Inson psixikasining hayvon psixikasidan, eng muhim farqi ularning rivojlanish shart-sharoitlarida ko’rinadi. Agar hayvonot dunyosining rivojlanishi davomida psixikaning taraqqiyoti biologik evolyutsiya qonunlariga binoan ro’y bergan bo’lsa, inson psixikasining, kishi ongining rivojlanishi ijtimoiy-tarixiy taraqqiyot qonunlariga bo’ysunadi. (Hayvonlar orasida o’sgan odam bolasi, Maugli, Tarzan, Amola va Kamola) Inson psixikasi materiya evolyutsiyasining butun jarayoni davomida tayyorgarlikdan o’tdi. Psixika rivojlanishining tahlili bizga ong paydo bo’lishining biologik shart-sharoitlari haqida gapirishimizga imkon beradi. Demak inson-ijtimoiy munosabatlar mahsulidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |