35
IV BOB. TAFAKKUR BUZILISHLARI
Ta‟rifi.
Fikrlash – atrofdagi olam kо‗rinishining shakllanishi jarayoni va uni
tanish, ijodiyotni keltirib chiqarish.
Fikrlash patologiya si tempiga, strukturasiga,
ma‘nosiga qarab buzilishlarga bо‗linadi.
Tarixi, norma va evolyusiyasi.
Inson haqida mulohaza qilish uning hulqini
kuzatishga va nutqi analiziga asoslangan. Olingan ma‘lumotlarga asoslanib,
insonning ichki olamiga atrofdagi olam qanchalik taalluqli (adekvat) ekanligini
ayetish mumkin. Ichki olam va uni tanish jarayonining о‗zi fikrlash jarayonining
maqsadini tashkil etadi. Demak, bu olam ong demakdir, ya‘ni fikrlash (tanish) –
ongning vujudga kelish jarayonidir.
Shuni ta‘kidlash zarurki, insonning о‗sishi jarayonida, uning fikrlashi bir
necha rivojlanish bosqichlarini bosib о‗tadi: yaqqol-ta‘sirli, aniq-kо‗rinishli va
abstrakt-mantiqiy. Har bir bosqich о‗zining
spesifik hususiyatiga ega, masalan,
yaqqol-ta‘sirli bosqichni о‗tayotganda bola kattalarga va tengdoshlariga taqlid qilib
о‗qiydi. Keyin fikrlash aniq-kо‗rinishli bosqichni о‗tayotib shakllanadi va faqat
etuk shakllangan shaxs abstrakt-mantiqiy kо‗rinishdagi fikrlash hususi tiga ega
bо‗ladi.
Bunday fikr yuritish ketma-ketlik jarayoni sifatida taqdim etilishi mumkin,
har bitta avvalgi mulohazada keyingisi bilan mantiqan bog‗langan, ya‘ni ular
orasida mantiq о‗rnatiladi, u quyidagi sxemada bо‗ladi: ―Agarda ..., unda‖. Bunday
yondashuvda uchinchi, berkingan ma‘no ikkita aniqlik о‗rtasida mavjud emas.
Masalan, agarda sovuq bо‗lsa, u holatda, palto kiyish kerak. Biroq,
fikrlash
jarayonida uchinchi element motivasiya bо‗lishi mumkin. Chiniqayotgan inson,
harorat pasayishida paltoni kiyib olmaydi. Bundan tashqari, unda guruhli (ijtimoiy)
tasavvur bо‗lishi mumkin, past harorat nima va shunga о‗xshash harorat bilan
aloqa bо‗yicha shaxsiy tajriba mavjud bо‗lishi mumkin. Bolaga taqiqlashsa ham
kо‗lmaklarni oyoq yalang bosib yuribdi, chunki, bu unga yoqadi. Bundan kо‗rinib
turibdiki, individual va ijtimioy sabablar (maqsadli), tushungan shakllanishi bilan
fikrlashni mantiq jarayoniga va nutq bilan bog‗liq jarayonlarga bо‗lishimiz
mumkin. Shunisi aniqki, fikrlash jarayonida aniq aytilmagan ongli ravishdan
tashqari ongsiz jarayon ham mavjud bо‗lib, u nutq strukturasiga namoyon bо‗ladi.
Mantiqan qaraganda
fikrlash jarayoni analiz, sintez, muloqot, aniqlash va
abstraktlash (chalg‗ietish)dan iborat. Biroq mantiq rasmiy, balki metaforik, ya‘ni
she'riy bо‗lishi mumkin. Biz biror narsadan voz kechishimiz mumkin, chunki
zararli, lekin intuitiv ravishda yoqmaganligi uchun ham uning zararliligi tajribada
asoslanmay, e‘tiborli sо‗z bilan asoslangandir. Bunday mantiq mifologik deyiladi,
yoki arxiatik. Qiz bola, yaxshi kо‗rgan yigiti unga hiyonat qilganda, uning rasmini
yirtayotganda, ya‘ni mantiqan ma‘noda odam rasmi tushirilgan bir bо‗lak
36
qog‗ozni, insonni о‗ziga hech qanday aloqasi bо‗lmagan, uning kо‗rinishini
simvolik tarzda yо‗qotadi. Inson va uning kо‗rinishi, yoki uning predmeti, yoki
odamning bо‗laklari (masalan sochi), bu metafologik fikrlashda identifisirlanadi.
Morfologik (arxiatik, she'riy) fikrlashning boshqa qonunlari binar oppozisiyalardir,
ya‘ni tiplarni qarama-qarshi qо‗yish
yaxshilik-yomonlik, hayot-о‗lim, ilohiy-
dunyoviy, ertaklarga xos-ayollarga xos. Yana bir belgilardan biri etiologizm, u
insonni fikr yuritishga olib keladi: ―Bu narsa nima sababdan men bilan yuz berdi‖,
lekin unga juda yaxshi tushunarli, analogik holat bir necha marotaba boshqalarda
takrorlangan. Mifologik fikrlashda idrok etish, his etish va fikrini izxor etish
bо‗linmaydigan birlik,
bu ayniqsa, bolalarda seziladi, ular nimani kо‗rsa yoki his
etishsa tо‗xtamasdan gapiradilar. Mifologik fikrlash yoki kattalarda shoir va
rassomlarda xarakterlidir, biroq psixopatologiyada nazorat qilinuvchi spontan
jarayon kо‗rinishida namoyon bо‗ladi. Fikrlash jarayoni о‗qish natijasida
shakllanadi.
Tolman hisoblashicha, bu kognitiv zanjirning shakllanishi sababli
yuzaga keladi, Keller kо‗rsaetishicha tо‗satdan esiga tushib qolish, yoki ―intuitiv
yorib chiqish‖ – ―insayt‖. Banduraga binoan, bunday ta‘lim imitasiya va qaytarish
jarayonida yuzaga keladi. I.P.Pavlovga binoan, fikrlash jarayoni shartli va shartsiz
reflekslar fiziologiyasini tasvirlaydi. Bixevioristlar bu ta‘rifni operant ta‘lim
konsepsiyasida rivojlantirishdi. Tirndikega binoan, fikrlash hulqni aksi
hisoblanadi, u sinash va hatolar tizimi bilan bog‗liq bо‗lib, о‗tmishda jazo
samarasining fiksasi sidir. Skinner shunday ta‘lim operantlarini ajratdiki, bular
bid'at, shaxsiy reflektiv xulq, xulq modifikasiyasi, ta‘lim bilan bog‗liq yangi xulq
kо‗rinishining shakllanishidir. Xulq va fikrlash pozitiv yoki negativ (negativ
qо‗llab quvvatlash formalaridan biri bu jazodir) qо‗llab
quvvatlash natijasida
maqsadlarni shakllantiradi. Shunday qilib, fikrlash jarayoni qо‗llab quvvatlash va
jazo rо‗yhatiga asoslanib shakllanishi mumkin. Pozitiv qо‗llab-quvvatlashga,
fikrlashning aniq sxemalariga va shakllanishiga ta‘sir etuvchilarga quyidagilar
kiradi: taom, suv, seks, sovg‗a, pul, ijtimoiy statusning oshishi. Pozitiv qо‗llab
quvvatlash qо‗llab quvvatlashga yordam beruvchi xulqning fiksasiyasiga ta‘sir
tadi, masalan, ―yaxshi‖ xulq, buning uchun sovg‗a talab etiladi. Shu tariqa,
kognitiv zanjirlar vujudga keladi, yoki xulq, ular mukofotlanadi, yoki ijtimoiy
ma‘qul. Negativ qо‗llab-quvvatlash qorong‗ilik, jazirama, sovuq, kaltak, ―ijtimoiy
kо‗rinishni yо‗qotish‖, og‗riq, tanqid, ochlik yoki omadsizlik (yо‗qotish) natijasida
yuzaga keladi. Negativ qо‗llab-quvvatlash tizimi
yordamida inson jazoga olib
keluvchi fikrlash yо‗lidan chetlashadi. Ijtimoiy motivasiya jarayoni madaniyatga
avtoritar shaxsiyat ta‘siri, ijtimoiy qо‗llab-quvvatlash talabga bog‗liq bо‗ladi. U
urug‗lar va jamiyatning nufuzli qiymatiga intilishiga asoslangan bо‗lib,
qiyinchiliklarni engib о‗tish strategiyasidan iborat. Asosiy fikrlovchi jarayon bu
tushunchalarning shakllanishi (simvollar), mulohaza va hulosa chiqarishdir. Oddiy
37
tushunchalar – narsa yoki kо‗rinishning haqiqiy belgilari, kompleks tushunchalar
predmetdan mavhumiylikni – simvolizasi ni taxmin etadi. Masalan, qon oddiy
tushuncha sifatida aniq fiziologik su qlik bо‗lib assosirlanadi,
biroq kompleks
tushuncha sifatida yaqinlikni, ―qondoshlik‖ni bildiradi. Taalluqli ravishda, qonning
rangi simvolik tarzda urug‗i kо‗rsatiladi - ―aslzoda‖. Ramzlarni ifoda etish manbai
bu psixopatologiya, tush kо‗rish, fantaziya, esdan chiqarish, pisanda va hatolar.
Mulohaza – fikrlashni vujudga keltiruvchi tushunchalarni taqqoslash
jarayonidir. Bu taqqoslash quyidagi tiplar bо‗yicha yuzaga keladi: pozitiv - negativ
tushuncha, oddiy – kompleks tushuncha, tanish – notanish. Mantiqiy ta‘sirlar seri
si asosida xulosa chiqarish shakllanadi (gipoteza), u amaliyotda rad qilinadi yoki
tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: