191
bilan birga Bipolyar affektiv buzilish kechishida shunday davrlar ham bo‗ladiki,
unda yorug‘ oraliq amaliy jihatdan bo‗lmaydi va bosqichlar birining ketidan biri
qaytarila beradi.
BAB uchun xurujlar orasida ruhiy sog‗ligining to‗la tiklanishi xos. Bemorlar
psixozdan to‗la chiqadi (sog‗lomlashadi), Kasallikka qadar qanday bo‗lsa, shunday
bo‗lib qoladi. Bunday holatlarni intermissiya deb nomlash qabul qilingan.
Har bir xuruj holatining oqibati yaxshidir. Depressiya yoki maniakal holatlar og‗ir
kechishiga qaramasdan ular to‗la qaytadi va o‗zidan so‗ng asorat qoldirmaydi.
Kasallikka nisbatan bir butun qilib olinganda oqibati haqida ehtiyot bo‗lib
gapirmoq lozimdir. Bosqichlar kaytarilib turadi, ёш oshib borgan sayin davomliroq
va og‗irroq kechadi, ba‘zida murakkab klinik ko‗rinishlar kuzatiladi.
Depressiya
holatida bemorlar o‗ziga-o‗zi suiqasd qilib o‗ldiradilar. Barcha ruhiy bemorlar
orasida o‗ziga suiqasd qiluvchi BAB kasallar 11% ni tashqil etadi. (R. G. Lipanov,
1970). Kasallikning xurujlari depressiya holatida ovqat yemasliklari, og‗ir tan
jarohatlari hosil bo‗lishi bilan, ayniqsa kariyalarda xavflidir. Yo‗qdosh bo‗lgan
kasalliklar ahvolni yanada mushqo‗llashtirishi mumkin.
Ko‗pgina olimlar Bipolyar affektiv buzilishlarning Atipik ko‗rinishlari borligini
axtaradilar. Atipik ko‗rinishlar bo‗lishini premorbid kasalliklar va boshqa
omillarga bog‗laydilar.
Kasallikning atipik ko‗rinishi uning klinik alomatlaridan biri bo‗lishi mumkin.
BAB ga xos bo‗lmagan elementlar qo‗shilishidai ёки
boshqa ruhiy kasallikning
belgisi bo‗lishi mumkin. O‗zga hollarda kasallik boshidan boshlab atipik kechadi,
bu esa tashxisning to‗g‗riligiga jiddiy gumon tug‗diradi. Yana boshqa holarda
o‗ziga xos klinik ko‗rinishi rivojlanuncha orada atipik kechadi. Kechishi bo‗yicha
attik holat og‗ir kechayotgan, Bosqichlarning oraliq davrida yerug‗ kunlar
bo‗lmaydigan, avalgi mualliflar bo‗yicha Surunkali maniyalar deb nomlanuvchi
uzun fazali kasallik hisoblanadi. Bosqichlar atipiyasi
psixopatologik alomat
ko‗rinishlariga vasvasa g‗oyalari, gallyutsinatsiyalar, yopishqoq holatlarning
qo‗shilishidan bo‗lib, BAB klinikasini og‗irlashtirib yuboradi.
192
Ko‗pincha qo‗yidagi atipik fazalar uchraydi. Senestoipoxondrik depressiya –
depressiyaning tananing turli qismlarida uchraydigan senestopatik sezgilar bilan
qo‗shilishi.
Klinik ko‗rinishi bo‗yicha bularga depressiv ipoxondrik-o‗ta qimmatli ipoxondriya
shaklidagi depressiya yaqinlashib keladi. Ipoxondriya g‗oyalarining mazmuni
shundan
iboratki, bemor o‗zining sog‗lig‗i haqida o‗ta qayg‗uradi, ba‘zida ichki
a‘zolari yuq degan darajagacha boradi, o‗lib qolishi mumkin emas, abadiy
qiynoqqa mahkum etilgandek g‗oyalariga borib yetadi. Sindrom yanada rivojlansa,
Kotar tomonidan tasvirlangan ulug‗vorlik vasvasiga tushib qolishi mumkin.
Gallyutsinatsiya,
vasvasa ,ongning sayozlashuvi Bilan kuzatiladigan depressiya
хаёлий melanxoliya deyiladi. Yopishqoqlik paydo bo‗ladi va bu og‗ir kechadi .
Ko‗pgina holtlarda yopishqoqlik kontrast tavsifga ega bo‗lib,bemor vaziyatlariga
qarama –qarshi bo‗ladi yoki uning ruhiy kechinma va dunyoqarashlariga teskari
bo‗ladi. Bir bemor o‗zi qo‗rqadi, qizini ko‗rsa bo‗g‗ib qo‗yishi yeki qiziga pichoq
tig‗i Bilan urish xohishi paydo bo‗ladi .Yopishqoqlik yopishqoq esdaliklar sifatida
paydo bo‗lishi, odatda ,bemor uchun noqulay yeki yuzaki voqyealar ko‗rinishida
bo‗lib,xatto suitsidal fikrlar ham hayoliga keladi .Bu holat ayniqsa bmorlar
tomonidan ertalablari kuchli qichima hosil qiladi
va qechqurunga borib biroz
kamayadi . Yopishqoqlikning paydo bo‗lishi bosqichlarning klinik ko‗rinishini
og‗irlashtiradi ,uzoq davom etishga moyillik va davolashga rezistentlik
(chidamlilikni ) paydo qiladi .
Do'stlaringiz bilan baham: