Mavzu: Jamoa va
shaxslararo munosabatlar
Reja:
Guruhlar va ularning turlari.
Jamoa haqida tushuncha.
Guruhlar va jamoada shaxslararo
munosabatlar. .
KIRISH
Har bir shaxs o`z faoliyatini turli guruhlar sharoitida
yoki turli guruhlar ta`sirida amalga oshiradi. Chunki
jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga
umuman qo`shilmaydigan individning o`zi yo`q. Kishi
jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar bilan
muloqotda,o`zaro ta`sirda bo`ladi, bu muloqot
jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro`y beradi.
Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni
o`rganish va guruhlarni shakllanishiga oid ilmiy
xulosalar chikarish insoniy psixologiyaning asosiy
mavzularidan va muammolaridan biridir.
Shaxs ijtimoiy mavjudot. U o`zining hayoti davomida
boshqa kishilar bilan bevosita muloqotda bo`ladi va
bu orqali o`zining ijtimoiy mohiyatini amalga oshiradi.
Har bir shaxs o`z faoliyatini turli guruhlar sharoitida
yoki turli guruhlar ta`sirida amalga oshiriladi. Chunki,
jamiyatdan chetda qolgan yoki insonlar guruhiga
umuman qo`shilmaydigan individning o`zi yo`q,
kishi jamiyatda yashar ekan, u doimo turli insonlar
bilan muloqotda, o`zaro ta`sirda bo`ladi, bu muloqot
jarayonlari esa doimo kishilar guruhida ro`y beradi.
Shuning uchun ham guruhlar muammosi, uni
o`rganish va guruhlarning shakllanishiga oid ilmiy
xulosalar chiqarish ijtimoiy psixologiyaning asosiy
mavzularidan va muammolaridan biridir.
ETNIK GURUHLAR
Ijtimoiy psixologiyada katta guruhlar ichida etnik guruhlar
psixologiyasi, ya`ni etnopsixologiya bo`yicha ko`proq
tadqiqotlar o`tkazildi. Ayniqsa, hozirgi davrda har bir
jumhuriyatlar alohida, mustaqil davlat mavqeini olgan, lekin
boshqa tomondan qaraganda, hamdustlik mamlakatlari ittifoqi
sharoitida millatlar o`rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan
kelib chiqib, milliy psixologiya masalalari kun tartibida
avvalgidan ham muhim masala sifatida qo`yilmoqda. Katta
guruhlar ichida milliy guruhlarga ko`proq e`tibor berishni lozim,
bunday etiborning yana bir boisi - O`zbekistonda bu sohada
ayrim tadqiqotlarning o`tkazilganligi, lekin ular ko`p hollarda
milliy psixologiya darajasiga olib chiqilmaganligidadir.
Kichik guruh - nisbatan barqaror, tarkibi
jihatidan a`zosi unchalik ko`p bo`lmagan,
umumiy maqsad bilan bog`langan kishilarning
birlashmasi.
Bunda kichik guruh a`zolari o`rtasida bevosita
aloqalar o`rnatiladi va amalga oshiriladi. Bu
guruhda, umumiy maqsad mavjud bo`lib, uning
a`zolari bu maqsadga erishish yo`lida
o`zlarining barcha kuchlarini safarbar etadilar.
Kichik guruhga kiruvchi kishilar bir-birlarini
shaxsan biladilar va guruh oldida turgan
vazifalarni hal qilish uchun bir-birlari bilan
muloqotda bo`ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |