydi. Agnoziyaning bu turi bosh miya chap yarim sharining (o'naqa I larda) chakka-ensa sohalari zararlanganda kuzatiladi.
Rangga agnoziya ikki xil turga bo'lib o'rganiladi. Ranglarga agnoziya I ning haqiqiy turi va ranglarni tanib olishning buzilishi (ranglarga ko'rl.farqlanadi. Ranglarga ko'rlik va ranglarni tanishning buzilishi ko'ruv yo'llarining ham periferik, ham markaziy qismlari zararlansa, ya’ni ham to'r parda, ham ko'ruv sistemasining po'stlog'osti va po'stloqdagi markaz I (17-maydon) zararlansa kuzatiladi.
Vilbrand 1887-yili ranglarni tanimaslikni birinchi bo'lib bemorlarda aniqlagan va tashxisni ranglarga amnestik afaziya deb atagan. 1908-yili I. Levandovskiy qaysi narsalar qanday rangga ega bo'lish.aytib bera olmagan bemorni kuzatib, ranglarga agnoziyani ranglar ajrata olmaslikdan farqini ko'rsatib bergan.
Ko'pincha, ranglarga agnoziya narsalar agnoziyasi bilan birgalikda uchraydi. Ba'zan esa birlamchi aleksiya bilan ham kuzatiladi. Ranglarga agnoziya kuzatilgan bemorda ko'ruv maydoni qisqarishi ba’zan uchrasa-da, u agnoziyaga xos belgi emas.
Agnoziyaning yana bir murakkab turi bu simultan agnoziya. Bunda bemor narsalarni butunligicha emas, balki ularning bo'lagini, bir qismini ko'radi, xolos. Simultan agnoziya Balint sindromi deb ham ataladi.
Simultan agnoziyada geometrik figuralar bilan ishlash va husnixat .buzilishi (A.R. Luriya, 1973): a, b bemordan geometrik figuralar ustidan xuddi shunday chizib chiqish so'ralganda u buning uddasidan chiqmagan; va harflarni bir chiziqdan to‘g‘ri yoza olmagan.
Tepa bo'lagi funksional anatomiyasi va zararlanish sindromlari
Astereognoziya ko'zi yumuq holda qo'lga qo'yilgan narsalarni payqab nimaligini aytib bera olmaslik. Astereognoziya murakkab sezgi buzilishi hisoblanadi. Bunday bemorda yuzaki va chuqur sezgilar saqlangan bo'ladi.
3.7. Chakka bo'lagi funksional anatomiyasi va zararlanish sindromlari
Eshituv agnoziyasi. Eshituv analizatorining birlamchi maydoJ ya'ni 41-maydon zararlansa, markaziy karlik rivojlanmaydi, churc eshituv retseptorlaridan kelayotgan signallar ikkala yarim sharda haqabul qilinadi. Bemor tovushlarning baland-pastligini eshitadi, biroq tovush nimaga taalluqli (suv shildirashi, qo'ng'iroq jiringlashi, eshik g’ichirlashi) ekanligini anglamaydi. Agar suvni oqizib qo'yib, bemordan . nimaning tovushi deb so'ralsa, bu suvning tovushi ekanligini ayta olmaydi.
Shu yerda eshituv analizatorining o'ziga xos xususiyatini aytib o'tish joiz. Neyropsixologiyada nutq tovushi va nutqqa aloqador bo'lmagan tovush farqlanadi.
1) Nutq tovushlari harflar, so'zlar va iboralar bilan bog'liq tovushlar. Bunga chap chakka bo'lagi javobgar.
2) Nutqqa aloqador bo'lmagan (turli shovqinlarva musiqali tovushlar) atrof-muhitdagi va inson nutqiga aloqador bo'lmagan tovushlar. Bunga o'ng chakka bo'lagi javobgar.
Chap va o'ng chakka bo'laklari zararlanganda bir-biridan farqlovchi simptomlar rivojlanadi. Chap chakka bo'lagi zararlansa nutq tovushlarini analiz va sintez qilish buziladi, nutqqa aloqador bo'lmagan (shovqin va musiqa) tovushlarni tahlil qilish esa o'ng chakka bo'lagi zararlanganda izdan chiqadi. Chakka bo'lagi zararlangan bemor tovush turini ham, sonini ham farqlab aytib bera olmaydi. Bu holatni A.R. Luriya aritmiya deb atagan. Chap chakka bo'lagi zararlanganda sensor afazim (akustik-gnostik afaziya), o'ng chakka bo'lagi zararlanganda amuziya rivojlanadi. Sensor afaziya negizida fonematik eshituv buzilishi yotadi. Fonematik eshituv bu nutq tovushlarini farqlay olishdir. Sensor afaziyaning asosiy belgisi bu nutqni tushunmaslik. Sensor afaziyada bemor o'z fikrini turli xil mimik harakatlar bilan ifodalashga urinadi. Ko’p so'zlaydi (logorreya).
Amuziya musiqal tovushlarni anglay olmaslik, bilmaslik. Ushbu sindrom o'ng chakka bo'lagi zararlanishi uchun xos.
Akustik-mnestik afaziya nutqqa aloqador bo'lgan so'zlar va iboralarni eslab qolish buzilishi sababli rivojlangan afaziya. Chunhar qanday nutq xotirada saqlab qolingan so'zlar asosida tuziladi. Ushbu xotira izdan chiqqanligi bois bemorda afaziya rivojlanadi. Bunday afaziya chap chakka bo'lagining mediobazal qismi zararlanganda paydo bo'ladi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish