Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/141
Sana24.11.2022
Hajmi5,01 Kb.
#871602
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   141
Bog'liq
psihiatriya-qollanma

Anoreksiya
– ochlik hissining yо‗qolganligi. Simmonds sindromida, Shien 
sindromida, ba‘zi bir endokrin kasalliklarda uchraydi. Kо‗p hollarda psixik 
kasalliklarda uchraydi – psixik anoreksiya. Masalan, о‗tkir psixotik holatlar, 
depressiyada, katatonik holatda. Aokogolli anoreksiya – mastlikda ochlik hissining 
yо‗qolishi va alkogolizmli bemorlarda abstinensiya. Pubertat yoshda, kо‗pincha 
qiz bolalarda, asabiy anoreksiya uchraydi – boshlanishida maqsadli ovqatdan 
о‗zini tiyish, keyinchalik esa ochlik hissining pasayishi, ovqatdan jirkanish 
kuzatiladi. Emosiyaonal anoreksiya – taomga tanlovli munosabat, bolalikda 
majburlab edirish sababli, ba‘zi bir oziq-ovqat mahsulotlarini kо‗tara olmaslik. 


16 
Polifagiya
– oziq-ovqat mahsulotlariga kirmaydiganlarni eyishga intilish. 
Masalan, bir necha yillar mobaynida Bemor oxak, qum, qizil g‗ishtning bо‗lagini, 
kul egan. Buni ovqatdan oldin kuniga bir necha marotaba takrorlaydi. Bemor 
shunday qilishga majbur, bо‗lmasam uning ayetishicha, u ovqat eya olmas ekan. 
Fiziologik sharoitda polifagiya homiladorlarda, shu jumladan bolalarda ham 
kuzatiladi. Sharq va Afrika mamlakatlarida oziq-ovqat mahsuloti sifatida, hattoki 
delikates sifatida loyning ayrim sortlarini qо‗llaydilar, bu patologiya bermaydi. 
Polifagiya shizofreniyada, progressiv paralichda, og‗ir aqli zaiflikda uchraydi. 
Iste'mol qilinmaydigan predmetlar narkomanlar tomonidan ba‘zida narkotik 
о‗rniga, depressiyav Bemor tomonidan etiladi – suisidal maqsadda, Myunxauzen 
sinromli bemorlarda esa, vrachni adashtirish va operasiyaga olib kirilishi uchun. 
Koprofagiya
– najasni eyishga intilish, masalan axlat, yuvindi, musor va b. 
Parareksiya
– oziq-ovqatga nisbatan о‗ta qiymatli yoki vasvasali oziq-ovqat 
injiqliklari. Bemorlar, masalan, biror bir narsani: quritilgan non, shokolad, 
mevalar, kompot, jigardan tayyorlangan taom yoki maxsus, g‗aroyib parxezni 
ixtiro qilish bilan ovqatlanishni afzal kо‗radilar. Oziq-ovqat injiqliklari g‗alati, 
о‗ng‗aysiz, noqulay xarakterga ega bо‗lishi mumkin. Ya‘ni, shizofreniyali bemor 
―kaliy tuzlariga, mol oqsiliga ehtiyoj‖ sezadi, vaqti-vaqti bilan kо‗p hajmda 
―uglevodlar va kalsiy preparatlarini‖ iste'mol qilishga о‗tadi, yoki bо‗lmasam 
sulidan tayyorlangan bо‗tqadan boshqa narsa emaydi. 
Polidipsiya
– qondirib bо‗lmaydigan chanqoq. Asosan endokrin 
kasalliklarda, mejutochno-gipofizar patologiya larda uchraydi. Kamdan-kam 
hollarda psixogen asoslangan polidipsiya turida qayd etiladi. Suvni kо‗p iste'mol 
qilish Maniakal holatlarga, depressiyaga xos bо‗lib, aksincha, oligodipsiya 
aniqlanadi. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish