Mehnatda kishining ongi - aks ettirishning evolyutsion yo’nalishidagi eng oliy shaqli ashyoviy faoliyatning ob’ektiv barqaror xususiyatlarini ajratib olish va shu asosda atrofdagi reallikni tubdan o’zgartira olish xususiyatiga ega bo’lgan shaqli ham rivojlana boradi. Yuqorida aytib o’tilganidek, hayvonlar tasodifiy narsalar olamida yashaydi, odam esa o’ziga doimiy narsalar olamini yaratadi. Odam yaratgan o’zidan oldingi avlodlar bajargan ish jarayonlari, hatti-harakatlar va faoliyatning moddiy ifodasi hisoblanadi. Qurollar orqali bir avlod ikkinchi avlodga ish jarayonlari, hatti-harakatlari, faoliyat tarzida o’z tajribasini yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |