Asalarilarda guruhiy hatti-harakatlar bilan bog’liq bo’lgan eng murakkab instinktlarni ko’ramiz. Asalari uyasida bitta ona ari, bir necha o’nlab erkak va bir necha yuzlab bepusht ishchi arilar bo’ladi, hammasining ishi turlicha taqsimlanganday (er arisi ovqat topib kelishini, uyani qarab chiqishini frantsuz olimi K. Fabri kuzatgan). K.Fabri arining bir qolipdagi, maqsadga muvofiq bo’lmagan hatti-harakatini kuzatgan. Yer arisi o’z uyasi oldiga chalajon chigirtkani keltirib,uya oldiga qo’yadi va ichkarini qarab chiqish uchun kirib ketadi, shu vaqt tajriba o’tkazuvchi Fabri chigirtkani boshqa joyga olib qo’yadi, ari chiqib qarasa chigirtka o’rnida yo’q, qidirib topadi va yana uyasi oldiga olib kelib qo’yadi va uya ichiga kirib ketadi, olim yana olib qo’yadi va hokazo. Bu holat 40 marta takrorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |