4. His-tuyg’ularni rivojlantirishda xuddi abstrakt tafakkurning rivojlanishida bo’lgani kabi, voqelikni ko’proq darajada adekvat (bir xilda) aks ettirish vositasi mujassamlashgandir. SHuning uchun his-tuyg’ulardagi tafovut hayvon bilan inson o’rtasidagi to’rtinchi, juda muhim tafovutdir. Inson psixikasining hayvon psixikasidan, eng muhim farqi ularning rivojlanish shart-sharoitlarida ko’rinadi. Agar hayvonot dunyosining rivojlanishi davomida psixikaning taraqqiyoti biologik evolyutsiya qonunlariga binoan ro’y bergan bo’lsa, inson psixikasining, kishi ongining rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot qonunlariga bo’ysunadi. (Hayvonlar orasida o’sgan odam bolasi, Maugli, Tarzan, Amola va Kamola)
Do'stlaringiz bilan baham: |