Biroq shartsiz reflekslar faqat tashqi muhitning muqarrar tarzda qat’iyan barqarorligi sharoitida hosil bo’ladi; muhit esa doimo o’zgarib turadi va shuning uchun ham tug’ma taasurotlarning genetik jihatdan programmalashtirilgan holda yoyilishiga to’sqinlik qilishi mumkin. Gangliy funktsiyali nerv tizimiga ega bo’lgan hayvonlarning aks ettirish imkoniyatlari shartsiz reflekslar bilangina cheklanmaydi. Hayot kechirish jarayonida ularda tug’ma reaktsiyalarga nisbatan yangi, ancha harakatchan reaktsiya shaqllari - shartli reflekslar paydo bo’ladi. (T-shaqlidagi labirintdagi chuvalchang harakatini misol qilish mumkin. «T» shaqlidagi labirintda joylashtirilgan chuvalchang berilgan ta’sirga javobini tajriba 120-180 marta takrorlangandan keyingina o’zgartirgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |